"Kashfiyot" taassurotlari

Description
Shaxsiy rivojlanish trenerligi boʻyicha xalqaro sertifikat sohibi Azizbek Zubaydullayevdan keng qamrovli kursdan oʻquvchilar taassurotlarini

Murojaat: @Kashfiyot_admin
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 month, 1 week ago

Yana bir yondiruvchi natija🔥

Sherbekning hikoyasi ham juda qiziq:

Uning avvalgi maqsadlari IELTS olish, magistratura kirish kabi odatiy, "hamma qilib yurgan" ish edi. Lekin kim boʻlishini hali jiddiy aniqlab olmagan, hozirgi rejalari boʻyicha tahminan 3 yildan biror oʻrtamiyona ishga joylashish edi

Keyin uning kim boʻlishni xohlashini jiddiy aniqlab oldik: u tashkiliy ishlarga, loyihalarga qiziqar ekan.

Va choʻzib oʻtirmay, toʻgʻridan toʻgri shu sohaga shogirdlikka tushish rejasini qildik

Keyin esa, uning hayotida haqiqatda moʻjizalar sodir boʻla boshladi:

2000$ turadigan offline biznes kursda yordamchilik qilish orqali, unda tekin oʻqishga erishdi

Va katta bir kompaniya boshqaruviga shogirdlikka ham qabul qilindi! Endi u katta loyihalarni boshqarishni ham toʻgʻridan toʻgri oʻrganadi. Boshlangʻich oyligi ham yomonmas: 5mln

Muborak boʻlsin!

1 month, 1 week ago
2 months, 2 weeks ago

Hikoya qilib berishga arziydigan yana bir qiziqarli hayot sahifasi bor. Bu - Sarvarning hikoyasi
#Kashfiyot_natijalari

U universitetda, kunduzgida grantda o'qirdi. Maqsadi - ta'lim sohasida tashkiliy ishlar qilish, umuman, biznes sohasi edi.

"Institut kunida "atigi" 3 soat o'qish ko'p vaqtni olmaydi, bitirguncha o'zimni rivojlantirib olaman" derdi. Lekin borib kelish vaqtlari, sessiyalar qo'shimcha qancha vaqt va energiya olishini ham hisobga olmagandi.

Lekin men - zamonaviy kasblarni o'rganish uchun institutda vaqt ketkazish umuman aqlli ish emas ekanligini bilar edim. Va talabaga hech qaysi biznes egasi jiddiy ishni topshirmasligini ham.

Chunki bo'sh vaqt - kadrning eng muhim qurollaridan biri

Shuning uchun uni o'qishini sirtqiga o'tkazib, biznes boshqaruvi yo'nalishiga bizneslarga shogird tushishga undadim

Bu albatta, oson bo'lmadi. Grantdan sirtqiga o'tkazish, bunga ota-onani ko'ndirish... juda og'ir qarorlar edi

Lekin u - barchasini yenga oldi. O'qishini sirtqiga o'tkazdi, ota-onasini ko'p urinishlar bilan ko'ndirdi.

Va... harakatlari bir kun meva berdi. Uni Dinay kompaniyasiga menejer shogirdilikka qabul qilishdi! Juda katta bizneslarni boshqarishni oʻrganishga!

U - orzusidagi ishga erishdi.
Insonlarning oʻz hayot mazmunlarini topib olishlarini yaxshi koʻraman)

5 months, 1 week ago

*Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Mehribon va Rahmli Allohning ismi ila...

Shu paytgacha juda ko‘p kurslarda qatnashdim, lekin hayotimni tubdan o‘zgargan bir kurs borki, Bu Kashfiyot kursidir...

Bu kurs hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan bo‘lsada, hozir hayotimga eng katta ta'sir o‘tkazgan "Baraka" mavzusi haqida yozaman...

Baraka faqat kam vaqtda ko‘p ish qilish deb o‘ylardim. Aslida! U umuman boshqa narsa ekan.

Barakani anglashimdan avval, hayotim juda stressli bo‘lgan. Natijaga qattiq bog‘lanardim, butun xayolim vazifalarimni tugatish bilan band bo‘lardi. Rosti, Qur'on, zikr, kabilarni "vaqt ortib qolsa qilinadi" derdimda, vazifalarimning eng oxiriga qo‘yardim.

So‘rashingiz mumkin, Barakadan keyinchi?

Haaa, undan keyin ko‘p narsa o‘zgardi...Eng birinchi, Allohga tavakkul qilishni o‘rgandim. Zikrlar va Qur‘on vaqtga baraka beradi deya o‘rgatildi. Ularni qilmasdan darsni boshlamaslikka odat qildim. Natijani unutdim, Allohdan xayrslini berishini va unga mutlaqo rozi bo‘lishimni har kuni aytardim. Va qalbimda doimiy huzur, ajib sakinat bo‘lardi..

Va yana bizga o'rgatildiki, "Namozning sifati - hayotingizning sifatini belgilab beradi!" Endi ibodat hayotimning asosiga aylangandi. Bor kuchim bilan namozni mukammal ado etishga harakat qilardim. "Namoz vaqtni oladi" degan parazit g‘oya mutlaqo xayolimdan chiqib ketgan edi. Endi u "yaxshi hayotni yetkazib beradigan asosiy omil edi".

Bundan tashqari, ustozim bizga hayotimizda barakani ko'paytirish uchun "Aynan hozir Alloh mendan nima qilishimni xohlardi..." degan savolni tinmay berishimiz kerakligini aytdilar. Endi biz Alloh bizdan xohlaydigandek yashashni o‘rganayotgan edik...

Xulosa qiladigan bo'lsam, Baraka bizga huzurni, sakinatni, Allohga bo‘lgan tavakkulni, natijaga bog‘lanmaslikni, doimiy qalbimiz xotirjam bo‘lishini o'rgatdi...

Endi sizga yaqinda hayotimda sodir bo‘lgan bir kichik mo‘jizani aytsam. 1 yarim oylik intensiv IELTS kursini sotib oldim, har kuni ustozim o‘rgatgandek Barakani his qilib dars qildim. Allohga tavakkal qilib, natijasiga 100% rozi bo'lgan holatda, Registratsiyadan o'tdim. Eng qizig‘i, Imtihon oldida "reading va listening" qismi juda pasayib ketgandi. Speaking dan shug'ullanishga deyarli vaqt qolmagan edi, atigi bir ikki marta ustozim imtihoncha qilib ko'rdilar xolos. Writingdan bir marta bo‘lsada, to‘liq insho yozishga vaqtim yetmagandi. Lekin sababini keltirib, natijaga rozi bo‘lgan holda topshirdim. Vaholanki, umumiy 6 ballni qo‘lga kiritdim. Umuman shug'ullanmagan speaking va writing qismlarim ham 6 chiqqandi... Kamkuu deyishiz mumkin, lekin o‘zimning ahvolimni bilgan holda ayta olamanki, bu manga Alloh tomonidan berilgan katta sovg'a edi...

Xullas, ko'rganingizdek Birgina Baraka darslari hayotimni shunchalik o‘zgartirdi. Bu kurs esa undan tashqari sog'lik, karyera, ish, o‘qish, munosabatlar, shaxsiy rivojlanish, hamma hammasini qamrab olgan.
Bizga berilgan shuncha ilm uchun ustozim Azizbek Zubaydullayevdan Alloh rozi bo‘lsin! Go‘zal sovg'alar berishga imkonimiz bo‘lmasada, har namozimizda qiladigan go‘zal duolarimiz bor :)
O‘zini qaytadan kashf qilmoqchi bo‘lgan har inson bu kursda o‘qishi shart deb o‘ylayman!*

5 months, 1 week ago

Dinay kompaniyasida menejer)

5 months, 2 weeks ago

Assalomu alaykum xoʻp

Kanalingizga qoʻshilganimga 1yilcha boʻlgan boʻlsa oʻsha kundan boshlab asta asta oʻzgarishni boshladim toʻrisi aynan oʻsha paytlari men uchun oğir damlar edi (xatto oʻz joniga qasd qilish xayoldan oʻtgandi)

Maqolalaringizni oʻqiy boshladim u yerda tavsiya etilgan kitoblar, maʼruzalar eshitib chiqib bu narslarga odatlandim va ulardagi har bir maʼlumotlar meni oʻzgartira boshladi
Men oʻrgandim hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun faqat universitʼda oʻqish kerakmasligini,
Boshimizga nima mushkulot tushsa bejizga emasligini, xulosa chiqarib oldinga qadam bosish kerakligini

Har kanalingizdagi maʼlumot Hayotimni oʻzgartiridi kechagi fikrlashim bn bugungi fikrlashim oʻzgara boshladi
Orada Oʻziyiz bn gaplashib Aniq qaysi yoʻldan ketishimni maslahat qilib oldim.

Kanalingizga qoʻshilganimdan keyingi taassurotlarni soʻz bilan ifodalab bera olmayapman toʻrisi

Endi 1oy davomida shaxsan oʻziyizni kursingizda taassurotlarimni indamasam ham boʻladi
Kun tartib rejalashtirish
Oliy maqsad
Eng asosiysi oʻzim uchun Tariximni kechira olishim boʻldi. ilgari koʻp oʻylab stressga tushib Agar bunday boʻlganda..deb yurardim.
Hozir endi xotirjam insonman .

Aytaman desam juda koʻp sizdan oʻrgangan bilimlarim hammasiga amal qilsam inshaalloh eng goʻzal xayot shu?.

Azizbek aka Alloh sizdan rozi boʻlsin qani endi sizni 9 sinf paytlarimda tanigan boʻlganimda edi hammasi boshqacha boʻlgan boʻlarmidi
Ha mayli kechdan koʻra kech deydiku .

Siz meni hayotimdagi shaxsiy rivojlanish boʻyicha Uztozimsiz.

8 months, 3 weeks ago

?Kutib oling...Kashfiyot - Ramazon soni!

Shaxsiy rivojlanish bo’yicha eng foydali va barakali bilimlarga boy kursimning 5-avlodi qabuliga start beraman!

❤️‍?Bu kurs kimlar uchun
Yondiruvchi hayot missiyasiga ega bo’lmoqchilar
Tushkunlik, stress va havotir kabilardan qutulib
Hotirjamlik, halovat va hozirgi lahzada baxt tuymoqchilar
Ramazon oyini samarali va barakali o’tkazmoqchilar
Dangasalikni yengib, intizom qurmoqchilar
Ajoyib bilim muhiti izlovchilar

Kurs haqida batafsil*?***

?Kursda butunlay yangicha tarzda ushbularni ham qoʻshamiz:

?1. "Baraka odatlari" chellenji
Har kuni kunimizga baraka kirituvchi bitta odat oʻrganamiz va uni amalda qoʻllaymiz.
Bu - Ramazon oyini yanada barakali oʻtkazish uchun juda foydali boʻladi nasib

?2. "Barakali Oy" rejasi
Ramazon oyini eng barakali oʻtkazish uchun har bir oʻquvchi uchun oʻrganish va amal rejasini tuzamiz va koordinator ularning bajarilishini nazorat qiladi

?3. "Intizom" chellenji
Rejaning intizom bilan qilinishini kuchaytirish uchun barcha oʻquvchilar bilan intizom haqida qiziqarli chellenj qilamiz nasib

Bunda men intizom qurish uchun ajoyib insaytlar ham ulashib boraman

4. Ruhiyat va Barakaga kattaroq eʼtibor
Har bir darsda Ruhiy quvvatni oshirish, hotirjamlik va qalb halovatiga erishish, barakani oshirish va baraka hayot tarzida yashashga katta urgʻu qaratamiz nasib

?Kurs men bilan haftada 3kun jonli dars koʻrinishida boʻladi

?Kurs dunyoga mashhur Productive Muslim oʻquv dasturi asosida oʻtiladi. Shu oʻquv dasturni oʻqitish boʻyicha sertifikat olganman

?Productive Muslim kurs narxi: 600$
Men esa Kashfiyotni 350ming soʻmga oʻtaman

? Qabul 9-martgacha davom etadi.

? Kursga ilk roʻyhatdan oʻtgan 30 kishining
Yillik oʻrganish va karyera maqsadini tekshirib beraman
Bitta savoliga batafsil audio javob beraman
"Hayotimni oʻzgartirgan koʻnikmalar" mavzusida va sizlardan qoʻshimcha savol javob koʻrinishida bitta bonus jonli suhbat qilib beraman

❤️‍?Ramazonni orzuingizdagidanda ajoyib oʻtkazish uchun sizni shu muhitda kutaman!
Murojaat: @Kashfiyot_admin

8 months, 3 weeks ago

Kursdan taassurotlarim: ?Kursda menga eng manfaatlisi baraka va iroda haqida olgan darslarim boʻldi deb oʻylayman. ?Lekin kursdan hayot tarzi aslida qanday boʻlishi kerak,oʻzimni idealim qanday va qanday unga yetaman shularni oʻrgandim. ?Juda koʻp yangi narsalar…

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago