PRIKOL VIDEOLARNI DODASI
Admin @REKLAM_UZPRIKOL
Last updated 2 years, 5 months ago
✅ Бирор бир маҳсулотга буюртма бермоқчи бўлсангиз @SOTUVCHll га ёзинг!
Last updated 1 year, 7 months ago
Мехрингиз сиғмас оламу жаҳон,
Сизни яхши кўраман Онажон.. ♥️
Барча Ота-Онасини яхши ку́радиганлар ва инсонларни бир-бирига мехр уйғотувчи канал 💯
Реклама учун 👉 @Baxtimsiz_admini
Last updated 2 weeks, 3 days ago
Assalomu alaykum, hurmatli vatandoshlar!
Tashabbuskor faollar jamoasi 2025-yildan boshlab ovozli chatlarimizni o'tkazishni boshlaymiz. Ushbu yangi format orqali fikr va mulohazalaringizni yanada samarali tarzda o‘rtoqlashishingizga imkon yaratamiz. Bu borada sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz va ishtirokingiz biz uchun juda muhim!
Haftaning qaysi kunlari jonli efirlarimizni tashkil etishni xohlaganingizni bizga ma’lum qiling. Taklif va tavsiyalaringizni ushbu e’lon ostida kommentariyada qoldirishingizni so‘raymiz.
Shuningdek, Telegram kanalimizning linkini boshqalarga ulashishni unutmang. “Tashabbuskor xalq” Telegram kanali – bizni yagona g‘oya asosida birlashtiruvchi platformadir.
Hurmat bilan,
Tashabbuskor faollar jamoasi
15 sutka
G’ayratimni sindirmoqchi bo’ldi,
So’ndirmoqchi umidimni zo’rdi.
Xalq dardini aytgandimku, mana,
Meni qamash uchun topdi bahona.
Erkin so’zlar, erkin yasha, degan,
Yurt mustaqil, bizlar ozod, degan.
Gaz va elektr muammo bo’lmaydi,
Deb vazirlar gapni ko’p aytgandi.
Qo’rqitmoqchi bo’ldi meni, ne foyda,
Xalqim bordir, ortimda shon, payda.
Yolg’iz qoldirmadi ular so’zlarim,
Haqni kuylab o’tar mening izlarim.
Oddiy xalqning vatan qashshoq emas,
Boy mansabdor xalqni eshitmas, bas.
Shunday bo’lsa, xalq cho’ntagin shilsa,
Mansabdorning hayoti xush ko’rinsa.
Men aytganman xalqning dardli so’zlarin,
Nega qamash istaydi bu odamin?
Xalqim meni quvvatlar, bas yo’q qo’rquv,
Adolatga ishonchdir bizda bor tuyg’u.
Milliy kelishuv g'oyasida birlashaylik
Vatan, ulugʻ ostonamiz, hayotning zamin,
Yurakda bayroq, gerb — ishonch, kuchga tamin.
Bir xalq, bir millat — ezgulikka tomon yoʻl,
Kelajak bunyodkoriga qoʻlni qoʻsh, ey ol.
Ota, ona, farzand, bir tan-u jon bo'laylik,
Gʻoyada milliy birlashib, shon topaylik.
Jahon minbarida baland ovoz boʻlaylik,
Har yurakda Vatan desak, gul ochaylik.
Oʻzbek xalqi, ulugʻ yoʻlga bosh urmoqda,
Oʻzgarmas inson qadri yoʻldosh, haqiqatda.
Birovga yomonlik yoʻq, niyat pok, sof ruhda,
Kelishuvni tanlab, yashaymiz totuvlikda.
Qizim, oʻgʻlim, kel, birlash, oʻzingni top,
Bir millatning kuchi boʻlib, tuproqqa yop.
Jahonni hayratga solib, nur sochamiz,
Barcha xalqni mehr ila bor qutlaymiz.
Xalq bilan muloqot — bu gʻoya buyuk,
Uchrashuvda fikr sof, hayotga tayanch.
Bir boʻlsak, kuch boʻlamiz, hamjihatlik yoʻl,
Ezgu niyat, maqsad bilan ochilar qulf.
Inson qadri yuksaladi, qadrlaymiz,
Mehnat bilan, totuv hayot bagʻishlaymiz.
Milliy kelishuv timsoli boʻlib birlashib,
Kelajakda barhayot bu yoʻlni tanlaymiz.
Millat, xalq, bir ovoz boʻlib kuylaylik,
Oʻzbeklarning buyukligini bayon qilaylik.
Har yurakni ilhomga burar bu she’r,
Kelajakka toʻgʻri olib boradi yoʻl.
Maqsad katta, iroda shijoat kerak,
Kelishuvni yurtga olib kelar mehr.
Bayroq ostida birga boʻlsak har dam,
Barchamizga taxt Vatan, osmon, bu gulshan.
Jahon minbari oldida bosh koʻtarib,
Hammaning mehriga sazovor, bosh egib.
Kelajakda boqiy qolish bizning orzu,
Milliy kelishuv gʻoyasida baxtga bo‘y suz.
Хаёллар оғушида
Роса ошиб кетди-ку,
Ўқитувчининг ойлиги,
Сандиқларга сиғармикин,
Шунча топган бойлиги!
Бундан кейин устозлар,
Каптивада юрармиш,
Бир қават уйни бузиб,
Икки қават қурармиш!
Тушликда ҳам ё шашлик,
ёки грилл ейишар,
Мастава ва лағмонни,
Нима ўзи у дейишар!
Мактабнинг олди ҳар кун,
Машинага тўларкан,
Кутубхоначи Спаркига,
Жой ҳам етмай қоларкан!
Кеча уч-тўрт ўқитувчи,
Iphone 13 pro олди,
Мактабда А52 ишлатадиган,
Битта қоровул қолди!
Ҳаммаёқда дув-дув гап,
Ҳамма ҳайрон ҳамма лол,
Ўқитувчилар доллардан,
Касса ўйнар бемалол!
Кимё фани ўқитувчиси,
Ўтган кун тўй қилди қаранг,
Санъаткор кўп, Шерали
Бир дона қўшиқ айтди аранг!
Ўқитувчилар бой бўлса,
Жуда қизиқ бўларкан,
Хаёлдаги бу гапларга,
Ишониб ҳам қоларкан!
* ПУЛНИНГ ХАЁТИМИЗДАГИ ҚИЗИҚАРЛИ РОЛИ *
? Пул йўқлигида – қўй,мол боқамиз.
Пул бўлса эса – ит боқамиз.
Қачонки камбағал бўлсак – тоғдан йиғиб келган ёввойи ўтларга қаноат қиламиз.
Бой бўлсак – қиммат ресторанларда ёввойи ўтларни таом сифатида буюртма қиламиз.
Пул йўқлигида – велосипедда юрамиз.
Пул бўлса – меҳмонхонада ўрнатилган велотренажёр педалини айлантирамиз.
Пул йўқлигида – уйланишни орзу қиламиз.
Пул бўлса – ажралишни орзу қиламиз.
Пул йўқлигида – хотин котиба бўлиб ишлайди.
Пул бўлса – котиба “хотин” бўлиб ишлай бошлайди.
Пул йўқлигида – бордай кўрсатамиз.
Пул бўлса – йўқдай кўрсатамиз.*?*??
Ғалати одамлар даври келгандай гўё, бир-бирларига разилликлар қиладида, кейин кечиримни бир-бирларидан эмас худодан сўрайдилар
Maktablar sho‘ri qurib, abgor bo‘lsa netayin,
Hokimu prokuror ham, milisa ham ho‘jayin.
Gvardiya, yetmaganday, unga hamma yuriqchi,
Endi peshonamizga yetib keldi soliqchi.
Farsotdan qisgan ekan, soliqchi dil yaraga,
Soliqni to‘la deydi sakkiz yoshli bolaga.
Konstitutsiya haqida, bir nimalar o‘qidi,
Bayram bilan tabriklab, sal kam doston to‘qidi.
Maktab direktori-da, o‘qituvchi ham giryona,
Darsni buzib kiruvchi devona yo‘q dunyoda.
Podshohlar ham ustozga ko‘rsatgan husnu adab,
Masjidday e’zozlangan ilmu, irfonu maktab.
Vazir pinak buzmaydi, deb buning borasida,
Uyat video chiqdi ham darsliklar orasida.
Ey Shamsiy, Turkistonning ta’lim o‘ti so‘nmoqda,
Bari maktab boshida, muallim boshi to‘qmoqda.
Assalomu alaykum aziz vatandoshlar bizning"Tashabbuskor Xalq"telegram kanali o'z jonli muloqotlarini davom ettiradi!! Bugungi mavzuyimiz barcha uchun kerak bo'ladigon hozirgi kunda koʻpchilikni qiynab kelayotgan savollarga javob axtaramiz.
1~ SIZ VA BIZ QONUNI BILAMIZMI??
2~ QONUN DOIRASIDA HAQ~ HUQUQLARIMIZNI TALAB QILA OLAYAPMIZMI???
Qonundagi kamchiliklar, ijro etilmagan qonunlar, Qonun o'zi nima?? Qancha qonunni bilamiz?? shu va shu kabi savollarga javob qidiramiz Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da jonli muloqotda barchamiz birlashib savollarga javob izlaymiz
"Tashabbuskor Xalq" telegram kanalida.Shuningdek yuristlarni ham safimizga chorlaymiz befarq bo'lmang qadri baland qadirdonlar yaqinlaringizni xabardor qiling bizning kanal Tashabbuskorlar uchun minbardir.........
DIQQAT,DIQQAT, DIQQAT!!!
????????????
BIZNING JONLI MULOQOTIMIZ DAVOM ETADI!!!
SIZ MUSTAQIL FIKRGA EGASIZ
FIKRINGIZNI BEMOLOL BAYON ETA OLASIZ,BUNDA BIZ SIZGA YORDAM BERAMIZ,ERKIN MIKROFON, MUSTAQIL MINBAR, QIZG‘IN MULOQOT SHIRIN DIYDOR BULARNING BARCHASI "TASHABBUSKOR XALQ"
TELEGRAM KANALIDA.
BUGUN TOSHKENT VAQTI BILAN SOAT 22:00 DA "ERKIN MIKROFON XALQNING FIKRI"DASTURIDA QATNASHIB O‘Z FIKRLARINGIZNI BILDIRISHINGIZ MUMKIN.
ERKIN MIKROFON BUGUN SIZNIKI MINBAR BARCHAMIZNIKI.
Ассалому алайкум,курбон хайитингиз муборак булсин,хаётингиз нурга,калбингиз хузурга тулиб юрсин,Энг олий неъмат соглик сизни тарк этмасин,мехнатларингиз рохатини,фарзандлар камолини,аллох буюрган фарзнинг хаммасини мукаммалликда бажаришни насиб этсин.Мехр окибат,саховат,кут барака хамрох булсин.
Курбонлик килаётганларга баракали эхсон,килмокчи булиб ниятда юрганларга гоибидан халол ризк, давлат берсин. Хаммамизга хожи булиш макомини берсин?????
PRIKOL VIDEOLARNI DODASI
Admin @REKLAM_UZPRIKOL
Last updated 2 years, 5 months ago
✅ Бирор бир маҳсулотга буюртма бермоқчи бўлсангиз @SOTUVCHll га ёзинг!
Last updated 1 year, 7 months ago
Мехрингиз сиғмас оламу жаҳон,
Сизни яхши кўраман Онажон.. ♥️
Барча Ота-Онасини яхши ку́радиганлар ва инсонларни бир-бирига мехр уйғотувчи канал 💯
Реклама учун 👉 @Baxtimsiz_admini
Last updated 2 weeks, 3 days ago