Qalbimdagi hislarim

Description
Bari bir xil yakun topadi-o‘lim!



Behol suyanadi Nafrat javonga...
Jimlik. To‘rt devor jim. Shift jim. Pol ham jim.
Mehr ikkilanib chiqar balkonga,
Kutadi... "Qolgin", deb aytmaydi hech kim...

©Usmon Azim
Advertising
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

11 months, 4 weeks ago

Qizlik vaqtimda duo qilgan kunlarimni sog'indim, "Yo Rabbıy tahajjudga uyg'otgin" - deya. Mana yarim soat bo'ldiki shu vaqtgacha o'tgan umrimni eslab o'tiribman. Bolalik, maktab, akademik litsey, Milliy Universiteti, Kimyo tehnologiya instituti, qo'shnilar…

11 months, 4 weeks ago

Qizlik vaqtimda duo qilgan kunlarimni sog'indim, "Yo Rabbıy tahajjudga uyg'otgin" - deya. Mana yarim soat bo'ldiki shu vaqtgacha o'tgan umrimni eslab o'tiribman. Bolalik, maktab, akademik litsey, Milliy Universiteti, Kimyo tehnologiya instituti, qo'shnilar, qarindoshlar,hamma tanishlar....
Hohlagan kursimda o'qigan kunlarim...
O'sha vaqtda ustozam hali yoshsila avval ilm keyin turmush vaqtilar borida ilmni puxta qililar keyin eblomisila diganida nimaga ekan qando bo'lsa shunday bo'ladi degan edi nafs. Endi o'zinga savol berchi ey nafs?! Kelganingdan beri necha pora Qur'on o'qiding?! Uyindagi kabi kechqurun hamma uhlashi bilan baqirib Qiroat qilyapsanmi? Nechta kitob tugatding?! Necha sahifa o'qiding?! Tibyan, arbain darslarni davom ettira olyapsanmi?! Qizlarga o'rgatadigan darslarin qolib ketmadimi? Qani seni eblayman deya kibrlanganing?! Kuning dunyo uchun o'tib ketyapdiku ey nafs!!! Uyalmaysanmi? Mavloying yoniga borganda yuzing shuvut bo'lib qolsa....

?????

# avval ilm olish kerakligini, ilm deganda yuzaki emas puxta ilm olish va unga amal qilib keyin oila qilish kerak degan hulosaga keldim. O'zimni ilm olgan demayman, ilm tolibi deyishga haddim ham haqqm ham yo'q. Ilm nur ilm nuriga qiyo boqib qo'ydim halos.. ???
Boqishga na vaqtim, na iymonim, na vijdonim qoldi.?

Bularni afsuslanib hayotimdan nolib yozayotganim yo'q. Hammasi zo'r Alhamdulillah o'ylaganimdanda Ziyoda. Lekin men o'ylaganimdek onson emas ekan ilm bilan oilani maromiga sola olish. ?

Faqirangiz haqqiga duo qilib qo'yinglar ilm ahillaridan qilsin Robbim, kalomiga chorlasin.....

Uydagilarimni juda qattiq sog'indim ??

(o'zimga o'zim hali yosh ekansan, avval ular haqqini ado etishing, qilaman degan ishlaringni qilishing, yoqlab kelmoqchi bo'lgan yaqinlaringni ko'rib kelishin kerak edi deyapman. Hammasi nasibda ne bo'lsa ham bu ko'ngil rozi.....
Biroz kemtik, biroz toliqqan...)

12 months ago

Qiz bola yoshligidan onalik hissiga ega bo'ladi, buni uning qog'irchoqlarini mehr bilan o'ynashidan, kiyimlarini kiyintirib, uxlatib, erkalashidan sezsangiz bo'ladi. Ular taom tayyorlab ulashishni yoqtirishadi - shu sababdir balki, oshxonacha qilib, mehmoncha-mehmoncha o'ynashadi.

Har bir ayol kishi kunini "nima ovqat qilsam ekan?" Deb o'tkazib, uydagilariga manzur keladigan bir taomni tanlab pishiradi. O'ziga qolsa qotgan non va suv bilan ham kuni o'taveradi. Lekin, ayol - mehr, sevgiga boy, atrofdagilarga ham mehr ulashishni istaydi.

U ovqat tayyorlaydi, chiroyli qilib dasturxon tuzaydi. O'zi yemay hamma jam bo'lishini kutadi. Atrofdagilari ovqat yer ekan, ularning og'ziga tikilib turadi "ovqatim qanday chiqibdi?" degan savolning javobini bilishni istab ..

Bir og'iz "mmm qo'llaring dard ko'rmasin" deyish sizni malollantirmasin... )
Maqtashingiz ham mumkin, axir shirin so'z pullik emasku )

1 year ago

Hammasi men niyat qilgandek Alhamdulillah hammasi zo'r.
Niyatimdagi inson...
Niyatimdagi yangi ota-ona...
Niyatimdagi oila....

Menimcha hiçh qaysi qizni ota uyini tashlab ketgisi kelmasa kerak-a? Hozir ham yig'lab o'tiribman ?, galareyadan avval tushgan oilaviy rasmlarni ko'rib, onam bilan tushgan rasmlarimni ko'rib. O'sha vaqtlarda rasmga tushishni so'raganim esimda shunda onam :
- shu qiz nimaga rasmga tushurarkina - diganidi.
- qachondir yo'q boganimda estalik bo'ladi, sog'inamiz bu kunlari keling - degan edim.
O'sha gaplarimni eslab ko'zimga yosh kelyapdi. Yaxshiyam olgan ekanman deyapman. O'qishdan kelganimda ukamni "keldimi ke gapdan olamiz ko'rinmotdzku opam" - deb gapirishiga o'rganib qolganman.
Boshqa nimadir yozolmasam kerak....
To'yib to'yib yig'lab olayda?
Hammaylarni yaxshi ko'raman qadrli jannatyuzliklarim aziz oilam ?❤️

1 year ago

Yasha,kul,baxtli bõl erta keladimi yõqmi Olloh biladi

1 year ago

Robbim, gunohlarimning zararidan, katta baxtsizlik va qabr azobidan menga panoh ber.
Meni xor qiladigan axloqdan, zulm qiladigan doʻstdan, Sendan chalgʻituvchi orzulardan, Seni unuttiruvchi faqirlikdan panoh ber.
Meni yakson qilib yuboruvchi boylikdan uzoq qil.
Allohim, eng yaxshi bandalaringga nima bergan boʻlsang, menga ham ber, qiyomat kuni mendan yuzingni burishingga sabab boʻladigan ishlardan uzoq qil.
Musulmon holda jonimni ol va musulmon holimda qayta tiriltir.
Rahmating bilan oʻrab ol, gʻazabingdan panoh ber.
Ey Robbim, toki tirik ekanman, meni hifzu himoyangga ol, oʻlimimdan keyin gunohlarimni avf et va rahmatingga ol!
Ey Tangrim, agar yashash men uchun hayrli boʻlsa, umrimni barokatli qil, jonimni olsang, dajjolning fitnalariga aloqasiz holda ol!
Jonimni haq iymon, lablarimda shahodat ila qabz ayla.
Dunyoning baxtsizlik va tashvishlaridan yiroqda qil.
Ikki dunyoda ham saodatli qil, Seni yaxshi tanishni, Seni Senga munosib shaklda sevishni oʻrgat menga Allohim!
Seni zikr qilishda va Senga itoat qilishda menga yordam ber.
Tark etishim kerak boʻlgan narsalarni tark etishda menga kuch ber!
Sen rozi boʻladigan axloq bilan meni rizqlantir.
Amallarimni qabul qil, qalbimni ikkiyuzlamachilik va munofiqlikdan tozala!
Tilimni yolgʻondan, koʻzlarimni hiyonatdan asra.
Allohim, sendan sogʻliq, iymon, ixlos, goʻzal xulq va qadarga rozilik soʻrayman.
Ey qalblarni oʻzgartiruvchi Zot, Oʻz diningda mening qalbimni sobit qil!

Ey Robbim Senga shukr qilishda, ibodat va itoat qilishda menga yordamchi boʻl!

1 year, 1 month ago

**Men G'azodan Ustaza Amina tomonidan olib borilgan jonli efirda edim, 2000 dan ortiq odam onlayn edi. Ko'z yoshlarim dengiz bo'ldi... Ularga achinishdan emas, balki o'zimizning xolimizdan. InshaAlloh o'sha kanal translyatsiya matnini joylashtirishi kerak. Joylashsa TO'LIQ O'QIB CHIQISHINGIZNI juda hohlardim. Chunki hammasini yozib olishga ulgurmadim.

Men daftarga yozib olishga muvaffaq bo'lganlarim:

"Bularning barchasini aynan sizlarga aytishni istadim, chunki sizlarni Alloh tanlab olgan, siz Qur'onni yaxshi ko'rasiz. Men ham sizni tanimasam ham, juda yaxshi ko'raman."

"Bizda suv va elektr yo'q, menda 20 foiz zaryad qolgan va bu mening telefonim ham emas, lekin shuni aytmoqchimanki, g'alaba bizniki bo'ladi, chunki Alloh Qur'onda buni va'da qilgan".

"Siz bu yerda hamma joyda mushk hidini sezishingiz mumkin."

“Bu yerda sodir bo'layotganlar Zalzala surasida bayon qilinganlarga o'xshaydi"

“Bu portlashlardan devorlar qaltirayapti, ammo qalbimiz emas, iymonimiz emas..."

“Qur’on bilan do’stlashing, har doim Qur'onni oching. Shunchaki o'qimang, Qur'onni seving, Qur'on bilan yashang"

"Biz ko'p narsani yo'qotdik - bolalarimiz, mol-mulkimiz, lekin Alloh undan afzalini beryapti ..."

"Allohni, Qur'onni birinchi o'ringa qo'ying, Alloh ishlaringizni tartibga soladi"

"Qur'onga vaqtingiz bo'lmasa, siz uchun oxirat birinchi o'rindami? Farzandlarimizni qanday tarbiyalaymiz, ular uchun oxirat birinchi o'rindami?"

"Bizga rahmingiz kelishi bizga kerak emas, agar bizga yordam bermoqchi bo'lsangiz, gunohlarni tark qiling,
gunohlarni tark qiling,
gunohlarni tark qiling,
gunoh qilganning qalbi qorayib, Qur'onni qabul qilmaydi".

"Bugunni hayotingizning birinchi kunidek boshlang. O'zingizga ayting: g'alabani yaqinlashtirish uchun bugun qanday gunohni tark qila olaman?"

"Biz har qanday holatda ham g'alaba qozonamiz. Hatto o'lim ham biz uchun g'alaba. Bizdan keyin bizdan yaxshiroqlar keladi".

"Duo qiling va duodan tashqari qo'lingizdan kelganini qiling "

"Ularning Mahsulotlarini SOTIB OLMANG. Siz ularning mahsulotlarini sotib olar ekansiz, bizni o'ldiradigan qurollarni sotib olayotgan bo'lasiz"

"Biz uchun duo qilmanglar, bizni himoya qilayotganlarni duo qilinglar, ular sizni va diningizni himoya qilyaptilar"

"Ko'p salovot o'qing, ayniqsa juma kuni, payshanbadan jumaga o'tar vaqt. To'g'ri yashayapsizmi yo'qmi bilish uchun biror ish qilganingizda, o'zingizdan so'rang: agar Payg'ambarimiz uyimga hozir kelib, bizning qanday yashashimizni ko'rsalar, bundan rozi bo'larmidilar?" Yotishdan oldin o'zingizga hisobot bering."

"Biz o'lishdan qo'rqmaymiz, ammo duo qilingki o'lganimizda avratimiz ochilib qolmasin, chunki bombalar odamlarni parcha-parcha qilib yuboryapti, va boshqalar ularni dafn qilish uchun qo'l-oyoqlarini yig'ib yurishipti. Umrimiz davomida avratimiz yopiq edi, o'lganimizda bir tola sochimiz ko'rinib qolishidan qo'rqamiz"

"Allohdan so'rangki, o'limimizdan oldin 'La ilaha Illalloh'ni aytishimizni oson qilsin!

"Bu dunyo la'natlangan, faqat Allohning zikri va Qur'on bundan mustasno..."

"Oxiratingiz nima bo'lishini o'zingiz tanlaysiz. Agar siz Qur'on bilan do'stlashsangiz, o'lim chog'ida ham, o'lganimgizdan keyin ham sizni yolg'iz qoldirmaydi".

"Yaqinda G'azoda 1300 dan ortiq kishi Qur'on topshirib, hofiz bo'lishdi. Alhamdulillah. Qur'onni yoddan bilmaganimizda hozir uni qanday o'qiyotgan bo'lar edik? "

"Farishtalar qabrda so'roq qilinshsa, inson uchun Qur'onning o'zi javob beradi"

“Bir yahudiy ayol (ismini yozishga ulgurmadim) haqiqatni aytgan edi... hayron boʻlmang, hatto shayton ham baʼzida rost gapiradi...
“Ularning masjitlari bomdod namozida ham Jum'a namozi kabi bo'lganda g'alaba qozonishadi. Endi shunday bo'lyapti va bu hali boshlanishi"

"Hatto sizning eringiz, bolalaringiz, ota-onangiz, eng sevimli odamlardir, ammo qabrda siz bilan hech kim bo'lmaydi, faqat Qur'on"

"Bu siz bilan oxirgi suhbatimizdir balki"

“Qur'on bilan do'stlashib o'zingizni isloh qiling, shunda dunyo ham yahshi tomonga o'zgaradi"*©* Tarjima qilindi

1 year, 1 month ago

Assalamu alaykum qadrdonlar!

Bu kanal ingliz tilini haqiqatda oʻrganmoqchi, oʻz ustida ishlamoqhi boʻlganlar uchungina holis niyyatda yordam berish uchun ochildi. Sizning ilmingizni ortishiga, hayotingizni oʻzgarishiga oʻz hissamni qoʻshishdan mamnunman.

Keling endi nimalar qilishimiz haqida gapirib oʻtaman.

?Darslar Ingliz tili grammatikasiga qaratilgan boʻladi. Va albatta soʻzlashuvingizni yaxshilash uchun ham kerakli materiallar ham ulashib boriladi.

?Haftada ikki marta dars tushuntirib beriladi ya’ni bir haftada 2 ta mavzu koʻriladi;

?Har darsning qoʻllanmalari berib boriladi;

?Darsdan soʻng vazifalar beriladi;

?Haftada bir kun kanalda ovozli chat bo’lib oʻtadi va shunda vazifalaringiz tekshirib beriladi va savollaringiz boʻlsa javob olasiz.

FAOL BO’LING‼️

Oʻzingiz oʻzingizga eng yaxshi doʻst, eng kuchli dushmansiz. Sizga ajratilgan vaqtimni qadrlang. Oʻrganing!!!

Darslarda faol ishtirok etib ball toʻplang va 100 ballga yetganingizda siz “Super Gift” ga ega boʻlasiz.

Hoʻsh, ballar qanday toʻplanadi:

?Har hafta boʻladigan ovozli chatda javob bergan har bir toʻg’ri javobingiz uchun 1 ball;

?Vazifalarni toʻliq bajarganingiz uchun 2 ball;
(Vazifalarni daftarga yozma ravishda bajarasiz, va rasmga olib @djalaldinovnas ga yuborasiz)

?Kanal ssilkasini haqiqatdan ham ingliz tilini oʻrganishni hohlagan lekin oʻrganolmayotgan tanishingizga yuborishingiz kerak boʻladi. (Faqatgina chin dildan oʻrganishni maqsad qilgan, darslarda faol ishtirok etadigan insonga yuboring. Men uchun sifat muhim, obunachilar soni emas!) Va siz orqali kanalga qoʻshilgan obunachini telegram nomini @djalaldinovnas ga yozib yuboring va 2 ballga ega boʻlasiz;

? Siz orqali obuna boʻlgan doʻstingiz qilgan vazifa uchun 0,5 ballga ega boʻlasiz;

Ballaringiz hisoblab yuriladi va oʻzingiz ham hisoblab yuring.

Keling, ilm oʻrganaylik, dunyoni yashah uchun yaxshi joyga aylantirishga oʻz hissamizni qoʻshaylik.

1 year, 1 month ago

Allohim o'zinga behisob shukurlar bo'lsin o'zing kam qilmagin❤️‍?

1 year, 2 months ago

"Oʻzingiz bilan taqqoslashingiz kerak boʻlgan yagona inson, bu – oʻtmishdagi siz. Undan zoʻr boʻlishingiz kerak boʻlgan yagona inson esa, bu – hozirgi siz".

© Zigmund Freyd

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid