Javokhir Toshpulatov | Blog

Description
Hozirda @RahimovSchool maktabining Matematika fani o’qituvchisiman.

Avvalo o’zimga eslatmalarim.

? @javokhirtoshpulatov
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month, 2 weeks ago

Amallar olinadi

O’quvchilaringizni qanday ko’rishni istsangiz avvalo o’zingiz shunday ko’rining. Ko’rinayotganingizga esa loyiq bo’ling.

Hozirgacha uchta xususiy maktabda dars o’tdim. Undagi o’quvchilarda qanday kamchilik yoki yutuqlar ko’rsam huddi shularni o’sha o’quvchilarga dars o’tadigan ustozlarni o’zida ham ko’raman.

Tozaliksiz turolmaydigan ustoz, darsga kirdi. Yerga axlatlar tushib yotganda dars o’ta olmaydi. O’quvchilar terishini kutmaydi ham. Kuta olmaydi. Agar u befarq bo’lsa, o’quvchilar 2x befarq.

Ustozning o’zi darsga kech kiradi. O’quvchilaridan vaqtida kelishini talab qila olmaydi. Shunday ustozdan 3 ta bo’lishi, 4-intizomli ustozga ham ta’sir qiladi.

Ustozlardan 3 tasi qadriyatli. Shaxsiyati esa kuchli insonlar. Bu sinf o’quvchilari ham shunday yoki eng kamida shunday bo’lishga intilayotgan o’quvchilar bo’ladi.

O’quvchilardan mas’uliyat, intizom va farosat talab qilyapsiz. Vaqt o’tyapti ammo o’zgarish sezilmayapti. Unda o’zingiz va parallel darsga kiradigan hamkasblaringizga ham bir qarab qo’ying.

@javokhir_toshpulatov

1 month, 3 weeks ago

Noo’rin gaplar

Istalgan o‘rinli gap noo‘rin paytda aytilsa, u zararingizga ishlaydi. Bu tanbeh bo‘ladimi, nasihatmi yoki shunchaki hazil — farqi yo‘q.

Ko‘pincha, aqlning ishtirokisiz, faqat hissiyot bilan gapirilganda, bu uchalasining vaqti va o‘rni noto‘g‘ri tanlanadi.

O’quvchilarini kuldirish uchun hazl qilganda uni kuladigan joyi yo’qligi uchun ham kuladigan o’quvchilarni eshitganman.

Jahli chiqqanda bor ovozda tanbeh berib, 15 daqiqadan keyin hech nima ko’rmagandek kulib turish haligi tanbehga qo’shib salobatni ham yo’q qiladi.

Munosabat qurmasdan va aniq argumentlarsiz butun sinfga qilingan nasihat o’quvchilar tilida aytganda shunchaki leksiya bo’lib qolaveradi.

@javokhir_toshpulatov

1 month, 3 weeks ago

Tarbiyadagi yondashuv

12 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limining 57%iga ota-onalarning o’zlari sababchi bòlishadi(“Hissiy Intellekt” kitobidan).

Ota-onalar bilan suhbat jarayonida
ularning tarbiya berishdagi xato uslublari o’limlarning bosh omili ekanligi aniqlangan.

Bilmaslik ayb emas. Bilishga harakat qilmaslik ayb. O’rtacha 99,5% ota-onalar farzand tarbiyasiga oid birorta ham kitob o’qishmas ekan. Sonda 200 tadan 199 ta.

Bola 3 yoshgacha qizg’anchiq bo’lsa gendan o’tgan, undan keyin qizg’anchiq bo’lsa tarbiya natijasi. Har ikkisidayam ota-ona sababchi.

Qolgan muammolarida ham ilk javobgar o’zlari. Sabab vaqt ajratmaslik, eshitishni bilmaslik, muhitini to’g’ri tanlab bermaslik, islohni o’zidan boshlamaslik va h.k

Bog’cha, maktab va OTMlar ota-ona bermagan ta’limni va to’g’ri muhitni berishi mumkin. Fundamental tarbiyani berish esa ota-onaning o’ziga qolaveradi.

@javokhir_toshpulatov

1 month, 3 weeks ago

Zaiflarga ozor bergan zaiflar

6-sinfligimda yosh, erkak tarix ustoz kelgandi. Kichik xatolarimiz uchun bizni qulog’imiz tepasidagi sochimizdan tortib o’tirg’izib turg’izardi. Qizlarni oldida uyalardik.

Hammaga shunaqa deb o’ylardik. Keyin bilsak 9-sinflarga juda muloyim. O’zimiz 9-sinf bo’ldik. Aniq yaxshi tomonga o’zgarmagan edik lekin ustoz bizga ham muloyim bo’lib qolgandi.

Kollejga juda ko’p ustozlar 1-kursligimizda bizga yaxshi muomila qilishas edi. 3-kurslarga esa aksi. Biz ham 3-kurs bo’ldik va bizga ham yaxshi muomila qiladigan bo’lishdi.

Universitedga yangi kirganmiz. Ko’p ustozlar juda qattiqqo’ldek. Kichik xatoyimiz uchun ham ochisleniya eslatilardi. Vaqt o’tkandan keyin bildik, bu faqat endi kirganlarga ekan. Katta kurslar bilan esa o’rtoqdek.

Hozir eslaganimda hotiramda juda kam sonli hurmatga loyiq ustozlar bor ekan. Ularni boshqalaridan ajratgan sifati, biz zaifligimizda ham kuchliligimizda ham teng muomila qilgan.

Xulosa

  1. Insonlarning kuchi zaiflarga qilayotgan muomilasiga qarab emas, zaif bo’lmaganlarga qilayotgan muomilasiga qarab o’lchanadi.

  2. Zaiflarning zaifligidan foydalanib erishilgan hurmat, kuchlar tenglashib olgunicha tirik qoladi.

@javokhir_toshpulatov

1 month, 4 weeks ago

Xatolar muhokamasi

Yil yakunidagi darsimda ba’zi sinflarim bilan bir eksperiment o’tkazdik.(Avval izlandim, maqullangani uchun sinab ko’rdim)

Ya’ni, xohlovchilarni navbatma-navbat butun sinf o’zi sezgan yomon odatlarini yoki xarakteridagi salbiy kamchiliklarini aytish.

Shartlar: Ishtirokchilar hafa bo’lmasligi, hafa bo’lish ehtimoli borlarga buni qilmaslik. Aytilgan kamchiliklarni yozib olish va rostdan ham bor deb o’ylaganlarini o’zgartirish.

Faqat avval buning foydalari sinfga to’liq tushuntirib bera olinsa ishtirokchilar yana ham ko’payadi.

O’zimdan boshladik. O’quvchilarim 6-7 ta xato va kamchiliklarimni aytishdi. Orasida o’zim sezib yurganlarim ham bor. Undan tashqari o’ylab ham ko’rmaganlarim ammo o’zgartirishga arziydiganlari ham bor ekan.

Qolganlari esa ularning foydalari uchun ekanligi va hozircha muqobili yo’q bo’lganligi uchun o’zgartish imkonsiz ekanligini tushuntirdim.

Keyin o’quvchilarni navbati keldi. Sinfdoshlari berayotgan fikrlarni eshituvchiga aniqroq tushuntirib turdim. Orasida o’zim ham aytdim. Qizig’i kamchiliklarini eshitgan hech kim hafa bo’lmadi.

O’zinikiga qiziquvchilar deyarli butun sinf bo’ldi. Bu yaxshi. Eshitishga roziligi o’zgarishga moyilligi borligini bildiradi.

O’z kamchiliklarini hamma tasdiqladi. O’zgarishi kerakligini aytdi. Maslahatlar so’rashdi. Ajoyib! Endi amal qilishsa bas.

Shunda o’ylab qoldim: “Biz kamchiliklarimizni eshita olmaydigan emas, kamchiliklarni aytish yo’llarini bilmaydigan odamlar ekanmiz”mi deb.

Foydalari:

  1. Sinf ahillashadi. Umumiy xatolar to’g’irlansa munosabatlar mustahkamlanadi.

  2. Ortdan gapirish odati kamayib yuzma-yuz gaplasha olish harakteri shakllanadi

  3. Ko’pchilikning qo’lida kelmaydigan muhim hislat: xatolarni tan olish ko’nikmasi shakllanadi.

  4. Xatolarizni to’g’irlaganingiz sari faningiz o’rganuvchilar soni oshib boraveradi. To’g’irlash eshitishdan boshlanadi.

  5. Ortingizdan qilingan o’rinli tanqid sizni obro’sizlantirsa, o’zingizga aytilganlari sizni o’stiradi. Tanlayvering.

@javokhir_toshpulatov

2 months ago

Gapning mas’uliyatini his qilganlar, amalning ham mas’uliyatini his qiladi. Yoki aksi.

“Istagan paytiz yordamga tayyorman” deganlarning yordam berishni istaydigan paytini topish qiyin.

Insonlarning amallari bilan o’zi haqidagi davolari tengligini faqat manfa’atlar to’qnashadigan raqobat ko’rsatadi.

Ungacha ular haqida yaxshi gumonda bo’lavering lekin to’liq xulosa qilmang.

O’zlari haqida so’ramagan savollarimga javob beradigan insonlar meni o’zlaridan itarishadi. Ayniqsa faqat pilus tomonlar gapirilsa.Fazilatlar gapirishga muhtoj emas. Ular berkitib bo’lmaydigan darajada ko’rinish kuchiga ega.

Xulosa

Aniq bajariladigan ishlarga va’da, ishontirish uchun qasam yaxshi ta’surot uchun esa amallarni habada qilish shart emas.

@javokhir_toshpulatov

2 months, 1 week ago

2 ta turdagi shogirt bilan natija qilish qiyin.

Shoshqaloq va maksimalga intilmaydigan.

Ko’p biladi. Bilganidan maksimal foydalana olmaydi. Ba’zida shoshganidan, ba’zida esa o’rtachaga rozi bo’lganidan.

Shu kamchilikni to’g’irlash qiyin. Bu xarakter.

Qiyin savollarda adashadigan o’quvchilarimdan jahlim chiqmaydi. Ular odatda bilmaganidan xato qiladi.

Bilmasa o’rgatish mumkin. Bilmaslik xarakter emas.

Bilmaganini o’rgatishga kun hafta oylar yetsa, xarakterni to’g’irlashga yillar ketadi. Natija esa kafolatsiz.

Yaxshi biladi, qiyinini to’g’ri qiladi lekin oddiysiga yuzaki yondashadi. Natija esa baribir natijasizlik bilan tugaydi.

0.1 ball yetmasdan yillab kontrakt to’layotganlaru, 0.1 ball sabab o’qishdan yiqilganlar bunga isbot.

G’oliblarni oxirigacha kurashish-u maksimal natijaga intilish xarakteri g’olib qiladi.

@javokhir_toshpulatov

2 months, 1 week ago

O’rgatish uslubi o’zgardi

Qachonlardir qo’rqitish, urushish, hammani oldida uyaltirish o’rgatishning samarali usullaridan biri bo’lgan.

Bu usul ba’zi ustozlar uchun oxirgi chora bo’lsa boshqalari uchun birinchisi edi.

Matematika o’rgatish uchun avvalgi rodikal usullarning deyarli hech biri hozir ishlamaydi. Qolgan fanlarni bilmadim.

ChatGPT 95% misollarni xatosiz, yechib beryapti.

YouTubeda 1-11 sinf kitobining barcha misollar yechimi joylangan.

Abituriyentlar foydalanadigan to’plamning barcha misollarining yechimi joylangan kanallar bor.

Matematika o’rgangan deyarli barcha odam ba’zi misollarni kunlab o’ylab yurgan paytlari bo’lgan.

Oldin ko’chirish uchun kamida iltimos qilingan bo’lsa hozir shu qiyinchlikka ham ehtiyoj qolmagan zamondamiz.

Ustozdan havf sezgan o’quvchi albatta qilib keladi. Lekin yechimlarning manbasi o’zi bo’lmaslik ehtimoli yuqori.

Qolganlar oldidagi obro’si, nafsiga yoqmaydigan qiynoqlar va sabr bilan o’rganish azobidan qochish uchun shunchaki o’rganmasdan vazifa qilib kelish usuli osonroq.

O’quvchilarning aksariyati, kelajakda matematikadan bilimli bo’lishdan ko’ra, ertaga ustozidan keladigan hafdan talofatsiz chiqishni o’ylaydigan aqlda bo’ladi.

Ayniqsa matematika bilmasdan ham o’qishga kirish imkoniyati ko’p bo’lgan davrda.

“Eng zo’r ustoz qattiq qo’l ustoz” degan tushunchani hozir ham eshitib qolaman.

Qattiqqo’llik prinsiplariga sodiqligi ma’nosadi kelsa yaxshi. Rodikallik nazarda tutilgan bo’lsa o’ylab ko’rish kerak.

O’rgatishni, shunga loyiq bo’lishdan boshlanadi. Loyiq bo’lishning o’lchovi hozir faqat fanning o’zini zo’r bilishda emas..

@javokhir_toshpulatov

2 months, 2 weeks ago

O’qituvchi ijodkor.

Ijod majburdan qilinmaydi. Majburdan qilingani esa san’at darajasidagi ijod bo’lmaydi.

Darslarimdan o’zim zavq olganimda o’quvchilarim ham zavqlanganini sezaman. Dars tugaganini sezmay ham qolamiz.

Darslarimni majburlikdan o’tkanimda zerikishdan yumilayotgan ko’zlar, uyqusirashdan ochilayotgan og’izlar va sekin o’tayotgan vaqtni ko’raman.

Kasallarni og’riqsiz davolash imkonsiz. Bitta yo’li vaqtinchalik og’riq qoldiradigan dori. Ichasan tuzalgandek bo’lasan. Lekin bu vaqtincha va ahvoling battarlashish ehtimoli yuqori.

Ilm talabida ekansan, og’riqlar bo’lishi tabiiy.

Bir fan o’rganmoqchisan demak shu fanni bilmasliging bu seni hozirgi kasaling. Qutulmoqchimisan demak davolanish shart.

Doimiy davo sendan og’riq talab qiladi. Senda ikkita yo’l bor. Vaqtinchalik og’riqqa chidab bu fanni bilmaslikdagi kasalingdan qutulasan yoki doimiy shu ilmsizlik kasali bilan yashaysan.

Uchinchi yo’l ham bor. Biroz og’riqqa jiday olmaganing uchun sen uchun doimiy davo istab kurashayotgan ustozingni ijodkorligini, majburiyatga aylantirish.

Bu senga doimiy davo emas, vaqtinchalik og’riq qoldiradigan tabletka bo’ladi.

Ustozlaring senga beradiganining sifati loyiq bo’lganingga to’g’ri proporsional bo’ladi.

@javokhir_toshpulatov

4 months, 2 weeks ago

O’rganish oson amali qiyin.

Bir paytlar insonlar amal qilish uchun ilm izlab bir shahardan boshqa shaharlarga borishgan.

Olingan ilm mashaqqati sababidan u qadrli bo’lgan. Amaliga jiddiy qarashgan.

Hozir hammasi boshqacha. Ilm ko’p. Eshitamiz, ta’sirlanamiz. Huddi o’rgangandek bo’lamiz.

Kitobdan bo’lsa ustini bo’yab qo’yamiz, telefonda bo’lsa saqlab qo’yamiz.

Kerak bo’lganda esa yodimizga kelmaydi, kelsa ham qo’llamaymiz, qo’llay olmaymiz. Qo’llashni istamaymiz.

O’rganavering. Variantlar kombinatsiyasi ko’payaversin. Bu yaxshi. Shunga buyurilganmiz ham.

Lekin ilm olinsa-yu, olingan ilm amalsiz qolaversa bebaho ne’matimiz Iymonimizga salbiy ta’siri borligini o’qiganman.

Amalsiz qolgan ilmlarim bilan ovvora bo’layotganim uchun ko’p yoza olmayapman, uzr.

@javokhir_toshpulatov

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago