Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Ana gap-u, mana gap!
(o'qib ko'rishga va mushohada qilishga arziydi)
- O‘g‘lim buzuq ayolga ilakishib qolibdi. Yashshamagurga yaxshi bir qiz topib uylantirsam, zora quyulib qolsa...
- Shu o‘g‘lim akalariga o‘xshamadi, o‘ta tanbal. Biror ishning boshini tutay demaydi. Uylantirsam, ro‘zg‘orni qanday eplaydi, hayronman!
Ha-ya, epchil-chaqqongina, qo‘lida hunari bor qizlardan taniganingiz bo‘lsa, tavsiya etvoring...
- Katta o‘g‘limning fe’li xunuk, sal narsaga lovullab, jahllanib, urishib ketadi. Bunga og‘ir-vazmin, sermulohaza, yaxshi tarbiya ko‘rgan qizni oberishim kerak...
- Shu desangiz, kichik o‘g‘lim bizdan yashirincha ichib-chekadigan odat chiqargan. Kechqurunlari allamahalgacha ko‘cha kezadi, shu paytgacha qayerda eding degan odam naq baloga qoladi! Halol-haromni farqlaydigan, ibodatli, muslima qiz bo‘lsa, shunga obersam. Xotini aqlli bo‘lsa, yomon yo‘ldan qaytarib oladi-da...
O‘z tuqqanini tarbiya etolmagan onalarning bedavo o‘g‘il uchun «davo vositasi» bu.
Bir onaning o‘z bolasi rohatini o‘ylab boshqa onaning bolasini azobga duchor etishi mana shunday «tadbir»lardan boshlanadi;
ayolning ayolga zulmi mana shunday fikrlardan boshlanadi;
oilalarning parokandaligi mana shunday «yaxshi niyat»lardan boshlanadi.
«Bunaqa o‘g‘illaringiz xotin emas, psixolog yo psixiatrda seans olsin;
ichuvchi-chekuvchi o‘g‘lingizni yetaklab sovchilikka emas, narkologga boring;
bu o‘g‘illaringizga avvalo odam bo‘lish ilmini o‘qiting, keyin nikohlarini o‘qitasiz, muhtaramalar», - deydigan kimsa yo‘q.
Kelin ertaklardagi sehrgar parimi ediki, tayoqchasini bir silkitib, maxluqni shahzodaga aylantirib qo‘ysa!
Va umuman, o‘z o‘g‘liga tarbiya bera olmagan, demakki onalik burchini, vazifasini bajara bilmagan ayol boshqa bir oilaning oqila qiziga qaynonalik qilishga qanchalik haqli?
✍️Hulkar Bakayeva
Shu gaplarga qo'shilasizmi? Izoh qoldiramiz.
Har doim eng qiyin yo‘lni tanlang - unda raqobatchilarni uchratmaysiz.
Sharl de Goll
#Qiziqarli_faktlar Odatda aqlli odamlar tez yurar ekan!
Taʼkidlanishicha, fikrlash va yurish o‘rtasida bog‘liqlik bor: tez yurishga odatlangan odamlarning IQ darajasi boshqalarga qaraganda o‘rtacha 16 ballga yuqori bo‘ladi.
Sizni faningizni o’rganishimdan oxiratimga nima foyda?
O’quvchilarim ba’zan maktabdagi fanlar dunyoviy fan bundan ko’ra diniy ilm o’rgansak yaxshiroq, savobliroq-ku, nega sizning faningizni o’rganishimiz kerak? Oxiratimizga nima foyda deyishadi?
Aslida din bu hayot tarzi, din va dunyo ajratilmaydi! Dunyoviy ilmlarning hammasi Allohga olib boradi.
Qanday qilib?
Aytaylik tarixni ustozingizdan o’rgandingiz, u ham ustozidan va u ham o’z ustozidan va oxiri borib, borib bu Odam alayhissalomga borib taqaladi. Qur’oni karim bo’yicha Odam alayhissalomga barcha narsaning nomini va ilmni Alloh taolo o’rgatgan edi.
Bizga buni ajratish qanday kelib qolgan?
O’rta asrlarda yevropada xristianlik dini va papasi katta kuch edi. U barchaga birdek ta’sir o’tkaza olar va xatto mamlakatlar qirollarini ham almashtira olardi. Ilm fan rivojidagi eng katta to’siq ham aynan rim papasi edi.
Keyinchalik yevropa qirollari xristian dini ta’sirini kamaytirish va rim papasi humkronligidan qutulish uchun sekulyarizmni qo’llay boshlashdi. Bunda din davlatdan, ta’lim esa dindan ajratildi, ruhoniylar qiladigan barcha ishlarni(odamlarni ro’yxatdan o’tkazish, o’lim, tug’ulishni yozish, soliqlar yig’ish) davlat o’z qo’liga oldi. Bu orqali qirollar hokimiyati kuchayib rim papasi nazoratidan chiqdi va davlat kuchaydi. Odamlar va fan erkinlikka chiqdi.
Asrlar o’tib asli xristian olamida boshlangan sekulyarizm islom olamiga ham propaganda qilindi va aslida hayot tarzi bo’lgan islom dini ham ikkiga ajratildi. Endi bizda ham hali diniy ilmi kuchli bo’lmagan insonlar tomonidan hayot ikkiga ajratilmoqda. Qilayotgan ishlarining tub mohiyatiga e’tibor bermasdan, din desa faqat masjid, namoz, qur’on va hadis kabi narsalarni qolgan barcha jabhalar esa dunyoniki deya fikrlashmoqda.
Siz tarixchi, iqtisodchi, haydovchi bo’lishingiz mumkin va bundan o’zingiz foyda olib, jamiyatga ham foyda keltirar ekansiz bu isrof emas. Niyatimiz to’g’ri ekan, bu savob, bu to’g’ri ish. Biz ham oxiratimizga ham dunyoyimizga birdek, bir vaqtda foyda keltira olamiz! Aynan bittasini tanlashimiz shart emas!
Aynan shu ishlarda mutaxasis bo’lsak, kuchli bo’lamiz. Biz kuchli bo’lsak ummatimiz, millatimiz qudratli bo’la oladi. Shundagina biz Falastinda birodarlarimiz zulm ko’rayotganda faqat instagramda “free Palestine” deb yozib o’tirmasdan aniq amaliy choralar ko’ra olamiz.
Shundagina Xitoyda uyg’ur dindoshlarimiz xo’rlanyotganda faqat internetga yig’lab video chiqarmasdan ularga bemalol yordam bera olamiz.
Boylik topsam, yugurgan,
Ostonamni supurgan,
Tuzlug'imga tupurgan,
HAYVONlardan charchadim!!!
Inson hayotdagi eng katta FAN ekan...
Uning psixologiyasini o'rganib oxiriga yetish mushkul ekan!
⚡ Бугун Испания - Англия финал ўйини, ЭРКАКЛАР КУНИ. Шу сабабдан аёлларга илтимоснома:
❗️Биз эркакларга жуда кўп нарса керак эмас: ширин овқат, тинчлик, футбол вақти безовта қилмаслик ва чой сўраганда аждарходек қарамаслик ?...
❗️Хабарни аёл киши устозларга етказиб қўямиз
?
@SertifikatTayyorlov
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago