Irfon eski kanal

Description
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

hace 2 meses, 2 semanas
hace 2 meses, 2 semanas
hace 2 meses, 2 semanas
hace 3 meses
[#premyera](?q=%23premyera)

#premyera

**•Hurmatli, obunachilarimiz!

•Alloh taoloning fazli bilan fors adabiyotining durdona asari boʻlgan Sa'diy Sheroziyning "Guliston" asarini ham joylab borishni boshlamoqchimiz.

•Birinchi dars bugun 20:00 da kanalimizga joylanadi.

? Alloh taolo joylanayotgan darslarni manfaatli aylasin!**@irfonuzb

hace 3 meses, 1 semana
hace 3 meses, 1 semana
hace 3 meses, 1 semana
[#الفوائد\_الفقهية](?q=%23%D8%A7%D9%84%D9%81%D9%88%D8%A7%D8%A6%D8%AF_%D8%A7%D9%84%D9%81%D9%82%D9%87%D9%8A%D8%A9)

#الفوائد_الفقهية

? فائدة

الحَسَن - إذا ذكر مطلقاً في كتب أصحابنا فالمراد به ابن زياد، تلميذ أبي حنيفة، وإذا ذكر مطلقاً في كتب التفسير فالمراد به الحسن البصري. كذا في غاية البيان في باب النفقات نقلاً عن شيخه برهان الدين الخريفعني.

? فائدة

المراد: بالإمام، والإمام الأعظم ؛ في كتب أصحابنا : هو صاحب المذهب أبو حنيفة، وهو المراد بقولهم : صاحب المذهب.

? والمراد بالصاحبين : أبو يوسف ومحمد.

? وبالشيخين : أبو حنيفة وأبو يوسف.

? وبالطرفين : محمد وأبو حنيفة.

? وبالإمام الثاني : أبو يوسف .

? وبالإمام الرباني: محمد

? ويقولهم : عند أئمتنا الثلاثة ؛ أبو حنيفة ومحمد وأبو يوسف.
? وبالأئمة الأربعة : أبو حنيفة ومالك والشافعي وأحمد أصحاب المذاهب المشهورة

?| عمدة الرعاية على شرح الوقاية لعبد الحي اللكنوي رحمه الله

@irfonnuz

hace 3 meses, 1 semana

#Maqola

IMOM MUSLIMNING FIQHIY MAZHABI

Anvar Shoh Kashmiriy rahmatullohi alayh Imom Muslim rahmatullohi alayh haqida quyidagilarni yozadi:
“Imom Muslim va Ibn Moja rahmatullohi alayhlarning mazhablari aniq emas”. “Imom Muslim rahmatullohi alayhning mazhabini tahqiqiy tarzda bilmayman”.
Shoh Valiyulloh Dehlaviy soʻzlariga koʻra, “Imom Muslim rahmatullohi alayh shofeʼiy mazhabidadir”. Ibn Abu Yaʼlo rahmatullohi alayh esa, Imom Muslim rahmatullohi alayhni oʻzining “Tabaqotul hanobila” asarida eslatgan. Baʼzilar esa, Imom Muslim rahmatullohi alayhni mujtahid va muqallid olimlar sarasiga kiritmay, u ahli hadis mazhabida boʻlgan, deyishgan. Ibrohim ibn Shayx Abdullatif Sindiy rahmatullohi alayh: “Imom Muslim Shofeʼiy mazhabiga nisbati berilgan mujtahiddir”, degan. Shuningdek, Ibn ul-Asir rahmatullohi alayh oʻzining “Jomeʼ ul-usul» asarida, Hofiz ibn Hajar rahmatullohi alayh “Taqrib” asarida Imom Muslim rahmatullohi alayhning mujtahidligiga ishora qilishgan.
Ibrohim Sindiy rahmatullohi alayh “Ithoful akobir”dan naql qilib: “Imom Muslim rahmatullohi alayh molikiy mazhabida boʻlgan”, deb yozgan.

IMOM ABU DOVUDNING FIQHIY MAZHABI

Imom Abu Dovud rahmatullohi alayh mashhur qavlga koʻra, fiqhda hanbaliy mazhabida boʻlgan. Ibn Abu Yaʼlo oʻzining “Tabaqotul hanobila” asarida Imom Abu Dovud rahmatullohi alayhni zikr qilib keltirgan. Ismoil Poshsho Bagʻdodiy rahmatullohi alayh “Hadiyatul orifin” asarida Imom Abu Dovud rahmatullohi alayhni fiqhda hanbaliy mazhabida boʻlgan, deb yozgan. Anvar Shoh Kashmiriy rahmatullohi alayh ham uni fiqhda hanbaliy mazhabida boʻlganini tasdiqlagan. Shayxul Hadis Muhammad Zakariyo rahmatullohi alayh ham ayni shu qarashni ixtiyor etgan. Tojiddin Subkiy rahmatullohi alayh esa, Abu Dovud rahmatullohi alayhni oʻzining “Tabaqotush shofeʼiya” asarida zikr qilgan. Shuningdek, Siddiq Hasanxon ham uning fiqhda shofeʼiyga mansubligini qayd etgan.
Boshqa qarashga koʻra, Imom Abu Dovud rahmatullohi alayh mutlaq mujtahiddir. Boshqa bir qavlga koʻra Abu Dovud rahmatullohi alayh Imom Ahmad va Isʼhoq rahmatullohi alayhlar mazhablariga nisbati berilgan mujtahiddir" deyiladi. Baʼzi mutaaxxir ulamolar: “Abu Dovud rahmatullohi alayh mutlaq mujtahid ham, muqallid ham emas. Balki, ahli hadis boʻlgan”, deyishgan.

Anvarshoh Kashmiriyning “Fayzul Boriy” kitobi va boshqa 
manbalar  asosida Hadis ilmi maktabi oʻqituvchisi Berdiyev Sanjar tayyorladi

@irfonnuz

hace 3 meses, 1 semana
[#Maqola](?q=%23Maqola)

#Maqola

IMOM TERMIZIY VA BUYUK MUHADDISLARNING FIQHIY MAZHABI

Anvar Shoh Kashmiriy rahmatullohi alayh Imom Termiziy rahmatullohi alayhni fiqhda Shofeʼiy boʻlgan, degan. Baʼzi olimlar esa, Imom Termiziy na mutlaq mujtahid, na muqallid boʻlgan, balki, ahli hadis mazhabida edi, deyishgan.
Shoh Valiyulloh rahmatullohi alayh Imom Termiziy rahmatullohi alayh haqida: “Imom Ahmad va Isʼhoq rahmatullohi alayh mazhablariga nisbati berilgan mujtahiddir”, degan.

•IMOM BUXORIYNING FIQHIY MAZHABI

Imom Buxoriy rahmatullohi alayhning fiqhiy mazhabi borasida besh xil fikr ulamolar orasida naql qilingan:

  1. Imom Buxoriyning fiqhiy mazhabi borasida bildirilgan fikrlarning eng afzali, u zot “mujtahidi mutlaq” boʻlgan, degan qarashdir. Chunki, u zot hech kimga taqlid qilmagan Mazkur fikr ustun hisoblanadi. Chunki, Imom Buxoriy rahmatullohi alayhning hamasr va zamondoshlari u zotning faqih va imomligini tan olganlar. Oʻsha zamonda bir kishini “faqih” yoki “imom”, deb aytishdan “mujtahid”, deyish koʻzlangan.
    Muhammad ibn Bashshor rahmatullohi alayh u zot haqida: “Faqihlar sayyidi”, “Bizning zamonamizda Alloh taolo xalqining eng faqihi”, degan soʻzlarni aytgan.
    Abdulloh ibn Muhammad Musnadiy rahmatullohi alayh: “Muhammad ibn Ismoil imomdir. Kim u zotni imom deb bilmasa, uni muttaham deb hukm chiqaraver”, degan.

  2. Abu Osim Ibodiy, Tojiddin Subkiy rahmatullohi alayhlar Imom Buxoriy rahmatullohi alayhni fiqhda shofeʼiy boʻlgan, deyishgan. Buning isboti sifatida Imom Buxoriy rahmatullohi alayhni Zaʼfaroniy, Abu Savr, Karobisiy, Humaydiy rahmatullohi alayhlardan fiqh va hadis boʻyicha taʼlim olganligi koʻrsatiladi. Chunki, ularning barchasi Imom Shofeʼiy rahmatullohi alayhning shogirdlari boʻlishgan.
    Lekin, bu qavl asossizdir. Chunki ustoz qaysi mazhabda boʻlsa, shogird ham oʻsha mazhabda boʻladi, degan qoida yoʻq. Agar shunday boʻlsa, Imom Buxoriy rahmatullohi alayhning aksariyat ustozlari hanafiy mazhabiga mansub boʻlishgani tufayli, u zotning oʻzi ham hanafiy boʻlgan, deyishimiz kerak edi.

  3. Bir qavlga koʻra Imom Buxoriy rahmatullohi alayh hanbaliy mazhabidadir.

  4. Imom Buxoriy rahmatullohi alayh shofeʼiy mazhabiga nisbati berilgan mujtahid boʻlgan.

  5. Imom Buxoriy rahmatullohi alayh haqida mutaaxxir ulamolar shunday deyishgan: “Imom Buxoriy na mujtahid va na muqalliddir”.

Shu oʻrinda mashhur muhaddislarning mazhablari haqida ham ozroq bahs yuritsak.

✍️ Anvarshoh Kashmiriyning “Fayzul Boriy” kitobi va boshqa
manbalar asosida Hadis ilmi maktabi oʻqituvchisi Berdiyev Sanjar tayyorladi

@irfonnuz

hace 3 meses, 1 semana
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago