No Poisk🚫

Description
Kanal yaratildi : 13.10.2022
21:50

NoPoisk - qisqa va foydali ma‘lumotlar kanali.

Logolar haqida bilmoqchi bo'lsangiz :

T.me/LogoFacts
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 month, 1 week ago
No Poisk🚫
1 month, 2 weeks ago

#Tarixiy_termin

Hudaychi, (arab. – boshqarmoq, yoʻl koʻrsatmoq) – O‘rta Osiyoda amir yoki xon  saroyidagi mansab. Hudaychi 2 darajaga boʻlingan: „hudaychiyi dasti rost“ („oʻng qoʻl hudaychi“) va „hudaychiyi dasti chap“ („chap qoʻl hudaychi“). Ular oliy hukmdorning oʻng va chap yonida turib, saroyda oʻtkaziladigan turli marosim va tantanalarni boshqargan. Birinchisining haq-huquqlari ikkinchisinikidan bir oz kengroq boʻlgan. Har ikkisi ham boshqa amaldorlardan farq qilish uchun qizil hassa (aso) tutgan.T.me/NoPoisk

1 month, 3 weeks ago

**Parkent – yuqoridagi shahar

Hozirgi kunda Parkent tumani nomiga aylangan Farankat shahri nomini ko‘plab tadqiqotchilar eroniy tillardagi «farn» – «qut-baraka, shon-sharaf (shuhrat)» so‘zi bilan bog‘lashadi. Shundan kelib chiqib, bu toponimni «qut-baraka, shon-sharaf (shuhrat) shahri» deb talqin qilsa bo‘ladi.

O‘zbekistonlik sug‘dshunos olim Mirsodiq Is'hoqov esa bu toponimni sug‘dcha «upar» – «yuqori, baland» so‘zi bilan bog‘lab, bu toponimni «yuqoridagi, balanddagi shahar» deb talqin qilgan.**

T.me/NoPoisk

4 months, 1 week ago

Daqiqiy (asl ismi Abu Mansur Muhammad ibn Ahmad) (956, Balx — 980, Buxoro) — Somoniylar davrining eng koʻzga koʻringan fors shoirlaridan biri.
Daqiqiy (arab va fors tillarida “aniq” degan maʼnoni anglatadi) taxallusi bilan mashhur. Daqiqiy yoshligida oʻqish uchun Buxoroga kelgan va umrining oxirigacha shu yerda yashab qolgan. U somoniy amirlaridan Mansur ibn Nuh (961—976 yillar hukmronlik qilgan) hamda Abulqosim Nuh ibn Mansur (976—997 yillar hukmronlik qilgan) saroyida xizmat qilgan. Daqiqiy sharq adabiyotida mavjud lirikaning barcha janrlarida sheʼrlar yozgan. Eski manbalarda uning qasida, gʻazal, ruboiy, qitʼa, bahoriyot, chiston singari janrlardagi asarlardan tarkib topgan devoni borligi taʼkidlangan. Lekin hanuzgacha shoirning qoʻlyozmasi topilmagan. Shoir merosidan ayrim namunalar tazkira va lugʻatlardagina saqlanib qolgan. Daqiqiy qasidagoʻylik va gʻazalnavislikda ustod sanʼatkor darajasiga koʻtarilgan. U oʻz sheʼrlarida doʻstlikni, muhabbatni, maʼrifatni kuylagan; qasidalarida donishmand, odil podsho boshchiligidagi markazlashgan davlat uchun kurash gʻoyasini ifodalagan. Bundan tashqari Daqiqiy Abulqosim Nuh ibn Mansur Somoniy topshirigʻi bilan qadimgi ajdodlar tarixi haqida "Shohnoma" yozishga kirishadi. Ammo 1000 baytdan iborat "Arjasp va Gushtasp" dostonini yozib tugatgan paytida oʻz gʻulomi tomonidan oʻldiriladi. Keyinchalik Firdavsiy bu dostonni oʻz "Shohnoma"siga kiritgan. Asarda Zardushtiylikning paydo boʻlishi, Gushtasp va boshqa ayonlar uning dinini qabul qilishlari, Turon podshohi Arjaspning bu voqeadan noroziligi hamda Gushtasp bilan Arjasp oʻrtasidagi urush hikoya qilingan. Mazkur jangnoma Eron va Turon xalqlari tarixini, jumladan, zardushtiylik dinining paydo boʻlishini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi.

T.me/NoPoisk

4 months, 1 week ago

#Terminlar

Diskriminatsiya (lotincha: diskriminatio — farqlash ya‘ni kamsitish) — inson huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki har qanday belgi asosida odamlarga yoki ijtmoiy guruhlarga har xil munosabatda bo‘lish. Demokratik davlatlarning ichki qonunlarida hamda xalqaro huquqda Diskriminatsiyaning barcha shakllari, jumladan, fuqarolar huquqlarini millati, irqi, jinsi, dini sababli amalda yoki yuridik jihatdan kamsitishga yoʻl qoʻyish taqiqlanadi.
Diskriminatsiya turlari:
Xaitizm - bo‘y bo'yicha;
Eyjizm - yosh bo‘yicha;
Natsizm - millati bo‘yicha;
Ratsizm - irqi yoki millati bo‘yicha;
Mizoginiya, mizandriya - jinsi bo‘yicha;
Eybilizm - nogironlik bo‘yicha kamsitish.

T.me/NoPoisk

4 months, 2 weeks ago

Juvoldiz, juvoldoʻz — qop, sholcha choklarini tikish uchun moʻljallangan uchi egri, ignasimon asbob. Igna va soʻzandan kattaroq (16—18 sm) boʻladi. Juvoldiz qadimda (temir boʻlmagan davrda) daraxt novdasi ( yulgʻun) va suyakdan ishlangan, hozir temirdan yasaladi.

T.me/NoPoisk

6 months, 3 weeks ago

Rimni alishmasman bedapoyangga! )

T.me/NoPoisk

7 months, 1 week ago

Art-terapiya

Art-terapiya - bu tasviriy san'at vositalari orqali o'z-o'zini hurmat
qilish, ongni rivojlantirish, qobiliyatlarini yaxshilash, nizolarni yoki stressni hal qilish va bemorlarda chidamlilikni ilhomlantirish uchun ishlatiladi.
Britaniyalik rassom Adrian Xill 1942-yilda art-terapiya atamasini kiritgan. Xill sanatoriyada sil kasalligidan davolanish davrida rasm chizish va rasm chizishning terapevtik afzalliklarini aniqlaydi.
Xill art-terapiyaning ahamiyati ongni to'liq jalb qilishda - deydi, bu esa bemorga o'z baxtsizliklariga qarshi kuchli himoyani yaratishga imkon berishini aytib o‘tgan.

Edvard Adamson "Britaniyadagi art-terapiyaning otasi" deya ta‘riflanadi.

Batafsil: Art-terapiya

Mavzuga doir : Shaxmat terapiyasi
https://t.me/Buco_Nero/148

T.me/NoPoisk

7 months, 2 weeks ago

#Etimologiya

QANDAHOR

Shaharga miloddan avvalgi 330-yilda Aleksandr Makedonskiy tomonidan asos solingan va uni Aleksandriya Araxosiya deb atagan, islom fathigacha ushbu nom saqlanib qolgan.
Taxminlarga koʻra, "Qandahor" soʻzi Aleksandr Makedonskiy ismining mahalliy shevadagi „Skandar“ talaffuzidan kelib chiqqan. Nomning "Skandar"dan Kandarga oʻzgarishi haqida 16-asr portugal tarixchisi João de Barros oʻzining eng mashhur "Décadas da Ásia" (Osiyo oʻn yilliklari) asarida eslatib oʻtgan.
Xalq etimologiyasiga koʻra, shahar nomi fors va pushtu tillaridagi "qand" yoki "kand" soʻzidan kelib chiqqan. Ushbu shaklda Qahdahor nomi, ehtimol, qandli hudud yoki shirin hudud deb tarjima qilinadi. Bu esa hududning unumdorligi va tarixan yaxshi uzum, anor, oʻrik, qovun va boshqa shirin mevalar yetishtirish bilan mashhur boʻlganligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

?Manba?

T.me/NoPoisk

9 months, 3 weeks ago

**TILIMIZNI QANCHALIK BILAMIZ ?

Nimaning bolasi nima deb ataladi?

  1. Tuyaning bolasi “bo‘taloq”. Arablarda tuya 500dan ortiq nom (sinonim) bilan ataladi. “Gʻalati” degan so‘z tuyadan olingan. Aniqrog‘i tuyaning a’zosidan olingan.

  2. Kiyik va ohuning bolasi “quralay”.

  3. Otning bolasi “qulun”. Yana yoshiga qarab “toychoq”, “g‘o‘non”, “do‘non”, “pishti” deb atalib boraveradi. Otning erkagi – “ayg‘ir”, urg‘ochisi – “baytal”, tuqqani va bo‘g‘ozi – “biya” deyiladi. Eng qarisi “qirchang‘i” deyiladi.

  4. Sigirning bolasi “buzoq”. Yana bir yoshga to‘lgandan keyin – “tana”, urg‘ochisi – “g‘unajin”. Erkagi – “buqa”, axta qilingani – “novvos” yoki “xo‘kiz”.

  5. Echkining bolasi “uloq”. Echkining erkagi – “taka”. Bichilgani “serka”.

  6. Qo‘yning bolasi “qo‘zichoq”. Erkagi – “qo‘chqor”.

  7. Itning bolasi “kuchuk”. Itning urg‘ochisi – “qanjiq” deyiladi.

  8. Eshakning bolasi “kudung” va “xo‘tik”. Balog‘atga yetgan erkagi – “xangi” deyiladi. Ot va eshakdan chatishtirilgani “xachir” deyiladi. Lekin xachir nasl qoldirmaydi. Eshakning bo‘ynida qora chiziqli qitig‘i bor – “xala” deb nomlanadi. O‘sha xalaga teginib eshakni tezlatish uchun ishlatiladigan cho‘pni “xalacho‘p” deyiladi.

  9. Mushukning bolasi “xumpar”. Balog‘atga yetganlari “mov” deyiladi.

  10. Tovuqning bolasi “jo‘ja”. Bir yoshga yetgandan keyin tullaydi (ya’ni pat tashlaydi) shuning uchun “tullak” deyiladi. Panjalari tepasida ortiqcha panja – pix bo‘ladi. Agar qichqirsa (xo‘rozga nisbatan) va pixi yorma bo‘lgan bo‘lsa, ya’ni “pixini yorgan” xo‘roz balog‘atga yetgan hisoblanadi.

  11. Qushning bolasi “polapon”.

  12. Baliqning tuxumi va pardadagi bolasi “uvildiriq”.

  13. Qurbaqaning bolasi “itbaliq”.

  14. Cho‘chqaning bolasi “jish”. Yovvoyisi – “to‘ng‘iz”. Cho‘chqaning nari, ya’ni erkagi – “qobon”, urg‘ochisi – “megajin” deyiladi.

©dtrdep**T.me/NoPoisk

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago