YOZUVCHILAR UYUSHMASI XORAZM VILOYATI BO’LIMI

Description
Ushbu kanalda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo’limi faoliyatini yorituvchi ma’lumotlar beriladi

Biz bilan bog’lanish : 👇
@Yoz_uyushmasi_Xorazm_viloyati
Advertising
We recommend to visit

🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz

Last updated 2 months, 3 weeks ago

? ELON VA REKLAMALAR ✓
? SOTING YOKI SOTIB OLING ✓
? ENG ISHONCHLI KANAL ✓
? AZOLAR JONLI AKTIF 300,000 ✓
? ID 830125650 ✓

?‍? @VODIY_BOZOR_KANAL_ADMINI

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
? ONLINE SAVDO ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Last updated 1 year, 4 months ago

???
Kanalimizda judayam ko‘p foydali mahsulotlar bor, ko‘rib chiqib buyurtma berishingiz mumkin

✅ Biror bir mahsulotga buyurtma berishga qiynalsangiz yoki qandaydur muammo bo‘lsa quyidagi profilga yozing

? @Sotuvchi_A ?

Last updated 1 year, 4 months ago

1 month, 1 week ago
YOZUVCHILAR UYUSHMASI XORAZM VILOYATI BO’LIMI
1 month, 1 week ago

Қутлов

Бугун - 14-ноябрь Хоразм адабий муҳити учун қўшалоқ байрам ҳисобланади.
Чунки, устоз ижодкорлар- Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси Қадамбой Шодонов ҳамда "Турон" халқаро ёзувчилар уюшмаси аъзоси Ортиқбой Менглибоев таваллуд топган кун!
Уларнинг самарали ҳаракатлари туфайли Шовот туманида ”Шовот мавжлари” ижодкорлар клуби ташкил этилган эди. Бу клубдан республикамизга танилган ижодкорлар етишиб чиқмоқда. Бунга мисол қилиб “Мард ўғлон“ давлат мукофоти совриндори Раҳмат  Бобожонни, "Зомин" семинари иштирокчилари Умиджон Қўзиев, Фарангиз Ачилдиева, Камола Ўринова, Дилмурод Тожибоев, Тожигул Йўлдошева,  Зубайда Отахоноваларни келтириш мумкин.
Хоразмда шундай жонкуяр, фидойи, самимий инсонлар борлигидан бағоятда хурсандмиз.

Таваллуд айёмингиз муборак бўлсин, азиз устозлар!
Сизларни Ёзувчилар уюшмаси Хоразм вилояти бўлими жамоаси номидан қутлаб, соғлик - омонлик, тинчлик - хотиржамлик ва узоқ умр тилаб қоламиз!

1 month, 1 week ago

" Книгу можно прислать и по почте или забрать, когда приедешь. Мы с редактором решили провести презентацию книги в Курске. Было бы неплохо, если бы на ней присутствовала и ты, Бану. Ели есть у тебя такая возможность приехать, то мы бы заранее тебя об этом известили. Пригласили бы и телевидение."

4 months, 1 week ago

Loyihaning nomi : SHOIRIM, MEN SHOIR BO'LMASAM BO'LMAS...

Loyihaning muallifi: Ikrom Bobojonov, Yangibozor tumanidagi 10 -son umumiy o'rta ta'lim maktabining ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari

7- fasl : QO'SHI QISHLOQDA NOMI CHIQQAN SHOIR
( Umidjon Qo'ziyevning she'rini o'qib )

So'z san'atida azaliy va abadiy bo'lgan muhabbat mavzusiga murojaat qilmagan shoir yo'q, aslida...
Dunyoni anglash, mumtoz tarzda dunyoni badiiy idrok qilish ruhiyat bilan chambarchas bog'liq. Mo'jizani qarangki, chin shoirlik maqomidagilar haqqoniy his va tuyg'uli, ruhiy cheksiz ishtiyoqlarni badiiy ohang bir misraga, bir bandga yoki bir she'rga sig'dira oladi:

Nomim chiqdi qo'shni qishloqda,
Ana shoir kelyapti...Shoir...
Mening esa ko'nglim shu yerlik,
Go'zal qishloq qiziga moyil.

Ushbu misralar yosh shoir Umidjon Qo'ziyev she'riga mansub.
Umidjon tengdosh shoirlarga qaraganda yozayotgan she'rlarining tilini ravon , sodda, aniq, badiiy tasvir vositalarining me'yorida qo'llash hadisini puhta egallashning ishtiyoqida ijod qilib kelmoqda.
Shoir muhabbat insonga ato yetilgan oliy ne'mat, unga noil bo'lganlar esa bu tuyg'uni qoni va joniga singan insonning ruhiy holatini o'zining nuqtai nazari asosida samimiylik ila insho qiladi :

Ko'rsa meni soylar jilmayar,
Qarshi olib otasi peshvoz.
Qani yangi she'ringdan bo'lsin ...
Qilolmayman sira e'tiroz.

Muhabbat savdosiga duchor bo'lgan insonning qalbida yuksak tushunchalar hukmronlik qiladi. Sevganiga qalbining amrini izhor qilish ko'yida sarson bo'ladi.Uning mehrini qozonmoq, muhabbatiga loyiq bo'lmoq uchun bo'lmag'ur hissiyotlarga berilmaydi :

Va o'qiyman muhabbat haqda,
Yonib - yonib yozganlarimni.
Bilmaydida qizini sevib,
Aqlimdan ham ozganlarimni.

Aslida suluvlarning go'zalligi o'tkinchi. She'rning keyngi mislarida shoir o' z ichki kechinmasi haqida gapiradi. Oshiqning izhori diliga e'tiborsiz qiz holatini ta'sirli tavsir orqali tasvirlashning uddasidan chiqadi :

So'ng ko'zimga sinchkov tikilib,
Deydi:- She'ring zo'r ekan, balli.
Qizi esa menga termulib,
Bitta kulib qo'ymas aqalli.

She'rda oshiq shoir , muxlis ota va beparvo qizning holati orqali badiiy asarning mazmun va mohiyatini ochishning yuki qo'yilgan so'z o'ziga xos talqinda tilga kiradi:

Ey go'zal qiz endi barini,
Hal qilishning yo'lin bilaman.
Otang yana she'r so'rab qolsa,
Shu she'rimni o'qib beraman.

Odatda badiiiy asar tilinining betakor bo'lishining aniq , betakror unsuri bor . Bu tasvir aniq va ravshan bo'lishi, ya'ni tavsir qilinayotgan harakat, holat yoki manzara badiiy yil vositasida asarning o'qimishligini ta'minlovchi vositadir. Bu esa ko'ngillarini o'jar daryoga - so'zga bog'lanlar izlayotgan ruhiy hotirjamlikning omilidir.

Umidjon Qo'ziyening mazkur she'ri uni she'riyat ixlosmanlari bilan tag'inda yaqin qildi. Shudan - da ular shoirni yaqindan taniy bishladilar...

4 months, 1 week ago

#истиқлол_мушоираси

**Элим эркин,
озод эрса!

Элим боши омон бўлса,
Манинг бошим омон бўлгай.
Элим ранги сомон бўлса,
Манинг рангим сомон бўлгай.

Элим юрса хуш-у хандон,
Манинг дилим бўлур шодон.
Элим юрса лол-у ҳайрон,
Манинг дилим бўлур вайрон.

Элим уйи обод эрса,
Манинг уйим обод ҳар дам.
Элим эркин, озод эрса,
Манинг кўнглим озод ҳар дам.

Беги Дўст.**

4 months, 2 weeks ago

Loyihaning nomi :
SHOIRIM, MEN SHOIR BO'LMASAM BO'LMAS...

Loyihaning muallifi :
Ikrom Bobojonov, Yangibozor tumanidagi 10 -son umumiy o'rta ta'lim maktabining ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari.

5 - fasl : ... S U Y U N C H I ...
( Qurbon Muhammad Rizoning yangi kitob nashrdan chiqdi )

,,Urganch oqshomlari" nomli she'riyat davrasi - mushoira anjumani bo'ladigan joyga vaqtli yana hammadan oldin Shoira Shams bilan boribmiz. Bir ozdan so'ng ustoz Qurbon Muhammad Rizo keldilar. Hol -ahvol so'rashdik. Shu asnoda ustoz quvonch bilan yangi nashrdan chiqqan
,,Muhammad ibn Muso Al - Xorazmiy " romani ilk sonini ko'rsatdi. Yangi nashrdan chiqqan ustozning kitobini o'zgacha hayajon bilan qo'limga oldim. Har qanday kitobning hidi va tafti bo'ladi. Ayniqsa, yangi nashrdan chiqqan kitobning. Buning zavqi va shavqini aytmasizmi ?
Ustoz bilan yonma-yon o'tirdik. Kitobni varaqlash asnosida tabbarruk 88 yoshida yaratgan yangi asari hususidagi suhbatimiz o'zgacha tarzda kechdii. Davraga Gavharjon, Salimabonu, Durposhsha, Qadamboy akalar birin - ketin qo'shildilar. Diydorlashishimizning ilk fursatlardan keyin davraga qo'shilayotganlarning har biriga faxr bilan ,,Suyunchi bering. Ustozning yangi kitobi chiqibdi" , - deya hushxabarni yetkazib turdim ...
Bu husxabardan hammaning ko'zlari charaqlab ketdi. Samimiy lutf ila ustozni tabriklashdi Bishqslarning ham tashriflaridan davra minavvarlasha bishladi.
Ustoz Turon zaminning asil farzandlari - Abu Rayhon Beruniy, Mahtumquli ( Farog'iy) ning benazir symolarini so'z san'atining benazir ifodasi vositasida yaratgan tarixiy asarlari milliy adabiyotimizning ganjiga aylanganidan hamisha g'ururda edik. Qurbon Muhammad Rizoning dunyoga sanashni o'rgatgan Al Xorazmiy haqidagi tarixiy asari ma'naviy hayotda adabiy hodisadir, albatta. Bundan ko'nglimiz g'ururga to'ldi. Boshimiz falak qadar yuksaldi.

Qurbon Muhammad Rizo o'zbek milliy adabiyotining zabardast, hazrati ijodkori. Uning ijodi haqida ko'p va xo'p e'tirof qilingan U o'zning har bir asariga xalqizning ruhini, yashash tarzi, urf - odatlari, bir so'z bilan aytganda, o'zligini shunday singdirib yuborganki, nazmining har bir misrasiida, nasrining har bir jumlasida, dramatic asarining diologi, monologida dunyolarga teng keladigan ma'nolarning sivrati va siyrati tilga kiradi...

Uning oq qog'ozga tushurgan fikr go'yo sizning fikringizday. Siz aytmoqchi bo'lgansiz - u, ozgina fursat kech qolgansiz, Qurbon Muhammad Rizo aytib qo'ygan. U chindan ham odamning ko'nglini biladigan ijodkor. U qo'llagan har bir so'z, adabiyot muxlislarining aytar so'zidir. Har bir detal, tasvir barchaning ruhiyatida akslanadigan manzaralardir.

Uning qaysi bir ijod namunasini o'qimang, jo'n va oddiy tasvirlarda ham badiiylik jihatidan mukammal bo'lgan obrazni tasavvur qilasiz. Bunday ruhiy holat hammada bo'lishi, tabiiy . Ana shunday boshqalarning ko'ngil mulkini o'ziniki qilib olish kamdan kam ijodkorga nasib qiladigan suylovdir. Bu boradagi marhamatdan ijodkorning omadi chopgan .

Qurbon Muhammad Rizo adabiyotnimg qaysi janrida qanday mavzuda qalam tebraymasin, unda adibning o'zigagina xos oddiylikni, samimiylikni tilimizning nafis imkonoyatlaridan foydalanib, go'zalligini nomayon qiladi.

Qurbon Muhammad Rizoning o'zbek milliy adabiyoti xazinasining noyob so' z javohirlari sarasidan o'rin oladigan ,, Muhammad ibn Muso Al - Xorazmiy " romani hazrati ustoz - Qurbon Muhammad Rizoga, qolsversa barchaga muborak bo'lsin ...

Ko'nglini adabiyotga yomon bog'lab qo'yganlar allaqachon Qurbon Muhammad Rizoning yangi ,, Muhammad ibn Muso Al - Xorazmiy " asarini o'qish istagida ana shu muborak fursatlar tezroq ro'y berishi ilinjidadirlar...

4 months, 2 weeks ago

“XXI asr” газетасининг2024 йил 8 август 32 (1082) -сонида босилган мақолаларнинг қисқача анонси билан танишинг:

  • Остона шаҳрида Алишер Навоий ҳайкалининг очилиш маросими бўлади!
  • Сайлов – 2024: Имзо – ишонч деганими?
  • Кетмайдиган бўлиб келди Озодлик!
  • Фракцияда муҳокама ва мунозаралар нега қизияпти?
  • Тадбиркор ортиқча юкламадан қутулади...ми?
  • Кечаги талаба бугун оқсоқол
  • “18+” ортидаги ўйинлар ва назорат кимнинг қўлида?
  • Сирожиддин Саййид ҳазилига раддиясифат хотира

Ишончли хабарлар: @XXIasr_yangiliklari

4 months, 2 weeks ago

Шоир Азизийнинг байрам табриги

4 months, 3 weeks ago

Муҳтарам каналимиз муҳлислари!
Барчангизни Нурбой Жоббор сабоқлари ўзанига қўшилишга таклиф этамиз. Адабиётшунослигимизнинг нуктадон олими сабоқларидан баҳрамандлик ва баҳраворлик Сизга хуш ёқиши ва мақбул келишига ишончимиз комил... Юқорида ўзанга қўшилиш имкони Сизга мунтазир...

We recommend to visit

🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz

Last updated 2 months, 3 weeks ago

? ELON VA REKLAMALAR ✓
? SOTING YOKI SOTIB OLING ✓
? ENG ISHONCHLI KANAL ✓
? AZOLAR JONLI AKTIF 300,000 ✓
? ID 830125650 ✓

?‍? @VODIY_BOZOR_KANAL_ADMINI

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
? ONLINE SAVDO ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Last updated 1 year, 4 months ago

???
Kanalimizda judayam ko‘p foydali mahsulotlar bor, ko‘rib chiqib buyurtma berishingiz mumkin

✅ Biror bir mahsulotga buyurtma berishga qiynalsangiz yoki qandaydur muammo bo‘lsa quyidagi profilga yozing

? @Sotuvchi_A ?

Last updated 1 year, 4 months ago