Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
30 yosh
11-fevral kirishidan oldin esimda yo'q edi. Xotinim xonaga kirib kelib "30 yoshingiz muborak bo'lsin. Sizni yaxshi ko'raman" dedi va turkchada o'sha izoh talab qilmaydigan jumla — "İyiki varsınız. İyiki hayatımdasınız",deganidan keyin 30 ga to'lganimni ko'z oldimga keltirdim. Gap tabrik so'zlarida emas. Gap 30 yoshga kirib nimani anglaganimda ham emas. Gap 30 yoshimda nimaga erishib erishmaganimda ham emas. Gap mening qarashlarimda 30 yosh qanday yosh ekani haqida.
• 30 yosh — bu hayoting va "men"ing qaysi yo'ldan ketishi borasida qaror qabul qilib bo'lgan yoshing.
• 30 yosh — bu seni takrorlanmas darajada xursand qiladigan va yerni tagiga ko'mib yuboradigan darajadagi noxush xabarlarga tayyor yoshing!
• 30 yosh — bu xarakter, ovoz, "meni"ning "o'tirgan" yosh.
• 30 yosh — bu erkak-ayol munosabati jinsiy ehtiyoj va qadriyatlardan iborat emasligini anglaydigan davr.
• 30 yosh — bu tug'ilib o'sgan jamiyating seni qanchalik qoniqtirishi borasida analiz qila oladigan yoshing.
• 30 yosh — bu sen tasavvur qilgan jamiyat va hayot tayyor holatda qayerdadir mavjud emasligini anglaydigan va bu hayotni qurishga yetadigan yoshga yetib bora olmasligingni anglaydigan yosh.
• 30 yosh — bu atrofingdagi insonlar qadriyatlari va dinidan uzoq umrli, farovon yashashlari uchun o'zi va atrofidagilarni ishontiradigan darajada foydalanishi mumkinligini anglaydigan yoshing.
• 30 yosh — bu yoshingga talab beradigan darajadagi dunyo qarashdamisan yoki yo'q, buni anglab yetadigan yosh.
• 30 yosh — bu tilingni qachon tiyish va qachon jilovni bo'shatishni anglagan yoshing.
• 30 yosh — bu yuqoridagi fikrlarni yozish yoki yozmaslik borasida qaror qilish uchun, tuğilganingdan buyon 30 yil kutadigan yoshing.
O'zbekiston va Turkiyada yashab ko'rgan shaxs sifatida shuni aytishim mumkin:
O'zbekistonda yashasang ikki kasbda tanishing bo'lishi kerak — ichki ishilar xodimi va shifokor;
Turkiyada yashasang bir kasb egasi — advokatlardan tanishing bo'lsin.
Sizni fikringiz qanday?
Men nega bu kasblarni aytganimni keyingi postlarda yozib o'taman.
#turkiyeburslari#turkiyagrantlari#turkiyescholarships *⚠️*"Türkiye Bursları" grant dasturiga hujjat topshirishda e'tibor qaratilishi kerak bo'lgan jihatlar:
❌ Hujjatlarni telefon kamerasida rasmga olinib pdfga aylantirilgan variantini yuklamang!
✔️Printerda skaner qilingan pdfni yuklang!
❌ Rasmingizni telefonda olingan variantini yuklamang!
✔️ Rasmxonalarda rasmga tushib o'sha rasmni yuklang!
❌Hujjatlaringizni oddiy tarjimonga tarjima qildirmang!(Bu doktorantura nomzodlariga tegishli)
✔️Notarial huquqqa ega tarjimonlik markazlarida tarjima qildiring!
❌ Hujjat topshirish muddati yakuniga qadar kutib o'tirmang! Muddat yaqinlashguncha sayt qotib ishlab boshlaydi.
✔️ Ertaroq topshirib qo'ying!
❌ Motivatsiyon xatni o'zingiz bilmagan tilda yozmang, yozdirmang!
✔️ Qaysi tilda yaxshi gaplasha olsangiz shu tilda yozing! O'zbek tilida ham yozsangiz bo'ladi.
❌ Saytda ro'yxatdan o'tayotganizda kiritgan e-pochta manzili biror tanishingizniki bo'lmasin.
✔️ O'zingiz ishlatib yurgan yoki yangi ochsangiz aktiv e-pochta bo'lsin va yaqin 6 oy ichida telefonizda aktiv ishlab tursin. Ehtimolga qarshi boshqa texnikalaringizda ham e-pochtangizni ulab qo'ying!
⌛️1 soatdan keyin yangi ochilayotgan guruh darsini boshlaymiz. 1-darsni kuzatib ko'rishni xohlasangiz @sherdav_aloqa manzilidan yozing!
Kimdir qaysidir chet davlatda öqishni ösmirlik davridanoq belgilab köngliga tuyub qöyadi. Kimdir esa umuman tushiga ham kirmagan holda qaysidir davlatga borib qoladi. Men ham shu ikkinchi tipdagilardanman. Turkiyaga kelish tushimga ham kirmagan. Xatto eplab biror turk seriali ham körmaganman. Turkiyaga kelgan yoki kelishni niyat qilganlar orasidagi ''Qashqirlar makonini'' körmagan kam sonlilardan biriman.
Afsuski, 2018-yil Turkiyaga kelish davrimda Turkiya Granti(Türkiye Bursları) haqida xabarim bölmagan va bölganda ham yosh chegarasidan ötib bölgan edim. 2018-yildan buyon kanalni kuzatib kelayotganlar bilar, 6 yildir bu grant haqida imkon qadar tushunarli ravishda ma'lumotlar berib kelaman. Bu mavsum qabullari yanvar oyidan boshlanadi. Bu grant haqida ma'lumoti bölmaganlar yoki chala ma'lumoti borlar uchun yaqin haftalarda jonli suhbat ötkazish niyatim bor. Bu suhbat e'lonini tez kunda berib ötaman.
Yaqinda O'zbekistonga qaytaman. Tayyorgarlik ko'ryapman — "Million" bilan "Bravo"ni ko'ryapman.
Turk tili onlayn kursda yangi guruh ochilyapti.
Yangi ochiladigan guruhning dars kuni va soati quyidagicha:
Seshanba — 18:30-20-30
Payshanba — 18:30-20-30
Shanba — 18:30-20-30
Bu guruh darslarni noldan boshlashadi.
Bu guruhda o'qib 3 oyda B1 sertifikat oladigan darajaga chiqishiz mumkin.
4 oyda B2, 5 yarim oyda esa C1 sertifikat oladigan darajaga chiqishiz mumkin.
A1 darajasidan keyin o'tkaziladigan ichki imtihonimizda 90 foizlik natija ko'rsatsangiz kurs oxirigacha har oylik to'lov uchun 100 ming so'mlik chegirmani qo'lga kiritasiz.
Guruhda o'quvchi soni cheklangan. Guruhga qo'shilib joy olib qo'yish va boshqa ma'lumotlar uchun @sherdav_aloqa manzilidan yozing!
(Soat 21:00 dagi guruh hali ochilmadi)
Sakarya universitetiga magistratura va doktorantura darajalari uchun hujjatini topshirganimiz nomzodlar, iltimos shaxsiydan menga yozvorasizlarmi. Bugun 1-tur natijalar chiqishi kerak
Yoki e-pochtangizni qarab ko'ring. Qandaydir xabar kelgan bo'lsa skrinshot yuboring menga.
**Turk tili onlayn kursda A2 ni tugatgan guruh bilan bugun soat 21:00'da B1 ni boshlaymiz. Agar A1 va A2 darajasini tugatgan bo'lsangiz B1 guruhga qo'shilib olishiz mumkin. Oktabrdagi imtihongacha B2 yoki C1 ga tayyor bo'lasiz.
Murojaat uchun:** @sherdav_aloqa
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago