MM "MUFEED MOLIYA"

Description
Бизнесда молия чиройли бўлиши лозим, шунда бизнес чиройли бўлади.

Молия тўғри бўлиши лозим, шунда бизнес ҳам адолатли, одил бўлади.

Канал асосчиси: Хондамир Нусратхўжаев

Муаллиф ҳақида:

https://telegra.ph/Muallif-haqida-11-09

Боғланиш: @HN_Jed_bot
Advertising
We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 3 months, 1 week ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз ?

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?

Last updated 11 months, 2 weeks ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Reklama! @RekIama_beriish

Last updated 2 days ago

5 days, 20 hours ago

*🎯 Najot ta’lim o’quv markazida yillik 8.270.000.000 so’m soliqdan tejab qoldik*
Buxgalteriyada biznes egalari duch keladigan asosiy muammolar: moliyaviy hisoblarning noto‘g‘ri yuritilishi, soliq tizimi bilan bog’liq qiyinchiliklar, mas’uliyatsizlik sabab ortiqcha jarima va soliqlar to’lash, ishonchsiz mutaxassislar sabab turli o'g'irliklar va hokazo.

Ismim Akbarbek Mustaqimov 9 yillik tajribaga ega buxgalterman. O'zbekistonda sanoqli bo'lgan "IAPBE" xalqaro sertifikatiga egaman. Shu paytgacha jamoamiz bilan 50ga yaqin bizneslarga o'z xizmatlarimizni ko'rsatib kelyapmiz.

*Yuqoridagi muammolarga shu paytgacha 50ga yaqin hamkorlarimizga ushbu yechimlarni berib kelyapmiz:

- Soliqlarni maksimal darajada optimallashtirish va qisqartirish;
- Hisobotlarni o’z vaqtida topshirish;
- Ishonchli va tajribali mutaxassislardan tashkil topgan komanda.*
Quyida hamkorlarimizning biz haqimizdagi fikrlarini eshitishingiz mumkin:

- Najot ta'lim o'quv markazi- 605 marketing agentiligi
- Numbers "IT" kompaniyasi

Biznesingiz buxgalteriyasini bizga ishonib topshiring va barcha bosh og'riqlardan qutiling!

Biz bilan bog'lanib 2025-yil uchun soliq strategiyasini va faqat 5 kishi uchun mo'ljallangan maxsus taklifimizni qo'lga kiriting 👇*
📞 @Akbarbek_M
📞*** 977780130

*shaxsan o'zim aloqaga chiqaman!
Instagarm|Telegram

5 days, 23 hours ago

Do'stlar, reklamalardan ozgina dam olaylik !

Ammo dam olish foydali bo'lishi kerak. Shuning uchun sizga moliyaviy boshqotirma:

💡 Savol: **Bir kishi bir yilda pul mablag'larini ikki baravar oshirmoqchi.

Har oy u umumiy mablag'ining 10%ini jamg'armasiga qayta qo'shadi.
Lekin har to'rt oyni oxirida umumiy mablag'ining 20%ini shaxsiy ehtiyojlari uchun olib turadi.

Yil oxiriga borib uning pul mablag'lari qanchaga ko'payadi ?@chiroylimoliya Javobingizni kutaman !**

6 days, 2 hours ago

Do'stlar ! Yangi reklama pauzasi! 🎬

Lekin bu shunchaki reklama emas, balki haqiqatan ham kerakli narsani topish imkoniyati !

Men esa pauzadan keyin yanada zo'r kontent bilan qaytaman Hudo hoxlasa !

1 week, 5 days ago

Yaqinda ko‘plab odamlar uchun yangi bosqich boshlanadi. Agar hayotingizga sifatli o‘zgarishlar kiritmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi usulni sinab ko‘ring:

TO‘XTAT — BOSHLA — BOSHLAGANINGNI DAVOM ET
Bu usulni hayotingizning barcha muhim sohalarida qo‘llang.

Qaysi narsalarni to‘xtatasiz?
Qaysi narsalarni boshlaysiz?
Qaysi narsalarni davom ettirasiz?

Aslida, bu maqsadlar va "antimaqsadlar"ni belgilashdir.

Shuningdek, men qo‘shimcha qilgan bo‘lardim:

Qaysi ishlarni ko‘proq qilasiz, va qaysi ishlarni kamroq qilasiz?

@chiroylimoliya bunday jadvalni tuzish oson. Uni hayotga tatbiq etish esa qiyin. Ammo, agar maqsadni aniq tushunsangiz, bu vazifa sezilarli darajada osonlashadi.

2 weeks, 1 day ago

Nega tadbirkorlar uchun savdo prognozi qilish muhim?
Savdo/sotuv prognozi qilish — bu nafaqat daromadlarni rejalashtirish vositasi, balki asosli qarorlar qabul qilishning poydevoridir. To‘g‘ri savdo/sotuv prognozi:
• Xarajatlarni optimallashtirishga va ortiqcha sarflarni oldini olishga yordam beradi.
• Xatarlarni baholash va o‘sish nuqtalarini aniqlashga imkon beradi.
• Byudjetni aniq rejalashtirishni ta’minlaydi: xaridlar, xodimlar, qo‘shimcha investitsiyalar, aylanma kapital va pul oqimlari.

Prognozni qanday tuzish kerak?
Daromadlaringizni uchta asosiy toifaga ajrating:
1. Ma’lum daromadBu shartnomalar bilan kafolatlangan yoki yuqori ehtimollik bilan olinadigan daromad.
2. Potensial daromad
Bu unchalik aniq bo‘lmagan daromad bo‘lib, yangi mijozlarni jalb qilish yoki mavjud bo'lgan mijozlarga sotuvlarni ko'paytirish harakatlarga bog‘liq.
3. Yangi tashabbus/loyihalardan keladigan daromadBu biznes uchun yangi yo‘nalishlar: yangi mahsulotlarni ishga tushirish, agressiv marketing kampaniyalari yoki yangi segmentlarni va loyihalarni rivojlantirish.

Bu toifalarni qanday qo‘llash kerak?Har bir biznes yoki biznes yo'nalishi uchun shularni belgilang:
• Ma’lum daromadni asosiy va oson prognoz qilinadigan daromad miqdorini.
• Potensial daromad va yangi tashabbuslar/loyihalardan keladigan daromadlar. Asosiy o‘sish stsenariylarini yarating.

Nega bu yondashuv samarali?
Har doim aniq prognoz qilish mumkin bo‘lmasa-da, ushbu uslub sizga quyidagilarda yordam beradi:
• Realistik os'sish stsenariylar yaratish.
• Daromad, xarajatlar va investitsiyalarni samarali boshqarish.
• Aylanma kapital, byudjet va pul oqimlari ustidan nazoratni yaxshilash.

Hondamir Nusrat
@chiroylimoliya chiroyli reja, chiroyli qaror, chiroyli sotuv

2 weeks, 2 days ago

Qarzdorlik, niyat va adolat haqidagi hikoya
O‘tgan yili halol aksiyalarga investitsiyalar bo‘yicha kursimizni e’lon qilganimizdan keyin obunachilarimdan biri murojaat qildi. U menga yozdi: “Meni qarzim bor, lekin kursni sotib olib, pul ishlab keyin asta-sekin qarzni yopmoqchiman.”

O‘shanda men unga samimiy maslahat berdim: “Avval qarzingni yopmasdan, kursni sotib olma. Qarzdorlik — bu kreditorning haqqi, va uni kechiktirish adolatsizlikdir. Bizning kursimiz esa kutadi.”

Obunachi kursni sotib olgisi kelsa ham, mening maslahatlarimga quloq soldi. Bugun, 1,5 yildan so‘ng, u menga qarzini to‘liq yopganini, pul jamg‘arganini va hatto bizning kursni sotib olganini yozdi. Buni menga o'zi aytmaguncha men bilmasdim ham.

Bu hikoyadan olinadigan bir necha hikmatlar bor:
1. Xolis niyat yordam eshiklarini ochadi.
Bu inson qarzdan chiqishni ezgu maqsadda xohladi. Va Alloh unga ushbu yo‘lni go‘zal qilib yakunlashga yordam berdi.
2. Maslahatni eshitish va o‘z istaklarini jilovlash.
U mening maslahatlarimni e’tiborsiz qoldirib, pulni kursga sarflashi mumkin edi. Lekin u sabr va adolatni tanladi.
3. Tartib va aniq reja.
U faqat omadga umid qilmasdan, qarzni qanday yopish va pulni qanday boshqarish bo‘yicha aniq reja tuzdi. Shu tufayli muvaffaqiyatga erishdi.
4. Adolat har doim foydadan ustun.
Men: “Kursni sotib ol, u seni boy qiladi,” deyishim mumkin edi. Bu mening foydamga bo‘lardi. Lekin men hech qachon adolat tamoyillariga qarshi chiqmayman, chunki pul — bu vosita, maqsad emas.
Bilasizmi, nima bo‘ldi? U kursni baribir sotib oldi, lekin buni qarzsiz, xotirjam va xolis niyat bilan qildi.

Bu hikoya o‘zingiz va odamlar oldida halollik haqida.
• To‘g‘ri niyat va harakatlar har doim meva beradi.
• Adolat — bu shunchaki tamoyil emas, balki yaxshilik va Allohning roziligiga eltuvchi yo‘ldir.
• Va muvaffaqiyat tanlovingizdan boshlanadi: istaklaringizga ergashasizmi yoki donolikni tanlaysizmi?

Har birimiz hayotimizga nafaqat foyda, balki baraka keltiradigan yo‘lni tanlaylik!

Ushbu post oxirida obunachiga yuborgan ovozli xabarimni va uning javobini qo‘shaman, shunda bilasiz: bu real hikoya, to‘qima emas.
@chiroylimoliya xolis niyat

3 weeks, 1 day ago

To‘rt chavandoz

Bugun dam olish kuni, oilaviy ishlar haqida suhbatlashamiz…

Oiladagi uyg'unlik — bu ne'mat, hatto pul yoki boylikdan ham muhimroq. Chunki boylik vaqt o‘tishi bilan kamayishi mumkin, lekin mustahkam oila har doim sizga kuch-quvvat, barqarorlik va ma’naviy qoniqish berib turadi.

Biroq, O‘zbekistonda ajrashishlar sonining sezilarli darajada o‘sishini hisobga olsak, bu mavzu sizlar uchun albatta dolzarb bo‘ladi.
_____________________________

Doktor Jon Gottman tadqiqotlariga ko‘ra, to‘rt xil salbiy muloqot uslubi aniqlangan: doimiy tanqid, turmush o‘rtog‘ingizga nisbatan ustunlik hissi (turmush o‘rtog‘ingizga nisbatan nafrat), mudofaa pozitsiyasi (quyida tushuntirilgan) va e’tiborsizlik (quyida tushuntirilgan) (“To‘rt chavandoz”), ular birgalikda ajralish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.

Doktor Gottman ta’kidlaydi, bu xatti-harakatlarning mavjudligi unga er xotinning o‘zaro munosabatini atigi 5 daqiqa kuzatish orqali ajralishni 90% aniqlik bilan bashorat qilish imkonini beradi. (themantic-education.com).

Shu bilan birga:
• Mudofaa pozitsiyasi – tanqid yoki tanbehga bo‘lgan munosabat bo‘lib, bu o‘zini oqlash, aybni boshqa birovga to‘nkash yoki har qanday yo‘l bilan o‘z pozitsiyasini himoya qilish shaklida namoyon bo‘ladi. Bunday munosabat, odatda, muammoni sherikka yetkazib bo‘lmasligini his qiluvchi vaziyatni yuzaga keltiradi, chunki sherik doim o‘zini himoya qiladi.

• E’tiborsizlik – bu emotsional chekinish shakli bo‘lib, odam o‘ziga o‘ralib oladi, eshitishni yoki ziddiyat paytida hissiyotlarini namoyon qilishni rad etadi. Bu juftining so‘zlariga hech qanday munosabat bildirmaslik kabi ko‘rinadi. Bunday holat juftini e’tiborsizlik qilinayotgani yoki “devorga gapirayotgani”ni his qilishga olib keladi.

Bu jarayonda o‘zbek oilalariga xos bo‘lgan murakkabliklar ham bor. Yangi turmush qurgan juftlik, hayotiy tajribasiz va oila qurish sirlarini hali yaxshi anglamasdan, birinchi navbatda, o‘zaro munosabatlarini barqaror qilishga urinadi. Lekin ular orasida uchinchi o‘yinchi — qaynona, ba’zida esa to‘rtinchi — qaynisingil ishtirok etadi. Bu esa juftlikning shundoq ham murakkab vaziyatini yanada og‘irlashtiradi.
Agar muammo bo‘lsa, demak, uning yechimi ham bor.
Asosiy muammo bizning o‘z fikrlarimizda: biz odatda muammoni o‘zimizdan izlashni xohlamaymiz. Bu o‘ziga nisbatan takabburlik bo‘lib, muammo ildizlarini bartaraf etish imkoniyatini yo‘q qiladi.

Agar siz ham o‘zingizni shu holatda topgan bo‘lsangiz, layk bosing!

@chiroylimoliya o‘zingizni tan olish — o‘zgarishning birinchi qadami!

3 weeks, 2 days ago

O‘ylab ko‘rishga arziydi...

  1. Agar yo‘qotilgan pulni oson qaytarishga ishonchingiz bo‘lmasa, pulga nisbatan ehtiyotkor va e'tiborli bo‘lishingiz kerak.

  2. Sizning yaqinlaringiz va ularning istak-xohishlari (turmush o‘rtoqingiz, farzandlaringiz, ota-onangiz) moliyaviy holatingizning yaxshilanishi yoki yomonlashishiga sizning moliyaviy bilimingizdan ko‘ra ko‘proq ta’sir qiladi. Bir yo‘nalishda harakat qilishga intiling!

  3. Hech kim boylikka sekin erishishni istamaydi. Shu sababli, ular ko‘pincha oddiy hayot tarzida qolib ketishadi.

  4. Pulning asosiy vazifasi sizga erkinlik berishdir, super boy qilish emas.

  5. Mustaqillik boylik degani emas. Mustaqil odam – aktiv daromadi yetarli bo‘lgan odam, boy odam esa – passiv daromadi yetarli bo‘lgan odam.

  6. Ko‘pchilik qancha pul kerakligini bilmaydi, shuning uchun ular “kalamush poygasida” davom etadilar.

@chiroylimoliya Pul – na ne'mat, na balo. Pul – bu energiya. Sizlarga shu oltita fikrdan qaysi biri mos keladi?

---

Стоит задуматься...

  1. Ты должен быть разумен и осторожен с деньгами, если не уверен, что сможешь легко вернуть потерянное.

  2. Ваши близкие (супруг(а), дети, родители) влияют на ваши финансы намного больше, чем ваши знания.

  3. Никто не хочет разбогатеть медленно, поэтому они чаще остаются в обыденности.

  4. Задача денег – дать вам свободу, а не сделать вас супер богатым.

  5. Самодостаточный не значит богатый. Первый – тот, у кого достаточный активный доход, второй – тот, у кого достаточный пассивный доход.

  6. Большинство понятия не имеет, сколько денег они хотят, поэтому они не прекращают состязаться в крысиных бегах.

@Islamic_finance_plus Деньги не беда и не благо, деньги – это энергия.

3 weeks, 5 days ago

Tafakkur qilishga arziydigan fikrlar...
Barcha pullarni "yutib olishning" imkoni yo‘q, barcha pullarni faqat yo'qotish imkoni bor...

Hech narsa qilmasdan yashashni istagan inson, oxir-oqibat shunchaki tirik qolish uchun yanada ko‘proq ishlashga majbur bo‘ladi.

Ming so‘mga ega bo'lib, birdaniga o‘n ming topmoqchi bo‘lgan inson, albatta, bor ming so'midan ham ayriladi....

Hech kim yoningga kelib, senga pul bermaydi. Faqat olib qo‘yish uchun keladi...

@chiroylimoliya achchiq haqiqat

3 months, 3 weeks ago

Assalomu alaykum,

Mustaqillik bu qiymat
Mustaqillik bu mas'uliyat

Mustaqilligimiz haqiqiy bo'lsin !
Mustaqilligimiz davomiy bo'lsin !

We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 3 months, 1 week ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз ?

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?

Last updated 11 months, 2 weeks ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Reklama! @RekIama_beriish

Last updated 2 days ago