Aql mexanizmi 🧠

Description
Biz bilan zerikmaysiz!
Birgalikda marifatimizni oshiramiz!

Shaxsiy fikr va mulohazalar, donolar so'zlaridan iqtiboslar, mutolaa va biroz tabassum!
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

2 weeks, 1 day ago

#mutola

Bir kuni Navoiy soldirgan madrasalardan birida dars berayotgan ustozlardan biri u kishining oldiga kirib, uy joy masalasida muammosi borligini, agar bu muammo xal boʻlmasa, oʻz yurtiga - Samarqandga qaytib ketishga majburligini aytadi. Ammo Navoiyning huzurida unga oʻxshash murojaatlar bilan kelgan kishilarning son sanogʻi yoʻq edi. Haligi muallim oʻzicha “Navoiy mening gapimga «Ha”, deb qoʻydi-yu, shuncha odam ichida mening muammoim uning esida qolarmidi», deb oʻyladi. U oʻz maskaniga borib, mana shu fikrda uyqusi qochib, mahzun boʻlgancha oʻyga tolib oʻtirgan
edi, birdan eshik taqillab qoldi. Qarasa, Navoiyning xizmatkorlaridan biri. hazrat Navoiy muallimni chaqirayotganini aytdi. Navoiy muallimga ajoyib bir shinam va koʻrkam hovlini tortiq qildi. U bunday shohona bino kimniki ekan, deb surishtirgan edi, hovli Alisher Navoiyga qarashli boʻlib chiqdi. Oʻsha vaqtda Astrobodda hokim boʻlib turgan buyuk shoir madrasada ilm tahsiliga putur yetganidan koʻra oʻz hovlisini boʻshatib berishni afzal koʻrgan ekan.

©️ “Navoiydan chu topqaylar navoye”

🌱 Telegram sahifamiz
🌱 Instagram sahifamiz

2 weeks, 2 days ago
2 weeks, 2 days ago

Manfur telegram kanallarida muqaddas Islom dinimiz erkni boʻgʻuvchi, odamlarni qoloqlikka chaqiruvchi, ayollarga zulm qiluvchi din sifatida targʻib qilinadi. Ulardagi asosiy xabarlar mazmuni dinimizga nisbatan nafrat qoʻzgʻatish, imom-domlalaru ilm ahliga boʻhtonlar yogʻdirish, taʼna-malomatlar qilishdan boshqa narsa emas. Ayniqsa, imomlarning qaysidir mavzudagi maʼruzasidan bir parcha kesib olib, umuman boshqa mazmunda talqin qilish odat tusiga kirgan. Mazkur tarmoqlarning asosiy maqsadi musulmonlarni dinidan bezdirish, ular orasida fitna va shubhalar tarqatish, xalqni parokanda qilib, dindan chiqarishga qaratilgan.

©Bobur Muhammad.
"Hidoyat" jurnalidan.

🌱 Telegram sahifamiz
🌱 Instagram sahifamiz

3 weeks, 1 day ago

Hayotiy formula! 1. Birinchi kerak bo'ladigan narsalar VAQT va PUL Bundan kelib chiqadiki: XOTIN = VAQT × PUL 2. Ma'lumki, VAQT bu PUL: VAQT = PUL. 3. Demak, XOTIN = PUL × PUL ya'ni => XOTIN = (PUL)² 4. Pul barcha muammolarning ildizi. Ya'ni => PUL =…

3 weeks, 1 day ago

Hayotiy formula!

  1. Birinchi kerak bo'ladigan narsalar VAQT va PUL
    Bundan kelib chiqadiki:
    XOTIN = VAQT × PUL

  2. Ma'lumki, VAQT bu PUL: VAQT = PUL.

  3. Demak, XOTIN = PUL × PUL
    ya'ni => XOTIN = (PUL)²

  4. Pul barcha muammolarning ildizi.
    Ya'ni => PUL = √(MUAMMOLAR)

  5. XOTIN = (√(MUAMMOLAR))² =>
    =>  XOTIN = MUAMMOLAR

😁😁😁

@aql_mexanizmi

3 weeks, 1 day ago

**Tiliga hokim bo‘lmagan insondan – do‘st, ko‘ziga hokim bo‘lmagan insondan – yor bo‘lmas.

Jaloliddin Rumiy**

@aql_mexanizmi

4 weeks, 1 day ago

Vaqtlari juda tig‘iz bo‘lgan yaqinlarimiz bor, ammo "Sen qachon desang, vaqt ajrataman" deydi. Yana bitta xabarimizga javob yozishga ham vaqt ajratmaydigan uzoqlarimiz bor. Haftalar soatlar kabi tez o‘tib ketayotgan hozirgi kunimizda kimgadir vaqt ajratish eng yuksak qadrlash bo‘lib qoldi-da. Shuning uchun yuqoridagi ikki toifani aslo unutmaymiz, inshaalloh.

Oyning o‘n beshi yorug‘ bo‘lsa, o‘n beshi qorong‘u. Alloh kunlarni odamlar orasida aylantirib turadi. Bugungi boy ertaga gado bo‘lishi hech gap emas. Shunday ekan, o‘zingizda bo‘lavering. Imkoningiz boricha samimiy bo‘ling, yaxshi muomala qiling. Falakning gardishi aylanib, hozirgi holatingizdan teskari holga kelib qolsangiz ham hozir munosabatda bo‘layotgan kishilaringizdan uyalib qolmaydigan holatda bo‘ling.

#Mulohaza

©Giyosiddin Yusuf

@aql_mexanizmi

4 weeks, 1 day ago
Har qilgan ishiga maqtanadigan kishilar aslida …

Har qilgan ishiga maqtanadigan kishilar aslida zaif, kuchsiz kishilardir! Ular uchun qilgan ishlari kattadek ko'rinadi. Shu yo'l bilan ular o'zlarining zaifliklarini yashirishga harakat qilishadi.
Haqiqiy kuchli kishilar esa, hecham maqtanmaydilar. Chunki ular bu qilgan ishlari maqtovga sazovvor deb bilmaydilar. "Agar yaxshiroq harakat qilsam, bundanda yaxshiroq qilgan bo'lar edim." deb, o'zlarini bosishadi.

@aql_mexanizmi

4 weeks, 1 day ago

Alloh saqlasin! Agar yadro🍄‍🟫 urushi bo'ladigan bo'lsa, shunaqa holat yuz beradi.

@aql_mexanizmi

4 weeks, 1 day ago
[#biroztabassum](?q=%23biroztabassum)

#biroztabassum

Kassaga o'zing xalol ishlab topgan pulingni(oylik maoshingni) so'rab borasan.
U yerdan esa "pul qolmadi!" degan gapni eshitasan. Demak sendan oldin shunday "aravalarda" sendan kattalar oyligini olib ketgan!

@aql_mexanizmi

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago