Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
OLTINGA TENG MASLAHATLAR!
To‘rt narsa mehrni paydo qiladi:
1. Sevgi to‘la kulgi.
2. Yaxshilik qilish.
3. Samimiylik.
4. Ko‘maklashish.
To‘rt narsa toʻrt narsa tufayli qo‘ldan ketadi:
1. Rizq - noshukurlik sabab.
2. Quvvat - hasad tufayli.
3. Fursat - qadriga yetilmaganda.
4. Obro‘ - manmanlik orqali.
To‘rt narsa sog‘lom fikrlash belgisi sanaladi:
1. Ertani ko‘ra olish.
2. Sir saqlashni bilish.
3. Oxirigacha kurashish.
4. Maslahatlashib ish ko‘rish.
To‘rt narsa sizni to‘rt ne’matga yetkazadi:
1. Sabr - orzularga.
2. Gʻayrat - omadga.
3. Ibodat - taqvoga.
4. Qanoat - muhtojlik ko‘rmaslikka.
Allohim, haromdan haloling bilan meni kifoyalantirgin va fazl-u karaming bilan boshqalarga muxtoj qilmagin.
(c) Ahmad_Abdulvahed
Musulmonchilik faqat masjidda yoki joynamoz ustida emas, kunlik hayotimizda, muomala qiladigan odamlarga ko'rsatadigan hurmatimizda, ishchi va ish beruvchi munosabatlarimizda, oldi-sotdi kelishuvlarimizda, mehnat shartnomalarimizda, beradigan va'dalarimizda, oladigan omonatlarimizda va yelkamizga yuklatilgan vazifalarga bo'lgan mas'uliyatimizda, qo'yingki, hayotimizning har bir jabhasida aks topishi kerak edi.
Zotan, umrimizning joynamoz yoki masjiddan tashqaridagi qismi ancha salmoqliroq bo'lishiga qaramay, aynan ana shu salmoqli qismidan musulmonchilikning asarini topish amri mahol bo'lib qoldi. Masjidlarga kirganimizda esa bizdan esli-xushliroq musulmonni uchratmaysiz. Hatto hayron qolasiz odob-axloqning go'zalligidan. Shu bo'lsa kerak haqiqiy musulmon, deysiz. Ko'chaga chiqqach, yana hayron qolasiz. Endi teskarisini ko'rib hayron bo'lasiz:
- Asabiy va bir-birini zinhor hurmat qilmaydigan haydovchilarni ko'rib bir hayron,
- aldab sotadigan sotuvchini ko'rib ikki hayron,
- haqqingizni uyalmay yeydigan ishchini ko'rib uch hayron,
- ahdiga vafo qilmaydigan yoki qo'l ostidagilarga zulm qiladigan ish beruvchini ko'rib to'rt hayron,
- ozor beradigan qo'shnilarni ko'rib besh hayron,
- qarz olib otib ketadigan, omonat olib xiyonat qiladigan, yoshni yosh, qarini qari demaydigan, birovning mehnatini qadrlamaydigan, uzoq-yaqinlarining qalbiga uyalmay ozor beradigan, yon-atrofga tinmay zarar keltiradigan buzg'unchilarni ko'rib hayronlar qolishda davom etasiz.
Kimmiz? Nimamiz? Boshimiz qayerda-yu oxirimiz qanday?
Men, siz, biz, hammamiz bir dam to'xtab, biroz yolg'iz va sokin qolib tafakkur qilib ko'rmasak, o'zimizga, ust-boshimizga, yurish-turishimizga boshidan bir nazar solib olmasak bo'lmaydigan bir holatdamiz.
📌 @javharuz 📌
Boylik haqida bilishimiz kerak bo'lgan Qur'on oyatlari...
Boylik sinov ekanligi haqida: "Albatta, mol-mulklaringiz va farzandlaringiz sinovdan boshqa narsa emas. Va Allohning huzurida ulug' ajr bor"
Solih amallar boylikdan ustun ekaniligi haqida: "Mol-mulk, bola-chaqa hayoti dunyo ziynatidir. Boqiy qolguvchi solih amallar Robbing huzurida savob va umid jihatidan yaxshiroqdir"
Boylikni faqat halol yo'l bilan topish kerakligi haqida: "Ey, iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan yemang. Magar o'zaro rozilik ila tijorat bo'lsa, mayli"
Boylikni Alloh yo'lida sarflash - haqiqiy farovonlik manbai ekanligi haqida: "Mollarini Allohning yo'lida sarflaydiganlarning misoli xuddi bir dona donga o'xshaydir. Undan yetti boshoq o'sib chiqadir, har bir boshoqda yuztadan don bor. Va Alloh kimga xohlasa, yana ko'paytirib beradir"
Boylik bilan band bo'lib, Allohning zikrini unutmaslik kerakligi haqida: "Ey, iymon keltirganlar! Mollaringiz va bolalaringiz sizni Allohning zikridan chalg'itmasin. Kim shunday qilsa, bas, ana o'shalar yutqazganlardir"
PS: Pul haqida gap ketganda!
Juma muborak!
Қори ўқувчилар ҳақида
Лойиқ бўлмасамда 10 дан ортиқ қори болаларга дарс беришга Аллоҳ мени муваффақ қилган.
Бошқа ўқувчиларга солиштирган ҳолда уларда қуйидаги ўзгача хислатларни кўрганман:
Диққат. Қориларда чалғиб кетиш, диққатини бир жойда ушлолмаслик муаммосини деярли кўрмаганман.
Ҳурмат. Қуръонни ёд олган қорилар — устозни шу даражада ҳурмат қиладики, ўзингизни катта уламо каби ҳис қиласиз.
Зеҳн. Аксариятининг қабул қилиш даражаси ўта юқори. Гапирган гапингизни дарров «шимиб» олади.
Диққати ва зеҳни кучлилигидан — ҳар қандай илмни тез муддатда ўрганиб олиши мумкин.
Камтарлик. Бошқа талабаларга нисбатан мағрурланишга лойиқроқ бўлсада, қорилар устозга ва илмга нисбатан хокисор бўлади.
Тетиклик. Қори ўқувчиларимда дарс вақтида — эснаш, уйқусираш ҳолатларига жуда кам гувоҳи бўлганман.
Эрталаблари ҳамма уйқуга тўймай «қийшайиб» юрганида, қорилар яхши кайфиятда бўлади.
Тил билиш. Кўп учратган қориларим — энг камида 3 та тил билиши билан мени лол қолдирган.
Замонавийлик. Қуръонни ёд олган ўқувчилар негадир ўзгаларга қараганда — дунёқараши кенг, замон билан ҳамнафасроқ.
Албатта, ожиз инсон камчиликсиз бўлмайди. Бу каминанинг шахсий солиштируви эди.
Хулосам
Қориларни замондан орқада қолган, қотиб қолган деб ҳисоблайдиганлар дамини олсин!
Sun’iy intellekt sizning ishingizni olib qo‘ymaydi, sun’iy intellektni ishlatishni biladiganlar sizning ishingizni olib qo‘yadi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago