Telegram stands for freedom and privacy and has many easy to use features.
Last updated 3 weeks ago
Sharing my thoughts, discussing my projects, and traveling the world.
Contact: @borz
Last updated 3 weeks, 3 days ago
Official Graph Messenger (Telegraph) Channel
Download from Google Play Store:
https://play.google.com/store/apps/details?id=ir.ilmili.telegraph
Donation:
https://graphmessenger.com/donate
Last updated 6 months, 2 weeks ago
Summary of the year for the channel "Shokhrukh's diary" from @TGStat
Hech sizga, “Agar prezident bo‘lib qolsangiz, nimani o‘zgartirar edingiz?”, degan savol berishganmi?
Buni qarangki, bunday savol berilgan shaxslarning 87 foizi ta’lim tizimini o‘zgartirar edim deb javob berar ekan. Sizning ham aqlingizga kelgan birinchi javob katta ehtimol bilan shu bo‘lsa kerak.
Lekin aslida har birimiz o‘z tanamizning prezidenti hisoblanamiz. Kimdir, masalan, Aziz degan mamlakatning prezidenti, kimdir esa Aziza degan mamlakat prezidenti.
Shu o‘zingiz nomini ko‘tarib yurgan tanangiz, ya’ni mamlakatingizda ta’lim tizimini o‘zgartira olayapsizmi? Bitta tilni mukammal o‘rgandingizmi? Yiliga 30 ta kitob o‘qiyapsizmi? Tanangizni, ya’ni mamlakatingizni ozoda saqlayapsizmi? Ta’lim doimo izlanishlarga, yangiliklarga muhtoj, siz qanchalik yangilik qilmoqdasiz?
Biz ko‘pincha o‘zi bitta tanadan iborat bo‘lgan mamlakatimizni boshqara olmaymiz, ammo butun mamlakat taqdirini, birovlarning hayotini hal qilib yuborishga kelganda juda bir dovyurak bo‘lib ketamiz.
© Bektosh Hotamov, Profi xususiy ta’lim muassasalari tarmog’i asoschisi@shokhrukhs_diary
Bu hodisa haqida turli konspirologiyalar mavjud. Egizak binolarning butunlay qulab tushishining texnik sabablari tushuntirilgan video ko'rgandim. Ayniqsa muhandislik bo'yicha o'qiyotganlarga qiziq bo'lsa kerak.
11-sentyabr, 2001-yil
3000 kishining umriga zomin bo'libgina qolmay, islomofobiya, diskriminatsiya, xalqaro maydondagi kelishmovchiliklar va turli xil boshqa ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga sabab bo'lgan terrakt sodir bo'lganiga bugun 23 yil bo'ldi.
Al-Qoida ekstremistik guruhi tomonidan 4 ta yo'lovchi tashuvchi samolyot garovga olinib, 2 tasi Nyu-Yorkdagi Jahon Savdo Markazi egizak binolariga, biri AQSh mudofaa vazirligi bo'lmish Pentagonga borib urildi, yana biri esa Pensilvaniyadagi maydonga quladi.
Ushbu voqealar natijasida Amerika Qo'shma Shtatlari va ko'plab boshqa davlatlar o'z xavfsizlik siyosatlarini qayta ko'rib chiqishga majbur bo'ldi. AQSh “terrorizmga qarshi urush”ni e'lon qildi va bu urush Afg'onistondagi Tolibon hukumatining qulashiga, shuningdek, 2003-yilda Iroqqa bostirib kirish va Saddam Husaynning hokimiyatdan ag'darilishiga olib keldi.
Bu davr mobaynida qator yangi xalqaro siyosiy va harbiy ittifoqlar shakllandi, dunyoning turli burchaklarida ekstremistik guruhlar va ularning tarafdorlari ham qarama-qarshi ravishda faollashdi. Shu bilan birga global miqyosda islomofobiya va musulmonlarga nisbatan salbiy qarashlar kuchaydi. Terrorizmni musulmonlar bilan bir xil narsa deb hisoblash holatlari ortdi, bu esa ijtimoiy birlashuv va diniy bag'rikenglikka zarar yetkazdi.
Bugungi kunda 11-sentyabr voqeasi o'zining global oqibatlarini hali ham ko'rsatmoqda. Xalqaro hamjamiyat va davlatlar terrorizm tahdidiga qarshi kurashishning samarali yo'llarini qidirmoqda, inson huquqlari va xavfsizlik o'rtasidagi nozik muvozanat saqlanishi uchun kurashmoqda. Shu nuqtai nazardan, bu fojia nafaqat tarixiy bir hodisa, balki insoniyatni xavfsizlik va adolatga bo'lgan ehtiyojini qayta ko'rib chiqishga undovchi bir dars sifatida yodda qolmoqda.
Yana bir bolajon mashina tagida qolib o‘ldi: ko‘z yoshlarning og‘irligi yo‘q
Navoiydagi voqeani ijtimoiy tarmoqlarda o‘qigan/ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. 8 yoshli qizaloq piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotganda tezlikda o‘zaro poygalashgan 2 ta mashina urib yuboribdi, bittasi ustidan bosib ketganga ham o‘xshadi. Dilingizni xira qilmaslik uchun videosini joylab o‘tirmayman.
Afsuski, bunaqa holatlarni keskin kamaytira olmayapmiz, chunki buni chin dildan xohlab, harakat qiladigan mardlar topilmayapti.
Yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilashga oid jiddiy choralar ko‘rish paytida shu soha tepasidagi mas’ullar ham, Hukumat vakillari ham ijtimoiy tarmoqdagi “avtoterrorist”larning oh-vohidan xavotir oladi va qo‘rqqanidan ular bilan hisoblashadi.
Aslida esa Hukumat shahar ichida 170 tezlikda yuradigan “avtoterrorist”lar bilan emas, aksincha qoidabuzarlar tufayli farzandini, ota-onasini va boshqa jigarlarini yo‘qotgan fuqarolar bilan hisoblashishi kerak edi. Ularning dardini eshitishi va boshqa qaytarilmasligi uchun keskin choralar ko‘rishi shart edi.
Afsuski bizda unday emas. Ming afsus.
O‘zi tinimsiz radarga tushib, keyin videoda “voy-dod, oyligim kam, endi bu jarimani qanday to‘layman” deb yig‘laydigan ahmoqlar, qancha ko‘p qoida buzganini ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘z-ko‘z qilib, maqtanadigan mashhur kaltafahm san’atkor va blogerlar, qonunlarga qanchalik tupurib qo‘yganini ko‘rsatishga urinadigan kattakonlarning betayin arzandalari O‘zbekistonda tarozi pallasini ko‘proq bosib yubormoqda. Ularning toshi og‘ir, bolasini yo‘qotganlarning ko‘z yoshlari esa yengil kelmoqda.
Afsus, ming afsus…
? @xushnudbek ?
Telegram stands for freedom and privacy and has many easy to use features.
Last updated 3 weeks ago
Sharing my thoughts, discussing my projects, and traveling the world.
Contact: @borz
Last updated 3 weeks, 3 days ago
Official Graph Messenger (Telegraph) Channel
Download from Google Play Store:
https://play.google.com/store/apps/details?id=ir.ilmili.telegraph
Donation:
https://graphmessenger.com/donate
Last updated 6 months, 2 weeks ago