Ona tili va adabiyoti

Description
"Registon" o'quv markazining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi - Saidahror Saidovning sahifasi.
Kanalda fanga doir ma'lumotlar va eng sara testlar berib boriladi.

Muhokama uchun: @ona_tili_adabiyot_Saidahror
Murojaat uchun: @Saidov_Saidahror
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 Monate her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 8 Monate her

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 Jahr, 8 Monate her

2 months, 3 weeks ago
3 months, 2 weeks ago

? Ko’p ma’noli va omonimni farqlash usullari:

1. Omonimlarda nechta ma’no bo’lsa u shuncha so’z hisoblanadi, har bir mano orasida bogliqlik bolmaydi: ot => ism, so’z turkumi, harakat, hayvon  ; ot => harakat, olov, maysa, inson azosi

Ko’p ma’nolilikda esa uning ma’nosi qanchalik ko’p bo’lmasin baribir ularnig orasida bog'liqlik bo'ladi, ya'ni bir so'zning ma'nolaridan o'sib chiqqan hisoblanadi: 
   Masalan : ko'z = daraxtning (shakl), derazaning (yorug'lik bilan ta'minlash), tizzaning (shakl), buloqning (suv yuvib turgani uchun), uzukning (qabariqligi) va hokazo.

2. Omonimlarning ma'nolari turli so'z turkumi doirasida ham, bir xil so'z turkumi doirasida ham bo'lishi mumkin.      
  Masalan: tut –harakat (fel), meva (ot),  sir – idishning (ot), odamning (ot)

Ko'p ma'noli so'zlarda esa hamma ma'nolari bir xil so'z turkumida bo'ladi. Masalan: bosh (ot) = insonning, ko`chaning, oilaning, kitobning, matnning va hokazo.

? @ona_tili_Saidahror ?

3 months, 3 weeks ago
4 months ago
4 months, 3 weeks ago

Assalomu alaykum hurmatli obunachilar. Barchaga hayrli kun!

‼️Ustoz sifatida kichik xulosam:

Noyabr oyi ham eshik qoqmoqda. Abiturientlaaaar! Majburiy fanlarni yangi oydan boshlanglar. Aks holda e'tiborsizlikning jazosini umr bilan to'laysizlar...

4 months, 3 weeks ago

⚡️21-oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

O‘zbek tili o‘zbek xalqining maʼnaviy mulkidir. Bugun buyuk maʼnaviy boyligimiz bo‘lmish  o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.

Barchangizni millat bayrami til bayramingiz bilan
tabriklayman.

? @ona_tili_Saidahror ?

5 months ago
5 months ago

? Hikmatli masal:

Yoʻlovchi cho‘pondan so‘radi:
- Bugun ob-havo qanday boʼlar ekan?

Choʼpon javob berdi:
- Menga yoqadigan.
- Ob-havo sizga yoqishini qayerdan bilasiz?
- Oʼzimga yoqqan narsaga doimo erishib boʼlmasligini va boridan zavq olishni oʻrgandim. Shuning uchun, bugungi ob-havo menga yoqishiga aminman...

Esda tuting - kayfiyatingiz ob-havosi oʻzingizga bogʻliq!

? @ona_tili_Saidahror ?

5 months, 1 week ago

X va H undosh harflarini farqlash usullari

Ko'pchilik o'quvchilar x va h undoshlarini qo'llash jarayonida xatoga yo'l qo'yishadi. Ba'zan bu xatolar o'qituvchilarning o'zlarida ham uchrab turadi. Quyida “h” va “x” undoshini farqlashga yordam beradigan ba’zi usullarni tavsiya qilmoqchiman.

Avvalo, o‘quvchilarga “h” va “x” undoshining talaffuzi yaxshilab tushun­tiriladi. Talaffuz qilayotganda bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida — un paychalari o‘rtasidagi tor oraliqda hosil bo‘ladigan, jarangsiz sirg‘aluvchi bog‘iz tovushi “h” hamda chuqur til orqasidan chiqadigan, jarangsiz sirg‘aluvchi “x” tovushlari­ning talaffuzdagi farqli tomonlari amalda ko‘rsatiladi.

Quyida harflarni ajratish metodikasi va uni xotirada saqlab qolish usullari haqida ma’lumot beramiz.

Birinchidan, rus tilidan kirgan so‘zlarda hech qachon “h” tovushi uchramaydi. Masalan: texnika, ximiya…

Ikkinchidan, so‘z o‘rtasida kelgan “h” undoshi qatnashgan so‘zni talaffuz qilishda “h” undoshi “y”lashadi. Masalan, Rahim — Rayim, Sho­hista — Shoyista, Shohimardon — Shoyimardon, Zohid — Zoyid, Sohib — Soyib, Shohida — Shoyida...

Bunda e’tibor berish kerak bo‘lgan holat: “h” dan keyin “i” unlisi kelgan bo‘lishi kerak. Chunki i unlisidan boshqa tovush kelganda “h” “y”lashmaydi. Masalan: Burhon, Qahhor, zahar, baham, Is’hoq va boshqalar.

Uchinchidan, “i” unli tovushidan keyin doim “x” harfi keladi: ixtilof, ixtiyor, ixlos, ixtiro, ixtisos, ixcham, omixta, pix, mix, six...

Bunda sharti: x undoshi yopiq bo‘g‘inning oxirida kelishi kerak. Bo‘g‘inning boshlanishida kelsa, “h”lashadi. Masalan, ji-hat, imti-hon, ni-ho­yat, ji-hoz, isti-hola, ni-hol va hokazo.

To‘rtinchidan, “e” unli tovushidan keyin hamisha “h” harfi keladi: meh-mon, deh-qon, be-hi, eh-tirom, isteh-zo, isteh-kom, mehr, meh-rob, meh-ribon, sehr, cheh-ra, eh-son, eh-tiyoj, eh-timol, eh-tiros, eh-tiyot, eh-rom, Beh-zod...

Beshinchidan, “x” tovushi bilan boshlangan aksar so‘zlardan x tovushi olib tashlansa, so‘z ma’nosi tubdan o‘zgaradi. H bilan boshlangan so‘zlarda esa ma’no o‘zgarmaydi.

Xayol — ayol, xona — ona, xazon — azon, xamir — amir, xanda — anda, xasta — asta, xato — ato, xil — il, xol — ol, xola — ola, xon — on, xor — or, xos — os, xotin — otin, xoch — och...

Oltinchidan, yana shunday shakldosh so‘zlarni ko‘rish mumkinki, har ikkalasi ham, deyarli, bir xil yozilgani bilan ma’nolari turlicha bo‘ladi. Bunda shu so‘z qatnashgan gap ma’nosiga e’tibor beriladi. Masalan, hil (hil-hil pishmoq) — xil (biron narsaning turi), hol (holat, vaziyat) — xol (yuzdagi xol ma’nosida), shoh (podshoh) — shox (daraxtning shoxi) so‘zlarini misol qilish mumkin. Bu so‘zlarni bilimni mustahkamlash darslari yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘yin tarzida o‘rgatib, yozdirib qo‘yish orqali o‘quvchida ma’nolariga qarab turib tovushlarni ajrata olish ko‘nikmasi rivoj­lantiriladi.

Shunday so‘zlarni oson yodlashlari uchun o‘quvchilarga bu harflar qatnashgan maqol, topishmoq va tez aytishlarni berish foydadan xoli bo‘lmaydi.

? @ona_tili_Saidahror ?

5 months, 2 weeks ago

Bir kuni hazrati Iso alayhissalom bir qoʻyning qulogʻiga egilib, pichirlab nimadir aytdilar.
Kunlar oʻtishi bilan haligi qoʻy ozib, madorsizlanib, zaiflasha boshlabdi. Buni kuzatib yurgan odamlar hayron boʻlib Paygʻambarning oldilariga borib:
- Hazrat, siz bu qoʻyning qulogʻiga nima degansiz, u butunlay harob boʻlib ketyapti? - deb soʻrabdilar.
Shunda Iso alayhissalom:
- Har kuni sizlarga aytadiganimni bir martagina unga ham aytib koʻrdim, - deb javob beribdilar. Bu javobdan yanada taajjubga tushgan olomon:
- Nima dedingiz, ey Allohning elchisi?- deb qiziqib yana soʻrabdilar.
- Oʻlasan...! Oʻlim haq....! deb aytdim xolos. U buni tushundi, lekin sizlar hali ham tushunmayapsizlar, - deb javob beribdilar.

P.S.: Nahotki, bir qoʻyning aqli yetgan narsaga bizniki yetmayapti!? Kundan-kun dunyo nafsi bilan semirib ketayotganimizni qarang!

? @ona_tili_Saidahror ?

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 Monate her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 8 Monate her

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 Jahr, 8 Monate her