Book Talks

Description
Kitobsevarlar birlashadigan makon
▪️ instagram.com/booktalks.uz
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

4 months ago

Bu loyiha haqida endi xabar topganlarga 1ta tanishtiruv posti ham boʻlsin)

4 months ago

Bu loyiha haqida endi xabar topganlarga 1ta tanishtiruv posti ham boʻlsin)

4 months ago

BookTalks jamoasiga iliq gaplar yozish va “matvatsa” berish uchun maxsus post.

Jamoadagilarga sevgi izhor yozish ham mumkin (sekin shipshitib qo’yay)

4 months ago

https://t.me/book_talks_uz

Kitobga befarq bo’lmaganlar bilan ulashish uchun bizning havola

Telegram

Book Talks

Kitobsevarlar birlashadigan makon ***▪️*** instagram.com/booktalks.uz

Kitobga befarq bo’lmaganlar bilan ulashish uchun bizning havola
4 months ago

BookTalks

Bilasiz-ki ushbu samimiy loyiha barcha kitobsevarlarniki. Loyihada seniki, meniki degan tushuncha mutlaq yo’q. Bizning maqsad, bizning reja - kabi pafos shiorlar-u, raqamlardan uzoqdamiz.

Biz - kitobga befarq bo’lmagan, kitob sohasi, kitobsevarlikka befarq bo’lmaganlarni birlashtirishni istaymiz.

Xo’sh - kitoblarni yana gapirtiramizmi?

Hurmat bilan BookTalks jamoasi

4 months ago

BookTalks qaytmoqda

11 months, 3 weeks ago

Booktalksning oxirgi soni o’tkazilganiga roppa-rosa 1 yil bo’libdi... Booktalksga oid xotiralaringiz bilan bo’lishsangiz

1 year, 9 months ago

Roppa-rosa bir yil oldin ilk "Book Talks" tadbirini o'tkazgan edik...O'tgan yili 18-dekabr kuni biz necha (book)blogerlar jamoasi (Mahin, Jasurbek, Ma'rufjon, Ifeekkhan va men) o'zimiz anchadan beri o'ylab yurgan ilk Book Talks tadbirini tashkil qilgan edik. Hozir sanaga qarab, birdan o'sha kun haqida eslab qoldim. Ilk tadbirimizda chiroq o'chib qolib, hech qanday texnikalarsiz, prezentatsiyalarsiz tadbir o'tkazgan edik. Qiziq bo'lgan edi, bunday vaziyat tadbirga kelgan mehmonlarni biz bilan yanada yaqinlashtirdi. Jonli muloqot bo'lgandi.

Keyingi tadbirimiz may oyida bo'ldi. Bu tadbirda spiker sifatida Ilhom Salimov (The Stranger) va Asalxon Otaxonovani (Miracle Books) taklif qilgan edik. Menimcha yaxshi o'tgan edi, ko'pchilik rahmat aytishdi. Uchinchi tadbirimiz esa oktyabr oyida bo'ldi. Bu tadbirda ham jamoamizga yangi spikerlar qo'shilishdi — yozuvchi Javlon Jovliyev va dizayner Asila Umarova. Umuman sifat tadbirdan-tadbirga yaxshilanib, yangi spikerlar taklif qilinib, tadbirlarimizni kutadigan kitobxon yoshlarimiz ko'payib bormoqda. Bu bizni juda ilhomlantiradi.

Hozircha navbatdagi tadbirimiz qachon bo'lishi haqida biror ma'lumot berishimiz qiyin. Ammo navbatdagisining ko'lami har qachongidan ham kengroq bo'lishi aniq. Har holda biz shunga intilmoqdamiz.

Shu o'rinda boshqa faol yoshlarni ham (ha, aynan yoshlarni, katta yoshdagi avlodni emas) shu kabi tadbirlar, loyihalar tashkillashtirish borasida tashabbuskorlikka chorlab qolamiz. Bunday tadbirlar faqat Toshkentda emas, boshqa viloyatlarda ham o'tkazilsin. "Book Talks" bunday formatdagi yagona tadbir bo'lib qolishini xohlamaymiz. Faol bo'laylik. Bu hammamizning qo'limizdan keladi. Joiz bo'lsa, bu borada maslahat berishga ham tayyormiz.

Nega bunday tadbir va loyihalar aynan yoshlar tomonidan amalga oshirilishi kerak? Chunki, katta yoshdagilar yoki oldingi avlod tomonidan tashkillashtirilayotgan kitobxonlik tadbirlari asosan shukronalik yig'ilishlari, mavjud tizimni ko'kka ko'tarish vositasi yoki qarsakbozlikka aylanib qolmoqda. Ehtimol, navbatdagi avlod tomonidan tashkil qilinadigan bu kabi loyihalar aynan o'z maqsadiga xizmat qilar. Aziz tengdoshlar, hammasi siz va bizdan boshlanadi. Faol bo'laylik.

@Bookerberg

Telegram

Book Talks

Book Talks qanday o'tdi? https://youtu.be/8Yr6zR0EyrA Book Talks qanday o'tgani haqida Akademnashr tomonidan tayyorlangan videolavha.

1 year, 11 months ago
Book Talks
1 year, 11 months ago
Kecha bir guruh faol bookblogerlar asos …

Kecha bir guruh faol bookblogerlar asos solgan Book Talks dasturida qatnashdim. Birinchi marta borishim, ajoyib, ilg'or kitobxonlarni jamlagan ezgu loyiha ekan. Men ham yig‘ilganlarga nimalardir dedim.

Book Talks jamoasi xorij uslubida [bir vaqtlar orzu edi], erkin va zamonaviy muhit yaratganlar!

Yoshlar sig'may ketdi, tik turib tomosha qilishdi, tinglashdi, savollar berishdi.

Kitobxonlikka yangi nafas olib kirayotgan, kitoblarni o‘zgacha targ'ib qilayotgan Book Talks chilarni qo'llash kerak, Yoshlar agentligi binolari aynan ulardek ijodkor targ‘ibotchilar bo'lishi kerak bo'lgan joy, o‘zgacha bo‘lishi mumkin ham emas.

Kitob o'qiyotgan ilmli yoshlarga ishonish vaqti keldi, menimcha!

@javlonjovliyev

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago