Yetakchi |Blog

Description
Yoshlar uchun imkoniyatlar, loyihalar, grantlar, tanlovlar, turli tadbirlar va o‘quv kurslari haqida tez va qulay ma’lumot oling.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

9 months, 4 weeks ago

❗️Vanihoyat pedagoglar uzoq kutayotgan qonun imzolandi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-fevral kuni “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.
Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.

Jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;

pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.

??@YetakchiBlog – obuna bo’ling!

10 months ago

?? Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun 50 ming bo‘sh ish o‘rni!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlikda Germaniyada quyidagi soha va kasblarda bo‘sh o‘rinlari uchun fuqarolarni taklif etadi!

− hamshira;
− yuk avtomobili haydovchisi;
− yuk va qishloq xo‘jaligi avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish;
− mehmonxona;
− restoran;
− turizm;
− hunarmandchilik;
− mexatronika;
− qurilish va boshqa sohalar.

? Oylik maoshi:

Ausbildung asosida ishga jalb qilish - 1000 yevrodan
− to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga jalb qilish - 2000 yevrodan boshlanadi.

? Ro‘yxatdan o‘tish

Germaniyada ushbu sohalarda ishlash istagidagi nomzodlar uchun respublika hududlarida nemis tili kurslarini tashkil etish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan barcha o‘quv markazlari hamkorlikka chaqiriladi!

☎️ Batafsil maʼlumot uchun: +998 71 202 33 55, 71 200 00 61.

*?*** Axborot kanallarimizni kuzatib boring

??@YetakchiBlog – obuna bo’ling!

10 months ago
10 months, 4 weeks ago
***⚡️*****2024 yil 1-yanvardan boshlab bir qator …

⚡️2024 yil 1-yanvardan boshlab bir qator ijtimoiy to‘lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazildi:

Yoshga oid nafaqa;
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakiliga nafaqa;
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoshdan katta);
1 va 2-guruh nogironlari uchun nafaqa;
Kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi;
Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“Suyunchi puli”);
Dafn qilish uchun nafaqa (“Dafn puli”) .

Bunda ijtimoiy to‘lovlar uchun ariza berish, ularni ko‘rib chiqish, tayinlash va to‘lashning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

Mazkur ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq barcha murojaatlarni tuman yoki shaharlardagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari qabul qiladi.

?Batafsil: https://t.me/+uK9n-c-fmTozZjEy

??@YetakchiBlog – obuna bo’ling!

10 months, 4 weeks ago
Prezident farmoniga ko‘ra, **Xudayarov Asilbek Anvarovich** …

Prezident farmoniga ko‘ra, Xudayarov Asilbek Anvarovich Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bunga qadar u Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari edi.

Sobiq sog’liqni saqlash vaziri Amrullo Inoyatov boshqa lavozimga tayinlanishi kutilmoqda.

??@YetakchiBlog – obuna bo’ling!

10 months, 4 weeks ago

Hurmatli maktab bitiruvchisi ?
Bilaman hali kelajakdagi maqsad va rejalar haqida biror bir aniq qarorga kelmagansiz. Universitetda o'qisammikan yoki biroz tanaffus olib o'z ustimda ishlasammikan degan o'y hayollar tark etgani yo'q. O'zimda ham huddi shunga o'xshash holatlar yuz bergan. Quyida shaxsiy tavsiyalar bermoqchiman:

Ingliz tilini o'rganing. Sababi bu til xalqaro aloqalar uchun eng ko'p ishlatiladigan tilga aylanib ulgurgan. Va shu o'rinda internetdagi ko'pchilik ma'lumotlarni bemalol topish mumkin.

Hayotda o'zi nima qilmoqchiman degan savolga biroz vaqt sarflab javob topishga harakat qilib ko'ring. O'qishni bitira solib hayotdagi karyerangiz haqida qaror qilishga shoshilmang. Qiziqishlaringiz nima ekanligi va nimada kuchliroq ekanligingizni aniqlab oling. Uydagilar meditsinada o'qi deyishyapti, lekin o'zim texnologiyaga qiziqaman yoki teskari holatlarni ko'p ko'rganman.

Biror narsada qaror qabul qilishda yaqinlardan va shu sohada ishlaydigan tajribali shaxslardan yordam so'rashdan qo'rqmang. O'sha muvafaqqiyatli insonlar ham bir vaqtlar sizning o'rningizda bo'lishgan.

O'zingiz uchun maqsadlar qo'ying va bu maqsadlar real hayotga asoslangan, erishsa bo'ladigan va aniq bo'lsin. Maqsad universitetga kirish bo'lmasin. Universitetda o'qish va bilim olish bu sizni kelajakdagi maqsadingizga yetaklovchi bir omildir.

To'xtab qolmang. O'rganishda davom eting. Murakkab va qiyin tuyulgan bilimlar sekin asta tushunarli bo'lib boradi. Ilm olish(hoh diniy bo'lsin hoh dunyoviy) uchun o'zingizga yaxshi sharoit yaratib oling.

Atrofingizdagi manbalardan to'liqligicha foydalanishni odat qiling. Yaxshi odatlarni shakllantiring.

Har doim qiziquvchan bo'ling va savol so'rashdan uyalmang. Eng ahmoqona savol bu so'ralmagan savol degan edi bir professorimiz.

Sog'likga e'tiborli bo'ling. Sog'lom ovqatlaning. Sport bilan shug'ullaning.

Maktab bitiruvchilariga jo'natamiz ?

??@YetakchiBlog – obuna bo’ling!

Hurmatli maktab bitiruvchisi ***?***
10 months, 4 weeks ago
Yetakchi |Blog
10 months, 4 weeks ago
Yetakchi |Blog
10 months, 4 weeks ago
Yetakchi |Blog
10 months, 4 weeks ago
Yetakchi |Blog
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago