Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Nima uchun sumkani bitta yelkada ko‘tarish zararli? 🎒🚷
Ko‘pchilik sumkani doim bir yelkada ko‘tarishga odatlangan, lekin bu odat sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkin.
⚠️ Asosiy sabablari:
🔹 Muskullarning zo‘riqishi – Yelka mushaklari doimiy taranglikda bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan og‘riq va noqulaylikka sabab bo‘ladi.
🔹 Tana muvozanatining buzilishi – Sumkani bir tomonda ko‘tarish og‘irlikni notekis taqsimlaydi, natijada yelkalar qiyshayishi va ko‘krak qafasi noto‘g‘ri shakllanishi mumkin.
🔹 Umurtqa muammolari – Bunday odat bo‘yin va ko‘krak qafasi sohasida og‘riq keltirishi mumkin. Qizlarda esa noto‘g‘ri qomat tufayli ko‘krakning osilishi kuzatilishi mumkin.
✅ Yechim: Sumkani har ikki yelkada navbatma-navbat ko‘tarish yoki umuman orqaga osiladigan ryukzaklardan foydalanish tavsiya etiladi.
150+ daqiqa piyoda yurish umrni 7,6 yilga uzaytirishi mumkinmi?
Agar qarishni sekinlashtirmoqchi bo’lsangiz, shunchaki ko’proq yurish kifoya bo’lishi mumkin. Bu mavzuda qiziqarli tadqiqot mavjud:
📌 “Walking and biologic ageing: Evidence based on NHANES telomere data”
Tadqiqotda 5 823 nafar amerikalik kattalarning telomeralari (biologik qarish belgisi) o’rganildi. Telomera yosh o’tishi bilan qisqaradi, lekin:
✅ Haftasiga 150+ daqiqa yuradigan insonlarning telomeralari ancha uzunroq bo’lgan
✅ Doimiy yuradigan odamlar yurmaydiganlarga qaraganda biologik jihatdan 6,5-7,6 yil yoshroq bo’lgan
Xulosa: Oddiy yurish ham qarish jarayonini sekinlashtiradi! 🚶♂️💪
Siz haftasiga qancha yurishga harakat qilasiz? 🚶♀️
Uyquni mustahkamlash uchun yong‘oq iste’mol qiling!
⚪️ Yong‘oq nafaqat mazali, balki uyqu uchun ham foydalidir! U tarkibida triptofan mavjud bo‘lib, bu aminokislota serotonin va melatonin ishlab chiqarish uchun zarur. Ushbu gormonlar esa uyquni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi.
⚪️ Bundan tashqari, yong‘oq tarkibida melatonin to‘g‘ridan-to‘g‘ri mavjud bo‘lib, organizmga sog‘lom uyqu va uyg‘oqlik siklini saqlashga yordam beradi. Shuningdek, uning tarkibidagi magniy tinch va sifatli uyquga hissa qo‘shadi!
Qanday qilib xurrak otishni to‘xtatish mumkin?
⚪️ Xurrak otish - bezovta uyqu, tongda charchagan holda uyg‘onish, ortiqcha kun davomida uyquchanlik, yuqori qon bosimi va asabiylik kabi muammolarga sabab bo‘ladi.
⚪️ Xurrak otishni kamaytirish uchun til, tanglay, halqum va hiqildoq mushaklarini mustahkamlovchi maxsus mashqlar samarali natija beradi.
⚪️ Tilni iloji boricha oldinga va pastga cho‘zing, tilning ildiz qismida taranglik sezilishi kerak.
⚪️ Tilni shu holatda 1-2 soniya ushlab turing va shu paytda cho‘zib «I» tovushini ayting.
⚪️ Ushbu mashqni kuniga ikki marta, 30 martadan bajarish tavsiya etiladi.
⚪️ Mashqlarni muntazam bajarsangiz, bir oy ichida xurrak otishni sezilarli darajada kamaytirib, barqaror natijaga erishishingiz mumkin.
Ko‘katlar – inson organizmi uchun barcha zarur bo‘lgan moddalarni o‘z ichiga olgan yagona ozuqa turi.
⚪️ Ko‘katlar tarkibida oqsillar oddiy aminokislotalar shaklida uchraydi. Bunday aminokislotalarni organizm hayvon oqsillariga qaraganda osonroq o‘zlashtiradi.
⚪️ Hayvon oqsillaridan farqli o‘laroq, ko‘katlardagi oqsillar rak kasalligini keltirib chiqarmaydi.
⚪️ Kletchatka (to‘qima). Ko‘katlarda katta miqdorda erimaydigan kletchatka bor. U qorin ichidagi toksinlarni gubka kabi shimib oladi. Bu holda ichaklarni to‘liq tozalash deyarli imkonsiz bo‘ladi.
⚪️ Xlorofill – rakning oldini olish va davolash vositasi. 75 yil avval Otto Uarburg hujayra nafas olishi zaiflashganda va hujayralarga kislorod yetishmaganda rak paydo bo‘lishini aniqlab, Nobel mukofotini olgan. Ko‘katlar tarkibida xlorofill juda ko‘p bo‘lib, u kislorodga boy.
Olmalar tomirlarni mustahkamlaydi!
⚪️ Har kuni ikki kichik olmani iste’mol qilishni odat qilsangiz, “yomon” LDL-xolesterin darajasi keskin kamayadi. Natijada, gipertoniya, infarkt va insultni keltirib chiqaruvchi xolesterin blyashkalari xavfi pasayadi.
⚪️ Bundan tashqari, olmalarda tomir devorlari uchun juda muhim bo’lgan kaliy moddasi ko‘p. Shuning uchun ushbu foydali meva iste’moli yurakni mustahkamlaydi, shishlarni yo’q qiladi, varikoz kasalligining oldini oladi va tomirlarni tozalaydi.
Kivi po‘stining foydalari
⚪️ Immunitetni mustahkamlash
Kivi tarkibida ko‘p miqdorda universal C vitamini mavjud. Shu sababli sovuq mavsumda va epidemiyalar davrida kuniga 1-2 dona kivi iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bu immunitetni oshiradi va organizmni kasallik keltiruvchi mikroorganizmlardan himoya qiladi.
⚪️ Buyraklarni tozalash
Kivi organizmdan ortiqcha tuzlarni chiqarish xususiyatiga ega. Bu buyraklarning ishlashini yaxshilaydi, qum va toshlarning oldini oladi hamda nefrit va pielonefrit kabi kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi.
⚪️ Hazm qilish tizimini normallashtirish
Ovqatdan keyin iste’mol qilingan kivi oshqozon-ichak tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik uni qorin og‘irligini kamaytirish va jig‘ildon qaynashining oldini olish uchun iste’mol qiladi. Shuningdek, kivi ovqat hazm qilish jarayonini yengillashtiradi va qayt qilishning oldini oladi.
Ortiqcha vazn xotirani yomonlashtiradi!
⚪️ Ortiqcha vazn — aqliy pasayishning kuchli omili. Ortiqcha vazn miyada xotira bilan bog‘liq genlarda salbiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi mumkin va bu xotiraga salbiy ta’sir qiladi.
⚪️ Tadqiqot davomida 18-35 yoshdagi insonlar kuzatilib, yuqori tana massasi indeksi (TMI) xotira testlarida yomon natijalarga olib kelishi aniqlangan.
Bundan tashqari, ortiqcha vazn Altsgeymer kabi kasalliklar xavfini ham oshiradi.
Jigarni tozalash uchun 3 ta foydali retsept
1️⃣ Limon va kurkuma ichimligi - 1 stakan iliq suv - 1/2 choy qoshiq kurkuma - Yarim limon sharbati - Bir chimdim qora murch Barcha masalliqlarni aralashtiring va ertalab och qoringa iching. Ushbu ichimlik yallig‘lanishni kamaytirib, jigarni tozalash jarayonini tezlashtiradi.
2️⃣ Lavlagi smuzisi - 1 dona kichik lavlagi - 1 dona sabzi - 1 dona olma - Yarim limon sharbati - 1 stakan suv Barcha masalliqlarni blenderda bir hil massa holiga kelguncha maydalang. Ushbu smuzi antioksidantlarga boy bo‘lib, jigar salomatligini mustahkamlaydi.
3️⃣ Yashil detoks-sok - 1 dona bodring - Bir hovuch ismaloq - Yarim limon sharbati - Bir chimdim zanjabil - 1 stakan suv Hammasini blenderda aralashtiring. Bu sok hazm qilishni yaxshilaydi va toksinlarni chiqarishda yordam beradi.
Kuniga 30 daqiqalik piyoda yurish natijasida organizmingizda yuz beradigan 5 ajoyib o‘zgarish
⚪️ 30 daqiqa toza havoda yurish miyadagi stress va kayfiyatning pasayishiga javob beradigan sohalar faoliyatini sezilarli darajada kamaytiradi.
⚪️ Muntazam yurish yaxshi uyquni ta’minlaydi, tongda uyg‘onish esa yanada tetik va energiyali bo‘ladi.
⚪️ Park yoki ko'cha bo‘ylab qisqa yurishlar aqliy faoliyatingizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: diqqatni jamlash qobiliyati 20% ga yaxshilanadi.
⚪️ Toza havoda bo‘lish organizmni zarur kislorod bilan ta’minlaydi va yurak-qon tomir tizimiga foydali ta’sir qiladi.
⚪️ Yurish asab tizimini tinchlantiradi, bu esa umumiy holatingizni yaxshilashga yordam beradi.
🚶♀️ Hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun bugundan boshlab piyoda yuring @salomfit_uz
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her