Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

Pulli Gap

Description
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Advertising
We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 weeks, 2 days ago

1 month, 2 weeks ago
Bugungi kunda onlayn firibgarlardan qanday qilib …

Bugungi kunda onlayn firibgarlardan qanday qilib himoyalanishni bilish eng muhim ko‘nikmalardan biridir.

Keling, bugun buni qanday usullari borligini ko‘rib chiqamiz.

👍 Sizga noma’lum raqamdan yaqinlaringizga yordam berishingizni so‘rab qo‘ng‘iroq qilishdi yoki xabar yuborishdi.
Avvalo, sarosimaga tushmang, noma’lum shaxsning ko‘rsatmalarini bajarishga shoshilmang. Qo‘ng‘iroq qiluvchini firibgardan ajratishga yordam beradigan shaxsiy savollarni bering.

Turli bahonalar orqali suhbatdoshingiz bilan aloqani uzishga harakat qiling. Zudlik bilan yaqin qarindoshingizga qo‘ng‘iroq qilib, uning ahvolini surishtiring.

👍 Mavhum raqamdan go‘yoki “bank”dan qo‘ng‘iroq bo‘ldi yoki sms yuborildi.
Ko‘rsatmalarga rioya qilishga va so‘rovga javob berishga shoshilmang.

Noma’lum shaxslarga, hatto ular o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirsa ham shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmang.

Bankning aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib holatga aniqlik kiriting. Darhol huquq- tartibot idoralariga murojaat qiling.

👍 Noma’lum raqamdan havola keldi
Biriktirilgan fayllarni ochmang, havola ustiga bosmang, shubhali xabarlarni o‘chirib tashlang.

Qo‘l telefonlari uchun ishlab chiqarilgan rasmiy antivirus dasturlaridan foydalaning. “Stop kontent” xizmatini yoqish orqali istalmagan xabar, qo‘ng‘iroqlardan himoyalaning.

👍 Onlayn sotuvchidan shubhalandingiz.
Hushyorlikni yo‘qotmang, shoshilinch qaror qabul qilmang va birinchi shubhada xaridni rad eting.

Onlayn sotuvchi bilan real hayot va jamoat joyida uchrashish kerak. Chunki bu eng xavfsiz kafolatlangan yo‘l.

Mahsulotni qo‘lga kiritgandan keyingina sotuvchiga pulni bering. Begona sotuvchilarga oldindan to‘lovni amalga oshirmang.

Yuqoridagi kabi vaziyatlardan qanday chiqib ketgansiz? @pulligap_bot — biz bilan o‘rtoqlashing!)
TelegramInstagramYouTubeTikTok

1 month, 3 weeks ago
**100 mln so‘mgacha mikroqarzlar**

100 mln so‘mgacha mikroqarzlar
Xabaringiz bor, endilikda banklardan 100 mln so‘mgacha mikroqarzlar olish mumkin.

Biz hozirgi kunda aynan qaysi banklardan ushbu mikroqarzlarni rasmiylashtirish mumkinligi haqida gaplashamiz)

🏦 Anorbank

Foiz stavkasi — 34-52 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — rasmiy ish daromadiga ega bo‘lish;
Batafsil

🏦 Garantbank

Foiz stavkasi — 32 foiz;
Muddati — 2 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — pul mablag‘lari, avtotransport yoki ko‘chmas mulklar garovi asosida;
Batafsil

🏦 Hamkorbank
Foiz stavkasi — 27,9-32 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — kafillik yoki garov asosida;
Batafsil

🏦 Infinbank

Foiz stavkasi — 26,9-32,9 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — garov asosida;
Batafsil

🏦 Ipak yo‘li banki

Foiz stavkasi — 29,9-31,9 foiz;
Muddati — 5 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — ko‘chmas mulk, transport vositalari, pul mablag‘lari, zargarlik buyumlari garovi asosida;
Batafsil

🏦 Kapitalbank

Foiz stavkasi — 33 foiz;
Muddati — 5 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sotib olingan avtotransport garovi va pul depoziti;
Batafsil

🏦 TBC bank

Foiz stavkasi — 28-49 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — kafillik va daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnoma talab etilmaydi;
Batafsil

🏦 Universalbank

Foiz stavkasi — 36 foiz;
Muddati — 3 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — kafillik, sug‘urta polisi yoki ko‘chmas mulk garovi asosida;
Batafsil

🏦 Xalq banki
Foiz stavkasi — 25-32 foiz;
Muddati — 4 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — sug‘urta polisi;
Batafsil

🏦 O’zsanoatqurilishbank
Foiz stavkasi — 29-33 foiz;
Muddati — 4 yilgacha;
Miqdori — 100 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — garov asosida;
Batafsil

TelegramInstagramYouTubeTikTok

1 month, 3 weeks ago
Xabaringiz bor, endilikda 100 million so‘mgacha …

Xabaringiz bor, endilikda 100 million so‘mgacha kreditlar garovsiz beriladi.

Lekin aynan kimlar bu imkoniyatdan foydalana olinishini bilasizmi?

Bugun sizlar bilan mana shu mavzuni o‘rganib chiqamiz.

Bu miqdordagi kreditni garovsiz olish uchun:

👍 kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari;

👍 oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lishi kerak.

Shuningdek, 150 million so‘mgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish imkoniyatini berish nazarda tutiladi.  

Dastur doirasida, qiymati 1,5 milliard so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarzga berish ham ko‘zda tutilgan.  

TelegramInstagramYouTubeTikTok

7 months ago
[***🏘***](https://t.me/pulli_gap/118) Xabaringiz bor, ipoteka kreditlari uchun …

🏘 Xabaringiz bor, ipoteka kreditlari uchun subsidiya ajratish jarayoni yana boshlandi.

Subsidiya aslida nima ekani, shartlari va talablari bilan tanishing👇

7 months ago
**Valyuta konversiyasi nima?**Valyuta — davlatning pul …

Valyuta konversiyasi nima?Valyuta — davlatning pul birligi. Valyuta konversiyasi — bir mamlakat valyutasini boshqa davlat valyutasiga ayirboshlashdir.

Ushbu ayirboshlash turli xil maqsadlarda amalga oshiriladi. Masalan, u boshqa mamlakatlarga sayohat qilish, xorijiy firma va kompaniyalar bilan savdo-sotiq qilish, shuningdek, boshqa davlatlardagi onlayn do‘konlardan tovarlar sotib olish imkonini beradi.

Nega valyuta konversiyasida kurs har xil bo‘ladi?Chunki valyuta ayirboshlash to‘lovlarni jo‘natuvchi va qabul qiluvchi banklarning kursida amalga oshiriladi. Ayirboshlash uchun komissiya olinishi mumkin.

Ayirboshlashda nimalarga e’tibor berish zarur?Chet el valyutasida to‘lovni amalga oshirishdan oldin, ayirboshlash kursi hamda komission to‘lovlarga aniqlik kiritish tavsiya etiladi.

TelegramInstagramYouTubeTikTok

7 months ago
Omonat ochish **pul tejash** va **jamg‘armalarni …

Omonat ochish pul tejash va jamg‘armalarni ko‘paytirishning eng ishonchli usullaridan biri. U orqali siz ishlayotganingizda pullaringiz ham siz uchun ishlaydi!

Bugun biz sizlarga banklarda taklif etilayotgan eng yuqori foizli omonatlarni bir joyga to‘pladik)

🏦 Agrobank:

Foiz — 23 foiz;
Muddat — 13 oy;
Eng kam miqdor — 500 ming so‘m.
Batafsil🏦 Anorbank:Foiz — 25 foiz;
Muddat — 24 oy;
Eng kam miqdor — 1 mln so‘m.
Batafsil🏦 Davr bank:Foiz — 26 foiz;
Muddat — 13 oy;
Eng kam miqdor — 1 mln so‘m.
Batafsil*🏦 *Garant bank:

Foiz — 25 foiz;
Muddat — 13 oy;
Eng kam miqdor — 1mln so‘m.
Batafsil*🏦 *Kapitalbank:Foiz — 25 foizgacha;
Muddat — 24 oy;
Eng kam miqdor — 1 mln so‘m;
Batafsil*🏦*Madad Invest bank:Foiz — 24 foiz;
Muddat — 13 oy;
Eng kam miqdor — 1 mln so‘m.
Batafsil*🏦 *MKBank:Foiz — 23 foizgacha;
Muddat — 12-24 oy;
Eng kam miqdor — 100 ming so‘m.
Batafsil*🏦 *TBC bank:Foiz — 25 foiz;
Muddat — 13-24 oy;
Eng kam miqdor — 100 ming so‘m;
Batafsil*🏦 *Turon bank:Foiz — 23,2 foiz;
Muddat — 18 oy;
Eng kam miqdor — 500 ming so‘m.
Batafsil*🏦 *Trast bank:Foiz — 23 foiz;
Muddat — 24 oy;
Eng kam miqdor — 500 ming so‘m.
Batafsil*🏦*Ziraat bank:Foiz — 24 foiz;
Muddat — 24 oy;
Eng kam miqdor — 3 mln so‘m.
BatafsilOmonatlar aslida nima ekanligi, ularning talab va shartlarini bilish uchun videomizni tomosha qiling!Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang)

TelegramInstagramYouTubeTikTok

7 months, 1 week ago
O‘zbekistonda ipoteka kreditlari uchun subsidiya ajratish …

O‘zbekistonda ipoteka kreditlari uchun subsidiya ajratish jarayoni yana boshlangani ma’lum qilindi.

Mamlakatda daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joyga muhtoj aholi uchun ipoteka kreditlari asosida subsidiya ajratiladi.

Subsidiya — ipoteka krediti orqali uy sotib olishda boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘.

Ipoteka krediti uchun subsidiya olsangiz, bu mablag‘larni davlatga qaytarib berishingiz shart emas.

Masalan, siz yillik 18 foizga ipoteka krediti olgan boʻlsangiz, dastlabki besh yil mobaynida foiz toʻlovlarining 10 foiz qismini oʻz hisobingizdan, 8 foiz qismini davlat subsidiyalari yordamida toʻlashingiz mumkin boʻladi.

Uy joy sotib olishda davlatdan subsidiya olish uchun ariza beruvchi yoki oilaning oylik daromadi quyidagicha boʻlishi kerak:

👍 Qoraqalpogʻiston va viloyatlarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 3 barobaridan 8 barobarigacha, yaʼni 2 940 000 soʻmdan 7 840 000 soʻmgacha boʻlishi kerak.

👍 Toshkent shahrida — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 3 barobaridan 9,2 barobarigacha boʻlishi kerak. Yaʼni 2 940 000 soʻmdan 9 016 000 soʻmgacha.

2023-yilning may oyidan boshlab O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 980 mingni tashkil etmoqda.

Subsidiya uchun arizaFuqarolar ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin.Komissiya quyidagi hollarda arizani rad etishi mumkin:👍 ilgari uy-joy va imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha subsidiya olgan oila aʼzolarining takroriy arizasi;
👍 taqdim etilgan maʼlumotlarning talab qilinadigan ijtimoiy mezonlarga mos kelmasligi;
👍 joriy yilda hududga ajratilgan subsidiyalar soni tugab qolganida;
👍 oʻrtacha oylik daromad miqdorining komissiya talablariga mos kelmasligi;

Subsidiya berish tartibi haqida to‘liq ma’lumot olish uchun videomizni tomosha qiling.

TelegramInstagramYouTubeTikTok

7 months, 1 week ago

Ayriboshlash haqida eshitganmisiz? Sizningcha, pul paydo bo‘lishidan oldin odamlar to‘lovlarni qanday amalga oshirgan?

Bugun shu mavzu haqida gaplashamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok

We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 weeks, 2 days ago