News and announcements of the library. No books here.
??Official Chinese channel: t.me/zlib_china_official
? https://z-library.sk
https://en.wikipedia.org/wiki/Z-Library
? https://twitter.com/Z_Lib_official
? https://mastodon.social/@Z_Lib_official
Last updated 7 months ago
Intel slava is a Russian News aggregator who covers Conflicts/Geopolitics and urgent news from around the world.
For paid promotions and feedback contact us at: @CEOofBelarus
Last updated 3 weeks, 6 days ago
💫Welcome to the best book channel of Telegram.
✨Buy ads: https://telega.io/c/BooksHub25
✨Contact admin ➠ @Bookshub_contact_bot
✨ Copyright Disclaimer➠ https://telegra.ph/LEGAL-COPYRIGHT-DISCLAIMER-09-18
Baxt nima?
Baxt nima?
Oilami? Farzandmi? Boylikmi? Tinchlikmi? Ota-onami? Sog‘liqmi? Yoki boshqa narsami?
Allohning adolatiga iymon keltirgan inson hech qachon baxtni bu narsalar bilan bog‘lamaydi.
Kimdir boy oilaning yagona farzandi, kimdir esa, oddiy dehqonning beshinchi bolasi. Kimdirda ikki o‘g‘il ikki qiz bor, kimdir farzandsizlik azobida. Kimdir tug‘ma nogiron...
Agar baxt bu narsalarda bo‘lganida, Alloh hammaga teng taqsimlagan bo‘lmasmidi? Axir nega Alloh kimnidir baxtli, kimnidir baxtsiz qiladi? O‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda tag‘in.
Yo‘q. Baxt o‘lchovi bu emas. Bular shunchaki, shukrimizni va sabrimizni o‘lchash uchun berilgan sinovlar xolos. Shunchaki, imtihonda hamma turli savol tushganidek, hamma har xil sinaladi xolos.
Allohning adolatiga iymon keltirgan inson Baxtning hamma uchun teng masofada turgan va erishish imkoni faqat o‘sha insonning o‘zigagina bog‘liq bo‘lgan tushuncha ekanini fahmlay oladi.
Baxt iymondir. Iymon
insonning hayotga bo‘lgan qarashini o‘zgartiradi, hayotning istalgan nuqtasida qalbga xotirjamlik beradi. Atrofdagi har bir narsa o‘tkinchi ekanini anglatish bilan birga, bunga tushkunlik bilan emas, xotirjamlik bilan yondoshishga o‘rgatadi. O‘limdan, atrofdagilarni yo‘qotishdan qo‘rqmaslikda yordam beradi.
Iymon Alloh rizoligiga erishish orzusidir. Bu shunday orzuki, mukofoti eng katta va abadiydir. Bu shunday orzuki - boy- kambag‘al, sog‘lom-u kasal, farzandi boru farzandsiz, yetim-u yolg‘iz - erishish imkoniyati barchada teng va o‘zlariga bog‘liqdir. Yana qanday «baxt» ga shunday ta’rif bera olasiz?
Haqiqiy baxtli va badbaxt Qiyomat kuni e’lon qilinadi va peshonasiga tamg‘a qo‘yiladi. Faqat o‘sha baxtsizlar bu baxtsizliklari uchun hozirgidek taqdirni, birovni, holatni, zamonni, davlatni, dushmanlarni emas, faqat o‘zlarini nadomat qiladilar. Alloh asrasin.
(C) Qahramon Aslanov
- How can you tell if somebody studies engineering?
- They will complain about it.
#hayotiy I feel like Mbappe nowadays. I had very high expectations on myself, on my university life. My close people believed in me. In reality, I can’t even score penalties anymore. @diyorbekegamovblog
Har nigohda turli bir olam
Har bir inson dunyoni o‘z nigohi bilan ko‘radi va bu nigoh shaxsiy hayot tajribalari, e’tiqodi hamda kutilmalariga bog‘liq. Hayot misli ko’zgu — unda o‘zimizni aksimizni ko‘rganimiz kabi, hayotimiz ham bizga shunday aks etadi. Biz duch kelgan har bir inson uchun ularning ongida, ularning nuqtai nazari bilan shakllangan bizning turli "versiyamiz" mavjud. Bu hayotda hech kimga birdek yoqib bo’lmaydi. Chunki biz haqimizdaki turli “versiyalar” biz haqimizda emas, ko’proq shu hayoldagi odam haqida ma’lumot beradi.
Masalan, kimningdir nazarida siz mehribon, samimiy va yordamga shay inson bo’lishingiz mumkin. Ammo boshqa kimdir uchun, ehtimol, “paxtakor” yoki lagambardor kishi bo’lib tuyulasiz. Yana kim uchundir siz quvnoq va kirishimli qiz bo’lsangiz, yana kim uchundir yengiltabiatsiz. Boshqalar uchun maanfatli bo’lsin deb o’z yutuqlaringiz haqida bo’lishishingiz mumkin, lekin buni maqtanchoqlik deb qabul qiladiganlar albatta topiladi… Bunday misollar juda ko’p. Shu tariqa, kimgadir siz hamma havas qiladigan insonsiz, boshqa kimdir uchun esa yomon odam obrazida ko‘rinishingiz mumkin. Bu xilma-xil qarashlar shuni ko‘rsatadiki, odamlar aslida bizni qandayligimizga qarab emas, balki o‘zlari qandayligiga qarab birovni baholashadi.
Xulosa qilib aytganda, dunyo bizning ichki dunyomizning aksidir. Siz ming ideal inson bo’ling, baribir yomonlaydigan odam topiladi. Biz boshqalarning qarashlarini o‘zgartira olmaymiz, ular ham bizning qarashlarimizga ta’sir o’tkaza olmaydi. Shuning uchun hech kimga quloq solmasdan o’zligimizni rivojlantirish, eng yaxshi “versiyamiz”ga aylanish har birimizning maqsadimiz bo’lishi kerak. Shu bizni chinakkamiga baxtli hayot sari yetaklaydi.
Hayot juda tez o’tib ketyapti, kechagina 2016-yil edi. Keyin, Trump prezident bo’ldi va keyingi saylovda yutqazdi. Orada, dunyoda karantin, urushlar sodir bo’ldi. Kecha Trump yana saylovlarda g’olib bo’ldi, lekin Barselona hali YeCHL ni yutgani yo’q)
Kuchga tayanmagan adolat zaif, adolatga tayanmagan kuch esa zolimdir.
So’nggi voqealardan keyin shuni tushunib yetdimki, to’g’ri yo’lda bo’lishlikning o’zi yetarli emas ekan, yetarlicha kuchli bo’lish ham kerak ekan.
2022- yil Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, Ilon Mask o’zining Starlink kompaniyasi( Sun’iy yo’ldoshlar yordamida internetni ta’minlovchi tizim, urushdan zarar ko’rgan joylar uchun ayni muddao) Ukrainada internet aloqasini qayta tiklashini va bu orqali ularga yordam berishini e’lon qilgandi. Shundan keyin u asrimizning eng muvaffaqiyatli va muhim insonlaridan biri hamda yaxshilik homiysi sifatida ko’rila boshlandi.
Keyinroq, Isroil G’azodagi genotsidini kuchaytirib, jurnalistlarni o’ldirish va infrastrukturani yoʻq qilish orqali mintaqani dunyodan to’liq uzib qo’ydi. G’azo ahli bilan aloqani tiklash va Isroil armiyasining vaxshiyliklarini dunyoga ko’rsatish maqsadida faollar Ilon Maskdan Ukrainadagi ishini takrorlashni so’rashdi. Mask esa aksincha, Isroil bosh vaziri Netanyahu bilan uchrashib, bu urushda ular haqligini va isroilliklar jabr ko’rayotganini ta’kidladi. Tadbirkor egalik qiladigan va eng katta yangiliklar platformasi hisoblanadigan Tvitterda ham Falastin xayrihohlariga nisbatan adolatsizliklar davom etyapti.
Aslida, bu kabi ikkiyuzlamachiliklar g’arb uchun yangilik emas, deyarli barcha yangilik nashrlari, siyosatchilar Isroil qirg’inini oqlashda va jinoyatga teng sherik bo’lishda bir-biridan qolishmayapti. Meni qayg’uga solgan jihat esa asl adolat tarafdorlarining qo’lidan deyarli hech narsa kelmayotganida, hatto boykotni ham eplolmayapmiz.
Bu genotsidni qo’llayotganlar shubhasiz zolimdirlar. Ammo biz adolat tarafida bo’lsak ham, hozircha ojizmiz. Agarda, o’sha Starlinkni bizlardan kimdir ixtiro qilganda va bizning dunyo iqtisodi, mediasidagi ta’sirimiz kuchliroq bo’lganda balki hozir barchasi boshqacha bo’lardi.
Ammo, Falastin qachondir albatta ozod bo’ladi. Chunki, haqiqat kuchli yoki ojiz tomonida emas, Haq tarafida bo’ladi.
Moliyaviy piramida
Moliyaviy piramida haqida ilk bora maktab paytim Perelmanning “Qiziqarli matematika” nomli kitobida o’qiganman. Unda quyidagicha hikoya keltirilgan:
Bir kompaniya “50 dollarlik velosipedlarni 10 dollarga oling” mazmunida e’lon tarqatadi. Qiziqib borganlarga esa velosiped emas balki 5 ta kupon berilib, bularni tanishlariga 10 dollardan sotishlari va yig’ilgan pulga mahsulotni olishi mumkinligi aytiladi. 10 dollarga tanishlardan kupon sotib olganlar esa kompaniyaga borib uni 5 ta xuddi shunday kuponga almashtirishadi va ularga ham boshqalarga sotish orqali 50 dollar to’plash vazifasi qo’yiladi.
Bir qarashda, hech qanaqa tovlamachilik yo’q, rostdan ham hamma xaridorlar faqat 10 dollar xarajat evaziga velosiped olyapti, ikkinchi oqimdagilarda ham xuddi shunday imkoniyat, qizig’i kompaniya ham velosipedni to’liq narxida sotyapti, qisqasi hamma xursand. Lekin bu piramidaning boshlanishi, xolos. Faraz qilaylik, dastlab 10 kishi kompaniyadan kupon sotib oldi, ular velosiped olishi uchun kupon sotib olishga tayyor 50 ta kishi topilishi kerak, keyingi oqimda esa 250 kishi jalb qilinadi va hkz. Xullas, 7- oqimdagilar velosiped olishi uchun 781,250 ta qurbon topilishi kerak, bu esa deyarli ilojsiz. Muhimi, bu piramida qaysi bosqichda tugasa ham eng kamida xaridorlarning 4/5 zarar ko’radi chunki sxemaning mazmuni 4 kishi pul to’plab 5-insonga velik olib berishdan iborat.
O’zi siz olayotgan mahsulotga faqat ma’lum kishilar qiymat bera olishi yoki nimadandir foyda ko’rishning yagona yo’li buni boshqalarga sotish bo’lsa, bu piramida sxemasiga 1-signal bo’ladi. Yuqoridagi holatda sizga kompaniya 10 dollarga hech qanday qiymatsiz kupon sotyapti, qo’polroq aytganda sizni “ uxlatyapti”. Zarar ko’rmasligingiz uchun esa siz boshqani uxlatishingiz kerak. Aytishingiz mumkin, bizda ko’p narsa boshqalarga sotish uchun olinadi: mashina, uy. Farq shundaki, bu mahsulotlar sotilmay qolganda ham o’z qiymatiga ega: mashinani haydashingiz, uyda yashashingiz mumkin. Albatta, uylarni kelajakda qimmatlashishiga ishonib xarid qilinishi iqtisodiy pufakka sabab bo’lishi mumkin. Lekin, bu endi boshqa postga mavzu bo’ladi.
Tekin pishloq qopqonda bo'ladi!
AIF degan kompaniya ochilibdi. Odamlarga oson pul ishlashda yordam berarkan. Kinolarga like bosib kuniga 30 US dollargacha ishlashingiz mumkin ekan. Xorazmda yaxshigina ommalashishga ham ulguribdi.
Kompaniya ( agar shunday atash mumkin bo'lsa) faoliyati piramidaga asoslangani yaqqol bilinib turibdi. O'zlaricha rasmiy kanallari, instagram sahifalari, maxsus telegram guruhlari ham ochishgan. E'lon qilingan postlaridagi 80 foiz so'zlar imloviy xato bilan yozilgan. Eng kulgulisi rasmiy shartnoma deb e'lon qilingan rasm shunchaki saytning ro'yxatdan o'tganligi haqidagi domain ma'lumotlari, xolos?♂
Nahotki xalqimizni aldash shunchalik oson bo'lsa? Nahotki odamlar soxtaligi kulguli darajada ravshan bo'lgan e'lonlarga ishonib ketaversa? 100 million foydalanuvchisi va Netflix bilan shartnomasi bor ekani da'vo qilingan kompaniyani shunchaki Google dan qidirib ko'rish hayollariga kelmadimikin?
Rostdan ham, aholi orasida moliyaviy savodxonlik juda past ko'rinadi. Odamlarimizning tanimagan odamlarga 500 USD o'tkazishi va passport ma'lumotlarini osonlik bilan berishi juda achinarli holat. Tanishlaringiz orasida mabodo kimdirda qiziqish bo'lsa iltimos ogohlantirib qo'ying. Tekin pishloq faqat qopqonda bo'ladi.
Usmon Azim she'ri.
? «Vatandoshlik dasturi» kitobining tarjima ishlari tugagandan keyin muallif Yulo Vooglayd bilan bog‘langanimizda, u kishi kitobning elektron nusxasi tekin tarqatilishi lozimligini ta’kidlagan edi. Biz ham kitobni iloji boricha ko‘proq odam o‘qishini istaymiz. Bugun kitobning elektron nus'hasini kanalga joylayapmiz. Marhamat, o‘qing va erkin fikrlash ko‘nikmalaringizni oshiring!
Hurmat bilan Hamid Sodiq
News and announcements of the library. No books here.
??Official Chinese channel: t.me/zlib_china_official
? https://z-library.sk
https://en.wikipedia.org/wiki/Z-Library
? https://twitter.com/Z_Lib_official
? https://mastodon.social/@Z_Lib_official
Last updated 7 months ago
Intel slava is a Russian News aggregator who covers Conflicts/Geopolitics and urgent news from around the world.
For paid promotions and feedback contact us at: @CEOofBelarus
Last updated 3 weeks, 6 days ago
💫Welcome to the best book channel of Telegram.
✨Buy ads: https://telega.io/c/BooksHub25
✨Contact admin ➠ @Bookshub_contact_bot
✨ Copyright Disclaimer➠ https://telegra.ph/LEGAL-COPYRIGHT-DISCLAIMER-09-18