? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
Ҳаммаси биз ҳақимизда
Ойнинг биринчи ярмида Ўзбекистонга дунёдаги энг машҳур иқтисодчилардан бири Жан Тироль келганидан хабарингиз бўлса керак. Ўша ташриф давомида Тироль билан ярим соатдан сал кўпроқ суҳбатлашиш имконияти бўлди.
Олим Ўзбекистон ҳақида деярли маълумотга эга бўлмагани учун унга қайсидир кейс бўйича тўғридан-тўғри савол бериб бўлмасди. Бир томондан бу яхши ҳам. Бутун суҳбат иқтисодиётнинг барча учун тааллуқли бўлган қонуниятлари ҳақида кечгани учун томошабин ўзига керакли параллелларни бемалол чизиб ола олади. Тасаввур ва олиш мумкин бўлган хулосалар чекланмайди.
Жан Тиролга берилган саволлар имкон қадар биз учун актуал бўлган ва фойдали бўлиши мумкин бўлган мавзуларда тузилган. Ўйлайманки, суҳбат барча учун фойдали бўлади. Ëқимли томоша. Улашишлар, изоҳлар ва лайклар учун олдиндан раҳмат! Кимгадир матнини ўқиш қулай бўлса, бу ерда ўқиш мумкин.
“Ҳар бир инсонга қандайдир севимли машғулот керак — гўё “стрессдан чиқиш” учун. Лекин сиз жуда яхши тушунасиз — аслида одамлар шунчаки омон қолишга ва ақлдан озмасликка ҳаракат қилишади”, деган эди Фредерик Бегбедер.
*
Август.
Тоғларнинг кўксига суянади кўк.
Хаёлдай сокин
жилғанинг машқи суст –
кўклам каби кўм-кўк
ва жимжит жимирлаш
юзида юзади...
Жилға (ўзандай ўрамиш ҳасратлар)
тип-тиниқ ва ҳолсиз осмонни кузатиб,
ўйлар:
«Ўйилар осмоннинг туби...
Ў, баҳор, ишқ каби сачратар –
танини тошларга уради жилға,
гулларнинг юзида жилғанинг тани...
Бутун олам муштоқ – кўк буни илғаб,
гулдурос ва шаррос куйлаганида...
Баҳорги шарқираб ўйнашлар қани!»
Осмон кексанинг ақлидай тиниқ
ва яна...
ва яна...
ва яна...
(Наҳот шул мўйсафид кўкламги оқин?)
тоғларнинг кўксига ҳолсиз суянар...
Баҳорни туш кўриб ичи қизиган
тош каби
жилға
жимирлайди хаёлдай сокин.
Август.
*© Икром ИСКАНДАР*
Oʻzbekistonda kichik biznes uchun mehnat bozori: 2024-yilning birinchi yarmidagi dinamika va tendensiyalar
HeadHunter kompaniyasi kanalimiz uchun oʻz tahliliy maʼlumotlarini taqdim etmoqda. Quyida ulardan biri eʼtiboringizga havola qilinadi.
Oʻzbekistonning kichik biznes mehnat bozori 2024-yilda sezilarli jonlanish koʻrsatmoqda. Ish oʻrinlari sonining koʻpayishi va maoshlarning oshishi sohaning qiyin yillardan keyin qayta tiklanishi va rivojlanishidan dalolat beradi. Ayniqsa, oʻsish faoliyati koʻplab asosiy tarmoqlarda, masalan, taʼlim, IT va chakana savdoda kuzatilmoqda. Bu kichik biznes mamlakat iqtisodiyotida muhim rol oʻynab, yangi ish oʻrinlari yaratishi va umumiy iqtisodiy oʻsishga hissa qoʻshayotganini koʻrsatadi.
Oʻzbekistonda kichik biznes nafaqat ish oʻrinlari yaratishda, balki xodimlarining hayot darajasini oshirishda ham muhim oʻrin tutishda davom etmoqda. Bunday ijobiy tendensiyalar kelajak uchun optimistik prognozlar uchun asos yaratadi va kichik biznes yanada rivojlanish va kengayishga tayyorligini koʻrsatadi.
Oylar va tarmoqlar boʻyicha faollik
May oyi eng faol oy boʻldi, hh.uz saytida eʼlon qilingan ish oʻrinlari soni 2 500 taga yetdi. Yanvar oyida oʻtgan yilga nisbatan eng yuqori - 657 foiz oʻsish qayd etildi. Ushbu koʻrsatkichlar ishchi kuchiga boʻlgan talabning sezilarli darajada oshgani va kichik biznesning maʼlum qishki tanaffusdan keyin qayta tiklanganidan dalolat beradi.
Kichik biznes kompaniyalari quyidagi sohalarda mehnat bozorida eng koʻp faollik koʻrsatdi:
taʼlim;
chakana savdo;
axborot texnologiyalari, tizim integratsiyasi, internet;
biznes xizmatlari;
xalq isteʼmol mollari (nooziq-ovqat).
Maoshlar
2024-yilning birinchi yarmida kichik biznes xodimlari uchun oʻrtacha taklif qilingan maosh 6,3 million soʻmni tashkil etdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 18 foizga koʻproq (5,4 million soʻm). Maoshlarning bunday oʻsishi kompaniyalarning malakali kadrlarni jalb qilish va ushlab turishga intilishidan, shuningdek, xodimlarining hayot darajasi oshayotganidan dalolat beradi.
**Bosqindan keyingi dastlabki soatlarda Vladimir Zelenskiyga Boris Jonson qoʻngʻiroq qilib, evakuatsiya qilish va surgunda hukumat o‘rnatish taklifini berganmi? Nega Gʻarb davlatlari Ukraina ilk kunlardagi hujumga dosh berishiga ishonmadi?
“Ukraina armiyasi 2014-yilda deyarli mavjud emas edi. Ular jangsiz Qrimdan voz kechishdi va Donbassni ushlab tura olishmadi — fuqarolik koʻngillilari biror narsa qilish uchun batalyonlarni yigʻishga majbur boʻlishdi. 2014-yilda rus armiyasi haqiqatan ham Kiyevni uch kun ichida bosib olgan bo‘lardi.**
Sakkiz yil ichida Ukraina Qurolli Kuchlari sezilarli darajada oʻzgardi. 2022-yilda Kreml kichik sovet armiyasiga qarshi katta sovet armiyasi jang qiladi, deb oʻylagan edi. Ammo Ukraina Qurolli Kuchlari endi bu ta’rifga mos kelmasligi ma’lum boʻldi.
Ukraina armiyasi “mission command” doktrinasini qabul qildi, uning doirasida bosh qoʻmondon strategik missiyani belgilaydi, ammo mahalliy qoʻmondonlar uni oʻzlari xohlagancha bajarish uchun toʻliq erkinlikka ega. Qattiq markazlashtirish yoki iyerarxiya yoʻq. Bunday tuzilma faqat ozmi-koʻpmi demokratik mamlakatlarda uchrashi mumkin, chunki u qoʻrquvga emas, balki ishonchga asoslanadi”.
“The Wall Street Journal” gazetasining xalqaro masalalar boʻyicha katta muxbiri Yaroslav Trofimov Afgʻoniston, Somali, Iroq va Liviyadagi urushlarni yoritgan. U butun 2022-yilni vatani Ukrainada o‘tkazdi va Rossiya tajovuzini birinchi kundanoq kuzatdi.
2024-yil “Penguin Press” tomonidan Trofimovning “Dushmanlarimiz halok boʻladi: Rossiya bosqinchiligi va Ukraina mustaqilligi uchun urush” kitobi nashr etildi.
Meduza jurnalist bilan G‘arb rasmiylari dastlab nega ukrainaliklarning o‘zini himoya qila olishiga ishonmagani, bu urush u yoritgan boshqa mojarolardan nimasi bilan farq qilishi, ikki yillik keng ko‘lamli urushdan so‘ng Ukrainadagi kayfiyat qanday o‘zgargani haqida suhbatlashibdi.
1916-yil Сhor Rossiyasi tomonidan mardikorlikka yuborilganlarga oʻnboshi qilib tayinlangan Xudoyberdi Qoraboyev sheʼri. Xalq orasida “Doʻngalagim” qoʻshigʻi bilan ommalashgan.
Ma’lumot uchun, mashhur “Qarg‘alar uchsa qaraylik” qo‘shig‘i ham aynan shu yillarda yozilgan.
“Doʻngalagim”
Poyezdingni jildirgan
Oʻtxonasi bilan doʻngalagi.
Dvinska ketdi Andijonning
Mard yigitining bir boʻlagi.
Dvinska ketmas edi
Mard yigitning bir boʻlagi,
Dvinska ketkizgan
Nikolay zolim zambaragi.
Dvinska yoʻl boʻlsin,
Qaragʻayzoring kul boʻlsin,
Yigitlarni qiynagan
Nikolaying yoʻq boʻlsin.
Toshkentingizdan minib,
Toʻp ostidan chiqdilar.
Onalari: “Voy, bolam!” deb,
Kafan toʻnin bichdilar.
Oʻtxonasini qichqirtib
Istansaga yurgizdi.
Koʻkterakka yetmasdan
Soz dutorimni sindirdi.
Suv oshini ichmayman,
Etigimni yechmayman.
Qorda qaragʻay kesganman,
Hech haqimdan kechmayman.
Olib oʻtib Odesga,
Imoratiga yaratdi.
Tizzamizdan qon soʻrib,
Oʻz foydasiga qaratdi.
Oʻng qoʻlinda bir qassob
Choʻchqani soʻyadi behisob.
Bizni toʻqqiz oy ishlatdi
Nikolay degan qon jallob.
Bizni toʻqqiz oy ishlatdi
Sizran degan oʻrmonda.
Ketolmaymiz Andijon,
Bir chaqa yoʻq karmonda.
Taxta koʻprik bitdimi,
Poyezd kelib oʻtdimi?
Mardikor olgan Nikolay
Oʻz taxtidan ketdimi?
Shunday kunlarning birida Islom Karimov menga qo‘ng‘iroq qildi. “Oldingga bormoqchiman”, dedi. Yaxshi. Ammo prezidentning kelishi bilan do‘stning kelib-ketishi orasida farq bor-ku. “To‘xta. Muhokama uchun mavzularni belgilab olaylik, tayyorlanaylik”, — dedim. Islom Abdug‘aniyevich bo‘lsa: “Muhokama uchun hech qanday mavzu yo‘q, seni ko‘rmoqchiman, gaplashmoqchiman”.
Undagi iztirob menga ham ko‘chdi. Uni kutib oldim. Norasmiy uchrashuv. O‘ta shaxsiy munosabatlar. O‘shanda biz boshimiz bilan suhbatga sho‘ng‘ib ketdik. Ko‘plab masalalarni ham hal qilib oldik. Xususan, chegaraga aloqadorlarini ham.
Nursulton Nazarboyev. (#)
Nursulton Nazarboyev — Boris Yelsin va Islom Karimovning basseyndagi musobaqalashuvi haqida:
“Men Toshkentga bordim. Kechki qabuldan so‘ng basseynda cho‘miladigan bo‘ldik. Islom Karimov birinchi bo‘lib suvga sho‘ng‘ib, qanchadir vaqt suv ostida turdi. U o‘z harakati bilan qolganlarni go‘yoki kim ko‘proq suv ostida tura olishi bo‘yicha musobaqalashishga chorlayotgandek edi. Yelsin bunday vaziyatlarda umuman tinch o‘tira olmasdi. U ham suvga sho‘ng‘ib, basseyn tubiga yotib oldi. Qo‘riqchilar soatlariga qarab, vaqtni hisoblay boshlashdi. Bir daqiqa o‘tdi, ikkinchisi o‘tyapti. Yelsin qo‘riqchilarining boshlig‘i Korjakov: “Agar hozir olib chiqmasak, u shu basseynda o‘lib qolishi mumkin”, dedi. Shunday deya, Yelsinni suvdan olib chiqishdi.
Bu aytganlarim — Yelsin fe’l-atvorining o‘ziga xosliklaridan biri. Yelsin yo‘lida to‘g‘anoq bo‘lganlarga toqat qilolmasdi”. (#)
“Bu ta’rif adolatsiz edi va loyiha maqsadini buzib ifodalardi. Nursulton Nazarboyev hech qanday siyosiy tuzilmalar tuzishni taklif qilmagandi. U MDH mamlakatlarining davlat va milliy suvereniteti saqlab qolinishini qat’iy ta’kidlayotgan edi. Gap faqat nisbatan yaqinroq iqtisodiy hamkorlik va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik haqida edi”.
Roy Medvedev — rossiyalik publitsist, siyosatchi. (#)
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid