Sarvinoz bilan terapiya

Description
Psixologik salomatlik yoʻlida hamrohingiz

Shaxsiy kanalim: @sarvinoz_omonova

Konsultatsiya uchun: @ps_sarvinoz_omonova

Kurs va leksiyalarim: @sara_kurslar
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 year ago

2-3 oydan beri hayotimni yengillashtirish, tozalash istagi bor. Garderobimi minimallashtirishtirishdan boshlangan bu harakatim vertual olamga ham yetib keldi. Turli mavzulardagi bir nechta telegram-kanalimga qarab, og'irlik his qilyapman.

Shuncha kanalni nega ochganimni eslashga urindim. Avvalo kuzatuvchilarning qulayligi uchun ekan:

psixologik postlarimni óqishni istagan, kundalik hayotim va Turkiyaga oid narsalarni kórishni istamaganlarga alohida kanal ('Sarvinoz bilan terapiya')

psixologiyaning murakkab tushuncha va fikrlaridangina bahramand bólishni istaganlarga yana bir kanal ('Freyd bilan gurunglar')

shaxsiy blogimda modaga oid postlar bilan modaga qiziqmaganlarni bezovta qilmaslik uchun boshqa kanal ('Fashion therapy with Sara')

Va hokazo.

Shu paytgacha bir vaqtning ózida hammasini faol yuritolmadim. Hayotimda hamma qiziqishlarimni bir xil tempda va ayni vaqtda olib ketolmaganimdek. Qaysidir kanalim tóxtab qolsa, unga vaqt ajratolmayotganim uchun aybdorlik hissi bólardi. Birortasini faol yuritgan taqdirimda, bu vaqtinchalik ekanini sezib turardim — boshqa sohaga shóng'ish istagim yana paydo bólishi tayinligi uchun.

Bu vaziyat meni charchatdi. Shuning uchun qolgan hamma kanalimni tóxtatib, faqat "Sarvinozdan chizgilar"(@sarvinoz_omonova)ni yuritmoqchiman.

Men ham psixolog, ham rassom, ham moda shaydosi, ham sayohatsevar, ham kitobsevar, ham gedonist, ham jiddiy, ham hazilkash, ham ilhombaxsh, ham melanxolik, ham chuqur mulohazali, ham hislariga kóra yashaydigan odamman. Shoira, yozar, fotograf singari hozircha vaqt va energiya kórinishidagi ozuqa ololmay turgan qismlarim ham bor. Bularning bari bitta blogda bólishi, bólaklarga bólinmaslikni istayman.

1 year ago

*‘Hammasi yaxshi, lekin koʻp ovqat yeyapman va kundan kunga semirib ketyapman’

‘Hammasi yaxshi, lekin uyga borgim kelmaydi’

‘Hammasi yaxshi, lekin hech narsadan zavq olmayapman’*
Klassik ma’noda hayotida hamma narsasi (ishi, oilasi, yetarlicha daromadi, yaxshi salomatlik) bor kishilar — muammolarini muammo deb tan olishi va psixologga murojaat qilishi qiyin kechadi odatda. Hamma senga havas bilan qarasa, nolish ham qiyin…

Boshida apatiya, melanxoliya boʻlgan holat keyinroq depressiyaga, ba’zida suitsidga ulanib ketishi mumkin. Shuning uchun “hammasi yaxshi” boʻlishiga qaramay, bezovtalik boʻlgan paytda — muammoni aniqlashga harakat qilish lozim.

Balki gul va sovgʻalarga koʻmib yuboradigan er — bolalar bilan umuman vaqt oʻtkazishni xohlamas? Ayol esa bolalarning muammolari, kelajagi haqida yolgʻiz qaygʻurishdan charchagandir. Ayni vaqtda unga sovgʻalar beruvchi oshiq emas, otalik mas’uliyatini oladigan ‘turmush oʻrtoq’ kerak ehtimol? Ojizlik, yolgʻizlik, tushunilmaslik holatlaridan qochishining eng qulay yoʻli — koʻp ovqatlanish boʻlishi mumkin.

Nufuzli universitetga oʻqishga kirgan qiz — na oʻqishga, na uyga borishni istamay qoldi. Oʻqishga borsa, undan a’loroq oʻqiydigan talabalar bilan oʻzini solishtirib charchaydi, avval hamma joyda eng bilimlisi oʻzi ekaniga oʻrgangandi va bundan boshqacha vaziyat uni qiynayapti. Hafta oxirida uyga borsa, onasi “ham zoʻr universitetda oʻqiyotgan, ham zoʻr yigitga turmushga chiqayotgan” boshqa qizlar haqida yangiliklar bilan kutib oladi. Qizning yagona istagi — hech kim tanimaydigan joylarga ketib qolish… Lekin hozir xonadosh qizlarning moddiy qiyinchiliklar, zoʻravon ota haqidagi dardlarini tinglash, oʻzining hayotiga shukr qilish bilan band.

“Menda hammasi yaxshi” jumlasining ortida: ruhiy muammolarni inkor qilish, yordam soʻrashdan va “muammoli odam” boʻlishdan uyalish, oʻz hayotiga standartlar, stereotiplar nuqtayi nazaridan qarash kabi holatlar boʻladi. Afsuski, bu jumlani ishlatadiganlar “hammasi yomon” boʻlganida terapiyaga murojaat qilishadi va bu nuqtada ijobiy oʻzgarishlarni boshlash juda qiyinlashadi.

@Sarvinoz_bilan_terapiya

1 year ago

Psixoterapiyaning muhim vazifalaridan biri — mijozga uning hislarini aniqlashtirishga yordam berishdir.

Biror vaziyat yoki odamga nisbatan hislarining oʻrinli, normal ekanini anglash —odamni yengillashtiradi. Inkor qilishga oʻrgangan hislaringizni terapevt qabul qiladi, ularga nom beradi va hislaringiz ortida turgan ehtiyojlarni topishga yordam beradi. Bu esa qaror qabul qilishni, umuman hayotni osonlashtiradi.

Terapiya olmayotgan, lekin oʻziga yordam berishni istayotganlar uchun avval oʻtilgan va ypzib olingan “Hislarim bilan garmoniya” nomli kursim bor. Bugun shu kursga 50%lik chegirma e’lon qilmoqchiman — 400.000 soʻm narxda sotib olishingiz mumkin ~~(800.000 soʻm).~~Chegirma ertaga (12.11.23) soat 16.00 da tugaydi.

Kurs haqida toʻliq ma’lumotni mana bu postdan topishingiz mumkin: t.me/sarvinoz_omonova/1019

Murojaat uchun akkauntim: @ps_sarvinoz_omonova

1 year ago

“Hamma odamlar shunaqa …”

“Hech kim meni sevmaydi”, “Hamma men bilan manfaat uchun gaplashadi”, “Hamma xiyonatkor/jahldor/qalbi kir”, “Ular bizni yomon koʻradi/bizga chox qaziyapti”, “boylar egoist boʻladi” — odamlarning boshqalar, qandaydir guruhlar haqida tez-tez jaranglab turadigan shunday fikrlari bir qarashda asosliday tuyuladi.

Masalan, uch marta turmush qurgan va uchala eri ham xiyonat qilgan ayolning hikoyasini eshitganda, tinglovchi rostdan ham barcha erkaklarning xiyonatkor ekaniga ishona boshlashi mumkin. Lekin takrorlanuvchi voqealar, munosabatlarga — psixologlar tasodif sifatida qaramaydi va bularning ortida proyeksiya himoya mexanizmi bor-yoʻqligini aniqlashga harakat qilishadi.

Proyeksiya — kishining oʻziga tegishli boʻlgan his, ehtiyoj, xohishlarini boshqa odamlarda bor deb hisoblashidir. Masalan, boshqalarning unga e’tiborsiz ekanidan xafa boʻladigan kishi — boshqalarga e’tiborsiz boʻladi. Yoki odamlarni agressiv hisoblaydigan insonning oʻzida agressiya koʻp boʻladi.

Yuqoridagi misolga qaytsak. Sherigi bilan munosabatlarning qiziqarli, mustahkam, sogʻlom boʻlishiga urinmaydigan, monogam munosabatlardan zerikadigan yoki an’anaviy oila tarziga isyon qiladigan ayol — har bir turmush oʻrtogʻini xiyonatda shubha qilishi, nazoratga olishi, sevgisini qozonish uchun xizmatlari bilan “yopishib olishi” yoki xafa boʻlib uzoqlashishi mumkin. Bunday munosabatdan qoniqmagan erkaklar esa xiyonat qiladi va ayolning “hamma erkaklar xiyonatkor” degan fikri óz tasdigʻini topadi.

Proyeksiya — kichikligimizda olamga moslashish, eski tajribamizga tayanib xulosa qilishga yordam beradi. Biroq u odamning doimiy va asosiy ishlatadigan himoya mexanizmiga aylanib qolsa, zarar berishni boshlaydi.

Terapiya jarayonida ham proyeksiyalar boʻlishi mumkin — nafaqat mijozda, balki terapevtda ham. Masalan, mijozga terapevt tanqidchan yoki asabiy tuyulishi mumkin. Terapevtga esa mijoz shoshilayotgan yoki qoniqmayotganday tuyulishi mumkin. Terapevtning malakasi qanchalik yuqori boʻlsa, u mijozning ham, oʻzining ham proyeksiyalarini yaxshi aniqlay oladi va ularni oʻzgarishlar manbasiga aylantiradi.

@Sarvinoz_bilan_terapiya

1 year ago

Psixolog qanchalik boy nazariy bilimga ega bólmasin, terapiyaning samarasiga eng katta ta'sir qiladigan omil — mijoz bilan munosabatidir. Munosabat órnatishni biladigan psixolog amaliy tajribasi kam bólishiga qaramay, mijozga yaxshiroq yordam bera oladi.

Psixolog bólib endi boshlagan yoki shu sohada óqiyotgan bólsangiz, yetarlicha mijoz yóqligidan va mijozlaringizga yaxshi yordam berolmayotganingizdan qiynalayotgan bólsangiz, professionalligingizni oshirmoqchi bólsangiz, "TERAPIYA MAHORATI" online kursiga taklif qilaman.

Kurs kelayotgan shanba kuni (4-noyabr soat 14.00 da) boshlanadi.

Kurs nafaqat psixologlarga, balki yordam beruvchi boshqa soha (pedagog, shifokor, kouch) vakillariga, qanday qilib terapevt tanlashni órganmoqchi bólganlarga va shunchaki yaqinlari bilan sog'lom munosabat órnatmoqchi bólganlarga ham foydali bólishi mumkin.

Kursning ayni vaqtdagi narxi — 900.000 sóm, 6-noyabrdan boshlab — 1.200.000 sóm.

A'zo bólish uchun: @ps_sarvinoz_omonova akkauntimga murojaat qiling.

Kurs 6 ta darsdan (6-dars — savol-javob) iborat va 6 hafta davom etadi. Quyidagi suratlarda kurs mavzulari va tarkibi bilan batafsilroq tanishishingiz mumkin:

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago