Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated hace 2 meses
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated hace 3 meses, 3 semanas
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated hace 1 año, 8 meses
Rulda ishlatish - avtohalokatga
Ertalab ishlatish - diqqat yo’qolishiga
Uxlashdan oldin ishlatish - sifatsiz uyquga
Ovqatlanishda ishlatish - ko’p yeyishga
Suhbatlashganda ishlatish - nizolarga
Hojatxonada ishlatish - gemorroyga olib boradi.
Telefon jonivorni shu joylarda ishlatmay qo’ysak nima bo’larkin?
*Yil xulosasi:
O'zing o'zgarsang olam o'zgarar.
Dunyoga qarayotgan derazangni art.
Yil so'zlari:
"Men bilmayman"
"Rahmat"
"Salomat bo'ling"
"Uzr"
Yil o'zgarishi:
Yakka o'sishdan, jamoaviy rivojlanishga o'tish.
Yil shukuhi:
Oila bilan, do'stlar bilan, inson bilan!
Yil qoldig'i:
"Qolgan ishga qor yog'ar" deganlari rost, qoldiqlarim ko'p.
Yil tavsiyasi:
Perfektsionist bo'lma! Mukammallik Allohga xos.
Yil nadomati:
Vaqting bor edi, nimalar qilding?
Afsus!
Yil va'dasi:
Harakat qilgan albatta natija ko'radi.
"Jon chekmasang janona qayda.."
Yil qo'shimchasi:
Moliyaviy holating yaxshidir. Yaxshila. Seniki emasdi. O'zingniki qil!
Ehson qil.
Yil ishonchi:
Yozganlaring bo'lmayotgandir.
Ammo unutma, bo'lganlarini albatta qachondir yozgansan, so'ragansan.
Yilning tuxfasi:
Bir yilga ulg'aydik, Bir yil yuqotdik, Bir yilga yaqinlashdik..
...*@essensializm
*Umr
2024-yilim zo'r, esda qolarli o'tdi deya olmayman.
Ko'p sohada shunchaki bir xil darajada, tezlanishsiz harakatlandim.
Kitob o'qishda esa 23-yilga nisbatan 3 barobar pasayish ?
Bu yilda ancha sokin bo'ldim. Ba'zi yo'nalishlarga keraklicha e'tibor qarata olmadim.
Bu yil stress va kamchiliklarga chidamli ekanligimni ko'rsatdi.
Oila eng muhimi ekanligini, qolganlar uchun bir bekat ekanligimni yaxshiroq tushundim.
Ancha katta bo'lib qolganimni his qildim..
2024-tugab qaytib kelmaganidek, 2025 ham tugaydi, qaytib kelmaydi. Shunchaki, yashashni ham unutmaslikni yodga oldim.
Yana, 24-yil 25-yil uchun yaxshi tayyorgarlik yili bo'ldi deya olaman.
2025-yilda esa o'zimni hayotimda ancha katta o'zgarishlar bo'ladigandek his qilayapman va men bunga tayyorman. Har xolda shunga ishonaman.
2025-yilimni esa "Ruhiyat, ilm va tezlik" yili deb nomladim.
Ruhiyat - to'xtab qolmaslikka, mag'lubiyatdan sinmaslikka kerak..
Ilm - yo'l ochishga, harakatlarni muvofiqlashtirishga, yordam berishga kerak..
Tezlik - 10 kmlik masofaga qancha vaqtda yetib borishingiz tezligingizga bog'liq. Darajangizga emas. Shuning uchun kerak.
2025-yil.
Rejalar tayyor, qo'llab-quvvatlash bor, imkoniyatlar bisyor, ishonchlar yetarli, qo'rquv bor, bosim kam..
Nima qoldi?
Bajarish!
See you soon, thanks for your attention. Have a good rest and lots of energy.
Be healthy, be safe. Develop your brain. Bye ?*@essensializm
*Lahzalar kifoya
Kanalda yaqinlarim ham borliklarini hisobga olib, bu to'qnashuv juda ham yengil, bunda mening umuman xatoyim yo'qligi va hech kimga hech qanday jarohat yetmaganligini aytib boshlasam..
2 kun oldin. Katta yo'ldan ikkinchi darajali yo'lga burilayotganimda, ortimdan kelayotgan mashina mening qayrilish chirog'imni ko'rmaganligi uchun (u shunday dedi) qayrilganimda chap orqa eshik sohasiga kelib urildi.
Nega buni yozyapman?
Hissiyot tufayli. Odatda emergencyda (favqulotda holatda) vaqt tezlashishini (aslida esa miya faoliyati stress garmonlari tufayli karrasiga ortib ketadi), o'tgan hayot yo'li soniyalar ichida hayoldan o'tishini aytishadi.
Negaligini bilmadim-u, menda unday bo'lmadi, hech narsani his qilmadim. Juda tez bo'ldi, ulgurmadim chamasi. Daqq etdi va tamom.
Ammo, yana o'ylashga majbur qildi.
Hayot va o'lim;
Qadr va qiymat;
Olib ketadigan va qoldiradiganlarim;
Qilayotgan ishlarim;
Qilayotgan muomalalarim;
Yaqinlarim;
O'ylarim;
Umuman olganda yozayotgan tarixim..
"Har ishda hikmat bor", "Bo'lgani - yaxshilikka bo'lganidir" deb bejiz aytishmas.
Bu hodisa bo'lmasa, shu narsalarni o'ylarmidim?
O'ylasam ham shu holatda his qila olarmidim?!
Siz ham o'ylab ko'ring. Hayot va o'lim orasi biz o'ylagandan ancha yaqinga o'xshaydi, ancha.
"Million" jamoasining qaysidir konserti so'ngida Davron Kabulov o'z nutqida - "20 yilda olingan tarbiya 2 soatlik konsert dasturida buzilmaydi" degandi.
Bir tanishim otasi vafotidan so'ng Juma namoziga chiqishni boshladi.
Yana bir tanishim birgina so'z tufayli boshqa biri bilan yuzko'rmas bo'lib ketti, yana kimlarningdir oilasi bir lahzada, bir donagina so'z tufayli buzilib ketgan.
Sizning misollaringiz menikidan kam emas.
Soat emas daqiqalar, soniyalar inson hayotini o'zgartiradi.
Aytayotgan so'zlarimizga, harakatlarimizga e'tiborli bo'laylik. Ular bizni qadrimizni, qiymatimizni, darajamizni ko'rsatadi.
Bir lahza yomon tomonga o'zgarishga emas yaxshi tomonga o'zgarishga ham sabab bo'ladi.
O'sha bir lahzada yaxshi tomonga o'zgartiradigan inson bo'laylik!
Hayotiga bizning kirib kelishimiz u insonning hayotini ikkiga, ya'ni bizgacha va undan keyingi hayotiga bo'lsin!*@essensializm
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated hace 2 meses
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated hace 3 meses, 3 semanas
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated hace 1 año, 8 meses