Ona tili va adabiyot / Hasan Homidov

Description
5 yillik+ tajriba va metodika💡📌

2 000 mingdan ortiq talabaning ustozi!📚💯

Kanalda ham majburiy, ham asosiy fanlardan bilimingizni oshirishingiz mumkin, shuningdek milliy sertifikatga doir ham ma'lumotlarga ega bo'lasiz
Murojaat uchun: @Hasan_domilla
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month ago
1 month ago
1 month ago

Zarbulmasal

🎯 Milliy sertifikat uchun berilgan kitoblar ro'yxatidan

@milliy_sertifikat_innova

3 months, 3 weeks ago

Esse uchun kerakli birikmalar

? Fikrim boshida shuni aytib o'tmoqchimanki
? Ikkinchi tomondan olib qaraydigan bo'lsak,
? Boshqa tarafdan olib qaraganda
? Yana shuni qo'shimcha qilmoqchimanki
? So'nggi so'z o'rnida bir so'z deganlaridek
? Vaholanki
? Holbuki
? Boshqa tomondan olib qaraganda

@milliy_sertifikat_innova

3 months, 3 weeks ago

Orazing yopg’och ko’zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’ach quyosh.

  1. Ushbu misra haqida berilgan qaysi hukm to’g’ri emas?
    A) Misralarda tamsil san’ati qo’llangan
    B) Misralar muqayyad qofiya shaklida yozilgan
    C) Misralarda istiora san’ati qo’llangan
    D) MIsralarda tanosub san’ati qo’llangan
  2. Misralar haqida berilgan qaysi hukm to’g’ri berilgan?
    A) Yorning yuzi quyoshga o’xshatilgan
    B) Yor osmonda charaqlab turgan yulduzga o’xshatilgan
    C) Oshiqning ko’z yoshlari quyoshga o’xshatilgan
    D) Oshiqning dardlari natijasida kun ham tunga aylanib qolgani tashbeh qilingan

  3. Mustaqil jamiyatimizning bir bo’lagi hisoblangan oilaning tinchligini asrash muhim hisoblanadi. Ushbu gap haqida berilgan qaysi hukm to’g’ri emas?
    A) Gapda vositasiz to’ldiruvchi kesimga bilvosita tobelangan
    B) Sifatlovchi aniqlovchi qaratqich aniqlovchiga tobelangan
    C) Gapda hol kesimga bilvosita tobelanagan
    D) Gapda ega kesimga bevosita tobelangan

@milliy_sertifikat_innova

3 months, 3 weeks ago

“G‘aroyibu-s-sig‘ar”dagi 8-qit’a:
Tavakkul sifati-yu betavakkullar mazammati
Tavakkulni ulkim qo‘yub, xotirig‘a
Tushar shoh ollinda qulluq havosi.
Nasibi aning bir ayoq osh erur bas,
Agar ganji Qorun erur muddaosi.
Biravkim, bo‘lur bir ayoq osh uchun qul,
Yuziga keraktur qazonning qarosi.

Lug‘at:
Tavakkul – Allohga tayanib sababni tark etish, Allohni vakil qilish, sababga emas, sababni yaratganga, musabbibga ishonish, rizq qayg‘usida bo‘lmaslik. Tavakkul so‘fiylar nazdida muqarrablarning maqomlaridan bo‘lib, bu yuksak ruhiy martaba iymonning samarasi o‘laroq baholanadi. Zunnun Misriy tavakkulni xoslar ilmi deb baholaydi.
Mazammat – yomonlik, tubanlik;
Xotir – 1. O‘y, fikr. 2. Ko‘ngil;
Ayoq – kosa.

Nasriy bayon:
Tavakkul qilgan kishining yaxshi sifat egasi ekani hamda betavakkullarning tubanligi, yomonligi xususida
Agar kimki Allohga tavakkulni, iymonni bir chetga qo‘yib, O‘y-u fikriga, ko‘ngliga podshohning huzurida qulluq qilib bir narsaga erishmoq havasi tushadigan bo‘lsa, agar Qorunning xazinasini qo‘lga kiritmoqni niyat qilgan bo‘lsa-da, uning nasibasi bir kosa oshdir, shu bilan tamom.
Kimki xuddi shunday bir kosa osh uchun birovga qul bo‘lsa, uning yuziga qozonning qorasini surtmoq kerakdir!

Qit’a mavzusi:
Allohga tavakkul qilish, ya’ni iymon haqida.

Badiiy san’atlar:
Baroati istehlol – she’r boshida butun mazmunga ishora qilish;
Kalomi jome’ – pand-nasihat mazmuni borligi uchun;
Tanosub – ayoq, osh, qozon; ganj, Qorun;
Talmeh – Qorun so‘zida;
Tazod – ganji Qorun / bir ayoq osh.

3 months, 3 weeks ago

2- baytda

Uning yuzlari mening ko'zlarim ichida bo'lsin hamisha,
Va uning yuzlari boshqa kuzga ko'rinmasin.

Shuningdek, baytda tanosub, tazod san'atlaridan foydalanilgan!

3 months, 3 weeks ago

G'azalning matla'sida

Yo xudoyim, yorni mendan ba'zan uzoqroqda tutma,
Va yana undan boshqa yuzga ham meni oshiq aylama

Shuningdek, matla'da nido, istiora, tanosub va tardi aks san'tlaridan foydalanilgan!

3 months, 3 weeks ago

YO rab, ul yuzni dame ko’zumga pinhon aylama,
YO ko’zimni ondin o’zga yuzga hayron aylama.

Chehrasiga mezbon o’lsun ko’zum, ul chehrani
Ko’zlarim uyidin o’zga uyga mehmon aylama.

Ochmayin zulfi parishon ko’ngluma chektirma oh, Yetmayin ohim yeli zulfin parishon aylama.

Jonima la’lidin o’zga la’ldin berma hayot,
La’lig’a jonimdin o’zga jonni qurbon aylama.

Boshima ko’yidin o’zga ko’yni qilma vatan,
Ko’yida boshimdin o’zga boshni g’alton aylama.

Ey ko’ngul, davr ahlidin ming yilchiliq yo’l go’sha tut,
YO alardin yetsa yuz ming g’ussa afg’on aylama.
Istasang, ey gul,

Navoiydek xush ilhom bulbule,
G’unchadek ko’nglin malomat xoridin qon aylama.

Bugun Navoiyning shu g'azalini baytma-bayt tashkil qilamiz!

milliy_sertifikat_innova

8 months, 2 weeks ago

? Shoshiling

? Oktabr-noyabr oylaridagi "Milliy serrifikat " imtihoni uchun yangi guruh ochilmoqda

? 21- iyundan darslar boshlanadi

@milliy_sertifikat_innova

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago