Jumanazar YO'LDOSH

Description
Assalomu alaykum! Siz ushbu kanalda yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldosh ijodi bilan tanishasiz.


09.09.2020 yil

Murojaat:
@Yuldashev_Jumanazar
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks, 5 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 week, 5 days ago
2 weeks ago

*📚 *"Izlam" jamlagan yosh ijodkorlar

**📃* "Hurriyat" gazetasi***

📘 @akademnashr

2 weeks, 3 days ago

Bugun «Izlam» shunchaki to‘plam emasligini tushundim.

Odam ichiga ko‘mib tashlagan sirlaridan hech kim habar topolmaydi, buni toki o‘zi aytmagunicha deb o‘ylab yurar ekanman. To‘plamga asarlari kiritilgan yosh lekin iqtidori bor ijodkorlar dasturxon qilib sochib tashladi ularni. Deyarli hamma dardga to‘qnash keldim.
Quvonch ham bor, malham ham bor ularda. Hatto yashashning yangicha tarzi, noodatiy g‘oyalar, sog‘lom maslahatlar bor. Nomini topolmayotgan tuyg‘ular bor.

«Izlam»ning birinchi fasli bekorga tanqid qilinmagandi. Chunki, biz odamlardan yashiradigan aslimizni shoiru yozuvchilar ayamay yozib tashlashgan. O’qiganlar bir seskangan, tan olgisi kelmagan tuyg’ularga duch kelib , ijodkorlardan nafratlangandi o’shanda. Ikkinchi faslida ham mana shu jur’atga qo‘shimcha ravishda keskinlikni ko‘rdim.

Gapni qisqasi mana shu loyiha , tashabbus, ijodkorlarga rag‘bat va ishonch uchun va albatta jamiyatdagi bo‘lajak ijobiy o‘zgarishlar uchun noshirga tashakkurlarimni aytmoqchiman.

“Akademnashr”! Sanjar Nazar 💣

2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago
Jumanazar YO'LDOSH
2 months, 3 weeks ago

#Izlam

Кун бўйи “Дераза ортида” “Сир”ни ўқидим. Яна қандай дераза дейсизми? Шифохонаники.

Фоже фожега уланди. Жуманазар Йўлдошнинг “Ҳодиса” ва Муҳаммадхон Юсуповнинг “Илк” асаридаги бош мавзу, бош образ ҳам фожеа. Лекин икки носир қаламида бир мавзу икки хил талқинда. Хусусан, Жуманазар Йўлдош фожеани экзистенциал қайғуриш ва яланғочлик орқали ифодалаган бўлса, Муҳаммадхон Юсупов ижтимоий ва тарихий нуқтаи назардан ёритган. Иккиси ҳам рамзлардан ўринли, моҳирона фойдалангани ўқувчи эътиборини тортади. “Ҳодиса” ҳикоясида кўзгу қаҳрамоннинг синган шахсини ифодаласа, қора ит унинг гуноҳлари ёки назорат қилиб бўлмайдиган кучларни ифода этади. “Илк”да отлар дупурини ўтмишга ва вақтнинг ўтишига ишорадек тушуниш ҳам мумкин.

Қалами бир-бирини такрорламайдиган, бири ҳаётдан, ёлғизликдан, кўнгил тубидан маъни қидирса, бири илм, шахсий йўқотиш ва жамият мажбуриятларидан фоженинг қиёфасини чизадиган икки ёзувчи барчамизга муборак бўлсин!

Адабиётимизга янги авлод келаётгани рост бўлсин!

Ўзини зиёлиман, шу миллат тақдирига бефарқ эмасман дегувчилар замондош ёзувчилари, уларнинг ижоди, имкониятини билиши, ўрганиши ва айтмоқчи бўлган Сўзини тинглаши шарт.

“Дераза ортида” сиз билмаган не-не “Сир”лар бор!..

Буюртма учун: @akademsavdo

@sevara_alijonova

6 months, 1 week ago

(G'azalga havas yo'lida)

Huuv pari! Mahvash pari!
Ishqim toshar, kelgin bari.
Huuv pari, sirli pari,
Dilim xufton borgan sari.
Ishqda sira yo‘qtir iloj
Kuymoqdan-u kuydirmoqdan.
Siring nedir, siringni och,
Go'zalliging aytgin qaydan?
Ko‘zlaringda his toshadi,
Bilmam nedan so'z ochadi.
Alloh-Alloh bul mo'jiza
Qay otashlarga otadi!
Meni qilding bechorayu
Meni qilding aftodahol.
Yuzlaringdan sochib yog'du
So'zlaringdan tomizib bol.
Ne desalar dedilar gar,
Sevma dedilarki seni.
Majnun bo‘lib sevdim seni
Sevdimki qasdma-qasdiga.
Huuv pari! Kelgin bari,
Hajr o‘ti kulga do‘nsin.
Ishqqa dushman kimsalarning
Boshiga ishq qushi qo'nsin.
So'zlar bisyor – otashnafas
Yuragingni ilitar, bas.
Men oshiqman sen – pariga,
Yuragimga bo‘l habibam.
Eey pari! Mahvash pari!
Tashnaman men ruxsoringga.
Oxir yetsam visolingga
Jonim ketar osmoni(ng)ga...

Huuv pari! Mahvash pari!
Ishqim toshar, kelgin bari...

J.Y

@Jumanazar_Yuldash

6 months, 2 weeks ago

Tushlarimda yashayman...
Xudoyimning nafasi tekkan
Qizg'aldoqlar g'uncha ochgan
Osmonida yulduzlar to‘kkan jilolar
Nurlariga chayilar tonglar.
Tushlarimda yashayman...
Unda ko‘zlar sug'ormaydi
g'am niholini
Manglaylarga bosilmas
tolesiz tamg'a!..
Qalbda xitob qilguvchi
g'ussalar ham gung...
Tushlarimda yashayman...
Unda ishq degani – oppoq kabutar
Dildan dilga eltar
mehr – mujdalar
Unga tikilganning yuzlarida
balqir tabassum...
Tushlarimda yashayman...
Unda yashar ma'sumgina qiz
Tashrifimga intizor, mahtal...
Sochlari – tunmisol
Ko‘zlari – tunmisol
Lablarida gul misol
ifor taratar ismim...
Tushlarimda yashayman...
Unda yurakka
Kinli nigoh – tig'larini qadaydigan kimsa yo'q,
Kimsa yo‘q
nafrat neligin biladigan va
oqibat neligini bilmaydigan hech!..
Tushlarimda yashayman –
oddiy hayotmas!
Ozor neligini bilmasman unda,
Sokin xalovatni tuyarman unda...
Uyg'onishni istamay sira
Tushlarimda yashayman baxtli...

J.Yo'ldosh

@Jumanazar_Yuldash

6 months, 2 weeks ago

Bir qiz bor
Kokillari taqimin oʻpgan
Yuzlari binafshaga chayilgan
Aqiq lablarida boʻsa toti bor
Bir qiz bor
Uning koʻzlarida kun
Uning koʻzlarida tun
Har ochib-yumishida
Aylanadi dahri dun!
Bir qiz bor
Yuragida orzulari togʻ
Men bilmagan gʻussalari togʻ...
Uni koʻrsam...
Qachon koʻrsam kipriklari nam
Qayda koʻrsam kipriklari nam...
Yetar shuncha gʻussalar erkam...
Bir qiz bor
Diydorini qumsayman har dam
Har nafasimdan
Ulgʻayar sogʻinch guli
Hatto azizdir
Koʻzlariga botgan gʻam dogʻi
Tushlarim bosadi sogʻinch hovurin
Bir qiz bor
Xayol – dunyoyimni fath etgan chiroy
U qaro tunimni yoritguvchi oy
Umrim bogʻlariga sochadi nurin...
Bir qiz bor
Xayolida uygʻonar tongim
Xayolida botadi shomim
Latif xayoli ilitar jonim
Xayolida oʻtmoqda butun hayotim...
Uning esa xayolida men yoʻqman
Uning tonglarida
Uning tunlarida men yoʻqman
Men yoʻq dunyolarda bir qiz bor...
U meni oʻylamaydi hech!
Bokiradir uning xayoli...
Bir qiz bor
Kokillari taqimin oʻpgan...

J.Yoʻldosh

@Jumanazar_Yuldash

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks, 5 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago