Alisher Fayzilloyev

Description
Shofirkon tuman hokimi Alisher Fayzilloyevning telegram kanali
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month, 3 weeks ago
2 months, 1 week ago
[#Murojaatnoma](?q=%23Murojaatnoma) **Shofirkon tumani hokimi Alisher Fayzilloyevning …

#Murojaatnoma Shofirkon tumani hokimi Alisher Fayzilloyevning tumandagi davlat va jamiyat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat
yuritayotgan rahbar-xodimlariga
murojaati

Keyingi yillarda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining ajralmas qismi sifatida belgilanib, bu borada sezilarli natijalarga erishib kelinmoqda.

Ayniqsa, bu borada qisqa davrda qabul qilingan Prezident farmon va qarorlari hamda mazkur qarorlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan harakatlar korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat boshqaruv organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligi yanada kengayib, samarali mexanizmlar joriy etilmoqda.

Korrupsiya nafaqat mamlakatga moddiy yo‘qotish olib keladi, balki tadbirkorlik rivojiga, qonun ustuvorligini ta’minlashga keskin to‘sqinlik qiladi, jamiyatda ijtimoiy beqarorlikni, hokimiyatga ishonchsizlikni va boshqa bir qatorm halokatli oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari va erkinliklarining buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi, odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa salbiy hodisalarning ildiz otishi, gullashi uchun sharoit yaratadi. Demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan bir vaqtda davlat xizmatchilari tomonidan poraxo‘rlik, mansab mavqeini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etilishi hokimiyatning obro‘sizlanishiga, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga, natijada amaldagi hokimiyatga nisbatan norozilikka sabab bo‘ladi.

Korrupsiyaning ma’lum bir mamlakatda rivojlanishi esa o‘sha davlatning tanazzuliga olib keladi.
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomalarida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz”, deb bejizga ta’kidlamadilar.

Bugungi kunda ayrim davlat xizmatchilari o‘z manfaatlarini ko‘zlab, jumladan, kredit olishda, qurilish sohasida, byudjet mablag‘larini taqsimlashda ming afsuski, noqonuniy ishlarga aralashib qolayotganliklarini guvohi bo‘layapmiz. Sodir etilgan har qanday korrupsiyaviy jinoyat sirligicha qolmaydi, albatta, oshkor bo‘ladi va qonuniy jazosini oladi.

Har qanday jinoyat uchun jazo muqarrardir, buni har bir davlat xizmatchisi vujudi bilan his qilishi, ko‘z oldiga ota-onasi, farzandlari va aka-singillarini keltirishlari kerak.

Davlat xizmatchisi – bu oddiy xodim emas, u davlat topshirig‘i va manfaatlari bo‘yicha uning nomidan harakat qiluvchi insondir. Shuning uchun davlat xizmatchisi degan yuksak hamda sharafli nomga dog‘ tushirmaslik uchun eng avvalo, halol bo‘lishimiz, oldimizga qo‘yilgan vazifalarni vijdonan, vatanparvarlik tuyg‘usini to‘liq his etgan holda sidqidildan mehnat qilishimiz lozim.

Ish faoliyatimizda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lish, xalqimizga halol va sadoqat bilan xizmat qilishni asosiy burchimiz va vazifamiz deb, bilaylik!

Faoliyatimizni qaytadan xolis tahlil qilib, mahalliy ijro hokimiyati oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarni shaxsiy manfaatlarimizdan ustun qo‘ygan holda bajarishga barcha kuch va salohiyatimizni safarbar etaylik!
Yurtimizning buguni va ertasi, yorug‘ kelajagi uchun avvalo o‘zimiz mas’ul ekanligimizni unutmaylik!

Barchangizni birgalikda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borishga da’vat qilaman!

?Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati

3 months ago
4 months ago
Shofirkon tumani hokimi Alisher Fayzilloyev bugun …

Shofirkon tumani hokimi Alisher Fayzilloyev bugun 45 yoshni qarshiladi.

Alisher Fayzilloyev 2023-yilning 13 aprel kunidan Shofirkon tumani hokimi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

@potrebitelbukharaplus

4 months, 1 week ago
5 months, 2 weeks ago
7 months ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago