Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 2 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
“Davlat tili va taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusidagi IV respublika an’anaviy ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plamining to‘liq shakli e’lon qilindi.
Yuklab olish👈
Bizning manzillar:Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#loqayd bo‘lmang, o‘qing??
O‘zbekistonda yashab o‘zbekchani bilmaslik “fazilat”ga aylanib bo‘ldi.
Kecha yo‘l-yo‘lakay bir-ikki hujjatlarimni nusxalash uchun “kserokopiya”ga kirdim. Qandaydir hujjat uchun rasmga tushishga kelgan bolalar va men navbat kutib turardik. Birozdan keyin kirib kelgan turk millatiga mansub kishi maqsadini juda chiroyli qilib tushuntirdi. U sof o‘zbek tilida, bexato gapirardi. Kopiyachi esa uning har bir o‘zbekcha berayotgan savoliga turkcha javob qaytaravergach, u ham turkcha davom ettirdi suhbatni. Aftidan u o‘zbek tilini o‘rganayotgani, shu sabab o‘zbek tilida so‘zlashib malaka oshirgisi kelayotgani yaqqol sezilib turardi. Keyin u yonimizda surati to‘g‘rilanayotgan va o‘zaro bir-birini turtib, hazil qilib kulayotgan bolalarga so‘z qotdi:
– Bolalar, surat yoqdimi sizlarga, xursandsiz?
– ...
Bolalar shunchaki turkning yuziga bir qarab qo'yishdi-yu javob berishmadi. (Chunki ular o‘zbekchani (!) tushunishmagan edi).
Turk bolalarning savolini javobsiz qoldirganiga ajablanib turganda, kopiyachi bular o‘zbekchani tushunmaydi, rusiyzabon dedi.(Albatta, bu gapni ham turkcha aytdi).
Turk nihoyatda ajablandi. Uning ko‘zlaridan nahotki, O‘zbekistonda yashab o‘zbekchani bilmasa, degan hayratni sezmaslik mumkin emas edi.
Xullas, turk behafsala kopiyaxonadan chiqib ketdi. Uning yuzidan esa: o‘zbek tilini o‘zi nega vaqt sarflab o‘rgandim. Bemalol muloqot qila olar ekanman, shart emas ekan-ku, degan o‘y zohir edi.
Ps: To‘g‘ri, til bilish – fazilat. Rusga ruscha, turkka turkcha gapira oladigan millatmiz. Bu yaxshi. Ammo ba’zan o‘z ona tilimizning mavqeyini, umrboqiyligini saqlash, shu davlatga keladigan mehmonlar, yoki shu yerda yashovchi o‘zga millat egalarining ham: “O‘zbek tilini o‘rganib qo‘yishim kerak, bo‘lmasa insonlar bilan to‘liq muloqotga kirisha olmayman”, degan mas’uliyatini oshirish, o‘zbek tiliga nisbatan bepisandligini yo‘qotish uchun ham sof o‘zbekcha muloqotlar o‘rnatishimiz muhim! Bu uchun biz, ya’ni shu til egalari jon kuydirmasak, bu yana kim uchun qiziq?!
Mulohaza sizdan...
AGR
14.08.2024.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 2 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago