Ural

Description
Uralbek Buriev

shaxsiy, o’ta shaxsiy qarashlarim…
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

3 years ago

Mahallam o’zgaryapti… ?

Talabalar ko’chasining o’ng biqinida yashayman. Ko’rayotganingiz ikki manzara (yangi ekilgan daraxtlarni quchoqlab turgan bog’cha va qurilish ketayotgan maydon) yaqindagina ko’rinish berdi.

Mahalla raisimiz (Alloh rozi bo’lsin ulardan) juda serharakat. Bomdod mahali shu yangi ekilgan daraxtzorda aylanadi. O’zi ekkan-da (hammasini). Avvallari shu maydonchadagi eski daraxtlar (kimlarningdir topshirig’i bilan) kesib tashlangan, “yalang’och” qolgandi. Yangi mahalla raisimiz esa, (bog’bon chiqdi deng)) ko’rinishni yashilga burkadi. Rahmat.

Biroq uning tepasidagi maydon changa to’lib ketyapti. Qurilish, buzilish (tipa o’zgarish) bo’lyapti. Talabalar uchun yotoqxona qurilarmish. Miyyani qaynatayotgan masala boshqa… bu maydoncha bir necha oy avval talabalar uchun maxsus qurilgan fudbol, basketbol, mini fudbol, aylanma yugurish yo’lakchasi va sport bilan shug’ullanish uchun kerak bo’lgan vositalarga to’la yoshlar hudud(chas)i edi. Talabalarni gavjum qilgan maydon hozir tuproq va changa to’ldi.

Essiz, o’zining tribunasiga ega kattagina sport maydoni ketdi, yo’qoldi… bunisiga boshqacha “rahmat”. Boshqa yer topilmabdi kattagina tumanda…

uralbekburiev

3 years ago

Men o’qigan maktabda (raqami va manzilini aytmayman) o’qituvchilar nisbatan kamroq edi. Yosh jihatdan ham deyarli “qariyalar” qo’lida ta’lim oldik desam ham bo’laveradi.

Bir o’qituvchini eslayman 3 ta fandan bizga dars o’tardi. Yoshi ulug’, ustoz deyishga “daje” hijolat bo’lardik. Unga murojaatni “bobo”dan boshlash qulayroq edi (ana bo’masam). O’tiladigan mavzular yangilanishidan umid qilish qiyin. Doimiy, takroriy, umumiy suhbatxonaga aylanardi sinfxona. Xullas o’zlashtirolmadik. Kasal bo’lib, bir oyoq “nariga” yaqinlashgandan so’ngina ta’tilni istabdilar. Rahmatlar))

Kollejda o’qidim… 3 ta direktor “movuni” bor edi. Biz ularni ”onaxonlar” yoki “xolalar” deb chaqirardik. Ba’zi kursdoshlarimiz (yoshlikka borishganda qurimagurlar) “buvijonlar” deb ham atashgan. Nuqul darsimizning boshi shu uch “dugonalar”ning yo’qlamasi, tanqidlari, jerkishlari, qo’rqituvlari bilan boshlanardi. Ha endi, ma’naviyatni ustuvor qo’yishgan-da. Lekin fizikka, algebra, kimyo fanlarini pand-nasihat va intizomiy qoidalarni eslatish bilan boshlash sal erishroqmasmikin)) Eng qizig’i, yaqinda eshitdim ular hamon uch dugonalardek, yangi o’quvchilarning “buvijonisi” bo’lib yurishgan ekan.

Universitetda o’qiyapman (3 yil kirolmay oxiri kirganman), karantin mahal online tizimi bois “zoom” orqali darslarda qatnashar edik. Bir kuni (fani esimda yo’q) hamma kursdoshlar online bo’lib, darsni kutyapmiz. O’qituvchining profili ham ochiq. Divanda o’tiribtilar. Kutdik, yana kutdik, jimlik, sukunat. Vaqt o’tib ustoz (15-20 daqiqa vaqt o’tib) gap boshladi:

“— uzur, ko’zim ilinib qopti. O’tgan dars nimani gaplashgandik”

Yoshlari katta axir, endi yosh avlod ham buni tushunishi kerakda)

Ta’lim olish jarayonlarim shunday qiziq va o’ta eslagulik voqelikka to’la. Biroq bu voqeilikning ishtirokchilari “qariyalar” afsuski. Tunov kuni diplomatiyani bitirib, IELTS olib, ishga kirolmay taksichilik qilib yurgan 32 yoshli insonni uchratdim. U taksida man yo’lovchi, u xasratga to’la “hikoyachi” edi. Ha, bundaylar ko’p. Yanada ko’payib borishyapti… Lekin haligi uch “buvijon” esa hamon ishlashdan charchashmayapti))

uralbekburiev

3 years, 2 months ago

Jiyanim AmirShoh bilan avvalari ko’p vaqtimni o’zkazardim. Uning juda kichkinaligi va o’zimning ham kenja farzandligim sabab bo’lib unga qarash, u bilan o’ynash kaminaning chekiga tushardi.

Injiqlanavergani, aytganimni qilmagani doim jazoyimga, (asta) kaltaklashimga sabab bo’lgan, uning esa (arillab) yig’lashiga… eslasam hozir ham hayrondaman, yig’lash vaqti o’tib, tinchlanar ekan, unga qarab kulsam yana avvalgidek hech nima bo’lgandek kulib turaverardi. Erkalasam quchoqlab olardi.

Bundan vaziyatlar juda ko’p bo’lgan, qancha bo’lsa shuncha kechirimini, yana qaytadan tabassumini beraverardi kichkintoy. Buni tushuna olmayman, aqlim shoshadi, tushuncham juda torlik qilib qoladi. Nega bunday kechirimga, tabiiy samimiyatga, hech narsa evaziga shunchaki sevgiga ega bo’ladi-a bu bolachalar.

Kichkintoy bolangiz yoki jiyaningizga shunchaki qarang. U oddiy. Unda siz haqingizda hech qanday yomon o’y yo’q. Sizdan kutadigan nimadiri ham yo’q. U shunchaki sizni borligingiz uchun sizni sevadi, sizni unga berayotgan mehringiz uchun kuladi, uni erkalaganingiz uchun quchadi. U shunchaki toza va hammani toza teb biladi.

Biz kattalar-chi, ularga qaraganda aqlan rivojlangan bo’lsak-da, qalban juda qoloqmiz. Tamagirmiz. Yolg’onchimiz. Ikkiyuzlamachimiz.

Post tagida uning rasmini qoldiraman)

uralbekburiev

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid