Javhariy's Notes

Description
@JavhariyNotes - "Ta'lim siyosati va Siyosat ta'limi" ga oid shaxsiy qarashlar aks etgan kanal. (Personel blog*)

Shaxsiy mulohazangiz va alohida murojaatingiz bo'lsa admin bilan mana bu yerda @Javhariy289 bog'lanishingiz mumkin.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

4 months ago

**Shu qozonda kuygan jizzaman

O'zbеkiston Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO)dan nеga diskvalifikasiya qilindi?**
Bir nеcha kun avval tеlеgram kanalimda O'zbеkiston tеrma jamoasining Ostona shahrida 7-14-iyuli kunlari 35-Xalqaro biologiya olimpiadasidan sharmandali holatda diskvalifikasiya qilingani haqida yozgan edim. Ko'pchilik sababini so'rab yozdi. Lеkin mеn vazirlikning rasmiy munosabati bildirilmay turib tafsilotlari haqida yozishdan o'zimni tiygan edim.

Ana endi izoh bеrsam bo'ladi, boisi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining o'zi holat haqida yozib chiqdi.

O'zbеkiston nеga IBOdan chеtlatildi? Chunki biznikilar g'irromlik qilishdi, shu sabab haydaldik. Voqеa qanday bo'lganini tushuntiraman. Odatda olimpiadaga har bir davlatdan to'rt ishtirokchi boradi. O'quvchilar bilan tеrma jamoa ustozlari (tеam lеadеrs) ham birga borishadi. Bu gal bizdan bеsh nafar ustoz kеtgandi.

IBOda savollar ingliz tilida tuziladi. Ertaga nazariy imtihon dеgan kuni o'quvchilarning tеlеfon va kompiyutеrlari olib qo'yiladi, intеrnеtdan batamom ihotalanadi. Bu vaqtda tеrma jamoa ustozlari tuni bilan ertaga tushadigan nazariy savollarni o'z tillariga tarjima qilib chiqishadi. Tarjima tugagach matеriallar tashkilotchilarga topshiriladi. To imtihon o'tmaguncha ustozlar o'z o'quvchilari bilan ko'rishtirilmaydi, gaplashtirilmaydi.

Bizdan borgan ustozlar tarjima qilinayotgan matnga o'quvchi uchun to'g'ri javobni topishiga yordam bеradigan savolda yo'q bo'lgan bеlgilar qo'yishgan. Bu holat bilishim bo'yicha bizdan borgan to'rt o'quvchidan biri uchun maxsus qilingan. Imtihon o'tgan. Shundan so'ng hakamlarda natijalar shubha uyg'otgan. Savollar kitobini olib tеkshirib ko'rishganda to'g'ri javoblarga ortiqcha bеlgi qo'yilganini payqashgan. Hamma ishkal shu еrdan boshlangan. Hakamlar bizni ustozlarga g'irromlik qilishganini isbotlab bеrishgan, biznikilarning tan olishdan boshqa choralari qolmagan

Shu sabab biz IBO2024 dan sharmandalarcha chеtlashtirildik. IBO qo'mitasi bizning ustozlar bundan avvalgi yillarda ham g'irromlik qilgan bo'lishi mumkinligini iddao qilmoqda. Bu ham tеkshirilishini va agar shunday hol aniqlansa bеrilgan mеdallar bеkor qilinishini aytishgan va O'zbеkistonni IBOga a'zo 80 davlat ro'yxatidan chiqarib yuborishgan.

Mana hammasi qanday bo'lgan edi. To'g'risi bu juda sharmandali hol, shunday emasmi? Bir o'quvchiga yordam bеraman dеb butun boshli davlatni sharmanda qilishdi.

Yana bir kichik eslatma. Bu O'zbеkistonning IBOdan diskvalifikasiya qilingan birinchi holat emas. Xuddi shunday g'irromlikni 2010-yil Janubiy Korеyada bo'lib o'tgan olimpiadada ham qilganmiz va o'shanda ham natijalarimiz bеkor qilingan edi. Lеkin bu gal a'zolikdan ham chiqarib yuborildik.

Eng qiziq joyi 2027-yil IBO bizda, O'zbеkistonda o'tkazilishi rеjalashtirilgan edi (olimpiada kunlari hali aniqlashtirilmagandi). Hozirgina IBO saytini qarasam 2027-yilgi olimpiadaga mеzbonlik qilish Polshaga bеrilibdi.

Akadеmik halollik juda ham muhim shart. Ilm-fanda akadеmik halollikka rioya qilmas ekanmiz, oqibati hеch qachon yaxshi bo'lmaydi. Mana shunday bir umr yuzimiz qora bo'lib yuravеramiz.

Bir aqlli inson aytganidеk, «Bitta ahmoq quduqqa tosh tashlaydi, endi uni qirqta aqlli ham chiqara olmaydi».

©Baxtiyor Shеraliеv
@JavhariyNotes

4 months, 1 week ago
4 months, 1 week ago

PROVAKATSIYA QURBONI BO'LMANG!

Ayrim kasbdosh ustozlarning telegram kanallarini kuzatib turibman. Ko'pchiligida "testlar men tuzgan namunaviy variantlardan tushgan, yoki shu yilgi imtixondagi savollar men sotayotgan test-kitobdagi testlar bilan bir xil" degandek gaplar bilan postlar, reklamalar yozoshyapti. Insofni o'zlariga bersin avvalo! Lekin bunga ishonish va ko'r-ko'rona bu postlarni tarqatish yaramaydi.

Huquq uchun tematik baza juda tor. Kitobning istalgan burchagidan test tuzish mumkin bu esa "BMBA testlari mening testlarim bilan bir xil" degani emas-ku! Shunday emasmi?!

Maslahatimiz, abituriyent faqat kitob bilan shug'ullansin. Testlar esa diognostika va tematik tarzda ishlash uchun kerak, yodlab olish uchun emas.

Abituriyent ko'p vaqtini o'z sohasi bo'yicha bilm olishga sarflashi va kelgusidagi imtixonlarga maksimal darajada tayyorlanishi kerak.

Ushbu post kechagi imtixon bilan bog'liq holatlardan ustaomonlik bilan foydalanayotgan "bloger" ta'siriga tushib qolayotgan yosh huquqshunos o'quvchilar uchun yozildi.

Provakatsiyadan saqlaning?‍♂****

EDULINE | Javohir SA'DULLAYEV

4 months, 3 weeks ago

Savodsizni bahsda yengib bo'lmaydi...

U.Cherchil
@JavhariyNotes

4 months, 4 weeks ago

"Hurmatli abituriyent! Siz talabalikka tavsiya etildingiz" degan lotereya chiqarilmagan hali.

"Nima deb o'ylasang, o'yla! Qanday tushunsang, tushun!" kitobidan?

Javohir SA'DULLAYEV@JavhariyNotes

5 months ago

BILASIZMI?‍♂

#insayd

◾️Ro'yxatdan o'tkan 6 000 dan ortiq huquqshunoslarda xorijiy tildan B2 yoki IELTS sertifikatlari mavjud.

◾️300 dan ortig'i esa majburiy fanlardan ham milliy sertifikatlarga ega.

Kurashga tayyormisiz?

Javohir SA'DULLAYEV@JavhariyNotes@line_lesson@SADULLAYEV_MAKTABI

7 months ago

Maktabda ishlagan qisqa vaqtdagi faoliyatim davomida u yerdagi TARTIB masalasida bildirgan qisqacha fikrim!Maktab o'quvchilari IELTS imtihonida insho yozish tartibini o'rganish uchun maktab darsidan qochib, ta'lim tartibini buzushadi! Maktab o'qituvchilari piyodalar yo'lakchasiga "qorovul" bo'lib o'quvchilarning yo'ldan o'tishini tartibga solishadi va o'qituvchilikning funksional tartibini buzishadi.

Javohir SA'DULLAYEV@JavhariyNotes

7 months ago

Qiziq...
Bolalarning nega darsni qilib kelmaganligi haqida ham kimdir surushtiruv qilarmikan
?/?**

Yoki bu qiziq emasmi?**

7 months, 1 week ago

#iqtibos

Siyosat ishonch qozonish musobaqasiga aylandi. An'anaviy siyosiy kuch maydoni odatda harbiy yoki iqtisodiy kuch egalarinikidir. "Axborot asrida siyosat bu hikoyada g'olib chiqqanlarga tegishlidir",-deydi RAND Korporatsiyasining siyosat va axborot sohasi mutaxassislari.

Jozef Nay
"Yumshoq Kuch" kitobidan
@JavhariyNotes

9 months, 1 week ago

‼️​​Бадавлат Ротшильдлар сулоласи амал қилаётган 6 та олтин қоида

1760 йилларда миллати яҳудий бўлган, германиялик яҳудийларнинг ҳуқуқини ҳимоя қилувчи нуфузли амалдор Майер Амшел Ротшильд банк хизматларини кўрсатувчи бизнесга асос солади.

Йиллар ўтиб, Майер Ротшильднинг бизнеси 5 нафар ўғли ёрдамида бир қанча Европа мамлакатларида тармоқларга эга бўлади. 1815 ҳамда 1914 йилларда Ротшильдлар оиласи жаҳоннинг энг йирик банкини бошқаришган. Мана, 2 асрки бу сулола номи бадавлатлик сўзига синонимдир. 2005 йилда Forbes журнали Ротшильдлар сулоласини барча даврнинг энг бой бизнесменлари 20 талигида 7- ўринга муносиб кўрган.

Майер Ротшильд томонидан яратилган "Ротшильдлар қоидаси" номли қўлланма шарофати билан сулола ҳалигача бадавлат ва ҳашаматли ҳаёт кечирмоқда. Темза дарёсининг шимолида жойлашган "The City" деб номланган ҳудуд инглизлар наздида бу оила вакиллари истиқомат қилаётган алоҳида бир мамлакатдир. Ҳаттоки Британия қироличаси ҳам бу ерга келиши учун ҳукумат вакиллари билан ҳисоблашиши лозим. Қуйида оиланинг муваффақиятига хизмат қилган қоидаларни диққатингизга ҳавола қиламиз.

1-қоида.
Бизнесда муҳим лавозимларнинг барчасини оила аъзолари эгаллаши керак (ёлланма ишчилар эмас); ишларда фақат эркакларнинг авлодлари қатнашиши, фақат эркак жинсидаги бевосита меросхўрлар мерос олиши керак.
Агар ака-укалар бир овоздан бошқа қарорга келмаса, тўнғич ўғил оила бошига айланади.

2-қоида.
Оиладаги эркаклар тўпланган бойлик оила ичида қолиши ва умумий ишга яраши учун холавачча, амакивачча, тоғавачча, аммаваччаларига уйланиши керак.
Қизлар оқсуякларга турмушга чиқиши керак. Майер Амшел авлодлари тузган 58 та никоҳнинг тенг ярми холавачча, амакивачча, тоғавачча, аммаваччалар ўртасида бўлган.

3-қоида.
Ҳар қандай вазиятда ҳам оиланинг мулкини тавсифлаб бермаслик, давлат ҳажмини ошкор этмаслик керак. Ҳаттоки судда ва васиятномада ҳам. Ака-укалар ўртасидаги баҳслар оила ичида, бирдамликни сақлаган ҳолда ҳал этилиши керак.

4-қоида.
Ҳеч қачон ҳаддан ташқари кўп даромад ортидан қувмаслик керак ва ўз-ўзини ҳар қандай тасодифлардан ҳимоя қилиш керак, ҳар нарсада меъёрни билиш ва нишонни ҳеч қачон кўздан қочирмаслик керак.
Майер Амшел Ротшильднинг ўғиллари ушбу қоидага риоя қилиб, фақат чуқур ўйланган ва ишончли узоқ муддатли лойиҳаларга сармоя киритишга ҳаракат қилган.
Аммо улар Наполеоннинг Ватерлооо яқинидаги жангда қозонган муваффақиятларидан қайғуриб, ўз акцияларини Лондон биржасида шошилинч сотгани билан боғлиқ ҳолат ҳақида маълум.

5-қоида.
Камтарлик бойликка олиб боришини ҳеч қачон унутманг!
Ротшильдларнинг умумий бойлиги, экспертларнинг энг камтарона баҳоларига кўра, 3,2 триллион доллардан ошади. Аммо аниқ рақамни ҳеч ким билмайди, чунки оила ҳалигача ўз даромадларини фош этмасликка уринади.

6-қоида.
Билими бор дунёни эгаллайди!
Ушбу қоидани Майер Ротшильднинг беш ўғли амалда исботлаб берди. Улар Европанинг Франкфурт, Лондон, Неаполь, Вена ҳамда Париж каби турли шаҳарларида яшасалар-да, бу сулоланинг муваффақиятига фақат ижобий таъсир ўтказди.

Каналга уланиш
@centerasiastudy

***‼️***[​​](https://telegra.ph/file/3e0fab2dced2735b1f3f8.jpg)**Бадавлат Ротшильдлар сулоласи амал қилаётган 6 та олтин қоида**
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago