Muzaffar Murodov | blog

Description
4 yillik tajribaga ega marketolog
Marketing direktor: Shohsaroy Uylari
Olqish, rahmat, tasanno uchun: @Muzaffarms

Instagram: instagram.com/muzaffarmurodovs
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month ago
1 month ago

Keyslarni tahlil qilib berish ko‘pchilikka qiziq ekan.

Keyingi postda qanday qilib 340$ bilan 9 ta xonadon sotganimiz haqida aytib bermoqchiman.

Ushbu mavzu qiziq bo‘lsa ⚡️ bosing!

@muzaffarmurodov_blog

1 month, 1 week ago

Ikkita loyiha, ikki xil natija: Muammo qayerda?

Men bir vaqtning o‘zida ikkita loyiha bilan ishladim, ikkalasi ham bir xil mahsulot sotadi.

Dekabr oyida 4.000 mingtadan lead jalb qildik. Natijada: birinchi loyihada 19 ta, ikkinchi loyihada esa 4 ta sotuv bo‘ldi.

Sababini qidirdik, leadlarni solishtirdik, offer, auditoriya, target sozlamalarini qayta ko‘rib chiqdik.

Sababini topdik, sotuv bo‘lmagani sababi call center xodimlariga "noto‘g‘ri qo‘yilgan KPI tizimida" ekan.

Call center xodimlariga KPI, bonus xar bitta sotuvdan bo‘ladi deb qo‘yilgan ekan, Ma’lumot o‘rnida 40.000$ lik mahsulot sotilyapti.

Katta chekli mahsulot sotilayotgan paytda judayam noziklik bilan ishlash kerak, call center xodimlarining ishi sotish emas, mijozlarga birlamchi ma’lumotni berib ofisga chaqirib sotuvchi xodimlariga bog‘lab berish hisoblanadi.

Nega ofisga chaqirish kerak? Katta chekli mahsulotlar – emotsiya orqali: ko‘rish, ushlab ko‘rish, his qilganidan keyingina qaror qabul qilinish orqali sotiladi.

Sizda ham natija kam bo‘layotgan bo‘lsa, sotuv bo‘limini tahlil qilib chiqing, CRM orqali voronkalarni tekshiring, mijozlar bilan gaplashilgan audio zapislarni eshitib chiqing — katta ehtimol bilan tog‘oraning teshigi shu bo‘limdan chiqadi.

Bu postni foydali deb bilsangiz, soha mutaxassislariga yuboring.

@muzaffarmurodov_blog

3 months ago

CustDev savollar qo'llanmasi tayyor!

Ushbu qo'llanmadan foydalangan xolda mijozlaringiz bilan tadqiqot olib borishingiz mumkin.

Bu qo'llanmani tayyorlashga qimmatli vaqtim ketdi. Sizlardan faqatgina qo'llab-quvvatlab turishingizni so'rayman.

?Bundan ham zo'r go'shtli infolar hali oldinda...

@muzaffarmurodov_blog

3 months, 1 week ago
3 months, 1 week ago
3 months, 1 week ago
3 months, 2 weeks ago

Marketing sohasiga oid top 3 kitob

Marketing siz uchun emas - Agar siz doimiy o‘rganishdan uzoq bo‘lsangiz, O‘z ustingizda ishlamasangiz, Sohaga oid kitoblarni o‘qimasangiz.

Ishoning, bu kitoblar siz xarid qilgan kurslardan ming marta yaxshiroq, aniq ayta olaman, kitob ichidagi ma’lumotlarni siz o‘qigan kurslaringizda sizga o‘rgatishgan)

2025 - yilda o‘z sohangizda top bo‘lishni istasangiz ushbu kitoblarni tavsiya qilaman, Albatta o‘qing!

1. Bir varaqli marketing reja - Aniq rejalar bilan ishlash, Yangi mijozlar topish, Mavjud mijozlarni ushlab qolish, Boshqalardan ajralib turish, Marketing strategiya - kabi aniq bilimlarga ega bo‘lasiz.

2. Buni marketing deydilar - Marketingni sodda va oson tilda tushunish, To‘g‘ri auditoriyani aniqlash, Kimga nimaga sotish, va haqiqiy marketing qanday bo‘lish kerakligi - haqida bilib olasiz.

3. Sarafan marketing - Og‘zaki reklamaning qudrati, Kompaniyalar qanday qilib boshqalarni o‘zlari haqida gapirtirish - kabi mavzular mavjud.

*?"Bir varaqli marketing reja"* kitobini hadya qilmoqchiman, aynan sizga va nega bu kitob kerakligi haqida menga yozing!

@muzaffarmurodov_blog

3 months, 2 weeks ago

?Qo'llanma tayyor!

Marketing strategiyasini to‘g‘ri ketma-ketlikda bajarish uchun qo‘llanma, foydalaning.

Shunaqa foydali mavzularda to‘liqroq post, qo‘llanma chiqarish uchun "?" reaksiya bosib qo‘llab quvvatlashni unutmang!

@muzaffarmurodov_blog

3 months, 2 weeks ago

Ok kelishdik, Marketing strategiya tuzib keling!

Ko‘pchilikni dovdiratib qo‘yadigan mavzulardan biri bu, Marketing strategiya.

Yangi loyiha oldingiz va biznes egasi sizga ok, marketing strategiyasini tuzib keling, keyin ko‘rib chiqib ishni boshlaymiz dedi - ko‘p mutaxassislar shu joyida nima qilishni bilmay qolishadi.

Aynan yangi loyiha olganda ishni nimadan boshlash va marketing strategiya tuzishni ketma-ketlikda o‘rgatmoqchiman.

Siz ham marketing strategiya qanday tayyorlanishini qidirib yurgan bo‘lsangiz "?" reaksiya bosing va men uni sizlarga ulashaman.

@muzaffarmurodov_blog

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago