Akramjon Yuldashev | Rasmiy kanal

Description
Andijon davlat universiteti rektori, biologiya fanlari doktori, professor Akramjon Yuldashevning rasmiy kanali

Murojaat uchun: @anddu_rektori_bot

Facebook: www.fb.com/AkramjonSultanmuradovich
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

6 months ago
[***#tabrik***](?q=%23tabrik) **Qadrli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar!**

#tabrik Qadrli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar!

Sizni va siz orqali barcha oila a'zolaringizni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni qalblarimiz quvonchga, ezgu niyatlarga to‘lgan ushbu saodatli va munavvar damlarda muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Avvalo, bayramni tinch va osuda muhitda, oilamiz, el-yurtimiz bilan hamjihatlikda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Ushbu ulug' ayyomda xonadoningizdan sog'lik-salomatlik, fayz-u baraka, oilaviy baxt, yuzingizdan tabassum, qalbingizdan mehr-muhabbat va yaxshiliklar hech qachon arimasin. Barchangizni o'qish va ishlaringizga rivoj, faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman.

Muborak Ramazon hayiti barchamizga muborak boʻlsin!

Andijon davlat universiteti rektori, professor Yuldashev Akramjon SultanmuradovichFacebook | Telegram

7 months ago

#Tabrik

*?Muhtarama ayollar! Munis opa-singillar! Dilbar qizlarim* !

Shu qutlug‘ ayyom – 8-mart bayrami bilan sizlarni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini, muhtarama onaxonlarimiz, qadrli opa-singillarimiz, go‘zal qizlarimizni chin qalbimdan muborakbod etaman.

Ayol borki – olam munavvar. Siz ayollar nafosat va nazokatingiz, vafo va sadoqatingiz, go’zallik va fidoyiligingiz bilan yer yuzini nurafshon etib turasiz.

Ayolni e’zozlash, ayolga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Biz, barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz.

Sizlarga dunyodagi eng bebaho boylik – oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, farzandlar va nabiralar kamolini ko‘rib yurish quvonchi hamisha yor bo‘lishini tilayman. Qalbingiz doimo bahordek yashnab tursin!

?Bayramingiz muborak bo'lsin!
Yuldashev Akramjon SultanmuradovichAndijon davlat universiteti rektori, professor

Facebook | Telegram

[***#Tabrik***](?q=%23Tabrik)
7 months, 4 weeks ago
8 months, 2 weeks ago
8 months, 4 weeks ago
[***#tabrik***](?q=%23tabrik)

#tabrik

Assalomu alaykum, qadrli professor-o'qituvchilar, universitetimizning mard va jasur o'g'lonlari!

Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida erishayotgan barcha yutuq va marralarimizda Qurolli Kuchlarimiz va ularning saflarida o‘z vazifasini sidqidildan ado etayotgan minglab harbiylarimizning munosib hissasi bor desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Yurtimiz himoyachilari, bo'lajak yurt posbonlari, Vatanimiz kelajagi bo'lgan yoshlarga ilm berishdek sharafli kasbda faoliyat olib borayotgan aziz ustozlar, buyuk maqsadlar yo'lida barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan muvaffaqiyatlar va bardavom zafarlar tilab qolaman!

Bayramingiz muborak bo'lsin!
Yuldashev Akramjon SultanmuradovichAndijon davlat universiteti rektori, professorFacebook | Telegram

9 months, 1 week ago

???

Qadrli yurtdoshlar, ustoz va murabbiylar, aziz talabalarim!

Sizlarni va siz orqali oila aʼzolaringizni kirib kelayotgan yangi – 2024-yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Har gal yangi yilni kutib olar ekanmiz, beixtiyor vaqtning azim daryodek shiddat bilan oʻtishiga yana bir bor guvoh boʻlamiz, hayotimizning yangi bir dovoniga qadam qoʻyishni boshlaymiz. Shuni qayd etish kerakki, bu yil Andijon davlat universiteti uchun esda qolarli yil boʻldi desam adashmagan bo’laman.

Xususan, 2023-yilda professor-o'qituvchilarimizdan 6 nafari fan doktori (DSc), 35 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini, 31 nafari dotsent va 11 nafari esa professorlik ilmiy unvonlarini oldilar. Times Higher Education agentligining World University Rankings reytingida universitetimiz ilk marotaba kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi.

Sport sohasida qilingan ishlar va qoʻlga kiritilgan yutuqlar ham oʻziga xos salmoqqa ega. Yana bir faxr bilan tilga oladigan jihat, 2023-yilda 16 nafar talabalarimiz Prezident, Navoiy va boshqa nomdor stipendiyalarining sohib, sohibalariga aylanishdi.

Shuningdek, talaba-yoshlarimizning eng yaxshi va zamonaviy sharoitlarda yashashlari uchun 600 oʻringa moʻljallangan 5-sonli, 400 oʻringa moʻljallangan DXSH asosida barpo etilgan talabalar turar joylari foydalanishga topshirildi, moddiy texnik bazamiz yanada mustahkamlandi.

Xalqaro hamkorlik doirasida ham ko'plab nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan memorandumlar imzolandi. Bu kabi shartnomalar istiqbolda, albatta, siz-u bizga yangi tadqiqotlar olib borishda, tajriba almashishda manfaatli hamkorlik bo'lib xizmat qiladi.

Bir soʻz bilan aytganda, tugallanib borayotgan yilimiz universitetimiz tarixida yorqin iz qoldirdi. Shu bois, eski yilimizni shukronalik bilan kuzatmoqdamiz.

Yangi 2024-yil sizga, oilangizga omad va quvonch olib kelsin! Yilning har kunida baxt, muvaffaqiyat va farovonlik hamrohingiz bo‘lishini tilayman!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Yana bir bor Yangi yilingiz muborak bo‘lsin azizlar!

Facebook | Telegram

***?******?******?***
10 months ago
***?******?******?***

???

?Andijon davlat universiteti rektorining bayram tabrigi?

Hurmatli universitetimiz jamoasi, sizlarni, sizlar orqali oila a’zolaringizni, butun xalqimizni bugungi kun – O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Bosh qomusimiz bo'lgan Konstitutsiya, bu o'tmishimiz, bugunimiz va ertamizning kafolati, himoyachisidir. Davlatimizning bosh qomusida tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar O'zbekiston fuqarosi bo'lgan har bir shaxsning huquq va manfaatlari himoya qilinadi.

Qonunan belgilangan haq-huquqimiz va burchlarimizni unutmagan holda mana shu zamin, muqaddas tuproq uchun o'z sohamizning yetuk mutaxassisi bo'lmog'imiz va elimiz, yurtimiz koriga yaramog'imiz darkor.

Aziz farzandlarim, siz-u bizdan, pedagog xodimlardan yurtning va yurtboshimizning umidlari katta. Shunday ekan, yurtning ertasi sizning, yosh avlodning qo'lida. Yuksak maqsad, bilim va tajribalar orqali kelajak sari olg'a qadam tashlang. Yurtimiz istiqboliga o'z hissangizni qo'shing!

?Konstitutsiyamizning 31 yillik bayrami barchamizga muborak bo'lsin!

Facebook | Telegram

10 months, 1 week ago
Akramjon Yuldashev | Rasmiy kanal
10 months, 1 week ago
Akramjon Yuldashev | Rasmiy kanal
10 months, 1 week ago
Akramjon Yuldashev | Rasmiy kanal
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago