? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
Нукусда 3 мингга яқин ёшлар ўртасида марафон мусобақаси бўлиб ўтди
17 март куни Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Қорақалпоғистон Республикаси Кенгаши ва ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда 21 март – Умумхалық “Наврўз” байрами муносабати билан 16-30 ёш ўртасида 3 босқичда “Спорт халқнинг ўзига ишончини оширувчи, жипслаштирувчи жабҳадир, унинг ўзи эмас, албатта, ундаги ғалабалар миллатни ғурурлантиради” – шиори остида “Ёшлар марафони” мусобақаси бўлиб ўтди ва унда 3 мингга яқин ёшлар қатнашди.
Мусобақа 3 босқичда бўлиб;
1-босқич, 2018 метр масофада бўлиб, старт ҚДУ қошидаги 3-сонли академик лицейида бошланиб Нукус амфитеатригача,
2-босқич, 3 километр масофада бўлиб, старт Ҳасирати эсталигидан бошлаб Нукус амфитеатригача,
3-босқич, 21 километр масофада бўлиб, старт Нукус шаҳрида Орақ балға кичик айланмадан Нукус амфитеатригача масофа.
Марафонга 10-11 синф мактаб ўқувчилари, академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари ўқувчилари, Олий таълим муассасалари талабалари орасида ҳамда маҳалладаги уюшмаган ёшлар орасида бўлиб ўтди.
“Ёшлар марафони” ғолибларига Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Қорақалпоғистон Республикаси Кенгаши томонидан тайёрланган диплом ҳамда эсдалик совғалари билан тақдирланди.
Манба: kruz.uz
Янгиликларлан биринчилардан булиб хабардор булинг: t.me/JaslarAwqami
Yoshlar marafonida ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!
Barcha o‘quv muassasalari o‘quvchi-talabаlari va uyushmagan yoshlar diqqatiga! O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Yoshlar marafonini o‘tkazadi.
Marafonda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar hamda o‘zini yosh deb bilgan barcha faxriy xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Marafon 4 yosh toifasi bo‘yicha joriy yilning Navro‘z umumxalq bayrami arafasida, ya’ni 20-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar markaziy ko‘chalarida 21 km. masofada bo‘lib o‘tadi.
Yoshlar marafonida ishtirok etish istagidagilar marafon.yi.uz veb-sayti orqali onlayn ko‘rinishda ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Onlayn ro‘yxatga olish jarayoni 2018-yil 1-fevraldan -17-martgacha davom etadi. Ushbu marafon aynan siz uchun! Ishtirok eting va g‘olib bo‘ling! Yoshlar marafoni haqidagi batafsil ma’lumotlarni +99899 858-44-03 telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.
Янгиликларлан биринчилардан булиб хабардор булинг: t.me/JaslarAwqami
“Momomning sandig‘i”
Ertaklar tanloviga ishtirok eting!
“Momomning sandig‘i” respublika bolalar ertaklari tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha
N I Z O M
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. “Momomning sandig‘i” bolalar ertaklari tanlovi (bundan buyon “Tanlov” deb yuritiladi) mamlakatimiz yoshlarining kitobxonlik savodxonligini oshirish, xalq og‘zaki ijodi bilan yaqindan tanishtirish, yangi pedtexnologiyalarni qo‘llagan holda bolalar o‘rtasida ertaklarni o‘qitishning zamonaviy ko‘nikmalarini shakllantirish bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.
1.2. Tanlov “Kamalak” bolalar tashkiloti a’zolari o‘rtasida mazkur Nizom asosida an’anaviy tarzda o‘tkaziladi.
1.3. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalar Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan hal etiladi.
1.4. Tanlov televizion dastur ko‘rinishida tashkil etiladi.
1.5. Tanlovda 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari, “Kamalak” bolalar tashkiloti a’zolari ishtirok etishlari mumkin.
II. TANLOVNI TAShKIL ETISh TARTIBI
2.1. Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi.
