Professor Vonelk

Description
Kitoblar haqida taqrizlar, tanqidlar beraman. Ba'zan olam haqida fikrlar ham. Spoyler bo'lmaydi hisob. Ko'p kitob o'qimayman. Kitob o'qishda professor bo'ling, mayli, lekin hayotda akademik bo'ling. Hurmat bilan akademik Klenov.
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

3 months, 3 weeks ago
Professor Vonelk
6 months, 1 week ago

Lingvist agar to‘plam yopiq bo‘lmasa bu zinhor uning ochiqligini anglatmasligini yoki yana «E E da zich» degani «E o‘zida zich» bilan bir xil emasligini o‘rganganida shokka tushgan bo‘lar edi.

Jon Edensor Litlvud (1885—1977)

P.S. Matematika bilan hazillashmanglar?

7 months, 2 weeks ago

Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy xorazmliklarning kitoblarini halok etib, bilimdonlarini o‘ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli, ular savodsiz bo‘lib qolib, o‘z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo‘ldilar.

Beruniy

7 months, 3 weeks ago

Fanda tep-tekis qilib qo‘yilgan keng yo‘l yo‘q, shuning uchun horish-tolishdan qo‘rqmasdan fanning toshloq so‘qmoqlaridan tirishib-tirmashib boradigan kishigina uning porloq cho‘qqilariga ko‘tarila oladi.

Karl Marks

11 months, 3 weeks ago

Filosof I. Ditsgen o‘zining «Sotsial-demokratiyaning filosofiyasi» [«VOLSSTAAT» 1876] asarida bunday degan edi:

Filosofiyani maxsus fanlardan farqlantiruvchi xarakterli xususiyat deb odatda «metod»ni ilgari suradilar. Lekin filosofiyaning spekulyativ metodi mujmal nomuayyanlikka uquvsizlarcha murojaat qilishdan boshqa narsa emas. Filosof, o‘z uyasi ipini o‘zidan chiqaradigan o‘rgimchakka o‘xshab, hech qanday materialsiz, hatto buning ustiga-ustak hech bir asossiz, shart-sharoisiz, o‘zining mavhum donishmandligini to‘g‘ridan to‘g‘ri miyasidan chiqarishga intiladi...

P.S. Matematika fanida mana shu holat yo‘q, ya’ni unda hamisha material, asos — aksiomalar va dastlabki tushunchalar sistemasi ko‘rinishida— mavjuddir. Har qanday fan izchillikni va aniqlikni matematikadan o‘rganmog‘i lozimdir. Mana shuning uchun ham buni ertaroq o‘rganishni boshlagan fanlar — matematikaning «katta ukalari» bo‘lmish astronomiya, fizika, kimyo kabilar qolgan ko‘plab fanlardan allaqachonlar ilg‘or bo‘lib ketishgan.

@professor_vonelk

1 year, 1 month ago

Sekst Empirik skeptik nuqtai nazarni quyidagicha tasvirlaydi:
...«Biz qimmatbaho narsalar ko‘p bo‘lgan uyda anchagina kishi kechasi oltin izlayapti, deb faraz qiladigan bo‘lsak, bunda ulardan har biri garchi haqiqatan ham oltin topgan bo‘lsa-da, oltin topganligini bilmasdan ham oltin topdim, deb o‘ylagan bo‘lur edi. Xuddi shunga o‘xshab, filosoflar bu dunyoga haqiqat izlash uchun katta uyga kirgan kabi kelib kiradilar; agar ular uni topgan bo‘lsalar ham, baribir, bu haqiqatga erishganliklarini bila olmas edilar»...

@professor_vonelk

1 year, 1 month ago

GO‘ZALLIK

Opa-singillarga

Siz — go‘zallik, sizdan ziyoda
Go‘zallik yo‘q, yurmay axtarib,
Sizsiz yashab bo‘lmas dunyoda,
Sizsiz hayot g‘oyatda g‘arib...

Siz — mardliksiz, yurt deb ishlagan
Qut yo‘lingiz kuchli va mohir.
Axir shu qo‘l rullar ushlagan,
Yaratgandir yerdan javohir.

Siz hammadan o‘zib, do‘ndirib,
Yalqovlarni qilib sharmanda,
Chakkangizga baxtni qo‘ndirib,
Ko‘rsatdingiz o‘zni chamanda.

Uyimizning fayzi ham sizsiz,
Farzandimiz onasi — baxti.
Taomimiz lazzati ham siz,
Kiyimimiz dazmoli-taxti...

Siz — go‘zallik, sizdan ziyoda
Go‘zallik yo‘q, yurmay axtarib,
Sizsiz yashab bo‘lmas dunyoda,
Sizsiz hayot g‘oyatda g‘arib...

Mirmuhsin

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago