Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Sizning yukingiz og’irroq bo’lishi mumkin
2 ta bir xil modeldagi mashina. Birida 4 kishi bor, ikkinchisida 1 kishi harakatlanmoqda. Qaysi biri tezroq harakat qiladi?
Yoshlarda ko’proq imkoniyat va vaqt bor. Oilali inson farzandlariga vaqt ajratishi, kasal bo’lsa davolatishi, ular uchun dam olmasdan ishlashi kerak. 16 soatlik uyg’oqlik davrini 2 soatini ham o’ziga zo’rg’a ishlata oladi.
Bo’ydoqlarda esa bir o’zi, ma’sulyat yo’q va o’ziga ajrata oladigan vaqti ham ko’p. Esimda, 17 yoshimda IELTS ga tayyorlanayotgan vaqtim, kuniga 8 soat dars qilar edim.
Yoshlik davringiz bu mashg’ulot uchun vaqt. Yaxshi tayyorlansangiz, jangda oson bo’ladi. Motoringizni ko’proq yukni ko’tarishga tayyorlashingiz kerak.
Tayyorlamadingizmi, demak yuk ortilgan mashina bilan yo’lda qolib ketishingiz mumkin!
2024-yil mart oyida jiddiy qarorni qabul qildim
Bu - agentligimga fokus qilish va asosiy biznesim sifatida ko’rish!
O’sha vaqtda 4 dona loyihamiz bor edi, undan tashqari Elmakonda marketing direktori edim!
Agentlik qilib jamoa bilan chiqib ketgan bo’lsak ham Elmakonni bizga ishonib topshirishdi
Hozirgi kunda agentligimizda
12 ta loyiha bor va endi yana kattalashish uchun imkoniyatlarimiz bor
Shuning uchun bizning jamoaga
- ssenarist content maker (o’g’il bola)
kerak
Agar shu yo’nalishda kuchli mutaxassis bo’lsangiz va o’sib borayotgan agentlikka qo’shilmoqchi bo’lsangiz pastdagi havola orqali ro’yxatdan o’ting 👇🏻👇🏻👇🏻
Barcha ham startni bir chizig’dan boshlamaydi!
Mehmonxona liftidan tepaga ko’tarilyotib bir narsani o’ylab qoldim. Hammamiz 30-qavatga chiqmoqchimiz, lekin man 1-qavatdan, kimdir -1 dan va yana kimdir 10-qavatdan tepaga ko’tarilmoqda. Eng qizig’i, 30-qavatga ko’tarilishda eng ko’p vaqtni podvaldan chiqayotgan inson bosib o’tmoqda.
Hayotda ham shunday, muvaffaqiyatga hamma turli yoshda erishadi, kimdir erta va yana kimdir kechroq.
Kimdir boy oilada tug’ilgan, shuning uchun ham katta sarmoya va qo’llab-quvvatlash bilan tezroq biznesi rivojlanadi.
Kimdir oddiy oiladan, barchasiga o’z kuchi bilan o’qib, kichik bir biznesdan boshlab, astalik bilan qaysidir bosqichga chiqadi.
Kimdir otasidan erta ajraladi yoki oilasidagi katta qarzni bo’yniga olib minus bosqichdan tepaga ko’tariladi. U oldin qarzdan qutiladi, keyin sarmoya yig’ib, o’z biznesida qaysidir bosqichga chiqib oladi.
Shuning uchun, kimdir tezroq muvaffaqiyatga erishishi sizni mahzun qilmasin. Shunchaki ularda boshlanish nuqtasi siznikidan oldinroqda bo’lgan. Bu dunyoda adolat qidirmang, bo’lmasa bu hayotda bir umr qolishni istab qolasiz.
Minusdan chiqayotganlarga esa Alloh quvvat bersin!!!
Qulog’i yo’qlar sizning ustingizdan kulishadi!
Bir mamlakatda shox farzandli bo’libdi va shahzoda bir quloq bilan tug’ilibdi. Farzandim boshqalardan ajralib qolmasin deb shu davlatdagi barcha tug’ilgan chaqaloqlarni bir qulog’i kesib tashlanibdi. Jamiyat bir quloq bilan yashashga o’rganibdi.
Kunlardan bir kuni ushbu mamlakatga bir sog’lom ikki quloqlik yigit tashrif buyuribdi. Hamma ko’rganlar uni ustidan “Ikki quloqlik” deb kulgan ekan.
Do’stlarimiz ichida hamma chakib tursa, kompyuter o’yinlari haqida suhbatlashishsa yoki qizlar bilan gaplashishlari haqida aytib maqtanishsa, o’zimizni huddi aybdordek his qilamiz.
Aslida, siz aybdor emassiz, shunchaki bir quloqlilar ichidasiz.
Atrofga va o’zingizga nazar soling, nechta qulog’ingiz bor?!
92% insonlar qo'ygan maqsadlariga yetisha olishmaydi.
Har doim ham maqsad qo'yish, unga yetishish uchun yetarli emas.
Buning 3 ta asosiy sababi bor:
Yutganlar va yutqazganlarda ham, bir xil yutish maqsadida bo'ladi. maqsad qo'yilganligi ularni muvaffaqiyatli qilib qo'ymaydi.
Maqsadlar sizga erishishingiz kerak bo'lgan nuqtaga qarab, tushkunlikka tushishga sabab bo'ladi. Masalan, 20 kg ozishni maqsad qilib qo'ygansiz, lekin bir oyda 2 kg ozish sizni hafsalangizni o'ldiradi.
Maqsadga erishganimizdan keyin, barchasini to'xtatib qo'yamiz. Marafonda yutishni maqsad qilib qo'ydik va bu uchun qattiq shug'ullanib yutdik. Undan keyin esa shug'ullanish uchun motivatsiya yetishmaydi.
Maqsadlar o'rniga tizimlarga fokus qarating. Tizimli ravishda doimiy yuguring, kitob o'qing, o'z ustingizda ishlang. Natija esa shu tizimning doimiyligidan kelib chiqib, o'zi sizning oldingizda paydo bo'ladi.
Bizni haqiqiy kimligimizni yaqinlarimiz bilishadi!
Ijtimoiy tarmoqlarda hamma baxtli, omadli va ideal ko'rinishda paydo bo'lishga harakat qilishadi.
Aslidachi....
Buni javobini bilish uchun ayolimiz, aka-ukamiz yoki qo'l ostidagilarimizga qilayotgan muomilamizdan bilsek bo'ladi.
Tashqaridagilarga va begonalarga tabassum bilan qarash, yaxshi muomila qilish yoki o'zimizni kuchli ko'ratishga harakat qilamiz. Lekin tushlikgacha uhlashimizni, bir oyda bir kitob o'qishimizni, vadamizda turolmasligimizni va qo'pol muomilamizni, biz bilan doimiy yashaydiganlar yaxshi bilishadi.
Bu gapim bilan aybizni oshkor qiling demoqchimasman, shunchaki ko'ringaningiz kabi bo'lishga harakat qiling demoqchiman.
Boshlangan haftangiz hayrli o'tsin!
Kuningiz tartibi = Umringiz tartibi
80 yoshga kirgan inson, umrining 4 yilini ovqatlanishga, 2 yilini yuvinishga, 30 yilini uhlashga, 5 yilini ijtimoiy tarmoq, 10 yilini kino yoki televizor ko’rishga va 9 yilini ishga sarflaydi.
Maktabda 9 yil, bog’chada 4 yil va yana 3 yil chaqaloqlikdan ulg’ayish davri. Tahminan 3-4 yil umrimiz, agar uni ham bekorga ishlatib yubormasak shaxsiy rivojlanish va maqsadlarga erishish uchun ishlatamiz.
Agar siz maqsdalarimga ulguraman, hali yoshman deb o’ylayotgan bo’lsangiz adashasiz. Kuningiz qanday o’tsa, umringiz ham shunday o’tadi. Bugun kun bo’yi o’yin o’ynagan yoki Instagramda o’tkazgan bo’lsangiz, umringiz ham shunday o’tmoqda.
Kerakmas odatlardan keching, ovqatlanish, uyqu va boshqa qisqartirish mumkin bo’lgan odatlarni vaqtini kamaytiring. Har bir bo’sh vaqtni rivojlanish va maqasadlar uchun ishlating.
Umrni uvol qilmang, shunda o’tib ketganingizdan keyin ham kamida 1000 yil sizni unuta olishmaydi.
Nega hamma o’rganganlarda ham bir xil natija bo’lmaydi?
Biror bir bilim o’rganganganimizda ko’proq e’tiborni ma’lumotlarni eslab qolishga qaratamiz. Lekin hozirgi Chat GPT va Google bor bo’lgan davrda biror narsani bilmaslik va bilish o’rtasida sekundlar yotibdi.
Haqiqiy o’rganish bu o’zgarishdir. Bilim olasiz, uni o’zlashtirasiz va hayotingizda ishlatasiz. O’zgarmadingizmi, demak o’rganmadingiz shunchaki yodladingiz.
Shuning uchun ham hammada bir hil natija bo’lmaydi!
Ko’proq sho’vqinni eshitish uchun sukut saqlash kerak!
Inson uchun eng qo’rqinchilik vaqt, o’zi bilan o’zi yolg’iz qolishidir. Yolg’iz qolgan vaqtda xatolarimiz, kamchilik va faqat o’zimiz biladigan yomon odatlarimiz yuzaga chiqishni boshliydi.
Bir kunda bir martta bo’lsa ham sukut saqlang. Hayotizdagi barcha sho’vqinlarni eshiting va ularni to’g’irlang. Barcha muammolar yechimi mana shu yolg’izlik va sukut ortida yotibdi.
Muammo ko’pmi, demak o’zingiz bilan gaplashmaganingiza ancha bo’libdi.
Hozir esa 30 daqiqa olib, telefonni o’chiring va barchashi haqida o’ylab ko’ring!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago