?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 2 days ago
? UzASBO-2'dagi qulayliklaridan biri xodimlarni ishga qabul qilishda, avvalgidek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i, jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'iga badallar, ijtimoiy soliq va kasaba uyushmasi uchun ushlanma kabi to'lov turlarini ko'rsatish shart emasligidir. Shuningdek, xodimlar turli sabablarga ko'ra kasaba uyushmasi a'zoligidan chiqib ketishlari mumkin:
- Kasaba uyushmalari to'g'risidagi Qonunga ko'ra kasaba uyushmalariga a'zo bo'lish va a'zolikdan chiqish ixtiyoriylikka asoslanishi, unga a'zo bo'lish yoki a'zolikdan chiqishga majburlashga yo'l qo'yilmasligini bilishi;
- Kasaba uyushmalari to'g'risidagi Qonunga ko'ra kasaba uyushmalariga mansublik yoki mansub emaslik fuqarolarning qonunchilikda kafolatlanadigan mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini biror-bir tarzda cheklashga sabab bo'lmasligidan xabardorligi;
- o'z haq-huquqlarini mustaqil himoya qila olishiga ishonishi va bunda prokuratura, adliya va sud organlari kabi tashkilotlar yetarli deb hisoblashi;
- turli sanatoriylarga beriladigan yo'llanmalar berish jarayonida shaffof tizim yaratilmagan deb xulosa qilishi;
- to'layotgan a'zolik badalining kichik bir bo'lagi hisobiga bo'lsa-da bayramlar arafasida sovg'alar ulashmasligi;
- faqat to‘langan pul hisobotini talab qilib, mehnat qonunchiligi buzilishi holatlariga e‘tiborsiz qaraydi yoki bu bo'yicha yetarli ishlar olib bormaydi deb hisoblashi;
- to'layotgan a'zolik badallari hisobidan qilinayotgan xarajatlarni nomaqbul deb hisoblashi, buning uchun ham o'zini javobgar deb hisoblashi va boshqa turli sabablar bo'lishi mumkin.
Endilikda tegishli xodimlarda kasaba uyushmasi uchun a'zolik badali ushlab qolinmasligi uchun eski dasturda bo'lganidek Otmenit planoviye vidi rascheta kabi qismga kirilmaydi. UzASBO-2'ning Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Majburiy ushlanma chegirilmaydigan xodimlar qismiga kiritib qo'yilishining o'zi yetarli. Dastur bu yerda kiritilgan va tasdiqlangan hujjatda turgan xodimlarning oylik ish haqidan mazkur ushlanmani chegirib qolmaydi.
Kanalga ulanish: ?
@uzasbouz
Mehnat ta'tiliga haq to'lashda yakshanba kuni hisobga olinmasligi yuzasidan
? https://telegra.ph/Mehnat-tatiliga-haq-tolashda-yakshanba-kuni-hisobga-olinmasligi-07-03
Kanalga ulanish: ?
@uzasbouz
Telegraph
Mehnat ta'tiliga haq to'lashda yakshanba kuni hisobga olinmasligi
***✅*** O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili davomiyligi me'yorlarini belgilash chora-tadbirlari to'g'risidagi 263-son qaroriga ilovaning izohida "ushbu me'yorlarda keltirilgan…
✅ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-sonli Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etildi. Shu sababli yangi 072 - Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkiliy tasnif kodi qo'shildi va tizimdagi tashkilotlarga ham shu tashkiliy tasnif kodi bilan yangi SHG'Hlar ochildi. Mazkur holatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar hisobini dasturda toʻgʻri amalga oshirishda quyidagilarga eʼtibor qaratish kerak:
Yangi ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarni main.uzasbo.uz orqali qoʻshib olinadi. SHGʻH maʼlumoti moliya boʻlimidan aniqlanadi va bu yerda koʻrsatilgan tartibda dasturga kiritiladi.
Yangi SHGʻHqa kassa va haqiqiy xarajat subschyotlari bu yerdagi maʼlumotning 2-bandida aytilgan tartibda biriktiriladi. Yaʼni Eski SHG"Hqa avvalgi 100010 lik SHG'H ko'rsatiladi va Ochilgan sana qismi ham toʻldiriladi.
DMBAT DMda qo'lda kiritilgan xarajatlar smetasini oplachen holatga o'tkazish bu yerda (matn, video) aytilgan tartibda amalga oshiriladi.
Quyi tashkilotda mart oyi ish haqini hisoblash tartibi bu yerda keltirilgan videodagidek boʻladi. zp.mdm.uz'ning Dokumenti-Nachisleniye zarplati-Izmeneniye L/S qismida hujjat 30.04.2023 sana bilan kiritiladi, so'rovnomalarni esa sanasi aprel oyi ko'rsatilgan holda jo'natiladi va g'aznachilik organlariga so'rovnoma summasi borishida mart oyi avansi ayrilib borganligi nazorat qilinadi. Faqatgina yuqori tashkilotda soʻrovnoma, plastik vedomost va SHJBPHga badallar reyestrini jamlash uchun dastlab tashkiliy tasnif kodi 075 bo'lgan SHGʻH tanlanadi. Maʼlumotlar toʻliq shakllanganidan soʻng hujjatdagi SHG'H yangi ochilgan tashkiliy tasnif kodi 072 bo'lgan SHGʻHqa oʻzgartiriladi.
Quyi tashkilotda mart oyi ish haqisi uchun toʻlov hujjatlari yangi SHGʻH tanlangan holda tuziladi va bunda soʻrovnoma, plastik vedomost, SHJBPHga badallar reyestri IDsi avtomatik tarzda chiqmaydi. Shu sababli uning ID raqami qoʻlda yozilib, qidiruv berib topiladi.
2023-yil aprel oyi avansi va ish haqisi bilan bogʻliq barcha hujjatlar quyi tashkilotda ham, yuqori tashkilotda ham toʻliq yangi SHGʻH tanlangan holda tuziladi. Bunda xodimlarni Peremesheniye sotrudnika qismiga kiritish talab etilmaydi, 4-bandda keltirilgan videodagi kabi Izmeneniye L/S hujjati kiritilishi natijasida barcha xodimlar avtomatik tarzda yangi SHGʻHqa oʻtgan hisoblanadi.
Yangi SHGʻHdan birinchi marta ish haqi hisoblanayotganda buxgalteriya provodkalari zp.mdm.uz'ning Spravochniki-Spravochniki polzovatelya-Provodki ZP qismidan koʻrsatib qoʻyiladi. Aks holda Dokumentы-Raschet zarplati-Raschet zarplati qismida tuzilgan hujjatni tasdiqlashda provodkasi koʻrsatilmagan har bir toʻlov turi boʻyicha quyidagicha xatolik chiqadi: Oshibka: Provodka ne nayden: Vid raschet Oklad po dnyam Provodka Nachisleniye ZP. Bunda provodkalar Redaktirovat tugma yordamida ochiladi va mavjud provodkalarning pastidan Dobavit tugma orqali yangi SHGʻHqa tegishli provodkalar qoʻshib chiqiladi. Quyidagi buxgalteriya provodkalari uchun Debet subschyotni tanlashda esa haqiqiy xarajat subchyotining tegishlisini (main.uzasbo.uz'da Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Tashkilot hisobraqami qismida tegishli SHGʻHqa biriktirilgan) koʻrsatishga ahamiyat berish kerak:
Ijtimoiy soliq (YESP 25%)Ish haqi (Nachisleniye ZP)Direktor jamgʻarmasi (Nachisleniye Direk fond)Kasallik varaqasi (Nachisleniye B/L)Homiladorlik va tugʻish taʼtili nafaqasi (Nachisleniye dekret) va h.
Kanalga ulanish: ?
@uzasbouz
“UzASBO” dasturiy majmuasining E-Hisobotlar-Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot qismiga kirib tuziladigan debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisida maʼlumot moliyaviy hisobotining qanchalik toʻgʻri tuzilganligini tekshirish maqsadida undagi Pechat tugmasiga Analiz qismi qoʻshilgan. Unda qachon farq chiqishi, chiqayotgan farqlarni qachon to'g'rilash kerak, qachon farq bo'lsa-da hisobot to'g'ri tuzilgan bo'lishi bo'yicha quyidagi havolada ma'lumot berilgan:
? https://telegra.ph/Analizda-farq-bormi-10-18
Kanalga ulanish: ?
@uzasbouz
Telegraph
Analizda farq bormi?
“UzASBO” dasturiy majmuasining E-Hisobotlar-Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot qismiga kirib tuziladigan debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisida maʼlumot moliyaviy hisobotining qanchalik toʻgʻri tuzilganligini tekshirish maqsadida…
https://telegra.ph/Mehnat-tatili-bilan-bogliq-turli-masalalar-08-05
2022-yil 2-iyuldan e'tiboran o'rtacha kunlik ish haqini aniqlashda qo'llaniladigan miqdor.
Qo'shimcha dam olish kunlarining mehnat ta'tili davriga qo'shilishi.
2022-yil 9-iyul mehnat ta'tili davomiyligiga qo'shilganlarning buyruqlariga o'zgartirish kiritish.
Kanalga ulanish: ?
@uzasbouz
Telegraph
Mehnat ta'tili bilan bog'liq turli masalalar
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 01/00-03/12-6023-son xati. Bu xatga 2022-yilga mo'ljallangan ish vaqti me'yorlari davomiyligining qayta to'g'rilangan shakli ilova qilingan. Unga ko'ra 2022-yilda 6 kunlik ish haftasida 293…
?UzASBO DMning mobil ilovasi ishlab chiqildi.
Android operatsion tizimidagi telefonlar uchun mobil ilovani yuklab olish manzili: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.moliya.uz_asbo
iOS operatsion tizimidagi telefonlar uchun mobil ilovani yuklab olish manzili: https://apps.apple.com/uz/app/uzasbo/id1627229003
Mobil ilovani takomillashtirish yuzasidan takliflar bermoqchi bo'lsangiz, quyidagi guruhda o'z fikr-mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin: https://t.me/uzasbo
Kanalga ulanish: ?
@uzasbouz
Google Play
UzASBO - Apps on Google Play
"UzASBO" DM buyicha ma'lumotlar berish
✅ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi Farmonining 4-bandida 2022-yil 1-apreldan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etilishi belgilangandi.
O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O'RQ-785-son Qonuni bilan Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to'ldirilishi belgilandi:
"farzandlariga nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko'rsatadigan ta'limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to'lanadigan oyiga 3 million so'mgacha bo'lgan to'lovlar".
Dasturda mazkur ushlanmani ushlab, xodimlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha imtiyoz qo'llanishi uchun nodavlat MTT va maktabga qatnaydigan farzand uchun ota-ona to'lovi nomli ushlanma turi qo'shildi. Uni Spravochniki-Spravochniki polzovatelya-Vidi raschetov qismiga kirib, Poluchit iz shablona tugmasini bosgan holda qoʻshib olish mumkin.
Kanalga ulanish: ?
@uzasbouz
✅ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son Nogironligi bo'lgan shaxslarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko'maklashish hamda ijtimoiy faolligini yana oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi Qarorining 2-bandida 2022-yil 1-martdan boshlab Soliq kodeksining 380-moddasi birinchi qismiga muvofiq bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyoz mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshirilishi belgilangan. Shundan kelib chiqib, zp.mdm.uz'ning Dokumenti-Nachisleniye zarplati-Litsa osvobojdenniye ot uplati NDFL v razmere 4-x MRZP qismida 5) bolalikdan nogiron boʻlib qolganlar, shuningdek I va II guruh nogironlari. 5) invalidi s detstva, a takje invalidi I i II grupp (5) Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi) imtiyoz turi tanlanib kiritilgan xodimlar ish haqisining 2022-yil mart oyidan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravarigacha qismiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i hisoblab chiqarilmaydi.Yuqoridagilarni hisobga olib, dasturning mazkur qismiga hujjat kiritishda imtiyoz turini to'g'ri tanlash kerak bo'ladi. Aks holda kerakli xodimlarga imtiyoz berilmay qolishi yoki tegishli bo'lmagan xodimlarga imtiyoz berilib qolishi mumkin.
Kanalga ulanish: ?
@uzasbouz
✅ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Farmonida Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanishi ko'rsatilgan. Mos ravishda har yili kelgusi yildarasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida
prezident Farmoni qabul qilinyapti. Lekin qaysi kunlar dam olish kuni, qaysilari ish kuni ekanligi, bunda haftasiga besh yoki olti kun ishlaydiganlarda vaziyat qanday bo'lishi haqida ko'plab tushunmovchiliklar yuzaga kelyapti. Natijada bu bo'yicha OAVlarda, ijtimoiy tarmoqlarda ma'lumotlar chiqarilyapti. Endilikda UzASBO DM foydalanuvchilariga bunday ma'lumotlar mutlaqo kerak emas, chunki zp.uzasbo.uz dasturiga kirganda dasturda mavjud ish vaqti grafiklari bo'yicha ish vaqti me'yorining davomiyligi qanchani tashkil etishi yuzasidan ma'lumot chiqadigan qilindi. Mazkur yangilikning quyidagi qulayliklari mavjud:
- 2018-2022 yillardagi istalgan oydagi ish vaqti me'yorining davomiyligi qanchaligini bilish mumkin. Bunda dasturga kirganda avtomatik tarzda 6 kun 40 soatlik ish vaqti grafigining tegishli oydagi soatlari chiqadi. Bu yerda ish vaqti grafigi, oy va yilni o'zgartish orqali boshqa grafiklardagi ish vaqti me'yorining davomiyligini ham ko'rish mumkin;
- Tanlangan yil, oy va ish vaqti grafigi bo'yicha bir oydagi jami ish kunlari va soatlari bo'yicha ham ma'lumot chiqadi. Shuningdek, dam olish kuni bo'lgan kunlar qizil rangda chiqadi;
- Ish vaqti grafiklari ro'yxatining eng pastida Mehnat ta'tili kunlari uchun nomli grafik ham bo'lib, bunda mehnat ta'tili hisoblashda qaysi kunlar hisobga olinishi bo'yicha ma'lumot chiqadi, undagi soatlarga e'tibor qilinmaydi. Mehnat ta'tili hisoblashda ham bir qancha tushunmovchiliklar bo'lib, bu bo'yicha avval ma'lumot bergandik;
- Kadrlar bo'limiga tabel to'ldirishda, navbatchilik asosida ishlaydiganlarga nima uchun ish soati bir xil bo'lsa-da, ish haqi miqdori oylar bo'yicha turlicha ekanligini tushuntirish kabi turli boshqa holatlardayam mazkur yangilik katta yordam beradi.
Kanalga ulanish: ?
@uzasbouz
✅ UzASBO DMdan foydalanish bo'yicha ma'lumot beruvchi maxsus bot - @uzasbo_qollanma_bot ishga tushirildi. Botda quyidagi imkoniyatlar mavjud:
- dasturning har bir qismi bo'yicha matn va video shaklda ma'lumotlar mavjud;
- tushuntirishlar o'zbek va rus tillarida berilgan;
- hozirda main.uzasbo.uz'ning barcha bo'limlari bo'yicha tushuntirishlar qo'yilgan. Dasturning zp.uzasbo.uz qismini takomillashtirish bo'yicha ishlar olib borilyapti, ushbu jarayonlar yakuniga yetishi bilan bu qism bo'yicha ham ma'lumotlar qo'yiladi.
Kanalga ulanish: ?
@uzasbouz
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 2 days ago