Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 1 day ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Bir ona farzandiga:
- O'g'lim biz boshqalarni o'ylashimiz kerak! dedi
- Boshqalarni kim o'ylaydi ona?
- Ular ham boshqalarni o'ylaydi.
Bola:
- Hamma o'zini o'ylasa, hamma o'zini ishini chiroyli bitirsa yaxshi emasmi...?
- ....
Qaror qabul qilguncha demokrat (maslahatlashuvchi), qaror qabul qilgandan so'ng esa diktatormi kabimizmi yo "termometr"dek o'zgaruvchanmi?
Havo harorati ko'tarilsa, termometrdagi simob ustuni ham ko'tariladi yoki, aksincha harorat pasaysa, undagi simob ustuni ham pasayadi. Havoda o'zgarish bo'ldimi, termometr ham u yo bu tomonga o'zgaradi. Biz ham qaror qabul qilayotganda o'z holimizga tashlab qo'ymaydigan beminnat yordamchilar topiladi. Biri unday emas, mana bunday qilmapsiz desa, yana biri noto'g'ri o'ylabsiz, to'g'risi bundoq bo'lardi deb ketadi.
Demak, qat'iylik, muvozanat, hotirjam bo'lish - qabul qilingan qarorning kuchiga bog'liq ekan, buning uchun nimalarga e'tibor berish kerak?
Tinchlik.
Ruhan tinch bo'lmagan odamning qabul qilgan qarori chala bo'ladi. Holatga to'g'ri baho berish uchun avvalo hotirjam bo'lib olgan yaxshi. Emotsional ko'tarilgan yoki tushgan vaqtda yaxshisi qaror qabul qilmagan yaxshi. Masalan, vahimaga tushgan, havotirda qolgan insonning qabul qilgan qarori kutilgan natija berilmaganini ko'p martta guvohi bo'lganmiz.
Qat'iy re'ja.
Hotirjamlikda qaror qabul qilib olgandan so'ng, shu qarorni amalga oshirish uchun re'ja bo'lishi muhim. Shunda biror vaziyatda dovdirab, esankirab qolmaymiz.
So'zlar.
Tanlagan qarorda tura olish uchun harakat va so'zlar ham qat'iy bo'lishi: "Harakat qilib ko'ray-chi", "Urinib ko'raman", "Qo'limdan kelarmikan..", degan jumalar emas, balki "Albatta bajaraman" deyish yanada qat'iylikka undaydi. Tasavvur qilib ko'rsak, uchuvchi: " Istanbul aeroportiga qo'nyapmiz", deyish o'rniga, "Istanbul aeroportiga qo'nishga urinib ko'ramiz", desa yoki "Toshkentga parvoz qilamiz", deyish o'rniga "Toshkentga tomon uchishga harakat qilamiz, lekin boshqa joyga borib qolsak, oldindan uzr so'raymiz", desa, samalyotdagi 300nafar yo'lovchi uchishni istaydimi? Uchuvchiga-chi ishonadimi?
Mustahkam turish.
Tanlagan qaroriga hizmat qiladigan ishlarni birinchi o'ringa qo'yish, maqsaddan chalg'itadigan ishlardan esa voz kechish. Masalan, bakalavr bosqichiga hujjat topshirgan o'quvchi, faqat imtihonga tayyorgarlik haqida o'ylasa to'g'ri bo'ladi. Lekin yozning issiq kunlarini tog' etaklarida yaqinlari bilan mazza qilib dam olishi, kino ko'rishi, do'stlari bilan hadeb aylanib yurishi, bo'lajak talabani maqsadiga olib boradigan yo'lni uzoq qiladi. Buning o'rniga, bo'lajak talaba test sinovlariga tayyorlanishi, beriladigan savollarning javoblarini o'rganib chiqishi, shu fanlar bo'yicha mutaxassisga murojaat qilib, bilimini oshirishi - uni ko'zlagan maqsadiga yetkazadi.
Tanlash.
Hamma vaqt tanlash ixtiyori bor!
Har qanday vaziyatda bizga nimadur taklif qilinadi xolos. Lekin majburlay olmaydi. Taklifni qabul qilish yoki qilmaslik bizni ixtiyorimizda.
Hatto baxtli va baxtsiz bo'lishni ham inson o'zi tanlaydi. Qarori bor inson esa doim hotirjamdir.
"O'tgan zamonda bir Sayyoh borliqdagi barcha odamlarni o'rganish uchun sayohatga otlandi. Zulmatdan ham, yorug'likdan ham narini ko'rish isragi bor edi uning. Sayohati shu qadar uzoq davom etishi mumkin ediki, qaytib kelishga umri yetmasdi, balki...
Yo'lga tushdi. Sayohati Zulmat o'lkasidan boshlandi. Ancha yurgach, orti gulzor bo'lgani holda, qarshisidagi botqoqqa termilib turgan ilk odamni uchratdi.
- Salom, dedi.
- Salom. Qara, botqoq naqadar go'zal, dedi Odam Sayyohning yuziga ham qaramay.
- Orqangdagi gulzor chiroyliroq-ku!
- Men ming yildan beri shu joydaman. Bu yerda botqoqlikdan go'zalroq narsa yo'q!
- O'zi ortingga qaraganmisan hech?
- Aslo!
- Iye, nahotki shuncha vaqtdan buyon ortingga o'girilmagan bo'lsang?!
- Ro'paramda shunday ajoyib manzara turganda ko'zim boshqa narsani ko'rmaydi.
Sayyohning hayrati ortdi va shunday dedi: "Chiroyli narsalar xunuklaridan yuz o'girganimizda qarshimizda namoyon bo'ladi".
Suhbatdoshining qulog'iga bu so'zlar kirmadi. Kelganidan beri uning yuziga ham qayrilib boqmagandi ham. Sayyoh boshqa so'z qotib o'tirmadi, jimgina yo'lida davom etdi.
"Katta Shahzoda" kitobidan
Biror insonni yoki biror narsani xotiradan butkul o'chirib tashlashni iloji yo'q.
Unutish - bu endi u sabab boshqa azob chekmaslik xolos.
Gapimizda tura olmaganimizni ko'rgan bola nima qiladi?
Bolalar biror narsani so'rasa, yo'q deb turib, keyin yig'i-sig'i, qaysarlik qiladigan bo'lishsa, ho'p devoramiz. Bolalar ham psiholog bo'lishadi. Kattalarni kuzatishadi. Yig'lab berganda ishi bitib qolayotganini ko'rsa, doim shu usuldan foydalanib, aytganini qildirishni o'rganib oladi. Buni eng yomon oqibati, katta bo'lganda ham shu uslubdan foydalanishi. Kattalarda ham shunday holatlarni kuzatganimizda, bu odat aslida bolaligidan boshlab shakllanib kelganini tushunamiz.
Unda nima qilish kerak? Yig'layversinmi?
Eng to'g'ri yo'l, bolalar bir narsa qilishni so'rasa, javob berishdan avval 5 sekund to'xtab turib, keyin javob qaytarish. "Ho'p" degan bo'lsak, shu gapimizda turish, "Yo'q" degan bo'lsak ham shu gapimizda turish. Bu javobdan yig'lab, harhasha qilsa ham. Bu nomeri o'tmasligini bilgan bola, keyinchalik bunday uslubdan foydalanmay qo'yadi. Yig'idan ovunganida esa, unga noto'g'ri yo'ldan foydalanganini, aytganini yig'lab emas, tushuntirib gapirib o'rganishini kerkaligini aytsak, shunga qarab ishini qila boshlaydi.
Bolaga o'zimiz o'rnak bo'lamiz. Gapirib turib gapimizdan qaytaversak, u ham shuni oladi. Kelajakda va'dasida turmaydigan bo'lib katta bo'lib qolsa, keyin "Nega bu bola bunday bo'ldi?" deb yurmaylik, chunki o'zimiz shuni ko'rsatib berganmiz.
Nega bizga kerakli narsalarni xotiramizda saqlab qololmaymiz, biror ish qilishni maqsad qilib, so'ng maqsadimizni unutib qo'yamiz?
Bizni parishonxotir qiladigan, qiynaydigan narsalarni esa unutolmaymiz?
Unutish ba'zan baxt, ba'zan esa yaxshilikka olib kelmasligi mumkin.
Muhim ishlarni, vazifalarni unutish beparvolikka olib kelib, mas'uliyat berilgan insonlar uchun salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Bu muammolardan qutulishni haqiqatda istaganlar uchun yechimlari bor. Ularni ko'rib chiqamiz:
~ Miya tananing boshqa a'zolari kabi organ bo'lib, sport bilan shug'ullanganda tananing quvvati oshgani kabi, miyyani ham mashq qildirish bilan quvvati oshadi. Ko'p mutolaa qilish, qiroat bilan chiniqtirish, kalkulyatordan foydalanmay har xil masalalar yechish bilan shug'ullanish, zehnni charhlashdagi eng foydali usulidir;
~ To'g'ri ovqatlanishni yo'lga qo'yib, ortiqcha vazndan saqlanish. Qorin qo'yib yuborish - zehnni yasaytiradi. To'g'ri ovqatlanishda, tana ehtiyoj sezayotgan vitaminli taomlardan iste'mil qilgan yaxshi;
~ Har kuni meva- sabzavotlar, ko'katlardan yeyish. Bu maxsulotlar miyyada qon aylanishini yaxshilaydi. Chunki, qon aylanishi yomonlashishi ham xotiraga ta'sir qiladi;
~ Vitaminlar yetishmovchiligi bo'yicha qon topshirib, anemiya bor yoki yo'qligini bilish. Va yana B12 va D vitaminlarni, qalqonsimon bez kasalliklarini ham tekshirish. Chunki xotira susayishida sanab o'tilgan kasalliklar ham sabab bo'lishi mumkin;
~ Ruhiy zo'riqishlar, siqilishlar ham xotiraga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Kundalik hayot tarzini o'zgartirish, sayohatga chiqish kabi amallar, ko'ngilni yorishtiradi;
~ Uyquni tartibga solish. Kundalik charchoqlarni chiqarish uchun yetarli miqdorda dam olish;
~ Erta uyg'onib, toza havodan to'yib-to'yib nafas olish, miya faoliyatiga juda yaxshi ta'sir qiladi, diqqatni jamlashga yordam beradi;
~ Biror narsani yodlamoqchi bo'lgan inson hotirjam va tinch joyni tanlashi;
~ Takrorlash uslubidan foydalanish ham ma'lumotni uzoq vaqt davomida xotirada saqlanib turishiga hizmat qiladi. Bu uslubdan o'zimiz e'tibor bermagan holda, hayotimizda ro'y bergan yoqimsiz ishlarni ora-orada eslab, birovga gapirib berib, dugonamiz bilan muhokama qilib foydalanamiz. Hayolimizda huddiki u voqealarni tezroq unutishni istaymiz, qilgan amalimiz esa aksi, "takrorla va eslab qol" qoidasiga mos tushayotganidan bexabarmiz. O'sha eski voqeani har takrorlaganimizda, tanamiz, aqlimiz huddi o'sha pozitsiyani yana qayta yashab o'tadi. Demak, biz unutishni istagan voqeani umuman qayta eslab gapirib bermaslik, uni takrorlab muhrlab qo'ymaslik muhim ekan. Bunga yechim: bo'lgan hodisani qabul qilib, tan olish, uni hikmatini izlash va muhokama qilishni to'xtatish;
~ Kundalik vazifalarni, qilmoqchi bo'lgan re'jalarni, olingan qarzlarni, berilgan va'dalarni yondaftar tutib, yozib borish. Har kuni kechki payt, ertasi kuni qilmoqchi bo'lgan ishlarni yozib qo'yish, miyyada ortiqcha joyni band qilib turmaydi;
~ Donishmandlardan biri aytadi: "Alloh bandalariga ato etgan ikki ne'mat borki, ular bo'lmaganida hayot tatimagan bo'lardi. Ulardan biri unutish bo'lsa, ikkinchisi umid qilishdir. Unutish bilan og'ir yaralar tuzalsa, umidlar qalb jarohatiga malham bo'ladi".
davomi...
~ Qo'rquv fobiya darajasiga chiqib
ketgan, ko'ziga har xil narsalar ko'rinayotgan, ortida doimiy kimdur kuzatib yurganini ko'rinayotgandek hislar doimiy davom etayotgan bo'lsa, buni albatta ota-onaningizga aytib, mutaxassis huzuriga borib, davolanish kerak bo'ladi. Buni ayb sanab, aytmay yuraverish, vaziyatni battar qilishi mumkin.
"الحال"
kitobidan ham ma'lumotlar olindi
Davomi bor...
@NozikXilqatim
Biz nega qo'rqamiz?
Ayol tabiati hissiyotga beriladigan, qo'rquvga tushadigan, xavfli ishlarga yuraksiz qilib yaratilgan. Ammo bu tuyg'u o'zining tabiiy chegarasidan o'tib ketsa, uni fobiya darajasiga olib borib, vahimachi qilib qo'yadi. Bunday inson o'ziga bo'lgan ishonchini yo'qotib, hamma narsadan xavfsirayveradi. Arzimas muammolarni ham kattalashtirib yuboradi, iztirobga tushaveradi. Natijada, qo'rquv uning butun borlig'ini, aqlini egallab oladi. Hotirjamligi, halovati yo'qoladi, miyyasini zaharlab, hayoti bekorga o'ta boshlaydi.
Bu vaziyatda yechim topish uchun avval qo'rquvning nima ekanini tushunib olgan yaxshi.
~Qo'rquvning bir necha turlari bor. Ulardan o'lim qo'rquvi, kasallik, dushmandan qo'rqish, pulsiz qolib ketish, hayvonlardan, qorong'ulik, yolg'iz qolib ketish qo'rquvi, balandlikdan qo'rqish kabi turlari bor. Qo'rqayotgan narsani aniqlab, unga tegishli bo'lgan ma'lumotlarni o'rganib chiqish, statistikani aniqlash va bularni aql tarozisiga solib ko'rib, mantiqan tahlil qilish. Tahlil natijalarini ko'p foizi bizni hayolimizga kelayotgan narsani vahimaga aylanib ketganini ko'rsatadi. Masalan, bir inson samalyotda uchishdan qo'rqadi. Samalyotga tegishli ma'lumotlar o'rganib chiqilsa, bir yilda butun dunyo bo'ylab qancha parvozlar omadli amalga oshiriladiyu, ulardan qanchadi halokatga uchraydi? Bular o'ylab ko'rilsa, samalyot ham xavfsiz bir transport ekanini tushunadi;
~ Biz oqibatidan qo'rqib, vahima qilayotgan narsalar ko'p hollarda sodir bo'lmaydi. Ishni oxiri asosan biz kutmagan holda yakun topadi va bu real hayotda isbotlangan;
~ Biror narsadan qo'rqishni boshlagan inson, o'zini shu qo'rquvlari bo'yicha shubhaga solib ko'rishi ham mumkin. Masalan, aniq shunday bo'ladimi? Aniq men qo'rqayotgandek ishmi yoki boshqacha bo'lishi ham mumkinmi? degan savollarni o'ziga beradi;
~ O'tmishga nazar solib ko'rish. O'tmishda biz qo'rqqan narsalarni ko'pi yuz bermagan;
~ Tarixdagi shijoatli, irodasi baland insonlar haqida o'qib- o'rganish. Ular biz qo'rqayotgan muammolar qarshisida qanday turishgan? Qanday yo'l tutishgan edi? Mana shu ulug' zotlardan o'rnak olish;
~ Qo'rquvga to'lib ketgan hayollar bilan uzoq vaqt yolg'iz qolmaslik. Sababi ular insonga hukmron bo'lib olishi mumkin. Bunday vaqtlarda, yaqinlarimizni ziyorat qilish, bolalar bilan birga o'ynash, oilaviy aloqalarni tiklash bilan band bo'lish, biror bir vazifani olib, uni bajarishga kirishish qo'rquvlar miyyani egallab olmasligiga sabab bo'ladi;
~ Atrofimizda kimlar bor? Agar pessemist, qo'rquvga boshlaydigan sheriklar ko'p bo'lsa, ulardan uzoqlashish. Buning o'rniga oldinga intiladigan, optimist, vaziyatlarga to'g'ri baho bera oladigan insonlar bilan muloqot qilish;
~ Sport bilan shug'ullanish. Yurish, gimnastika, yugurish, kamon otish, toqqa chiqish, suzish vahokazo kabi;
~ Biror qo'rqayotgan narsaga nisbatan kerakli ehtiyot choralarini ko'rib qo'yish va tavakkal qilish. Shu ish o'xshamay qolsa, uzog'i qanday oqibatlar bo'lishi mumkin? Juda bo'lmasa tajriba olgan bo'laman deb o'zini har qanday natijaga tayyorlash;
~ Eng muhimi, farzandlarni yoshligidan har xil narsalardan qo'rqitmay, sog'lom muhitda katta qilish. Farzandlarga ham o'zimizdagi fobiyalar, qo'rquvlarni tiqishtirmaslik. Buning o'rniga ularni shijoatga, nimalarga ishonish kerakligiga o'rgatish. Ularga qo'rquvlar haqida keraksiz tushunchalarni joylamaslik. Buning uchun esa, avvalo o'zi o'rnak bo'la olishi, bo'lmasa gapini ta'siri ham bo'lmaydi.
~ Qo'rquvlar atrofdagi kutuvlar sabab kelib chiqayotganini, ular bizga aslida hech narsa qilib bera olmasligini tushunish;
~ Qo'rqayotgan narsaga nisbatan yuzma-yuz kelishni mashq qilib ko'rish (Yovvoyi hayvondan qo'rqqan odam, yovvoyyi hayvonni oldiga borib ko'rsin deyilmayapti). Biror taomni yoshligida kuydirib qo'yib, gap eshitgan qiz, shu ishni takrorlashdan qo'rqyaptimi? Demak, shu taomni yana qayta qilib ko'rib, bu safar natija boshqacha chiqishi uchun mashq qilsin. Shunda o'zidagi qo'rquvlarni ketkazib, "Men ham uddalay olaman", degan yangi tushunchani hosil qiladi.
Boshimizga og'ir ish tushib qolsa, dunyo qorong'i bo'lib, yashagimiz kelmay qoladi. Bunday holatda go'yo kelajak hayoti zimistondan iborat, uni hech qanday yaxshilik kutmayotgandek tuyuladi. Go'yoki bu hayotda birorta mehriboni qolmagandek, yolg'izlik hissi egallab oladi. Shu paytda inson beixtiyor o'limni orzu qiladi. Sababi, bunday azoblardan xalos bo'lishni yo'li shu deb biladi.
Ba'zilar esa, g'amdan nimalar deb tashamaydi? Hatto o'ziga-o'zi o'lim tilab, o'zini duoibad qiladi. O'zini duoibad qilgan inson misoli huddiki osmonga tosh otgandek bo'lib, vaqt o'tib esa, o'sha tosh boshiga kelib tushishi mumkin.
Masalani eng nozik tomoni bor.
Qiz bola qiyinchilikda qolganida o'ziga mana shunday so'zlarni aytishga o'rganib qolsa, yillar o'tib, huddi shu ishni farzandiga ham qilmaydi deb, kim kafolat beradi? Bu narsaga odatlanib qolgan til, farzandlari yoshlik qilib jahlini chiqarsa, ularni ham qarg'ab, ularga qo'shib yana o'zini ham qarg'aydi.
Buning oqibati haqida hadis keladi:
"Hargiz o'zingiz, avlodingiz, mol- mulkingizni duoibad qilmang! Yana Allohdan nima so'ralsa ham ijobat bo'ladigan paytga to'g'ri kelib qolmanglar!"
Imom Muslim rivoyati.
Yomon so'zlar, duolarga aylanib ketishidan avval o'zimizni o'nglashni yo'llari bor. Buning uchun qo'limizga qog'oz-qalam olib, xafa bo'lgan, jahlimiz chiqqan vaqtlarda xoh tilimizda, xoh ichimizda aytadigan so'zlarni eslab, yozib ko'rsak, har bir so'zimizni o'ylab gapirishga odatlana boshlaymiz.
Hayotda farzandlarini duoibad qilgani uchun qanchadan-qancha ota-onalar keyinchalik qattiq afsusda qolgan.
Azobda qolganchi, o'limni orzu qilishga qanchalik haqqi bor?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 1 day ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago