?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 2 days ago
Dunyoni o'zgartirgan ixtirolar yoxud musulmonlarning dunyoda qilgan ixtirolari!
2. Kofe.
• Turkiyada musulmonlar tomonidan asos solingan bu ichimlik turi keyinchalik dunyo bo'ylab rivojlandi.
3. Dunyodagi eng birinchi uchuvchi apparat. (9–asr)
• Bilamizki, Leonardo da Vinci eng birinchi parvoz qiluvchi apparatni sur'atlarini chizib ketgan, ammo Abbas ibn Firnas birinchi bo'lib uni yasagan inson hisoblanadi.
• U mashhur musulmonlar fath qilgan Andalusiya(Hozirgi Ispaniya)ning Qurtuba(hozirgi Cordoba) shahri uzra uchuvchi apparat yordamida uchib o'tadi.
4. Dunyodagi eng birinchi universitet.
• Fatima al-Firhi nomli malika 859-yilda Marokashda birinchi bo'lib universitetga asos solgan.
5. Algebra.
• Al-Xorazmiy «Al Jabr val Muqobala» kitobida birinchi bo'lib algoritmlarga asos solgan musulmon olim hisoblanadi.
@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali
Yig'la toychog'im yig'la
(Juda taʻsirli😢)
*Farishtadek yana bir chaqaloq dunyo yuzini ko'rdi. Onasini qiynab qo'yishdan qo'rqqan shekilli, u vrachlar yordamisiz tug'ildi. Oradan bir kun o'tib, bu chaqaloq o'zini shahar chekkasidagi tashlandiq sovuq erda ko'rdi.
Onasi:
-Bolajonim, oppog'im, o'g'lim. Dunyoga bevaqt keldingda. Hozir zamon judayam o'zgarib ketgan. Men sen bilan qaerga ham sig'ardim. Ota-onam ko'rsa seni ham meni ham o'ldirishadi. Mening esa hamma hayotim oldinda. Sen meni kechir. Sen faqatgina uxlaysan xolos. Shirin uyquga ketasan. Mendek gunohkor onangni kechir. Endi uxla.
Chaqaloq:
-Farishtam onam qaerga ketdi?
Farishta:
-Bilmadim, lekin sen o'ylama hozir qaytib keladi.
Chaqaloq:
-Farishtam senga nima bo'ldi? Nega ovozing bunaqa? Yig'layapsanmi? Oyijonimga tezroq ayt kelsin. Bu er juda sovuq ekan sovqotib ketyapman.
Farishta:
-Yo'q toychoq, men yig'lamayapman senga shunaqa tuyulgan shekilli. Men hozir onagni olib kelaman. Sen faqat uxlab qolma, balandroq yig'la. Yig'la toychoq, yig'la.
Chaqaloq:
-Farishtam axir onajonim uxla dedilar. Uxlashim kerak.
Bu orada esa shu joyga yaqinroqdagi uylarning birida navbatdagi janjal.
-Azizam, xafa bo'lmagin axir tirnoqqa zor faqat biz emasku. Bu dunyoda qanchalab oilalar farzand asrab olib, baxtu kamolini ko'rmoqda. Biz ham asrab olamiz faqatgina baxtimga sog' bo'lsang bo'ldi.
-Azizim, keling, negadir tashqariga chiqqim kelyapti. yuring. Meni kimdir chaqiryapti.
-Senga nima bo'lyapti, soatga qara. Qayoqqa?
-Tezroq, tezroq boraylik. Bilmadim qayoqqa lek yuragim guppilab uryapti, qayoqqadir borishim kerak. Meni tushuning. yuring.
-Faqat sen uchun, mayli yuraqol. Uydan yosh oila chiqib yo'lak bo'ylab tez yura boshlashdi.
-Azizam negadir, sen o'zingni ovora qilyapsan, qayoqqa ketayotganingni ham bilmayapsanu.
-Azizim xuddi kimdir qo'limdan tortib ketayotgandek..........
-Menga vaʻda ber ertaga hech ish qilmasdan uyda dam olasan. Tamom. Men vrachingga ham telefon qilib gaplashib qo'yaman.
-Jiiiiim kimningdir yig'i ovozi eshitilyapti. -Ha o'sha tomondan chaqaloq ovozi eshitilyapti.
Farishta:
-Toychoq qani bor ovozing bilan baqir. Yig'la oppog'im yig'la.
Chaqaloq:
-Farishtam, qayoqqa ketib qolding. Men sovqotib ketdim. Judayam sovuq ekan. Seni rosa chaqirdim. Onamni topdingmi?
Farishta:
-Yig'la balandroq yig'la onang kelyapti. U judayam yaqin qoldi.
Ayol:
-Ey xudoyim bu chaqaloqku, kim qo'yib ketti ekan. Judayam muzlabdi. Tezroq uyga olib kiraylik. Tezroq.
-Azizam ohlarimiz Xudoga etib boribdi.
Chaqaloq:
-Farishtam onamning ovozi o'zgaribdimi?
Farishta:
-Yo'q begunoh farishtaginam, bu sening haqiqiy onangning ovozi...*
@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali
Bu test 98% aniqlik bilan sizni harakteringizni ochib beradi❗️**
Aytingchi, sur'atda birinchi bo'lib nimani ko'rdingiz❓
O'zingiz tanlagan tugmani bosing va o'zingiz haqingizda bilmagan narsalaringizni bilib oling👇🏻**
*🌿* Boshiga musibat tushib,og‘ir kunlarni kechirayotgan insonga hadeb nasihat qilavermang.
Koyiyvermang,sabrsizlikda ayblamang...
🌿 Undan bir og‘iz “Qalbing nimani his qildi”, “Qalbingni holi qanday”,
deb so‘rang...
🌿 “Og‘irligini bilaman,
lekin mana ko‘rasan bu kunlar ham avvalgilaridek o‘tib ketadi.
Seni kelajakda eng oliy baxtlar qarshilaydi”,deya tasalli bering...
🌿 Chunki uni qalbidagi zambil yukni bo‘shatishi uchun yaqin do‘stga ehtiyoji bor.
Nasihatgo‘y aqlliga emas.
Nasihat va o‘gitni hamma ham beraveradi ammo muhabbatni faqat hoslargina his qildiradi...
Qalbingizni holi qanday?..**
*🌿* Tirikmisiz..? Hayotni qadriga yeting.!
- Charchadingizmi.? Alloh yaratgan tabiat qoʻyniga chiqing, dam oling, tafakkur qiling!
- Yiqildingizmi.? Allohdan sabr va kuch soʻrab, turing oʻrningizdan!
- Sizdan soʻrasalar, siz bering,oʻylanmang.!..
- Sizni qadrlamasalar,xafa boʻlmang,qadr xam soʻramang.!
- Eshikni yopib xaydadilarmi.? U joyga aslo qaytib bormang.
- Sizga oʻrgatsalar, oʻrganing saboq oling.!
- Hayot sinovlari sizni sindirmoqqa chogʻlansa, aslo taslim boʻlmang.!
- Sizni sotsalar, kechirim bilan jazolang (qalbingizga qaytib kirgizmang, kirgizish ixtiyoringiz)
- Sizga qalb eshigini ochsalar, u qalbga kirishdan avval ifloslangan poyabzalingizni yechib kiring.
- Qachondir qalblardan quvilsangiz xafa boʻlmay keting, sabrli va kuchli boʻling.!
tirikmisiz? - Alloh siz bilan.!
- Yaralangan sherga, sogʻlom sherdan koʻra ogʻriqlar shijoat, kuch va xaybat berganidek, yiqilgan va qalbi yaralangan inson xam hayotda kuchli, shijoatli va sabrli va qoʻrqmas boʻlib boradi...@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali**
Suratga diqqat bilan e'tibor qiling! Suratdagi qizlarning qaysi biri sizga ko‘proq yoqdi va eng jozibali va go‘zali qaysi? Tanlang va shaxsiyatingiz haqida aniq ma'lumot oling!👇****
YORINING MALIKASI BO'LISHNI ISTAGAN AYOL UCHUN 3 TAVSIYA‼️*‼️*‼️**
Agar erkak kishini ushlab qolishni u sizni tark etmasligini xohlasangiz va umringizni oxirigacha u bilan birga baxtli bo'lishni xohlasangiz quyidagi muhim amallarni bajaring
1. Uning shaxsiy xududiga kirmang☝****
Aslida har bir insonning u erkak bo'lsin ayol bo'lsin shaxsiy xududlari mavjud. Bu sevgida xam xuddi shunday bu tabiiy va normal holat. Chunki erkakda oila va muhabbatdan boshqa shaxsiy narsalari xam bor. Ular xobbi qiziqishlari tez tez uchrashib turadigan do'stlari. Agar ayol shu narsalarga to'sqinlik qilsa hech qachon erkakdan sevgi kutmasin va erkak uchun bu hurmatsizlikdir
2. O'zligingizni unutib quymang☝****
Ko'pchilik ayollar erkakning bag'rida erib ketishadi va ular o'zlarini butkul unutishadi. O'zlarini shaxs sifatida yuqotishadi. O'zini bilmagan xar qanday ayol erkakka qiziq emas erkaklar ayollarda shaxsni ko'rishni istashadi. O'zini soyasi yoki qulni emas.
3. Unga do'st bo'ling☝****
Agar erkak kishi o'zining sevgilisini bir vaqtning o'zida do'st ham deb bilsa bilingki marra sizniki! Buning uchun erkak kishi gapirayotganda xamisha eshita bilish kerak. Uning quvonch va muammosini birga baxam ko'rish va shartsiz munosabatda bo'lish kerak. Xirs tuyg'u go'zallik vaqtincha, do'stlik va xurmat ko'rsatsangiz u sizni hech qachon tashlab ketmaydi
Xa xamma teng huquqli, lekin ayol bu vaziyatda o'z donoligini ishga solishi lozim. U bilan tengma teng aytishmang aks holda o'zingizni xurmatingizni va erkagingizni xurmatini yo'qotasiz. Agar uni qolishini istasangiz sizga berilgan donolik farosatdan foydalaning.
@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali
🦅 1 - Qushlar
Siz, ehtimol, ijtimoiy odamsiz. Chunki siz jamiyat, jamoa, oila uchun yashaysiz. Umuman olganda, odamlar uchun. Va o'zim uchun juda kamdan-kam hollarda.
👩🏻🦰 2 - yuz
Ehtimol, siz individualistsiz. Chunki siz o'zingiz uchun yashaysiz. Shubhasiz, siz o'z manfaatlaringizni hisobga olishga odatlangansiz. Sizning qulayligingiz deyarli har doim sizning ustuvorligingizdir.
🩹 3 - patlar
Agar siz e'tiboringizni vaqtinchalik patlarga qaratsangiz, unda siz endi hayotingizda bo'lmaganlar uchun yashaysiz. siz o'tmish uchun yashaysiz. Ehtimol, siz biror narsani tuzatishga harakat qilyapsiz yoki o'zingizni yoki boshqa birovni oqlamoqchisiz.
@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali
?Hijab fason??☺️
?Hijab fason??☺️
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 2 days ago