Mahamadkhodjaev

Description
dijital, produkt, pet-loyihalarim haqida va sohaviy fikrlarimni nostabil yozib turaman.

o'zim haqimda: #about
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 4 days ago

9 months ago

O‘tgan yili mart oyida soft-skillarim va networking ustida ishlashni boshlagan edim. Shu vaqt ichida nimalar o‘zgargani va asosiy xulosalarimni bo‘lishmoqchiman.

Asosiy xulosa: Soft skillar hard skillardan muhimroq.

Uzoq vaqt hard skillar yaxshi rivojlangan bo‘lsa qolgani muhim emas degan fikr bilan yurganim uchun buni fakt sifatida qabul qilish qiyin bo‘ldi. Keling nega ko‘pchilik uchun soft-skillar muhimroq ekanligini ko‘rib chiqamiz:

Soft skillarni rivojlanishi ko‘pincha inson fe’liga bo‘g‘liq, va rivojlantirish oson emas. Kritiklarga har doim agressiya bilan reaksiya bildiradigan, fikrini to‘g‘ri yetkazib bera olmaydigan, ishdagi stress holatlarda o‘zidan boshqa hammani aybdor sifatida ko‘radigan jamoa a’zosi bilan ishlash hamma uchun qiyin. Bizni sohada esa samaradorlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoadagi muhit va kayfiyatga bog‘liq. Hard skillarni esa ish davomida rivojlantirib olish mumkin.

1) Tanish-bilish.

Xohlasak xohlamasak tanishlari ko‘proq dizaynerlarni ishi boshqalarnikiga qaraganda tezroq tugaydi, tanishlari ko‘proq dizaynerlar yaxshiroq joyda ishlashadi va ko‘proq pul topishadi. Sohaviy rivojlanishda tanishlarni o‘rni ham juda muhim. Ularni ko‘paytirib borishga ham alohida fokus qaratish kerak. Oxirgi ishlagan loyihalarim & ish joylarimga qarasak deyarli hammasidan tanishlarim tavsiya qilgani uchun ish taklifini olgan ekanman.

2) Jonli kommunikatsiya effektivroq.

Ishimizni mijoz bilan bog‘liq barcha bosqichlarida (vazifalarni tushunib olish, ishni himoya qilish, fikr almashish) jonli muloqot qilish online meeting/yozma ko‘rinishdan effektivroq. Jonli muloqotda emotsional aloqani yaxshiroq o‘rnatib olish mumkin, bu esa mijoz bilan bir xil muhitga tushib olish uchun muhim.

3) Psixologiya va inson psixotiplarini o'rganishni foydasi

Jamoadagi insonlar & mijozlar bilan har doim ham bir xil muloqot qilib bo'lmaydi. Ba'zida yaxshiroq kommunikatsiya uchun insonlarga moslashish kerak. Psixotiplarni o'rganish va ularga individual moslasha olishni esa ish davomida yaxshigina foydasi tegishi mumkin.

@mahamadkhodjaevs

10 months, 2 weeks ago

Professional va ko'proq tajribaga ega mutaxassislarga kechagina kursni bitirib chiqishgan studentlardan kamroq to'lashadi.

2022 - yili tadqiqotchilar Rossiya mehnat bozorini o'rganishganda shunday fikrga kelishgan ekan.

Manimcha hamma adekvat insonlar daromad tajribaga qarab butun karyera davomida o'sib borishi kerak, deb hisoblashsa kerak: mutaxassis tajribaliroq bo'ladi, uning amaliy bilimlari o'sib boradi. Chet el tadqiqotlari bu sxemani tasdiqlashgan, lekin Rossiya bozorida holat boshqacharoq ekan.

Rossiyada boshlang'ich mutaxassisni daromadi o'rtacha 20 yoshga kelib pik darajaga chiqar ekan. Undan keyin esa birdan tushishni boshlaydi, bu pensiyaga chiqish vaqtigacha davom etadi. Bu degani pensiya vaqtiga borib qolgan mutaxassis kursni yaqinda tugatgan studentlar bilan bir xil darajaga tushib qoladi.

Oliy malumoti yo'q odamlarda holat bundan ham yomonroq, ularni oylik daromadi karyerani oxiriga borib startdagi topgan daromadidan ham pastroq ekan.

Buning sababini odam yoshi o'sib borgani bilan oldingidan ko'ra kamroq produktiv bo'lishini va sog'liq bilan muammolarda ko'rishar ekan. Undan tashqari yoshi kattaroq mutaxassislarda tendensiylarga ergashish, texnologik o'zgarishlar bilan birga yurish bilan muammolar borligini ham ko’rsatishadi.

Keys: Maktabda media va marketing fanimiz bor, ustozimiz bir tomondan qaraganda tajribali mutaxassis. Shu mutaxasisslik bo'yicha oliy ma’lumotga ham ega. Lekin vaziyatga boshqa tomondan qarab ko'rsak ustozimidagi bor bilim bazasi juda ham eskirgan, darslarda gazetalar, e’lon doskalari va shunga o'xshash eskirgan marketing turlari haqida gapirib beradilar. Yana umuman boshqa joyda kursni yaqinda bitirgan, sohaga kirib kelganiga 8 oydan ham oshmagan boshqa mutaxassis oliy ma’lumotga ega maktab o'qituvchisidan ko'proq daromad topadi.

Bu kabi tadqiqotlarni hozircha bizning bozorda o'tkazishganini ko'rmaganman, lekin o'ylashimcha, bizning bozorimiz ham Rossiya bozoridan katta farq qilmaydi. Tadiqotni batafsil o'rganib chiqib o'zingiz uchun kerakli xulosalarni qilib olishingiz mumkin — Link.

@mahamadkhodjaev / #research

11 months ago

Kanal yuritishni boshlaganimga ham 1 yildan oshibti, pin uchun tanishuv post yozib qo'yish vaqti keldi, deb o'ylayman.

Ismim Yo'ldosh, 17
Sohaviy yo'nalishim sifatida aniq bir yo'nalishni ayta olmayman, shu vaqtgacha ko'p yo’nalishlarda o'zimni sinab ko'rganman. Ba’zi joylarda kommunikatsion dizayner, yana boshqa loyihalarda UX/UI dizayner pozitsiyasida tajriba orttirganman. Umumiy qilib aytganda, o'zimni ish beruvchilarga ozgina marketing va produkt menejmentdan xabari bor dizayner sifatida tanishtiraman.

Ish tajribam, loyihalarim haqida qo'shimcha ma'lumotlar:

2021-yil frilans: Lets animate, Samarqand viloyati prokuraturasi, Kingsford, Master IELTS, Farobiy akademiyasi, Mamaev School +10 (Grafik dizayner sifatida)

2021-yil Dizayn studiyada dizayner: PDP, Unicorn, YSK, Cardinar (Grafik dizayner sifatida)

2022-yil Sberbank & Payme dasturchilari bilan birga MedTech startap (UX/UI dizayner sifatida)

2023-yil Marketing va kommunikatsion agentlikda dizayner (Texnomart, Akfa Build, NRG, Tecno Uzbekistan) — Grafik & UX/UI dizayner sifatida

2023-yil Prezident huzuridagi strategik reformalar agentligi uchun veb-sayt

2024-yil frilans va Pet-loyihalarim.

Kanalda sohaviy bilimlarga faqat nazariy emas, balki ijtimoiy va psixologik prizmadan qarashni yoqtiraman.

Ko'p repost qilingan postlarim:
Rebrendingga nisbatan xeyt: 1-qism, 2-qism
Yomon perfeksionizm
Brend manerasi
Hayotimizni bo'laklarga bo'lib sotamiz

@mahamadkhodjaevs / #about

11 months, 1 week ago

Haddan tashqari o'ziga bo'lgan ishonch faqat sohaga endi kirib kelganlarda bo'ladi. Aynan o'sha ishonch bilan agentlik ochishga harakat qilishadi, aynan o'sha vaqtda katta-katta sohaviy rejalar qo'yiladi. Tajribali dizaynerlarga chetdan qaraganda bu kulguli tuyuladi. Lekin boshidan shu ishonch bo'lmasa shunchaki sohani tashlab ketishadi, g'oyalar yarim yo'lda qolib ketadi. Shu boshlang'ich ishonchni sohaviy tajriba yig'ib olish uchun eng qulay vaqt deb hisoblayman. Chunki shu vaqtda ko'proq harakat va kamroq bosh qotirish bo'ladi. Har qanday harakat esa - tajriba.

Bu post Danning Kryuger sindromi haqida emas, ko'proq tajriba yig'ilib borishi bilan sohaviy motivatsiya yo'qolishi haqida. Daninning kryuger versiyasida bu holat "stabillik". Sohaviy tomonlama stabil holatga tushish, ortiqcha emotsiyalarga berilmaslik. Lekin menda bu ko'proq stabillik bilan emas, demotivatsiya bilan bo'glanib qolgan. Tajriba bilan birga perfeksionizm, eng yaxshi ish qilish hohishi, haddan tashqari fikrlarni, ishlarni, g'oyalarni filtr qilib tashlash skili ham keladi. Bir tomondan qarasak bu yaxshi. Lekin bu cheksiz davom etadi. Atrofga qarasak ko'pchilik yoshi katta/tajribali hamkasblarimizda sohaviy motivatsiya juda past, yoki butunlay yo'qolgan. Menimcha buni "stabillik" deyish qiyin.

Yechimga kelsak — bilmayman. Agar shu ishonch ortib ketish etapida bo'lsangiz, maksimal foydalanib qolish kerak, agentlik ochmoqchimisiz? Tajribangizdan kelib chiqib mijozlar qatlamini tanlab harakat qilib ko'ring, 3 oydan keyin yopilib ketishini bilsangiz ham. Sohaviy kontent qilishni istasangiz — bu ham yaxshi fikr, tajribangizni yetarli deb hisoblamasangiz ham. Har qanday holatda ham bu umuman hechnima qilmagandan ko'ra ancha yaxshiroq.

Komment kritika va diskussiya uchun ochiq, fikringizni qoldirishingiz mumkin.

@mahamadkhodjaevs

11 months, 3 weeks ago

Qilayotgan ishingizni qimmat sotishga loyiqman deb hisoblaysizmi?
Agar "ha" bo'lsa qanday argument bilan himoya qilasiz? "Yo'q" bo'lsachi? Nega unday hisoblaysiz?

Anchadan beri postlar chiqmadi, muhokama qilishga yaxshi mavzu)

1 year, 1 month ago

Yomon dizayn bozorni rivojlantiradi

Atrofda ko'p yosh studiyalar/agentliklarning ishlari yoki o'zlarini heytga uchrashini judayam ko’p ko’ramiz. Va aksari holatda heyt dizaynerlar tomonidan bo'ladi, chunki uzoq vaqtdan beri shakllanib kelgan yomon stereotiplar bor.

Birinchi bo'lib aniqlashtirib olishimiz kerak: biz uchun qanday tipdagi dizaynlar yaxshi va aksincha qandaylari yomon? Va keyingi savol nima uchun bozor bizning dizayn haqidagi standartlarimiz bilan hisoblashishi kerak?

Nega agentliklar yoki dizaynerlar o'zlarining mijozlari yoki auditoriyasining talablari qolib, bizning normalarga moslashishi kerak?

O'zi umuman olganda shuncha heyt qayerdan kelishini tushunishga harakat qilib ko'rdim: o'quv kurslar davomida har xil qoliplar shakllanib qolishi, masalan, ustozning shaxsiy fikrlarini orqasidan o'quvchida ma'lum narsalarga nisbatan obyektiv fikr paydo bo'lib qoladi va uning tassavurida shu fikrga to'g'ri kelmagan barcha boshqa holatlar — noto'g'ri hisoblanadi.
Yana bir ko’p kuzatiladigan holat — xorij dizaynerlarining ishlariga qarab bozorni baholashimiz. Nimagadir qilayotgan dizaynlarimiz chet el normalariga to'g'ri kelmasa, o'z-o'zidan yomon degan tassavur paydo bo'ladi. Barcha davlat bozorlarining o'z standartlari bor, u yerdagi standarlarning bizning bozorga birdan olib kirilshi u dizaynning ishlashiga kafolat bermaydi. Biznes egasi/investorga esa bu mavzuda risk qilishni qizig'i ham, keragi ham yo'q.

Shaxsiy xulosam: agar bozor rivojlanishiga ozgina bo'lsa ham hissamizni qo'sha olmasak — harakat qilayotgan odamlar yoki jamoalarni heyt qilish ortiqcha. Bozor uchun sifatli dizayn tushunchasi tasavvuringizdagi “yaxshi/chiroyli” dizayn standartlari bilan bir xil bo'lmasligi mumkin. Va bu normal holat.
Komment kritika va diskussiya uchun ochiq, fikringizni qoldirishingiz mumkin.

@mahamadkhodjaevs

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 4 days ago