- 1-bosqich tanlovga ijodiy ishlarning qabul qilish bosqichi (ishtirokchilar tomonidan eng kamida 5 ta ijodiy ishlar o‘zlari tomonidan yozilgan ertaklar namunalari topshirilishi lozim);
- 2-bosqich ijodiy ishlarning saralash bosqichi (Respublika eskpertlar guruhi tomonidan amalga oshiriladi va 14 ta eng yaxshi deb topilgan ijodiy ishlarning mualliflari saralab olinadi);
- 3-bosqich saralangan ijodiy ishlarning OAVlaridagi “Momomning sandig‘i” bolalar ertaklari qo‘rsatuvidagi taqdimoti (mualliflar tomonidan “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Bolajon” va “MY5” telekanallarining kechki efir vaqtlarida o‘qib berib boriladi);
- 4-bosqich www.yi.uz saytida ochiq ovozga qo‘yish (onlayn ovoz berish jarayonlari tashkil etiladi).
2.2. Tanlovda ochiq ovoz berish natijalari yakunlariga ko‘ra 3 nafar bolalar tanlov g‘oliblari deb e’lon qilinadi.
2.3. 3-bosqichgacha yetib kelgan barcha bolalarning ijodiy ishlari mualliflik huquqi berilgan holatda “Momoning sandig‘i” bolalar ertaklari to‘plamida (kitob shaklida) chop etiladi.
III. EKSPERTLAR GURUHI TARKIBINI ShAKLLANTIRISH
2.1. Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi.
3.1. Tanlovning ekspertlar guruhi tarkibi bolalar Yozuvchilari va jurnalistlari hamda bolalar va o‘smirlar jurnallari muharrirlaridan iborat bo‘lishi lozim.
3.2. Ekspertlar guruhi tarkibiga ishtirokchilarga aloqasi bo‘lmagan vakillar kiritilishi lozim.
IV. G‘OLIBLARNI TAQDIRLASH
4.1. Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kuchli 3 talikka kirgan ishtirokchilar tanlovning maxsus statuetkasi, diplom hamda kompyuter jamlanmalari (Monoblok) bilan taqdirlanadi hamda keyingi tanlovga qadar “Momomning sandig‘i” bolalar ertaklari ko‘rsatuvlarida ijodiy ishlari bilan ishtirok etib borish uchun imtiyozlarga ega bo‘ladi.
4.2. Tanlovda ishtirok etib, 3-bosqichgacha yetib kelgan, ammo g‘oliblikni qo‘lga kirita olmagan ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Янгиликларлан биринчилардан булиб хабардор булинг: t.me/JaslarAwqami
Милые девочки и девушки, мамы и бабушки, сёстры и подруги!
Поздравляем Вас с Международным женским днём!
Мы желаем вам всегда быть самыми любимыми, весёлыми и счастливыми независимо от даты в календаре!
Пусть улыбка ваша озаряет весь мир и дарит тепло мужским сердцам!
????????
Go‘zal qiz va ayollar, mehribon onajon va buvijonlar, latofatli opa-singil va dugonalar!
Biz sizlarni xalqaro ayollar bayrami bilan tabriklaymiz!
Sizga har qanday sanada ham sevimli va suyukli, quvnoq va baxtiyor bo‘lib yurishingizni tilaymiz!
Tabassumingiz butun dunyoni yoritib, qalblarga iliqlik taratib tursin!
"O’zbekiston belgisi" ko’krak nishoni
Mamlakat ijtimoiy–siyosiy hayotidagi faol yoshlar uchun
“O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni to’g’risidagi
N I Z O M
Berish tartibi
Янгиликларлан биринчилардан булиб хабардор булинг: t.me/JaslarAwqami
7. Mukofotga nomzodlar vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar, jamoat birlashmalari tomonidan ko‘rsatiladi, tavsiyanomalar hamda
nomzod faoliyatiga oid hujjatlar taqdim etiladi.
Mukofotga talabgorlar bo‘yicha tavsiyanomalar qabul qilish boshlanishi to‘g‘risidagi bildirish
mukofotlar beriladigan muddatdan ikki oy oldin respublika ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi
hamda hujjatlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan bir oy davomida qabul
qilinadi.
Mukofotga tavsiya etilgan nomzodlar o‘n besh kun muddatda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida
tashkil etilgan vazirlik, idora, tashkilot va jamoatchilik vakillari hamda mutaxassislardan iborat
Ekspertlar komissiyasi tomonidan sohalarga oid sho‘balarga bo‘lingan holda ko‘rib
chiqiladi, muhokama qilinadi, ekspertizadan o‘tkaziladi hamda xulosalar asosida tegishli takliflar
tayyorlanadi.
Ekspertlar komissiyasi muhokamasi natijalari va ekspertiza xulosalari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Markaziy Kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, yakuniy qaror qabul qilinadi.
Mukofot sovrindorlariga eng kam ish haqining
30 baravari miqdorida pul mukofoti, statuetka va maxsus diplom topshiriladi.
Mukofot sovrindorlari har yili dekabr oyida tantanali ravishda taqdirlanadi.
O‘zbеkiston yoshlar ittifoqi mukofoti
Yilning eng faol yoshlari uchun 33 ta nominatsiyada beriladi!
O‘zbеkiston yoshlar ittifoqi mukofoti
NIZOM
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti (keyingi o‘rinlarda Mukofot deb ataladi) yil davomida davlat va
jamiyat hayotining turli jabhalarida fidokorona mehnat qilayotgan, soha rivojiga o‘zining munosib
hissasini qo‘shib kelayotgan, vatanparvar yoshlarni rag‘batlantirib borish maqsadida ta’sis etiladi.
Mukofot yoshlarga quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha har yili bir marta beriladi:
- Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida “Yilning eng yaxshi yosh deputati”, “Yilning eng yaxshi
yoshlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari”, “Yilning eng yaxshi tuman (shahar) ichki ishlar
boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari”, “Yilning eng yaxshi viloyat
kengashi raisi”, “Yilning eng yaxshi tuman (shahar) kengashi raisi”, “Yilning eng yaxshi yoshlar
nominatsiyalari bo‘yicha (7 ta);
- Iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi sohasida “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi
yosh fermeri”, “Yilning eng yaxshi yosh hunarmandi”, “Yilning eng yaxshi yosh ishchisi”, “Yilning eng yaxshi
fidoiy yoshlar otryadi a’zosi” nominatsiyalari bo‘yicha (5 ta);
- Fan-ta’lim va ijtimoiy sohada “Yilning eng yaxshi yosh olimi”, “Yilning eng yaxshi yosh dasturchisi”, “Yilning eng yaxshi
yosh o‘qituvchisi”, “Yilning eng yaxshi talabasi”, “Yilning eng yaxshi o‘quvchisi”, “Yilning eng yaxshi
boshlang‘ich tashkilot yetakchisi”, “Yilning eng yaxshi “Kamalak”
sardori” nominatsiyalari bo‘yicha (7 ta);
- San’at, madaniyat, jurnalistika va sport sohasida “Yilning eng yaxshi yosh rejissyori” (tear va
kino yo‘nalishi bo‘yicha), “Yilning eng yaxshi yosh aktyori” (tear va kino yo‘nalishi bo‘yicha), “Yilning
eng yaxshi yosh qo‘shiq ijrochisi” (mumtoz qo‘shiq, opera va estrada yo‘nalishi bo‘yicha), “Yilning
eng yaxshi yosh bastakori”, “Yilning eng yaxshi yosh ijodkori” (nazm va nasr yo‘nalishi bo‘yicha),
“Yilning eng yaxshi yosh jurnalisti”, “Yilning eng yaxshi yosh rassomi”, “Yilning eng yaxshi yosh
dizayneri”, “Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” nominatsiyalari bo‘yicha (14 ta).
Mukofotga tavsiya etilgan nomzodlar orasidan munosiblari topilmagan taqdirda tegishli
nominatsiyalar soni kamaytirilishi yoki berilmay qoldirilishi mumkin.
Mukofotni berishda yoshlar faoliyat ko‘rsatayotgan sohadan kelib chiqib, yil davomidagi ish
samaradorligi, tizim yoki sohani rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi, o‘z sohasiga kiritgan
innovatsiyasi, faoliyati orqali davlat va jamiyat hayotiga keltirgan amaliy foydasi, shuningdek
mehnatsevarligi, fidoiyligi, intizomi, iqtidori, jamoat ishlaridagi faolligi, davlat va xalqaro miqyosda
erishgan yutuqlari soha vakillari, keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligiga e’tibor qaratiladi.
Mukofot O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda mamlakatimiz
rivoji yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan chet el fuqarolariga beriladi.
Mukofot ilgari boshqa mukofotlar bilan taqdirlangan yoshlarga ham berilishi mumkin.
V. Stipendiya sohiblari bilan ishlarni tashkil etish tartibi
5.1. Stipendiya sohiblari “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni va “Kelajak bunyodkori” medalini olishga nomzod sifatida tavsiya etilishi mumkin.
5.2. Stipendiya sohiblari bo‘lgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchilariga stipendiya to‘lanmaydi.
5.3. Stipendiya sohiblari keyingi faoliyati davomida Ittifoq faoliyatida faol ishtirok etmasa, o‘zlari taklif etgan loyihalarni va innovatsion g‘oyalarni yoshlar o‘rtasida tatbiq eta olmasa, Ittifoqning tuman (shahar) va hududiy Kengashi taqdimnomasiga asosan Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi qaroriga binoan unga stipendiya to‘lab berish muddatidan avval to‘xtatiladi va berilgan guvohnoma bekor qilinadi.
5.4. Stipendiya sovrindorlariga to‘lab boriladigan stipendiya uchun mablag‘ Ittifoqning Markaziy Kengashi hisobidan hududiy Kengashlarga ajratiladi va o‘z navbatida hududiy Kengashlar tomonidan oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisob-varaqlariga o‘tkaziladi hamda sovrindorlarga oliy ta’lim muassasasi tomonidan to‘lab boriladi.
5.5. Sovrindorlarga stipendiya to‘lab borish to‘xtatilgan taqdirda, ular uchun ajratilgan mablag‘ tegishli hududiy Kengash tomonidan Ittifoqning Markaziy Kengashiga qaytariladi.
VI. Yakuniy qoidalar
6.1. Mazkur Nizomda ko‘zda tutilmagan qoidalar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
6.2. Mazkur Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish Markaziy Kengash Ijroiya Qo‘mita qarori bilan amalga oshiriladi.
IV. Stipendiya sohiblari bilan uzluksiz ishlash
4.1. Stipendiya sohiblari o‘zlari bildirgan taklif va innovatsion g‘oyalardan kelib chiqib, quyidagi koordinatorlik guruhlariga ajratiladi hamda tuman (shahar) hududidagi yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari va tanlovlarni yuqori saviyada o‘tkazilishiga mas’ul hisoblanadi:
- Ijtimoiy himoya va huquqiy loyiha koordinatorlari - ta’lim muassasalari, bolalar oromgohlari, korxona, tashkilot va muassasalar, fermer xo‘jaliklari, harbiy qismlar hamda mahallalarda yoshlarga oid davlat siyosatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan loyihalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib boradi.
- Ma’naviy va ma’rifiy loyihalar koordinatorlari - ta’lim muassasalari, bolalar oromgohlari, korxona, tashkilot va muassasalar, fermer xo‘jaliklari, harbiy qismlar hamda mahallalarda yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir qiluvchi zararli g‘oyalar, diniy oqimlar, illatlarga qarshi yoshlar ongida immunitet hosil qiluvi loyihalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib boradi.
- Sport, salomatlik va ekologik madaniyat loyihalari koordinatorlari - ta’lim muassasalari, bolalar oromgohlari, korxona, tashkilot va muassasalar, fermer xo‘jaliklari, harbiy qismlar hamda mahallalarda yoshlar o‘rtasida sport, sog‘lom turmush tarzi, yoshlarning ekologik madaniyatini rivojlantirishga oid loyihalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib boradi.
- Tadbirkorlik va turizm loyihalari koordinatorlari - barcha ta’lim muassasalarida yoshlar uchun ekoturizm va yoshlar turizm sohasidagi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik, kichik biznes uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishga yo‘l ochadigan loyihalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib boradi.
- Innovatsion g‘oyalar va IT loyihalari koordinatorlari - barcha ta’lim muassasalari va mahallalardagi uyushmagan yoshlar uchun robot texnika, innovatsion texnologiyalar, zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalaridan keng foydalishni ta’minlashga qaratilgan loyihalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib boradi.
4.2. Stipendiya sohiblari yo‘nalishlar bo‘yicha tuman (shahar) va hududlar kesimida faoliyatini olib boradi.
III. Stipendiyaga nomzodlarni saralash tartibi
3.1. Stipendiyani qo‘lga kiritish uchun respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarining bakalavr (birinchi va yakunlovchi bosqichdan talabalaridan tashqari) talabalari (keyingi o‘rinlarda nomzod deb yuritiladi) hujjat topshirishlari mumkin.
3.2. Nomzodlarning hujjatlari o‘tgan o‘quv yilida faqat yaxshi va a’lo baholarga o‘zlashtirgan taqdirda qabul qilinadi.
3.3. Stipendiya tanlov uch bosqichda tashkil etiladi:
birinchi bosqich – nomzodlarni anketa va hujjatlari Ittifoqning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlarida har o‘quv yilining
30 oktyabriga qadar qabul qilinadi.
Nomzodlar hujjatlarini oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotning Yoshlar Kengashi ko‘rib chiqadi hamda munosib nomzodlarni o‘quv yilining 15 noyabriga qadar Ittifoqning tuman (shahar) Kengashlariga taqdim etadi.
Nomzodlarning hujjatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilib, saralangan nomzodlar o‘quv yilining 1 dekabriga qadar Ittifoqning hududiy Kengashlariga taqdim etiladi.
3.4. Nomzodlar quyidagi hujjatlar taqdim etishi lozim:
- nomzod anketasi;
- fuqarolik pasporti nusxasi;
- 2 dona (3x4 hajmdagi) rasm;
- Ittifoqning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchisi hamda Ittifoqning tuman (shahar) Kengashi raisidan tavsiyanoma;
- nomzodning fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi aks ettirilgan ma’lumotnoma;
- nomzodning iqtidori va faolligini ko‘rsatuvchi hujjatlar (faxriy yorliq, diplom, sertifikat va boshqa);
- nomzodning faolligi va iqtidorini ko‘rsatuvchi ilmiy-publitsistik materiallar (to‘plamlar yoki matbuotda chiqqan ilmiy maqolasi, tezislari, publitsistik maqolasi);
- nomzodning Ittifoq tomonidan ta’sis etiladigan tanlov va targ‘ibot tadbirlariga taklifi hamda innovatsion g‘oyasi (chop etilgan holda).
Ikkinchi bosqich – saralash bosqichi bo‘lib, mazkur bosqichda Ittifoqning hududiy Kengashi qoshida ishchi guruh tuzilib, hududdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan kelgan nomzodlarning hujjatlari o‘rganib chiqiladi va ularning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan test imtixonlaridan o‘tkaziladi. Yuqori ball to‘plagan har bir oliy ta’lim muassasalaridan 5 nafargacha munosib nomzodlar saralab olinadi hamda ularning hujjatlari Markaziy Kengashga taqdim etiladi.
Uchinchi bosqich – yakuniy bosqich bo‘lib, mazkur bosqichga yo‘llanma olgan ishtirokchilarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy savodxonligi hamda loyiha taqdimoti baholanadi. Markaziy Kengashning yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lim mudirlaridan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan nomzodning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy savodxonligi hamda loyihasi taqdimotiga qaratilgan suhbat tashkil etiladi. Suhbat natijalariga ko‘ra munosib deb topilgan hamda baholash natijalariga ko‘ra yuqori ball to‘plagan nomzodlar stipendiya sohibi deb topiladi.
3.5. Stipendiya sohiblari ro‘yxati Ittifoqning Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qarori bilan tasdiqlanadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
3.6. Nomzodlarni saralash bo‘yicha belgilangan muddatdan kechikib taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinmaydi, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
3.7. Stipendiya sohibi bo‘lgan nomzodlar keyingi saralashlarda takroran ishtirok etishi mumkin emas.
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid