꧁BEG'UBORIM꧂

Description
@Jallodnigohim
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

8 months, 3 weeks ago

Соғинмайман дейсиз... 
Алдаманг! 
Термуласиз суратимга жим! 
Йиғлаяпсиз..? 
Ҳижолат бўлманг, 
Йўқ кўрмади,кўрмади ҳеч 
ким... 

Қувманг бекор, 
Рости фойдасиз, 
Исмим кезар лабларингизда. 
Қайга борманг, қайси 
жойдасиз, 
Ҳаёлингиз ҳамиша МЕНДА...

Баджаҳилсиз.. 
Асаблар таранг, 
Ҳар нарсадан топасиз айб. 
Сиз кўзгуга яхшилаб қаранг, 
Кимдир қараб турар 
мунғайиб. 

Унутганман дейсиз... 
Афсуски, 
Бир лаҳзага ўчмади ёдим! 
Қулоғингиз остида мудом, 
"Кетманг!"-деган сўнгги 
фарёдим! 

Қайтмоқликка қўймайди 
ғурур, 
Истак билан қирпичоқ ҳар 
кун. 
Биламанку, соғинч нелигин, 
Бунга қандай чидамоқ 
мумкин...??! 

Ўтаяпди шунчаки умр.. 
Юрибсизда қисматга кўниб. 
Бу дунёда етмаса сабр, 
У дунёдан умидвор бўлиб!
@farishtam

8 months, 3 weeks ago

Kechiring... Iltimos, kechiring!
Sabrning kosasi bugun lim to'lsa.
Siz meni ko'ngildan o'chiring
Va mutloq unuting, iloji bo'lsa.
Mumkinmi, so'rasam, ayting rostini,
Bahorlar mensiz ham kelaverarmi?
Mensiz qulamasmi dunyo ustuni,
Ko'nglingiz mensiz ham to'laverarmi?
Bilaman, Tohiru Zuhrolar ertak,
Chindan sevishganlar abad sarsona.
Murodu maqsadsiz tugagan faqat
Bizning ishqimizdek go'zal afsona...

Bahorlar mensiz ham kelaverarmi???
@Farishtam

8 months, 3 weeks ago

Фалакнинг хасратга тўлган малаги
юм- юм тўкмоқда соғинч ёшини
Вақт хукм чиқарди, ортга қадам йўқ
Судраб юрар мангу армон тошини.

Ёмғир тўкилар , кераксиз ишққа
оғриниб йиғлатар, ўраб олар ғам.
Сени эслайман, нигоҳинг қумсаб
унутмоққа қалб кўнмагай, қайсар,

Оҳиста келасан, қўрқувни ушлаб,
Сўзларинг тўкилар учириб шамол...
Бахтлиман кўролсам  ёмғир остида
Нурли кўзларингни бир зум фариштам

Кел, @farishtam  ёмғирни бирга ушлаймиз.....

8 months, 3 weeks ago

Seni yo'qotdimmi?
Yo'q yo'q "xa" dema!!!
Iltimos, rost alda, alda rostakam.
Ishonib o'layin yolg'onlaringa,
Ishonib tirilay yolg'onlaringdan.
Chidayman, haddidan oshib ketsin g'am,
Tul umid jonimga kelsa ham malol.
Netay, yo'qotishdan daxshatlisi yo'q
"Bermayman..." deyishchi shunchaki hayol...
@Farishtam

8 months, 3 weeks ago

Uch kunlik yomg'irdek ezdim dilingni,
Izg'irin, bo'rondek o'tdim ko'changdan.
Qor bo'ldim go'yoki ko'klamda yoqqan,
Qo'l silkib qo'ymading ko'ngil uychangdan.
Men xato ustiga qildim xatolar,
Ko'nglimga yolvordim, ko'ndirolmadim.
Seni dilga bergan qahring bilan ham,
Netayki, mehrimni o'ldirolmadim.
So'nggi bor kechirgin, so'nggi bor kechir,
Ortiq hayotingga bosmayman qadam.
Yashayman tishimni tishimga qo'yib,
Bezovta qilmayman xayolimda ham.
Oppoq orzuingdek oq bo'lsin yo'ling,
Faqat olg'a borgin, olg'a har ishda.
Yolg'izlik nomini bilmagin sira,
Sevilib yashagin, mening FARISHTAM.
@Farishtam

8 months, 3 weeks ago

Chanqoq ko'zlaringa ko'zim tushgan dam,
Yuragim borligin eslatib turding.
O sensiz yashamoq tog'dek ulkan g'am,
Meni yolg'iz qo'yma, mehring ko'r baham...

Men senga bog'langan bir bandi asir,
Sen uchsang, uzulib tushar jon rishtam.
Menga rahming kelsin, shavqat qil ahir
Oshig'ing holiga achin, farishtam!
@Farishtam

8 months, 3 weeks ago

Kelmaysanmi... Sevmaysanmi hech,
Ilojsizman... Afsus na chora,
Unda o'lay, tobutim olib,
Eshigingdan o'tsalar zora...
@Farishtam

8 months, 3 weeks ago

Кун сайин орамиз олис ва олис,
Балки кутарсан ҳам хазонлар тўшаб.
Сен ҳамон тириксан, мен эса ёлғиз...
Сен ҳамон ўшасан, сен ўша-ўша.
@farishtam

8 months, 3 weeks ago

Bu qiz shirin aytar haqoratni-da,
Qarg'asa ham odob bilan qarg'aydi.
Hafa bo'lsa kulib turadi, ammo
Aldasa "Sevmayman" deb aldaydi...

Men uni ranjitib qo'ysam agarda
Uzur so'rar ko'ngli nozikligiga.
Uni farishta deb atagim kelar,
Ammo qanotlari ko'rinmas... Nega?
@Farishtam

10 months, 3 weeks ago

Tun qo'ynida o'ylayapman jim
Naxot shuncha nozik bu ko'ngil
Kim ogritdi xafa qildi kim
Nega buncha yig'loqisan dil
Aytgin darding bormi bedavo
Yo suyganing chiqdi bevafo
Taskin bermas xech qaysi navo
Nega buncha yig'loqisan dil
Yoring yolg'iz tashlab ketdimi
g'irrom o'yin boshlab kettimi
Ko'zlaringni yoshlab kettimi
Nega buncha yig'loqisan dil
Darding aytgin olayin o'zim
Xudoyimdan so'rayin to'zim
Kel o'rningga yig'lasin ko'zim
Bo'ldi endi yig'lmagin dil...

@Farishtam

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago