Yo'ldalik...

Description
Narsa yo'qki xoriji olam erur,
Har ne istarsen, o'zingda jam erur. (Rumiy)
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

1 month, 2 weeks ago

Sirli sandiq

Bu sandiq har doim odamlarni, oʻzimni tushunolmay, savollar orasida qolsam paydo boʻladi. Avvaliga fikrlardan chalgʻitish uchun boʻlsa kerak, deya koʻp ham eʼtibor qilmabman. Keyingi safar yaxshilab boqdim-u hayratlandim. Sandiq juda katta emas, lekin joyidan ham qoʻzgʻatib boʻlmas ekan.

Atrofiga turli tasvirlar oʻyib tushirilgan. Birini anglash uchun davomidagini ham koʻzdan kechirishingiz kerak. Odamlarning ov qurollaridan tortib, togʻlar oʻrtasida koʻkragidan oʻq tekkancha koʻzlarida hasrat, alam va achinish qotib qolgan yolgʻiz kiyikkacha aks etgan.

Qinidan sugʻurilgan xanjar. Oʻt ichida qolgan shaharning olov taftiga dosh berolmasdan yuzingizni keyingi tasvirga qaratsangiz, hatto tutgan choʻgʻi qoʻllarini kuydirayotganini ham sezmagancha, istehzoli iljayib turgan kishiga eʼtiboringiz tushib, beixtiyor ijirgʻanib ketasiz. Oʻziga qoʻshib butun shaharni ham oʻtga tutayotganidan magʻrurlanayotgandek alamli tasavvur uygʻotadi...

...Sandiq oʻrtasida nur boʻlib, oppoq siymodagi bir bolakay qoʻllarini koʻkka koʻtargancha boqib turardi. Titradim. Yerning tortishish kuchi oʻz oʻqi atrofida bir meʼyorda harakatlanishiga xizmat qilganidek, bu nurli tasvir ham sandiqni shu vaqtgacha asrab turgandek...

Bu oʻzi qanday sandiq, hali ustki tomoni shuncha sirlarga toʻla boʻlsa, ichida ne sinoatlar bor? Siz kalitini koʻrmadingizmi?

@mushohadaa

1 month, 2 weeks ago
1 month, 2 weeks ago
4 months, 1 week ago

#shunchaki

Tongning siriga yetish uchun tongga singib ketish kerak...

Tongga singish uchun his qilish, hayratlanish va hayajonlanish uygʻunlashadi...

Hayratlanish mavjud joyda esa Yaratiqlarga shukronalik bor boʻladi...

Shukronalik hissi ham neʼmatlari haqida tafakkur qilish bilan kelarkan...

Hayratingiz va hayajoningizni yoʻqotmang!..

@mushohadaa

4 months, 2 weeks ago

#nazm

Ketish yaxshi.
Boradigan joying bo‘lsa,
Ketishing – yaxshi.
Boradigan joying bo‘lmasa ham
Ketish yaxshidir.
Boradigan joyingni yo‘l-yo‘lakay qurib borsang,
Ketish – juda qiziq.

Boradigan joying ertak bo‘lsa
Ketish – chiroyli.
Ketish faqat yurishdan iborat bo‘lsa,
Ketishda charchoq yo‘q.
Ketishing uchishga ko‘chsa,
Demak yurakka aylangansan!

Tilingda kimnidir ismi bo‘lsa,
Ketishing – muhabbat,
Yolg‘izgina ketish esa –
Ko‘ngilga ketishdir,
Dunyo go‘zal tortgusi
Bu ketishingdan.

Sen esa yig‘lab ketyapsan.
Bu – sog‘inchli ketishda
Parvardigorga yetgaysan,
Xudo xohlasa...

© Usmon Azim

@mushohadaa

Telegram

📓Usmon Azim

Boshqa dunyo odamlari... @beishqzoda

4 months, 2 weeks ago

Tinchlanishga yaxshi manzil ekan. Naqadar kerak hozir.

4 months, 2 weeks ago
4 months, 3 weeks ago
4 months, 3 weeks ago

#ogʻriq

Qanday qilib Asl oʻzliklarni bir-bir yoʻqotdik? Muhojirlikda, darbadar, yurtdan uzoqda yurishga mahkum boʻlganlarning holi qanday kechgandi?

Ellar ustidan siyosiy noʻtoʻgʻri hukmfarmolik jabri...

Birozda soʻzlashamiz...

@mushohadaa

4 months, 4 weeks ago

#xotira

Oltinchi yoki 7-sinf edim. Bobom (Alloh rahmatiga olsin, qabrlarini nurga toʻldirsin) urush vaqti haqida aytib berganlar.

"Non topish ham qahat edi. Otam oʻsha vaqti nonvoychilik qilganligi uchun bizga ozroq bilinmagan. 5 yoshlarda edim, qarashardik..."

Mening tasavvurimda, bobom timsolida vazmin va salobatli urushni his qilgan odamlar gavdalanadi.

Bir necha kun avval vafot etdilar?. Imkoningiz boʻlsa, haqlariga duo qilib qoʻying.

@mushohadaa

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago