Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Post o'qishni yoqtirmaydiganlar uchun maxsus😁
Idrok (perception)
Idrok qilish hamma sezgi organlaridan retseptorlar orqali qabul qilinadigan informatsiyani miyada qayta ishlanib, uning miyada butun bir narsa sifatida 3D ko'rinishga kelishidir. Bolalarda bu tug'ilganda bo'lmaydi, sezgi organlari rivojlanishni boshlaganda sekin asta idrok qilish qobiliyati ham rivojlanib boradi.
Ko'zlar. Ko'rish retseptorlari 1-hafta oxiridan boshlab rivojlana boshlaydi, 3-4oylikda bolalarda rang bilish retseptorlari ham rivojlangan endi ular buyumlarni rangli holatda ham ko'ra oladigan bo'lishadi. Shu vaqtda Idrok (perception) ham rivojlana boshlagan bo'ladi. Endi u o'yinchoqni 3D ko'rinishida ko'ra boshlaydi va ushlashga harakat qiladi. Aynan shu joyda kasallik simptomi sifatida uchraydigan DEREALIZATSIYA haqida aytib o'tsak. Bu holatda bemorda aynan shu 3D tasvir yo'qolib, buyumlar suratdek ko'rinadi. Bemorlar buni ayta olishadi ya'ni, "Menga hamma narsa jonsizdek, suratdek ko'rinayapti" deb. Ular buni farqlay olishadi, chaqaloqlarda esa taqqoslash uchun informatsiya yo'qligi sabab ular suratlarni yaxshiroq idrok qilishadi. Shu sabab ham yangi tug'ilgan chaqaloqlarning ko'zlari tushadigan joylarga karavotlariga, devorlarga oq qora suratlarni ilib qo'yish ularda idrok shakllanishiga yordam beradi.
Quloqlar. Eshitish bizda quloq suprasida emas, ichki quloqda sodir bo'lishini ko'pchilik biladi. Ichki quloq esa miyada joylashgan. Bu esa eshitish bevosita miyada sodir bo'ladigan jarayon ekanligini anglatadi. Chaqaloqlar dastlab ovozlarni uzoqdan eshitishadi. Yaqinlarini, ayniqsa, onasini dastlab hididan tanigan bolalar 2-oy oxiriga kelib ovozidan taniy boshlaydi. Demak, 3 oylik chaqaloqda endi eshitish orqali idrok qilish ham rivojlangan bo'ladi. Endi u har xil ovozlarni farqlay boshlaydi. Bu vaqtda bolaga musiqa instrumentlarini eslatuvchi doira, pianino, gitaraga o'xshash o'yinchoqlar berish uning eshitish orqali anglash qobiliyatini yaxshi rivojlantiradi.
Taktil, ta'm va hid bilish sezgisi orqali idrok qilish. Bu bola tug'ilishi bilan rivojlana boshlaydi. Yangi tug'ilgan chaqaloqni tug'ruq zalining o'zida teri-teri kontaktini yaratish uchun onaning qorni ustiga qo'yilishi bilan taktil aloqa boshlansa, birinchi marta ko'krakka qo'yib emganida hid va ta'm bilish retseptorlari jonlanadi. Faqatgina 1-oy oxirlari 2-oyga kelib, chaqaloqlar endi sutlar ta'mini farqlay boshlaydilar. Ularda bu bilan fikrlash ham rivojlana boshlaydi. Taktil aloqa chaqaloqlarning asosiy aloqa qilish, informatsiya olish vositalaridan biri hamdir. Bir guruh olimlar chaqaloqlar ustida shunday tadqiqot o'tkazishadi, yangi tug'ilgan, ota onasi tashlab ketgan 30ta chaqaloqni bir xonaga qo'yishadi, ularga yuzlariga maska taqqan xodimlar qarashadi, ovqat berishadi, tagini tozalashadi, bolaning hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun bir ikki marta qo'llariga olishadi. Och qolmayotganliklariga qaramasdan, bolalar birin ketin kasal bo'lib, o'lishni boshlashadi. Keyin esa xodimlar yuzlarini ochib, emotsiyalarini ko'rsatib, qo'llarida uzoqroq ko'tarib yurishni boshlashganda besabab kasal bo'lgan bolalarning ahvoli yaxshilangani kuzatilgan. Chaqaloqlarni uzoqroq qo'lda ko'tarish, emotsiyalarni ko'rsatish bolalar rivojlanishida juda juda muhim hisoblanadi.
Bolalar ruhan rivojlangan bo'lishini istovchi psixiatringiz Barno Farhod qizi.
Bugun marafonning 29-kuni soat 18:00da "Aqliy zaiflik (oligofreniya) mavzusida efir bo'lib o'tadi. Efir https://t.me/psixiatrkundaligi kanalida Barno Farhodovna tomonidan olib boriladi. O'tkazib yubormang muhim mavzulardan biri.
Bola o'zining jamiyatdagi rolini bajarishga yordam bersak, og'ir ruhiy travmalardan ehtiyot qilsak, kasallikning ilk belgilari paydo bo'lganda davolansa kasallik og'ir turiga o'tib ketishi kamdan kam kuzatiladi.
Bemorga doimiy uning kasalligi haqida aytib turilsa, stigmatizatsiya qilinsa, bemor o'zining munosabatini bildirishi mumkin.
Yana bir belgi doimiy bioritmlarning buzilishi. Masalan:
1. Uyquning buzilishi-deyarli uyqu bo'lmasligi mumkin.
2. ovqatlanishning buzilishi- kam ovqat yeydi yoki juda ko'p ovqat yeydi.
Davolanish uchun dorilar davlat tomonidan beriladi.
Davolangach, bemorni oddiy hayotga qaytarish kerak, reabilitatsiya qilish kerak. Agar oddiy hayotga tezroq qaytarmasa, kasallik yana orqaga qaytishi mumkin.
Turlari:
Oddiy turi- dorilar bilan uzoq yillik remissiyaga tushirish mumkin.
Xurujsimon, rivojlanib boruvchi turi- kasallik har xurujda og'irlashib boradi.
Shubasimon- faqat xuruj bilan bo'ladi va disforiya bilan birga kechadi. Bemor har xurujdan keyin oldingi ahvoliga qaytmaydi.
Shizofreniyaning belgilari:
1. Emotsiyaning buzilishi
2. Autizatsiya
3. Fikrlash buzilishi
4. Hayot yo'lining buzilishi
5. Energetik patensialning sekin asta yo'qolishi
Davolash. Psixofarmakoterapiya, psixiatr tomonidan davolanadi. Bir umrlik tashxis deb ataladi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago