Maslakdoshlar (Rasmiy kanal)

Description
Bizning maslagimiz avvalo O'ZIMIZGA, so'ngra bir-birimizga, atrofimizdagilarga har tomonlama yordam berish, yaxshilik ulashish!

Murojaat uchun: @Maslakdosh_robot
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

8 months, 2 weeks ago
Vada qilingan vebinarlarimiz davom etadi. Bu …

Vada qilingan vebinarlarimiz davom etadi. Bu safar FINLANDCHA TA’LIM haqida gaplashamiz.

Ushbu vebinarimiz 28-yanvar, yakshanba O’zbekiston vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.

Ushbu vebinarimizda Finlandiya ta’lim tizimining o’ziga xos xususiyatlari, ta’lim orqali shaxs, davlat va jamiyat taraqqiyotiga qo’shayotgan hissasi, ta’lim shakli va mazmunini belgilashdagi muhim qadriyatlari kabi bir qator masalalarda fikrlashamiz. Finlandiya ta’limini Amerika va O’zbekiston ta’limi bilan qiyosiy tahlil qilamiz.

Zoom linki ushbu kanalga yuboriladi.

9 months, 1 week ago
Maslakdoshlar (Rasmiy kanal)
9 months, 1 week ago
Yangi yilning bayramona, ko’tarinki kayfiyatini saqlagan …

Yangi yilning bayramona, ko’tarinki kayfiyatini saqlagan holda ta’lim sohasiga oid ilm majlislarimizni davom ettiramiz.

Navbatdagi vebinarimiz 3-yanvar O’zbekiston vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.

Ushbu vebinarimizda ta’lim mazmunini belgilashda muhim o’ringa ega bo’lgan fan standartlariga xos umumiy xususiyatlar, ularning maqsad va vazifalari haqida gaplashamiz va fikr-mulohazalarimizni O’zbekiston va Amerika ta’limida fan standartlari tajribasi bo’yicha tahlil qilamiz.

Zoom linki ushbu kanalga yuboriladi.

9 months, 1 week ago

Assalomu alaykum.

Ushbu kanal obunachilarini yana bir bor yangi yil bilan tabriklaymiz. Yangi yilda hayotingizni shijoat, kuch-g’ayrat, sihat-salomatlik, baraka va halovat tark etmasin!

9 months, 3 weeks ago
Aniqlanishicha,

Aniqlanishicha,

*- Qizil ruchka o’quvchining o’ziga bo’lgan ishonchini sezilarli tushurar ekan.

- O’quvchi psixalogiyasi ko’rsatilgan va chizib tashlangan xatolarni qayta ustida ishlash uchun feedback emas, balki jazo deb qabul qilar ekan.

- O’quvchi o’z xatolari ustida savol berish uchun o’qituvchi bilan qayta dialogga kirishmas ekan.

- Til darslarida qizil bilan imlo xatolarini tekshirish o’rganuvchining ruhiyatiga salbiy ta’sir qilish bilan birga boshqa baholanuvchi faktorlar: o’quvchining ijodiy yondashuvi, ifoda izchilligi, bayon ravonligi kabilarni nazardan qochirishga sabab bo’lar ekan va boshqalar.*

O’sha voqeadan keyin boshqa o’qituvchilarni ham kuzatdim. Ularning qizil ruchkalari yo’q edi. Internet va kitoblardan bu bo’yicha yana qo’shimcha manba va maqolalar topib o’qidim. Qiziqarli tadqiqotlarga duch keldim. Natijada, xatolarimni tushundim va o’zimga ortiq o’quvchilar uchun qizil ruchka ishlatmaslikka so’z berdim.

Sizchi? Siz ham endi bu xatoni bilib turib qilishdan voz kecha olasizmi?

9 months, 3 weeks ago
[#Ta](?q=%23Ta)’lim

#Ta’lim

Qizil ruchka hangomasi

Amerika maktablaridagi amaliyotlarda o’qituvchining ruchkasi bilan bog’liq qiziq bir holat diqqatimni tortdi. O’qituvchi Miss Sarapin o’quvchilar ishini tekshirish uchun yashil rangli ruchkadan foydalanar edi. Siyohi tugadi ,shekilli, yozmay qoldi. Chaqqongina qizil ruchkamni tutdim. Olishni unamadi va sekingina “it is not allowed to use” dedi tabassum bilan hijolatomuz. Hayron bo’ldim. Darsdan so’ng esa ruchka taklifimni qabul qilmagani uchun uzr so’radi va batafsil izoh berdi.
Aytishicha, Amerika maktablarida o’quvchilar ishini tekshirish uchun qizil ruchka ishlatish taqiqlangan. Bu bo’yicha 30-40 yillar oldin ilmiy tajribalar o’tkazilgan va sabablari izohlab berilgan.

(Davomi keyingi postda)

9 months, 3 weeks ago
# Ta’lim

# Ta’lim

Tashqi tomondan qaralganda o’qitish o’rganuvchi va o’rgatuvchi orasida amalga oshadigan yaxlit hodisa sifatida ko’rinadi.

Aslida esa o’qitish juda katta va uzliksiz davom etadigan jarayon bo’lib, o’z ichiga ko’plab muhim komponentlarni jamlaydi. Bu komponentlar jarayonda bir birini talab qiladi va qaysidir birining o’z funksional vazifasini bajarmasligi o’qitishning samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi.

O’qitish jarayonining asosiy komponentlari

- O’rganuvchini yo’naltirish
- O’rganuvchini hissiy qo’llab-quvvatlash
- O’rganuvchini ruhlantirish
- O’rganishni baholash
- Maktab hayotida faollik
- Dars boshqaruvi (menejmenti)
- Dars rejasini tuzish (Lesson plan)
- O’quv dasturini tushunish va tatbiq qilish
- Ota-onalar bilan samarali va maqsadli kommunikatsiya
- Darsni o’rganuvchiga samarali anglata olish va boshqalar

Siz o’qitish faoliyatingizda yuqoridagi qaysi o’qitish komponentlarida qiyinchilik his qilasiz? Nega?

9 months, 3 weeks ago

**Kanal adminlari haqida

Doston Israfilov** - Amerikaning shimoliy Alabama universiteti magistr darajasi bitiruvchisi, ingliz va o’zbek tillari o’qituvchisi, ta’lim mutaxassisi.

Facebookdagi sahifasini kuzatish uchun link ni bosing.

Izzatulloh Adhamov - marketolog, noshir, mustaqil izlanuvchi, Germaniya va nemis tili ishqibozi, universitet darslarini qoldirish bo’yicha salkam O’zbekiston chempioni.

Facebookdagi sahifasini kuzatish uchun link ni bosing.

Adminlar haqida qiziqtirgan savollaringiz bo’lsa, izohlarda qoldirishingiz mumkin

Facebook

Log in to Facebook

Log in to Facebook to start sharing and connecting with your friends, family and people you know.

9 months, 3 weeks ago

Qisqa-savollarga qisqa javoblar.

Maslakdoshlar qanday jamoa?

Maslakdoshlar turli hayotiy maqsadlari, bilim, iste'dod, ish va ta'lim tajribalari bo'lgan hamda o'z maqsadlari ustida ishlash jarayonida atrofidagi insonlarga ham ko'mak berish, yaxshilik ulashish, qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan ko'ngillilar jamoasi. Jamoa haqida ilova qilingan brashuladan ko'proq bilib olishingiz mumkin
Jamoada ko'proq kimlar yig'ilgan?

Bugungi kunda jamoa negizini ko'proq talabalar va o'qituvchilar tashkil qiladi. Kelgusida jamoa o'z safiga yangi a'zolarni qabul qilishdan mamnun.

Kanal nima uchun ochilgan?

Maslakdoshlar jamoasi tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni omma bilan bo'lishish, jamoa-a'zolarining ilm-fan, ta'lim-tarbiya va o'zbek jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy o'zgarishlar haqidagi fikr-mulohazalarini boshqalar bilan ham ulashish, kanal kuzatuvchilarining shaxsiy rivojlanishida har tomonlama ko'maklashish va boshqalar.

Kanalda qanday turdagi kontent ko'proq beriladi?

Zamonaviy pedagogikada ilgari surilayotgan ilm-fan yangiliklari
Ta'lim va ijtimoiy hayotga doir so'rovnomalar
Jamoa tomonidan tashkillashtirilayotgan vebinar, tanlov, marafon va boshqa shu turdagi tadbirlar e'lonlari
Chat muhokamalar
Xorijda ta'lim olish bo'yicha tavsiyalar
Mustaqil ta'lim olish va o'z ustida ishlash uchun kerakli platformalar
Ta'limga oid foydali va qiziqarli xorijiy tajribalar va ular yoritilgan maqolalarga munosabat
Kayfiyatbop postlar va boshqalar

Kanal adminlari kim?

Hozircha adminlarimiz 2 ta.
1. Doston Israfilov @Doston8613
2. Izzatulloh Adhamov @IzzatullohAdham

Kanal va jamoa faoliyatiga oid qo’shimcha savol-mulohazalaringiz bo’lsa, izohlarda qoldirisgingiz mumkin

9 months, 3 weeks ago

Assalomu alaykum hurmatli kanal kuzatuvchilari

Kanaldagi bir muddatlik nofaollik uchun uzr so'raymiz.

Quyida kanal faoliyati yuzasidan bir qancha masalalarni savol-javob shaklida ochiqlab o'tmoqchimiz.

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago