_Sunbula_

Description
Boshqa
fasllarni bilmayman netay,
Mening oʻylarimning etakidir kuz

Insta/sunbula__bobonazarova

She'riyat📝
Tarjima📖
Kitoblar📚
Suratlar🎨
Samo🌀
Yer🌻
Haqida suhbatlashamiz☺️
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 week, 6 days ago
*****⚡️*** Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi barcha …

*⚡️ Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi barcha xotin-qizlar diqqatiga!*

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi hamda Yosh olimlar kengashi tomonidan “PhD sari qadam” loyihasining
3-mavsumi doirasida grant e’lon qilinadi.

Loyihada ilmiy faoliyatga qiziquvchi yosh xotin-qizlar uchun 2 oylik o‘quv kurslar tashkil etilda. Dastur davomida ishtirokchilar ilmiy tadqiqot olib borish bo‘yicha zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

🗂Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola

Ro‘yxatdan o‘tish 20-fevral kuni soat 23:59 da yakunlanadi.

Ilmiy taraqqiyot sari birga qadam tashlaylik!

Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

1 week, 6 days ago
[#e](?q=%23e)'lon

#e'lon
Hamma bayram biz viloyatga qaytgandan keyin boshlanadida oʻzi. Toshkentdagilar boringizlar!

3 weeks ago

#shu_kunlarda

Inson qachon qochib ketgisi keladi bilasizmi?
Qachonki oʻzi boʻlib yasholmasa. Men shu yoshgacha doim oʻzim bilan kurashdim. Chunki, bu hayotda inson qiyofasida shoir qalbini koʻtarib yurish oson emas. Ichimda xuddi ulkan ajdorxo yotganga oʻxshaydi. Uning oʻzi ulkan, ogʻir. Uning oʻylariyu dardi undanda yirik.
U baʼzida oʻta jimib qoladi. Balki kunlab, balki oylab hatto yillab...
Ammo birdan uygʻonadi. Ichimga oʻt sachraydi. Koʻzimga sirot koʻprigi tortiladi. Ichimda qiyomat boshlanadi. Men million ming marotaba qulayman lek takror-takror tirilaveraman.
Atrofga esa jilmayib qarayman, xuddi hech narsa boʻlmayotgandek sokin tutaman oʻzimni. Ichimdagi menlik shunchalar keksa, shunchalar bilagʻonki, u meni hech qachon notoʻgʻri qadam tashlatgani qoʻymaydi. Oldindan barini koʻrsatib meni ogohlantiradi. Ammo oʻzi sarguzashtlarga oʻch. Yangi bilimlarni izlovchi. Sinalmagan koʻpriklardan oʻtishga usta ammo bunday qilolmaydi. U faqat oʻylaydi. Boʻladigan baxtsizliklaru baxtliliklarni hisob kitobini olib oʻtiradi. Nega?
Chunki u odamlarga oʻxshab yashashi kerak. Ammo odamlar oʻz vazifalarini unutib qoʻyishgan. Ular oʻzlaridan boshqa hamma narsani topisholadi. Faqat oʻzlarini emas
Meni ham oʻzini bilmagan biriga aylantirishga urinishadi

Sunbula

2 months, 2 weeks ago
2 months, 2 weeks ago

❤️

2 months, 2 weeks ago
2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago

Barchamizga birinchi qor muborak boʻlsin!

2 months, 3 weeks ago

#ретро

GAPIR

Og‘amsan-ku, kel bunday
Hasratlaringdan gapir.
Teskari to‘nkarilgan
Qismatlaringdan gapir.
Onangni sog‘indingmi?
Ko‘zlaring titramoqda...
Otangni g‘amgin ko‘rgan
G‘urbatlaringdan gapir.

Tug‘ishganing har yona
Tarqadimi, tarqoqsan?
Taqdir – oyoq, chinoqqa
Yetmagan boshbarmoqsan.
Akang rahbar, sen uni
Haftada bir ko‘rmoqqa
Shanba-yakshanba kutgan
Navbatlaringdan gapir.

Ro‘zg‘oring – teshik qozon,
To‘larmi hech zamonda?
Turmushdan ortgan puling
Bo‘larmi hech zamonda?
O‘g‘ling "Fanta obbering"
Deb yig‘lasa do‘konda,
Turshakdan qilib bergan
Sharbatlaringdan gapir.

Qizchang dardga yo‘liqdi
Nachora, uch yoshida.
Tug‘ilguncha qisilish
Bo‘lgan ekan boshida.
U uchun pul qidirib
Rahbaringning qoshida
Egilishlarga rozi
Kelbatlaringdan gapir.

Nega shuncha qiynalib
Zamondan nolimaysan?
Ming yomonga yo‘liqib
Yomondan nolimaysan?
Ustingdan kulsalar ham
Insondan nolimaysan?
Javobi jerkish bo‘lgan
Hurmatlaringdan gapir.

Og‘amsan-ku, kel bunday
Hasratlaringdan gapir.
Teskari to‘nkarilgan
Qismatlaringdan gapir.
Onangni sog‘indingmi?
Ko‘zlaring titramoqda...
Otangni g‘amgin ko‘rgan
G‘urbatlaringdan gapir.

Jonibek ALIJONOV

3 months ago

Yomgʻirli kunlarni sevadiganlarga hasadim keladi?

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago