Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 2 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Espresso
Oldinlari espresso ichadigan odamlarni tushunmasdim. "Shu "zaxar"ni nega va qanday ichisharkan-a?", — derdim. Oradan vaqt o'tib, endi o'zim espresso ichadigan odamga aylanganman.
Buni har kuni ichish zarar. Men ham u darajada tez-tez ichmayman. Faqat qaysidir kuni kamroq uxlasam, ertasi kuni esa o'zimni tetikroq his qilish uchun shu "cheating" uslubidan foydalanaman. Rostan foyda berarkan.
P.S. Shuni yozganimdan keyin dabl espresso (ikki hissalik doza) ichvordim.
Qisinish
Agar mabodo qachondir sizga "siqilish" yoki "siqilmoq" so'zlariga sinonim kerak bo'lib qolsa, mana sizga o'zimizni xorazm shevasidan ajoyib alternativ.
Xullas, sira qisinish bo'lmasin o'rtoqlar!:)
Kimdir:
Kitoblarda hadeb New York Times yo boshqa chet el gazetalarining maqtovlarini chiqaravermay o’zimizdan ham e’tiroflar qo’shing.
Men:
Aha, xo’p.
Yangi chiqqan kitob muqovasida:
“Voy enasini, bunaqa kitob hali bo’lmagan”
Qashqadaryo Times
“Ajjayib”
Andijon Review
“Dim yaxshi”
Xorazm Chronicles
“Solnechniyda zo’r ketsin iloyim”
Toshkent Daily
?
$DOGS listing bo'ldi. Nima qilishni bilasizlar ?
(Botga kirasiz, wallet'ingizni yozasiz va kriptovalyutani chiqarib olasiz)
Hamma zugllar bugl hisoblanadi. Siz buglni koʻrdingiz. U zuglmi?
Hech narsani tushunmadingizmi? Oddiyroq shaklda aytaman:
Hamma "A" "B" hisoblanadi. Siz "B"ni koʻrdingiz. U "A"mi?
Ushbu mantiqiy shaklga misol keltiraman: Deyarli hamma terrorchilar — musulmonlar. Siz musulmonni koʻrdingiz. U terrorchimi?
Menimcha, tushundingiz. Bu yerdagi "Deyarli hamma terrorchilar — musulmonlar" degan gapni aksariyat odamlar "Hamma musulmonlar terrorchi ekan" shaklida talqin qiladi. (va bu xato). Bu yerda esa shunchaki soʻzlar oʻrni almashtirilgan. Bizning xulosa chiqarish mexanizmimiz matn biroz oʻzgartirilganda "tarsaki yeydi".
Demak, hamma zugllar bugl boʻlishi mumkin. Ammo hamma bugllar ham zugl emas. Deyarli hamma terrorchilar musulmon ekani aniq. Lekin siz biror musulmonni koʻrganingizda uning terrorchi boʻlib chiqishi ehtimoli qancha? Hamma musulmon terrorchi emas.
Boshqa bitta misol: Hamma IELTS sertifikatini olganlar ingliz tilini biladi. Siz ingliz tilini biladigan odamni koʻrdingiz. U IELTS sertifikati olganmi?
Jon Styuart Milldan misol: Men hech ham konservatorlarni odatda ahmoq boʻladi, demoqchi emasdim. Men ahmoq odamlar odatda konservator boʻladi, demoqchi edim.
Tushunmagan boʻlsangiz, qaytadan oʻqib chiqing.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 2 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago