Imtiyoz.uz

Description
Murojaatlar va hamkorlik uchun: @ayoldoshev

Facebook: https://www.facebook.com/imtiyozuz
Instagram: https://www.instagram.com/imtiyozuz
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 weeks, 2 days ago

*⚡️Sertifikatga ega o'zbek tili (davlat tili) o'qituvchilariga ham 50 foiz ustama beriladi*

Prezident farmoniga ko'ra, 1 fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi o'rta ta'lim muassasalarida o'zbek tili (davlat tili) fani bo'yicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi o'zbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega bo'lgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha ustama to'lanadi.

🇺🇿 @imtiyozuz

2 weeks, 2 days ago

#Bilasizmi

⚡️Nutqida, eshitish va koʻrishida ogʻir nuqsonlari bor bolalar uchun bogʻcha puli toʻlanmaydi Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bogʻchalarda ota-onalar toʻlovi [undirilmaydi:

1️⃣](https://www.lex.uz/docs/-3019665#-6210677) nutqidagi ogʻir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlik, bolalar afaziyasi);2️⃣ eshitishdagi ogʻir nuqsonlar (II — IV darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik);3️⃣ koʻrishdagi ogʻir nuqsonlar (koʻzi ojizlik (amovroz); tugʻma nuqsonlar (mikroftalm, mikrokornea, anoftalm, toʻr pardaning rivojlanishidagi tugʻma nuqsonlar; koʻrish nervining atrofiyasi, koʻrish nervi disk va makulasining ogʻir darajadagi gipoplaziyasi, albinizm, aniridiya, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha); katarakta (markaziy zonada toʻliq yoki qisman xiralashish, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha), afakiya (koʻz gavxari yoʻqligi, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha), koʻz gavxari siljishi (joy oʻzgarishi); glaukoma (tugʻma, ikkilamchi); toʻr pardaning koʻchishi);4️⃣ tayanch-harakat apparati buzilishi (III va IV darajali skolioz; koʻkrak qafasining III va IV darajali girdobsimon yoki kilsimon deformatsiyasi; artrogripoz; bolalar serebral falaji va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; osteomiyelit asoratlari; toʻgʻma maymoqliq (jarrohlik muolajasidan keyingi holat); ortopedik sistem kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); toʻgʻma son suyak chiqishi (operativ davolashdan keyigi holat);5️⃣ psixik rivojlanishdagi nuqsonlar (psixik rivojlanishda kechikish, psixik-nutqiy rivojlanishda kechikish, bolalar autizmi);6️⃣ aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar (yengil va oʻrta darajadagi aqliy zaiflik);7️⃣ murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi).🇺🇿 @imtiyozuz

2 weeks, 3 days ago

#Bilasizmi

⚡️Harbiy xizmatchilarga uy sotib olish uchun imtiyozli ipoteka kreditlari beriladi ☑️ Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari beriladi.

➡️ Bunda imtiyoz uy-joy narxining 25 foizini davlat tomonidan qoplab berish shaklida beriladi.

Shuningdek, uy qurib bitkazulgunga qadar harbiylarga xizmat turar joyi kvartira uchun har oylik pul kompensasiya beriladi.

⚠️ Kredit olgan harbiy xizmatchi halok bo'lgan yoki xizmat vazifalarini bajarishda og'ir tana shikastlanishi oqibatida mehnat qobiliyatini yo'qotganda kredit va uning foizlari tashkilot rahbarining qarori asosida byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan qoplab beriladi.

Asos: https://lex.uz/docs/3307333

🇺🇿 @imtiyozuz

3 months ago

⚡️Nodavlat bog’cha va maktablar 2030-yilgacha soliqlardan ozod etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat bog’cha va maktablar barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi, ularda ishlayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar esa daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

⬇️ 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat taʼlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan xorijiy pedagog mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;

davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

? Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlarining Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovar jihozlariga bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno):

zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari;
kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

?? @imtiyozuz

3 months ago

⚡️2025-yildan boshlab, madaniyat va sanʼat, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlari oshiriladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri xodimlarining ish haqlari oshirilib, munosib moddiy  ragʻbatlantiriladi.

?? @imtiyozuz

3 months ago

#Bilasizmi

*⚡️Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga 50 foiz ko‘proq stipendiya beriladi*

? Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar davlat bog'chalari va maktablarga navbatga qo'yilmasdan joylashtiriladi.

?Shuningdek ularga texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda o'qiyotganda har o'quv yilida 1 marotaba o'quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 875 ming so'm) miqdorida subsidiya beriladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar o'qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to'lanadi.

Asos: https://lex.uz/docs/-5569689

?? @imtiyozuz

3 months, 1 week ago

#Bilasizmi

⚡️IT yo‘nalishida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

☝️Bundan tashqari, mukofotini olish uchun talabgorning so‘nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilangan.

Asos: https://lex.uz/uz/docs/-213812

?? @imtiyozuz

3 months, 1 week ago
3 months, 1 week ago

⚡️Hayoti va sog‘lig‘i bevosita xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qo‘yiladi

Bu bo‘yicha qonun Prezident tomonidan imzolandi.

?‍♂️ Unga ko‘ra, bolani zudlik bilan olib qo‘yish fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan profilaktika inspektori ishtirokida amalga oshiriladi.

Bola olib qoʻyilganda, vakolatli davlat organi quyidagilarni ta'minlashi shart:

? zudlik bilan prokurorga xabar berishi;
? bolaning vaqtincha joylashtirilishini taʼminlashi;
? fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan bolani olib qoʻyish haqida hujjat qabul qilinganidan keyin 7 kun ichida ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat etishi.

Bola ota-onasidan (ularning biridan) yoki uni o‘z qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan olib qoʻyilganda, u quyidagi joylarga (joylashtirish ustuvorligi tartibida) joylashtirilishi mumkin:

1️⃣ bolaning manfaatlariga muvofiq shart-sharoitlar yarata oladigan ota-onaning birinikiga;
2️⃣ bolaning qarindoshlarinikiga;
3️⃣ bolaga gʻamxoʻrlik koʻrsatish istagini bildirgan shaxsnikiga;
4️⃣ vakolatli davlat organining hisobida turgan shaxslarnikiga;
5️⃣ tibbiyot muassasasiga (bolaning sogʻligʻida muammolar boʻlganda);
6️⃣ zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar uchun ixtisoslashtirilgan
muassasalarga
.

Agar bolani oilaga joylashtirish imkoniyati boʻlmasa, uni ixtisoslashtirilgan muassasaga joylashtirish eng oxirgi chora bo‘ladi.

❗️Mazkur qonun 2025-yil 15-maydan kuchga kiradi.

?? @imtiyozuz

6 months, 1 week ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago