Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Kuzatishlarim natijasida shuni tushundimki biz topayotgan daromad kitoblarni necha pulga sotib olishimizga bogʻliq. Bu siz oʻylagandek 1 mln soʻmga 100ta kitob sotib olib ulardagi bilimlar orqali pul ishlab topish haqida gap ketmayapti balki 1 ta kitobning narxi haqida gap ketyapti. Bugun Murphy kitobini 20ming soʻmga sotib oldim. Olib boʻlib oʻylab qoldim nimaga arzon deb keyin amazondan shu kitobni koʻrsam 31$ oshiqroq turibdi yangisi. Ya’ni bizdagi narxidan 20 barobar qimmat. Biz ilmni qadrlamay qoʻydik shu sababdam pulimiz yoʻq, muommo bisyor. Toʻgʻri pul hamma muommoni yechmaydi lekin qachonki muommo tugʻilsa gap pulga borib taqalmasligi kerak. Shu sababdan ilmni, kitobni, ilmlilarni sohasi qanday boʻlsa ham qadrlashimiz kerak faqat shifokor, qori, yuristlarni emas. Har bir soha jamiyat uchun muhim.
P/s bu murphy kitobini biz yana tayyor pdf variantini olib chiqarib sotamiz. Oʻzimizni tilda ijod qiladigan, ilm bilan shugʻullanadigan odamlarning ham kitoblari oshib borsa 50ming soʻm. Bu ularni bir necha yillik harakati uchun juda past baho.
O'zimga xat...
Garchi ushbu xatni omma oldida o'qiyotgan bo'lsam ham, mening o'zligim, bu xat, sen, uchun yozilgan.
Diqqat bilan eshit!
Mana yaqinda yilning kalendar bo'yicha yakunlanadigan qismi kelayapti.
Har yilgidek, yana ahmoqona bahslar va shov-shuvlar avj olgan.
Sen ularga e'tibor berma. Ular chindan ham xayrni istashganda hech kimga bildirmasdan muammoni o'zlarining oilasida hal qilib qo'ya qolardilar. Bechora dangasalar. O'zlari qilmasdan hamma narsani yaxshilik uchun birodarimga ilindim deb, seni millatning bir parchasi o'laroq buyuk maqsadlardan to'sib yuribdilar.
Alvido Vatan asarida o'qidingku,
,,ehtiyot juma''ni o'qiylikmi, o'qimaylikmi deb turgan paytimizda vatanimizdan, yoshlarimizdan, olimlarimizdan ayirib ketishdi.
Undan keyin maktablarda jug'rofiya o'tilsinmi yo'qmi degan bahs bilan roppa rosa chorak asr vaqtimiz o'g'irlandi.
Yangi yil qilaylikmi yo'qmi?
Paypoqni uzun bo'lgani durustmi yoki kalta?
Ro'zador holimizda tish yuvaylikmi yo'qmi?
Mazhab kerakmi yo'qmi?
Ishton qayerdan turishi kerak?
Maktabda o'qish kerakmi yoki yo'qmi?
Institutda o'qish kerakmi yoki yo'qmi?
Xotin kerakmi yoki yo'qmi?
Er-chi?
Men sendan uyalaman o'zligim. Sen shunchalik ham mayda-chuydalashib ketasanmi, noinsof.
Atrofingga qara, har yili ta'lim muassasalarini bitirayotgan 1,5 mln atrofidagi yoshlarning qariyb 70% hech nimani bilmaydi.
Maktabni bitirganlarning qariyb 10% atrofidagi qismi chet elga muhojir sifatida jo'nab ketib, millatni sharmanda qilib yuribdi.
(Hammasi emas, bir qismi nazarda tutildi.
Koreyada velosiped o'g'irlagan o'zbeklar...
Rossiyada ... zo'rlagan yoki aksi bo'lgan o'zbeklar.
Turkiyada....xullas, uzun ro'yxat)
Faqat noliysan.
Biror marta tayinli ish qilganingni ko'rmadim seni.
Xitoyda quvvati 10 mln kW ga teng bo'lgan GES deyarli ishga tushirildi.
Sen bo'lsa, ,,do'stim kasal bo'lsa, ibn Sinoni uyg'otaman'' deb, post qo'yib yuribsan.
Sendakalar nihoyatda ko'pligi uchun millat, yo'q, ummat sifatida deyarli hech nimang yo'q.
Na tuzukroq soha egallagansan.
Na ishlab turgan hunaringni mukammallashtirasan.
Topgan ishing nodonlik - qo'lingdan kelmaydigan va o'zingga aloqasi bo'lmagan ahmoqona muammolaring bilan bandsan.
Ko'zingni och hurmatli, o'zligim.
Senga nisbatan ,,hurmatli'' so'zini ishlatib turganimni o'zing uchun, bilgan biror bayraming tuhfasi deb qabul qil.
Maslahatim, olovdan qo'rq.
O'zing bilan holi qol.
Jamiyatni senga aloqasi bo'lmagan muammolarini ,,hal qilishni'' to'xtat.
Muammoying faqat o'zing bo'lsin.
Ta'lim ol. Ta'limni yoy. Ta'limni uyg'ot.
Tugadi!
Hurmat bilan o'zimdan o'zimga.
Anu videolarda ko‘rib qolamizu bitta kambag'al bola qaysidir takoy qizni oldiga borsa qiz mensimidida tashab ketadi, boyvachcha o‘rtoqlari ko‘rishmidi yoki ko‘rishsayam qo‘lini keyin artib tashidi. Keyin vaqt o‘tib bola boyib ketadi. Bunaqa voqealarda tipa bola aybsizdek qolganlar unga adolatsizlik qilgandek bo‘ladi. Lekin aslida unaqamas agar shu qiz yoki o‘rtoqlari shu ishni qilmaganda bola og‘zini ochib komfort zonasidan chiqmasdan yurgan bo‘lardi. Hozir esa shu odamlardan alamimni olaman deb qattiq harakat qilib shunaqa krutoy bo‘lib ketdi bola.
Shunaqa qizlarga va shunaqa do‘stlarga otdushi raxmat?. Endi manda bunaqa do‘stlarimam, bunaqa sevgimam bo‘magan chunki hammasi bilan o‘zimni fe‘lim yomonligi uchun vidolashganman?. Shuning uchun bu tajriba emas analitik fikrlashimdan kelgan xulosa.
Yoki bironta odam man bilan pulim yo‘qligi uchun munosabatini o‘zgartirganmi shunaqalar bo'lsa @Skilofosofskiy yozvorila bilib qo‘yi?.
Katta maqsadlar qo'yishga qo'rqamiz
Bundan oldingi postda Dunning-Kruger effektini gummaxo'r misolida tushuntirishga harakat qilgan edim. Bu post real xayotdan bir hikoya.
2006-yili, 3-kursda o'qir edim. Ingliz tilini boshlaganimga ko'p bo'lmagan edi. Bir tanishim Amerikaga o'qishga borish rejasi borligini aytdi. (E'tibor qiling, orzu emas reja) Kontrakti qimmatku desam grant yutaman dedi ishonch bilan. Men uchun juda uzoqdagi orzu edi Amerikaga borib o'qish. Hech qachon erisha olmasam kerak degan ishonch bor edi.
Biz katta maqsadlar qo'yishga qo'rqamiz. Chunki biz turgan vaziyat bilan maqsad orasidagi masofa juda uzoq. Maqsadni ko'ra olmaymiz. Biz va maqsad orasidagi masofani ongimiz qabul qilgisi kelmaydi. Chunki u mehnat talab etadi va uzoq vaqt oladi.
Maqsadga erishish uchun nima qillishimiz kerak unda?
O'sha yo'ldan borgan insonlar hayotini o'rganish va bosib o'tgan yo'llarini tahlil etish kerak. O'sha yo'lni bir nechta (5-6 ta) bosqichlarga bo'lib chiqish kerak. Keyingi rejani 1-bosqichni bosib o'tishga qaratish kerak. Hamma fokusni o'shanga qaratish kerak. Undan keyin 2, keyin 3, keyin 4-bosqich va hok.
Insonda million dollar pulishi bo'lishi uchun avval 1000$ puli bo'lishi kerak.
Tajribali shifokor bo'lishi uchun tinmay kitob o'qishi, tahlil etishi, bir necha minglab bemorlarni ko'rishi, tafakkur etishi zarur. Bu uchun avval 1 ta bemorni to'g'ri davolay olishi kerak.
Tinimsizlik, harakatdan to'xtamaslik, maqsaddan voz kechmaslik natija beradi.
Oradan vaqt o'tadi, 5 yoki 10 yil. O'sha payt atrofga qarasangiz maqsadingiz sari tinmay mehnat qilgan siz ham, maqsadidan voz kechib ketgan tanishingiz ham 10 yilga ulg'aygan bo'ladi. Ammo farq shu darajada katta bo'ladiki u avlodlar xayotini o'zgartiradigan darajaga yetadi.
Vaqtga kim qanday ekanligi farqi yo'q. U hamma uchun bir.
Tanishim o'sha paytda 18 yoshda edi. Hozir 35 yoshda. Erishgan natijalarini eshitsangiz umrini behuda o'tkazmaganiga guvoh bo'lasiz. Ishoning havas qiladigan darajadagi natijalar.
Vaqt uchun kim qanday ekanligining farqi yo'q. U hamma uchun bir. Muhimi biz vaqt uchun befarq emasligimiz.
Bek Olimjon
20.12.23
Taksi xizmatidan foydalanayotganda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalar: 1)Iloji boricha taksini oldiga o‘tirma chunki bizni odamlar (nafaqat taksichilar deyarli hamma haydovchilar) moshina olgandan keyin borib old o'rindiqda o'tiradigan yo'lovchining himoya…
Taksi xizmatidan foydalanayotganda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalar:
1)Iloji boricha taksini oldiga o‘tirma chunki bizni odamlar (nafaqat taksichilar deyarli hamma haydovchilar) moshina olgandan keyin borib old o'rindiqda o'tiradigan yo'lovchining himoya yostiqchasini ishlamiydigan qilib keladi. Maqsad agar kichik avariya bo‘sa u ishlab ketadi va ortiqcha 1-2mpn rasxod bo‘ladi shuni oldini olish. "Jon topiladi mol topipmaydi". Yana bir muhim jihati agar biror bir holat bo‘lib qolsa haydovchi doim o‘zi o‘tirgan tomonni olib qochadi bu xuddi shartsiz refleksdek gap (nafas olish kabi).
2)Oldiga o‘tirib qolding nima qilish kerak birinchi navbatda kamarni taqish kerak sababi birinchidan biron holatda mashinadan otilib chiqib ketmasligingi ta‘minlasa ikkinchidan borib boshing bilan qayergadir urilishingni oldini oladi.
3)Man o‘tirishni tavsiya qiladigan eng yaxshi joy orqa o'rindiqda haydovchining orqasida.
P/s bular faqat sabab odamni ajali yetsa har qanaqa joyda topib keladi. Bu qaysidir yomon holatlarda asoratlarini kamaytirish uchun tavsiya holos. Xuddi insitutga kirish uchun yaxshi o‘qimiz peshonada bo‘sa kiraman deb narda o‘ynamaymizu?.
Xullas xalq sizlarga bitta sovgʻa bilan kelyapman. Bitta oʻrtogʻim, sinfdoshim Ingliz tilidan kurslarini online tekinga telegram kanaliga joylab boryapti. Oʻquvchilari orasida 7.5 olganlari ham bor. Shuni telegram kanalini linkini izohda qoldiraman sizlarga manfaatli boʻlsa xursand boʻladi.
Kanal uchun link:
@Ilyos_talks
Biz soqol qo‘ygan odamlar soqol qo'yganlar bilan, tatusi bor odamlar tatusi borlar bilan, hijobli qizlar hijoblilar bilan, mini yupkadagi qizlar mini yupkadagi qizlar bilan faqatgina rasmga chiroyli tushish uchungina do‘stlashadigan kunlarda yashayapmiz. Soqolli odam soqolsizni dinsiz, soqolsiz odam soqollini radikal deb o‘ylaypti. Bir xil fikrlagani yoki bir xil kitob o‘qigani uchun do‘stlashadigan odamlar kam. Yana boshqalarga qiyomatli do‘st bo‘lish uchun uni har tug‘ilgan kunida "istoriya" qo‘ysang, har Jumada qanaqadir ibratli videoga "otmetka" qilib qo‘ysang bo‘ldi. Meni blogim mendan aqlliroq, taqvodorroq, foydaliroq.
„OʻTKAN KUNLAR“ SAYOZ ASARMI? (II-qism)
Yana bir oʻrinda Otabekka: „Men koʻp umrimni shu yurtning tinchligi va fuqaroning osoyishi uchun sarf qilib, oʻzimga azobdan boshqa hech bir qanoat hosil qilolmadim. Ittifoq neligini bilmagan, yolgʻiz oʻz manfaati shaxsiyasi yoʻlida bir-birini eb, ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprogʻidan yoʻqolmay turib bizning odam boʻlishimizga aqlim etmay qoldi... Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tagimizga suv quyadirgan boʻlsak, yaqindirki, oʻris istibdodi oʻzining iflos oyogʻi bilan Turkistonimizni bulgʻar va biz boʻlsak oʻz qoʻlimiz bilan kelguvsi naslimizning boʻyniga oʻrus boʻyinturugʻini kiydirgan boʻlarmiz. Oʻz naslini oʻz qoʻli bilan kofir qoʻliga tutqin qilib topshirguvchi — biz koʻr va aqlsiz otalargʻa xudoning laʻnati albatta tushar, oʻglim... “ deydi.
Otabekning ikki xotinligi ham ramziy maʻnoga ega. Oʻsha vaqtda xalqni „qorachoponchi“ va „qipchoq“qa boʻlish, bir-biriga qayrash avj olgan, xon esa bu ikki toifaning boshini bir qilish oʻrniga birini ikkinchisidan ustun koʻrgandek, qipchoq qirgʻiniga rozi boʻladi. Bir kechada minglab qipchoqlar qirib tashlanadi. Yoshu qari birdek boʻgʻizlanadi. Xonning shu ikki toifaga adolat qila olmagani, oxir-oqibat millatning parokanda boʻlishiga olib kelishiga ishora qiladi. Otabek (tarixda otabek hozirgi viloyatlar hokimiga teng keladi) ikki ayoli, margʻilonlik Kumush (Fargʻona vodiysi xalqi qipchoqlarga nisbat berilgan) va toshkentlik Zaynab (qorachoponchi, oʻzbek) oʻrtasida adolat qilolmagani uchun bir ayoli oʻladi, ikkinchisi jinni boʻladi. Oilasi buzilgan Otabekning oʻzi esa urisga qarshi jangga kirib, shahid ketadi.
Asarning yana bir muhim jihati shundaki, Qodiriy domla Otabekning oʻgʻli Yodgorning oʻgʻillari timsolida xalqning ikkiga boʻlinishini ham aytib ketadi. Yodgorning bir oʻgʻli „bosmachi“, ikkinchisi „ishchi“ boʻlishi aytiladi. Yaʻni, biri „shoʻroga qarshi“, ikkinchisi, „shoʻro“.
Men faqat asar qahramonlari, obrazlar ramziyligida butun boshlik millatning ellik yil ichida tanazzuli yozuvchi tomonidan mahorat bilan qalamga olinganini keltirdim, xolos. Oʻzbek davlatchiligi, uch buyuk imperiya (Qoʻqon xonligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligi) mana shu davr ichida quladi, mustaqilligini yoʻqotdi. Millat uchun bundan ortiq fojea yoʻq. Xalq fojeani tushunmadi. Buni Qodiriy domla asarning bir joyida: „mozoristonda hayya alal falahni kim eshitadi?” (oʻliklar najotga shoshilingni eshitishmaydi, ma’nosida) deb kuyunib yozadi.
Mashhur sharqshunos olim, akademik Yevgeniy Bertels: „Qodiriy romanlari butun tarkibi bilan oʻziga xos uslubda yozilgan oʻzbek romanlaridir. Dunyoda beshta, yaʼni: fransuz, rus, ingliz, nemis va hind romanchiligi maktablari bor edi. Endi oltinchisini, yaʼni oʻzbek romanchilik maktabini Abdulla Qodiriy yaratib berdi“, deya eʻtirof etadi. Qozoq yozuvchisi Muxtor Avezov esa Qodiriy domlani: “Sharqning eng ulkan yozuvchisi boʻlib qolgan edi” deya iqtidoriga tan beradi. Tojik yozuvchisi Jalol Ikromiyning ijodiga Abdulla Qodiriyning taʻsiri kuchli boʻlgan.
Abdulla Qodiriydek, ramziy obrazlar vositasida fikr aytish va matn yozish borasida, fikrimcha, Oybek domlagina („Qutlug’ qon“ va „Navoiy“ romanlari) bellasha oladi. Jumla tuzish, tasvir va uning quyuqligi, tilning shirasi boʻyicha Abdulla Qodiriy qarshisida oʻzbek adabiyoti gʻarib koʻrinadi: matnlar boʻsh, hissiz, obrazlar maromiga yetmagan. Albatta, bu jihatlarni nasr talablarini tushunganlar anglaydi, oddiy oʻquvchiga bu haqda soʻz aytish ortiqcha.
Keyingi maqolalarda, nasib qilsa, romanning yana bir qator jihatlari, jumladan, tarixiy haqiqat, oʻzbek mentaliteti, folklori, kiyim-kechaklari, xon oʻrdasi rasm-rusumlariga ham alohida-alohida yozmoqchiman. Romanni sayoz deyayotganlar balki nasr va romanchilik aslida nima ekanligini tushunsalar, muddao hosil boʻlar edi. Bir gapni esdan chiqarmaslik lozim: „ulugʻlarni tanqid qilish uchun oʻshalardek boʻlish lozim“
Manba:
Baxtiyor Abdug'afur aka
Quldorlik davrida odamlarni uy-joyi bo‘lmagan shu sababdan xo‘jayinini uyida yashashgan, ovqatlangan, har kuni ishlashgan. Keyinchalik quldorlik tuzumi yo'qolgan, qullar ozod qilingan va kredit evaziga ularga uy berilgan keyin u kreditni to‘lash uchun "ozod odamlar" quldek ishlashgan.
Nimadir netomasmi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago