ilm nafas

Description
O'qigan eng yaxshi satrlarimiz va aytmoqchi bo'lgan so'zlarimizni yozib qoldiradiganlarimizdan iborat...
Balki foydasi tegib qolar

Biz ilmga nafas qadar har daqiqa muhtojmiz!
Biz bilan bog'lanish
@mubashshirabot
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 months, 2 weeks ago
Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, …

Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham, uning soni bilan o’lchanmaydi, yagona o’lchovi-uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.

V.Gyugo

@ilmnafas

2 months, 2 weeks ago

#kunduosi

اللهم انفعنا بما علمتنا و علمنا ما ينفعنا و زدنا
علما

Allohumma infaana bima alamtana va 'alimna ma yanfa'una va zidna 'ilma

Yo Alloh bilganlarimizni foydali qil, bizga foydali narsalarni bildir, ilmimizni ziyoda qil

@ilmnafas

2 months, 2 weeks ago

Yo Rab o'zim o'zgartira olmaydigan narsalarga sabr ber, o'zgartira oladigan narsalarimga jur'at ber shu ikkisini ajratish uchun fahm ber

@ilmnafas

2 months, 3 weeks ago

Men unday bo'lishini, siz bunday bo'lishligini hohlaysiz, Alloh hohlaganini qiladi.Va manashu eng go'zal va hikmatlisidir.

2 months, 3 weeks ago

Birovlarni hayotiga aralashishdan to'xtang.Bu harakatingiz bilan na ularga zarar yetkaza olasiz,na ularni hayotlarini o'zgartirib yuborasiz. Qaytaga fikringiz birov bilan band bo'lib, o'z muammolaringiz yechimsiz qolib ketadi.Birovni hayotini qo'yingda o'z farzandlaringiz haqida qayg'uring.O'z ustingizda ishlang.Ilm oling.Birovni nafratiga sabab bo'lib qolmang.Birovning baxtsizligi sizga baxt olib kelmaydi.

03.09.2024

@ilmnafas

2 months, 3 weeks ago

Kunimiz bekor o'tmasligi kerak. Modomiki biror kunda biror narsa o'rganmasak bu bizni baxtsizligimiz. Alloh bergan umrni behuda sarflaganimiz, Alloh bergan ne'matga nonko'rlik qilganimizdir. Ana ilm, ma'rifat, xayr, baraka, yaxshilik, ezgulik hamma-hammasiga urilishimiz kerak.

Shayx Muhammad
Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh.

@ilmnafas

2 months, 4 weeks ago
3 months ago

Muvaffaqiyatsizliklar insonga kerak, insonni inson qiladigan narsa omadsizliklar. Hayot kaltaklaridan omon qolgan sinmagan odamgina yashashga chinakam haqli bo'ladi. Bizga yoqmayotgan narsalar bizni o'stirayotgan pishiqlayotgan bo'ladi. Agar yomon kunlar bo'lmaganda edi bugun kuchli irodali bo'la olmasmidik. Sizning hayotingizda shunday davr boshlangan bo'lsa siz kuchliroq bo'lishga tayyorlanyapsiz chunki go'zal kunlar hayotdan qarzi bor zaif insonlarga berilmaydi.
Har insonning boshida qaro tunlar bor, chunki qiyinchiliklar hayotni his qilish uchun kerak.
Faqat bizdan talab qilinadigan narsa chiroyli sabr va rozilik agar shuni qilaolsak o'ylaganlarimizdan ziyodalariga erishamiz

@ilmnafas

3 months ago

AGAR OSHIQLIG’IM AYTSAM
Mashrab g’azali

Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar,
Bu ishq sirrin bayot etsam, taqi ul xonumon o’rtar.

Kishiga ishq o’tidin zarraye yetsa, bo’lur giryon,
Bo’lub besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar.

Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.

Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
“Nigoro!” deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar.

Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar.

Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq,
Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar.

Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar.

Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan,
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar.

Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig’a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar.

o'rtar radifli g'azalida tariqatdagi poklanish ilohiy ishq bayon qilingan

@ilmnafas

3 months, 1 week ago

#mutolaa

Afrikalik yozuvchi Jeyms Ngugining "Bolakay nidosi" romanini o'qishni boshladim. Oq tanlilar va qora tanlilar o'rtasidagi azaliy kelishmovchiliklar, hattoki, qora tanli bolalarning oq tanli bolalar tomonidan maktablarda ham tahqirlanishi haqida hikoya qilinyapti.

Bir g'azabim oshib, bir rahmim kelib o'qiyapman. Men turgan shaharda ham qora tanlilar ko'p, asosan talabalar. Ularga ham munosabatlar har xil. Ammo endi ular o'z haq-huquqlarini juda yaxshi bilishadi.

Kitobning pdf variantini sizlarga ham qoldiraman. Qiziqsangiz, albatta, o'qing!

@Ochopat_book

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago