Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

Dun'ya_Di🍃

Description
( لَا تَحۡزَنۡ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا )

,, Mahzun bo‘lmang Alloh biz bilan ‘‘

( Qur’oni Karim Tavba surasi 40-oyat )

Reklama uchun @Xazrati_Sulton ❗️
Advertising
We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 weeks, 2 days ago

1 month, 1 week ago
*Ona:

Ona:
-- "Ixlos surasini oʻn marta oʻqisang, jannatda senga qasr quriladi..."
Bola oʻqiy boshladi. Ona takrorladi..
Bola:
-- "Siz oʻqimang! Men bilan yashaysiz.."!

🌿 Tutgan roʻzalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin qadrligim, kechgacha goʻzal sabr tilayman...

@dunya_di 🍃

1 month, 1 week ago
***🌿*** *Ko‘zgu...

🌿 *Ko‘zgu...

-Oyijon, keling bir marta xola-xola o‘ynaylik.
-Mayli, qizim. Men kimni o‘ynayman.
-Men oyisi bo‘laman, siz esa mening qizim bo‘lasiz.
-Mayli, qizim, men nima qilay?
-Men ishdan kelaman, siz meni kutib olasiz?
-Mayli, qizim...

-Oyijon, ishdan keldingizmi?

- Yo‘qol, charchaganman.. Hammasi jonimga tegdi. Gapiraverma...

Ona turgan joyida o‘tirib qoldi, chunki qizcha uning doimiy gapiradigan gapini o‘ziga ko‘rsatib berdi..
@dunya_di
🍃*

1 month, 2 weeks ago

*Kimnidir go‘zalligi, chiroyi uchun yaxshi ko‘rsang, bu sevgi emas, shahvatdir.

Kimnidir zakovati uchun yaxshi ko‘rsang, bu muhabbat emas, hayratdir.

Kimnidir boyligi uchun yaxshi ko‘rsang, bu ham muhabbat emas, balki moddaparastlikdir.

Kimnidir o‘z nazdingda yaxshi bo‘lgani uchun yaxshi ko‘rsang, bu ham sevgi emas, balki his-tuyg‘ularingdan minnatdorligingdir.

Ammo yaxshi ko‘rgan kishingni nima uchun yaxshi ko‘rishingni o‘zing ham bilmasang, mana shu haqiqiy sevgidir.

• Sharif Abdullatif@dunya_di 🍃*

1 month, 2 weeks ago
*Ozgina tabassum ***🙃***

Ozgina tabassum 🙃*

Chapdagi suratda AQSH prezidenti Jo Bayden 80 yoshini oilasi davrasida nishonlamoqda.

O‘ngdagi suratda esa, bizdagi tumanlarning biridagi Xadicha xolani 1yoshli nevarasini aqiqasiga tuzagan dasturxoni..

Mehmondoʻst xalqimdan aylanay... 🤭
@dunya_di
🍃*

1 month, 2 weeks ago
**ДАХШАТ ЮРАГИ БЎШЛАР КЎРМАСИН!

**ДАХШАТ ЮРАГИ БЎШЛАР КЎРМАСИН!

⛔️ 19 Ёшли қиз севган инсонни билан шарқий давлатга дам олиш учун кетишади, бироқ етиб келиши билан қизни қулликга сотиб юборади.
Қизни сотиб олган инсонлар қиз учун катта пул талаб қилишади ва 3 йил давомида қулликда қолади. Қизга телефон қилиш имконияти берилганда, қиз биринчи бўлиб онасига ўзининг суратини юборади, она қизининг суратини кўриб ўша куниёқ ўз жонига қасд қилади 😰

Кейнроқ билишса, она суратдаги дахшатли...**Давоми бу ерда 👇****

1 month, 2 weeks ago
Dun'ya_Di🍃
1 month, 3 weeks ago

#biroz_tabassum Ayol kishi pulni yaxshi ko‘rmaydi, shuning uchun undan tezroq xalos bo‘lishni xohlashadi😄@dunya_di 🍃**

1 month, 3 weeks ago

#biroz_tabassum Qoʻqon xoni Anjan aholisiga qarab: “kimda kim men bilan maʼlum bir vaqt suhbat davomida soʻziga soʻz qoʻshmasdan , yaʼni osh-posh , non-pon , tuz-puz qilmasdan gaplasha olsa shu tovoqdagi tillani oʻshanga beramiz” , desa xalqni orasidan bittasi chiqib : “men gaplashaman” , debturib , “tillani tovoq-povogʻi bilan bervorassimi?” dermish ))@dunya_di *🍃*

1 month, 3 weeks ago

*Universitetda professor talabalarga shunday savol berdi: - Barcha mavjudotlar Xudo tomonidan yaratilganmi?

Bir talaba dadil turib javob berdi: - Xa, Xudo tomonidan yaratilgan.

- Xudo xamma narsani yaratganmi? – soʻradi professor.

- Xa, ser, - javob berdi talaba.

Professor soʻradi: - Agar Xudo xamma narsani yaratgan boʻlsa, demak Xudo yomonlikni xam yaratgan ekan-da, agar u mavjud boʻlsa. Va, biz qanday boʻlsak, qilmishlarimiz xam shunga yarasha boʻladi, tamoyiliga koʻra, Xudo yomonlik ekan.

Talaba bunday javobni eshitib jim boʻlib qolibdi. Professor oʻzi bilan juda faxrlanibdi. U talabalarga, Xudoga ishonish - bu afsona ekanligini yana bir bor isbotlaganini maqtanibdi.

Yana bir talaba qoʻlini koʻtarib, soʻrabdi: - Sizga savol bersam maylimi, professor?

- Albatta, - javob beribdi professor.

Talaba turib soʻrabdi: - Professor, sovuqlik mavjudmi?

- Nima deganing bu? Albatta mavjud. Sen xech qachon sovuq yemaganmisan?

Talabalar uning savoliga kulishibdi.

Yigit javob qilibdi: - Aslida, ser, sovuqlik mavjud emas. Fizika qonunlariga muvofiq, biz sovuqlik deb ataydigan narsa, aslida issiqlikning yoʻqligidir. Insonni yoki predmetni, ular energiyani yutadimi yoki ajratadimi, bilish uchun oʻrganish mumkin. Mutloq nol – bu issiqlikning umuman yoʻqligidir. Bunday temperaturada butun modda inert boʻlib qoladi. Sovuqlik mavjud emas. Biz bu soʻzni, issiqlik yoʻq xolatini taʼriflash uchun oʻylab topganmiz.

Talaba davom etdi: - Professor, qorongʻulik mavjudmi?

- Albatta mavjud.

- Siz yana noxaqsiz, ser. Qorongʻulik xam mavjud emas. Qorongʻulik aslida yorugʻlikning yoʻqligidir. Biz yorugʻlikni oʻrganishimiz mumkin, ammo qorongʻulikni oʻrganolmaymiz. Biz oq nurni turli ranglarga ajratib, xar bir rang toʻlqinining turli uzunliklarini oʻrganish uchun Nyuton prizmasidan foydalanishimiz mumkin. Biroq siz qorongʻulikni oʻlchay olmaysiz. Oddiy yorugʻlik nuri qorongʻulikka teshib kirib, uni yoritishi mumkin. Biror bir makon qanchalik qorongʻu ekanligini siz qanaqa qilib bilasiz? Siz yorugʻlikning qancha miqdori borligini oʻlchaysiz. Shunday emasmi? Qorongʻulik – bu yorugʻlik yoʻqligida nima sodir boʻlishini taʼriflash uchun inson ishlatadigan tushunchadir.

Oxir oqibat, talaba professordan soʻradi: - Ser, yomonlik mavjudmi?

Bu safar, professor ishonchsizlik bilan javob berdi: - Albatta, xali aytganimdek, biz uni xar kuni koʻramiz. Insonlar oʻrtasidagi shafqatsizlik, butun dunyo boʻylab sodir etilayotgan koʻplab jinoyatlar. Bu misollar yomonlikning namoyon boʻlishidir.

Bunga talaba quyidagicha javob qildi: - Yomonlik mavjud emas, ser, yoki, xar xolda, u uning oʻzi uchun mavjud emas. U xam qorongʻulikka va sovuqqa oʻxshaydi. Yomonlik – bu Xudoning yoʻqligini taʼriflash uchun inson oʻylab topgan soʻzdir. Xudo yomonlikni yaratmagan. Yomonlik, yorugʻlik va issiqlik kabi mavjud boʻlgan ishonch yoki muxabbat emas. Yomonlik inson yuragida Xudoga boʻlgan Muxabbatning yoʻqligi natijasidir. Bu xuddi sovuqlikka oʻxshaydi, qaysiki issiqlik boʻlmaganda keladi, yoki qorongʻulikka oʻxshaydi, qaysiki yorugʻlik boʻlmaganda keladi.

Professor oʻtirdi. Yosh talabaning ismi –Albert Eynshteyn edi.*©️Abdulloh Abdulhamid@dunya_di *🍃*

2 months ago
***🌿*** Ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlarimni hammasini ham …

🌿 Ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlarimni hammasini ham tanimayman. Allohim O‘zing ularni barchalarini taniysan va qalblaridagi narsani ham bilasan...

🤲🏻 Allohim dardman va kasallari bo‘lsa shifo ber. Balo va ofatdagilarini ofiyatda qil. Hojatmandlarini hojatini ravo ayla. Gʻam tashvishlilarini g‘amlarini arit. Qarzdorlarini qarziga najot ber. Zurriyot talabida bo‘lganlariga solih va soliha farzanlarni nasib et. Uylanadiganlariga soliha ko‘zni quvontiradigan jamila va mutiy’allarni juft qil. Turmushga chiqadiganlariga taqvoli, jasur erlarni munosib qil. Safardagi va barcha g‘oiblarni ahli oilasiga qaytar. Ey Robb! Har birimizni qalbimizdagi orzu niyatlarimizni bilasan. Undan ziyodasini bizlarga ato et.

Kelayotgan Ramazon oyiga omonlikda yetkazib, ibodatlarimizga kuch-quvvat ber va gunohlarimizdan forig‘ bo‘lishimizni O‘zing nasib et. Amin.

@dunya_di 🍃

We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 weeks, 2 days ago