Ahror Alikhanov | Dizayn blog

Description
Dizayn, kreativ va ozroq marketing haqida
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

hace 3 meses

Shunchaki dizayn emas, tizimli dizayn tayyorlang!

Ko‘p hollarda biz "дизайн ради дизайна" (dizayn uchun dizayn) tamoyiliga asoslanib ishlaymiz, ya’ni faqat estetik go‘zallikni yaratishga intilamiz. Aslida esa, dizayn nafaqat chiroyli ko‘rinishi, balki muammolarni hal qilishi, foydalanuvchi tajribasini yaxshilashi va biznesga qiymat qo‘shishi kerak. Mana shu o‘rinda tizimli dizayn tushunchasi oldinga chiqadi.

Tizimli dizayn nima?
Tizimli dizayn – bu strategik yondashuvdir. U nafaqat hozirgi muammolarni hal qiladi, balki kelajakdagi ehtiyojlarni ham ko‘zda tutadi. Yangi boshlanayotgan biznes yoki startuplar uchun tizimli dizayn biznesning rivojlanishi davomida yuzaga keladigan muammolarni oldindan ko‘rib, ularni yechishga yordam beradi.

Biznes egalari uchun ham bu to‘g‘ri tanlov bo‘ladi.
Ko‘pincha biznes egalari ish boshlanishida barcha jarayonlarga katta e’tibor berishadi: mahsulot sifatiga, yetkazib berishga, xizmatlar tarmog‘ini kengaytirishga va h.k. Ammo ayni dizayn bosqichiga kelganda, ko‘pchilik tez va arzon hal qilinadigan ishlarni tanlashni afzal ko‘radi. Bu esa kelajakda ko‘proq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Misol uchun, faqat hozirgi sharoitga mos logotip yaratish yetarli emas. U brendning kelajakdagi barcha yo‘nalishlarida – ilovalar, reklama, savdo nuqtalari va boshqa platformalarda o‘z uslubini saqlashi kerak. Aks holda, brend o‘zining yagona uslub va identifikatsiyasini yo‘qotib qo‘yadi.

Tizimli dizayn biznes egalari uchun uzoq muddatli muvaffaqiyat kaliti bo‘lishi mumkin. Brendning boshida bu jarayonga e’tibor bermaslik, kelajakda ko‘proq xarajat va vaqt sarflashga olib keladi. Shuning uchun biznes egasi sifatida o‘zingizning brendingiz uchun ishlaydigan, izchil va kelajakni o‘ylagan dizaynni tanlashga ahamiyat bering.

@alikhanovdesign

hace 3 meses
hace 3 meses
hace 5 meses, 3 semanas
Ahror Alikhanov | Dizayn blog
hace 5 meses, 3 semanas
Ahror Alikhanov | Dizayn blog
hace 5 meses, 3 semanas
**Captcha – inson ekanligingizni isbotlashning yagona …

Captcha – inson ekanligingizni isbotlashning yagona usuli emas!

Oxirgi kunlarda men ko‘rgan va ta’sirlangan yaxshi bir kampaniyani sizlar bilan ulashmoqchiman.

Amnesty International’ning «The Humanity Check» (Insoniylik Tekshiruvi) nomli kampaniyasi hammaga tanish bo‘lgan CAPTCHA testini o‘zgacha uslubda namoyish qildi.

Menimcha ortiqcha izohga hojat yo‘q.

hace 8 meses, 2 semanas

Ungacha esa Farrux Sharipov bilan bo‘lgan mana bu suhbatni ko‘rib turinglar. Kreativ haqida ancha yaxshi suhbat bo‘libdi.

hace 8 meses, 2 semanas

Hammaga hayrli dushanba!

Bir rubrikani test qilib ko‘rmoqchiman. Shu post ostiga ishlaringizdan yuboring, kechga videochat qilib tahlil qilishga harakat qilib ko‘ramiz.⚡️

hace 8 meses, 2 semanas

Infografik kartochkalar bo'yicha yaxshi ishlar qilar ekan. ⬇️

Havola

hace 10 meses, 3 semanas
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago