Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

Ta'lim Huquqi

Description
Murojaat uchun: @Talim_huquqibot
Advertising
We recommend to visit

• 𝐎'𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐞𝐧𝐠 𝐚𝐪l𝐥𝐢 𝐢𝐧𝐬𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫𝐢 💚
• 𝐎𝐝𝐝𝐢𝐲𝐥𝐢𝐤𝐝𝐚𝐧 𝐦𝐮𝐤𝐚𝐦𝐦𝐚𝐥𝐥𝐢𝐤 𝐬𝐚𝐫𝐢 𝐛𝐢𝐳 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐠🤗

📈 Reklama xizmati: @reklamaland

Last updated 1 month, 2 weeks ago

نقل الإخبار السياسية - الرياضية - الفنية - وكافة الإخبار الخاصة بالعراق
عدم التطرق لاي طائفية
عدم التطرق لأي امور دينية ومذهبية ونقاشاتها
العراق يجمعنا بالحب والسلام 🇮🇶
للتواصل عبر الخاص
@Thartharnews_bot

Last updated 1 month ago

Al Madina FM Syria 101,5 FM
www.almadinafm.com

Last updated 1 month, 3 weeks ago

1 month, 3 weeks ago
***💐*** **Milliy urf-odatlarimiz, azaliy qadriyatlarimizni o'zida …

💐 Milliy urf-odatlarimiz, azaliy qadriyatlarimizni o'zida mujassam etgan qutlug' sana - Navro'z bayramingiz muborak bo'lsin! **Ushbu bahor ayyomi siz va oila a'zolalaringizga sog'lik, baxt va xotirjamlik olib kelsin.

Hurmat bilan @Talim_huquqi admini.**

1 month, 3 weeks ago

#Bilasizmi

⚡️Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlardan soliq olinmaydi.

🔔 Soliq kodeksining 378-moddasi 19.1 bandiga muvofiq, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.📝 Shuningdek, belgilangan shaklda tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlari portali orqali
(ijara.soliq.uz) hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.

Ijarada yashovchi talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi? Javob...

🎓 @Talim_huquqi

1 month, 3 weeks ago

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

21-mart — payshanba (Navro‘z bayrami);

22-mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

23-mart — shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

24-mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).

📃 Asos: 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni.

🎓 @Talim_huquqi

1 month, 4 weeks ago

#Bilasizmi

Ijarada yashovchi talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi?

📃 Qonunchilikka koʻra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijarada yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovi Davlat byudjeti hisobidan, 60 foizdan ortgan taqdirda OTM mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda:

ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (340 ming soʻm), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan (170 ming soʻmdan) oshmasligi lozim;

ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;

❗️OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.
Manba: @imtiyozuz

🎓 @Talim_huquqi

2 months ago

⚡️16-18-mart kunlari "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

🎓 @Talim_huquqi

2 months ago
***⚡️*****8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni!**

⚡️8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni!

💐 Aziz va mo‘tabar onajonlarimiz, mеhribon opa-singillarimiz, go'zallikda tеngsiz qizlarimiz barchangizga 8-mart – "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami muborak bo‘lsin!

Ayollarga qanday imtiyozlar bor? Javob...

🎓 @AAYoldoshev

2 months, 1 week ago

⚡️Dasturlashni o‘rganib kompyuterga ega bo‘ling

Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 8 milion 500 ming so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.

Dasturlashni o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach kreditga kompyuter xarid qilish mumkin. Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi.

Batafsil: http://uzbekcoders.uz/

🎓 @Talim_huquqi

2 months, 2 weeks ago

⚡️Ayni vaqtda 4 ta bank taʼlim kredit ajratmoqda
❗️Hozirda Orient Finans Bank, Turonbank, Aloqabank va MKBank banklar tomonidan imtiyozli taʼlim krediti ajratilmoqda:
Kredit shartlari:
Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;
Muddati: Oʻqish davri + 7.5 yil
Miqdori: Oʻquv yili uchun talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan shartnoma summasi

Murojaat uchun:
Oriyent Finans Bank (4004)
Turonbank (1220)
Aloqabank (1152)
MKBank(1285) batafsil...

Banklar manzili:
MKBank filiallari manzili...
Turonbank filiallari manzil...
Aloqabank filiallari manzil...
Oriyent Finans Bank filiallari... manzili...

⚡️Ta'lim kreditini ajratish tartibi. Batafsil...
⚡️Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriladi. Batafsil...

🎓 @Talim_huquqi

2 months, 2 weeks ago

#Mening_maktabim

🇺🇿 Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahrida) davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida (51 mln so‘m) mablag‘ ajratiladi. Ushbu mablag‘ 5–11-sinf o‘quvchilari tanloviga ko‘ra elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktab uchun zarur tovarlarga sarflanadi.

🎓 @Talim_huquqi

4 months ago

⚡️Ertadan talabalar uchun dars jarayonlari boshlanadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga ko‘ra, barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida dars jarayonlari 2024-yil 8-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

🎓 @Talim_huquqi

We recommend to visit

• 𝐎'𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐞𝐧𝐠 𝐚𝐪l𝐥𝐢 𝐢𝐧𝐬𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫𝐢 💚
• 𝐎𝐝𝐝𝐢𝐲𝐥𝐢𝐤𝐝𝐚𝐧 𝐦𝐮𝐤𝐚𝐦𝐦𝐚𝐥𝐥𝐢𝐤 𝐬𝐚𝐫𝐢 𝐛𝐢𝐳 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐠🤗

📈 Reklama xizmati: @reklamaland

Last updated 1 month, 2 weeks ago

نقل الإخبار السياسية - الرياضية - الفنية - وكافة الإخبار الخاصة بالعراق
عدم التطرق لاي طائفية
عدم التطرق لأي امور دينية ومذهبية ونقاشاتها
العراق يجمعنا بالحب والسلام 🇮🇶
للتواصل عبر الخاص
@Thartharnews_bot

Last updated 1 month ago

Al Madina FM Syria 101,5 FM
www.almadinafm.com

Last updated 1 month, 3 weeks ago