Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan bugungi muloqotida kambagʻallikni qisqartirishning eng samarali yechimi taʼlim ekanligi taʼkidlandi.
Shuning uchun kam taʼminlangan oilada hech boʻlmaganda bitta farzand oliy maʼlumotli boʻlishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Endilikda kambagʻal oilaning farzandiga taʼlim krediti foizsiz beriladi, qoʻshimcha grant ajratiladi, kontrakt toʻlovining bir qismi qoplab beriladi.
Yana bir yangilik – iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin ogʻir oilaviy sharoiti sababli oʻqish imkoniyatiga ega boʻlmagan yoshlarni xorijda oʻqitish boʻyicha yangi tizim – “Yorqin isteʼdod” loyihasi joriy etiladi.
Bunda har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi. Ularning salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida oʻqitiladi.
Xorijda taʼlim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi.
Har yili saralashdan oʻtgan 1 ming nafar yoshlar dunyoning “top-100” oliygohlariga yuborilib, oʻqish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.
“Toshkent” telekanalining “Poytaxt” axborot dasturida xavfsiz hudud tamoyili, band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, probatsiya ro‘yxatida turgan yoshlar muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar Chilonzor tumanining “Qozirobod” MFY misolida keng yoritildi.
Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi.
Axborot 24 | «Mahallabay» ishlashga mas'ul xodimlar uchun o`quv-seminar
#11feb #uzbekiston24
Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tizimida “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” doirasida yoshlar bilan ishlash borasida 2024-yildagi ustuvor vazifalar hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar startegiyasi ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 5-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida qator tadbir, maʼnaviy-maʼrifiy kechalar oʻtkazilmoqda.
Bugun ana shunday tadbirlarning biri Chilonzor tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi xodimlari ishtirokida tashkil etidi. Unda xodimlar oʻrtasida sportning shashka musobaqasi boʻlib oʻtdi. Sport musobaqasi soʻngida faol xodimlarga estalik sovgʻalar topshirildi.
Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Toshkent shahar Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtasanoat” ilmiy markazi xodimlarigi 2022-yil sentyabr oyidan beri oylik berilmagani, Prezidentning 2024-yil 14-yanvardagi 136-sonli qaroriga ko‘ra Paxtasanoat ilmiy markazi negizida “Tolali ekinlar” ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilishi belgilangani biroq, qaror chiqqaniga 8 oy bo‘lishiga qaramasdan bugunga qadar ilmiy xodimlar “Paxtasanoat” ilmiy markazidan “Tolali ekinlar” ilmiy tadqiqot institutiga qabul qilinmasdan sarson qilinayotgani to‘g‘risidagi murojaat keltirilgani yuzasidan
Toshkent shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ushbu murojaat nazoratga olingan bo'lib o'rganish o'tkazilmoqda. O'rganish yakuniga ko'ra qo'shimcha ma'lumotlar berilishini ma'lum qilamiz.
Toshkent shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her